Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 8 fevraldagi PQ-2761-son qaroriga muvofiq hamda davlat organlari va tashkilotlarining jamiyatda aholining huquqiy ongini hamda madaniyatini yanada oshirishga, qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 8 fevraldagi PQ-2761-son qaroriga muvofiq Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari (keyingi o‘rinlarda Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”