LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda)ning 2, 3 va 6-bandlaridagi, shuningdek ushbu qarorga 5-ilovaning yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “Mehnat vazirligi”, “Mehnat vazirligiga”, “Mehnat vazirligi tomonidan” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi”, “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomni va Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 29-iyuldagi 378-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 29-modda):
qarorning nomi va matnidagi, nizomlar va ularga ilovalar matnlaridagi Mehnat vazirligiga ko‘rsatmalar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizomning 6-bandidagi “viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bosh boshqarmalari, tuman va shahar mehnat organlari tomonidan” so‘zlari “hududiy bosh boshqarmalar, mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning I bo‘limi 5 va 6-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining davlat huquq mehnat inspektorlariga xizmat guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan beriladi.
6. Mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlarining davlat huquq mehnat inspektorlariga xizmat guvohnomalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan beriladi”;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning IV bo‘limi 1, 2, 3-bandlaridagi “Mehnat vaziri” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning V bo‘limining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“V. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari inspeksiyalarining vakolatlari”;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning V bo‘limining 4-bandidagi “mehnat bo‘yicha tuman organlari” so‘zlari “mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning VI bo‘limining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlari davlat huquq inspektorlarining huquq va majburiyatlari”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 35-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qaroridagi:
12-ilovaning 31-bandidagi “ijtimoiy ta’minot organi” so‘zlari “ijtimoiy ta’minot bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
15-ilovaning 2, 3, 8, 12 va 13-bandlaridagi “ijtimoiy ta’minot organlari” so‘zlari “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
XXV bo‘lim nomidagi va 1754 b-bandining “g” kichik bandidagi “va ijtimoiy ta’minot”, “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari tegishlicha “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
VIII qismning 3-bandi nomidagi va IX qism nomidagi “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
IX qism “mutaxassislari” so‘zi oldidan “ijtimoiy ta’minot tuman va shahar bo‘limlari” so‘zlari qo‘shilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyundagi 319-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomning:
7-bandidagi “ijtimoiy ta’minot organi” so‘zlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bandning birinchi xatboshidagi va 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot organlari”, “ijtimoiy ta’minot organi” so‘zlari tegishlicha “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari”, “ijtimoiy ta’minot bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyundagi 319-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomning:
6-bandiga izohdagi va 16-bandning birinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot organlari” so‘zlari “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
28-bandining birinchi xatboshidagi “Ijtimoiy ta’minot vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ilovaning IV bo‘limiga izohning 1-bandi ikkinchi xatboshidagi va 2-bandidagi “Ijtimoiy ta’minot vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibi II bo‘limi 4-bandidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-iyuldagi 268-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 14-son, 112-modda)
11. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-iyuldagi 291-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 7-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga Biznes-fond tomonidan kredit berishning asosiy shartlari I bo‘limining 1 va 3-bandlaridagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha kiritish haqida” 1995-yil 8-avgustdagi 311-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 8-son, 27-modda)ning to‘rtinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot organlari” so‘zlari “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi kasb faoliyati to‘g‘risida” 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995y., 10-son, 41-modda)ning:
1) 1-bandidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2) 3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi” so‘zlari “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-dekabrdagi 560-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2003-y., 24-son, 239-modda)
4) O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom (qarorga 2-ilova)ning:
“5. Ruxsatnoma berish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
7, 8, 9 va 16-bandlardagi mehnat bo‘yicha hududiy organlarga ko‘rsatmalar Agentlikka ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
13 va 14-bandlardagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga ko‘rsatmalar Agentlikka ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Teleradiokompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” haqida 1996-yil 24-maydagi 190-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 6-son, 18-modda)ning 3-bandidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yo‘lovchi tashish transporti xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarorining 10 va 12-bandlaridagi “Mehnat vazirligi” hamda “Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibining:
6-bandi “v” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi” so‘zlari “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligining hududiy organlari tomonidan” so‘zlari “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda):
2-bandning to‘rtinchi xatboshidagi, 3, 5 va 7-bandlardagi Mehnat vazirligiga ko‘rsatmalar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Moliya vaziri B.S. Hamidovning, Mehnat vaziri” so‘zlari “Makroiqtisodiyot va statistika vaziri R.S.Azimovning, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18. Vazirlar Mahkamasining “Kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 11-dekabrdagi 439-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996y., 12-son, 36-modda)ga 1-ilovaning VII bo‘limi 2-bandidagi, 3-ilovaning VII bo‘limi 2-bandidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997y., 3-son, 11-modda)ga 4-ilovaning 10-bandidagi “va ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “mehnat va ijtimoiy ta’minot” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizomda:
III va IV bo‘limlar matnidagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga”;
III bo‘limning 3-bandi birinchi xatboshidagi “viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“maxsus tekshirishning barcha materiallari nusxalarini viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, shuningdek tegishli vazirlikka (korporatsiya, uyushma, konsernga), korxonaga va uning yuqori turuvchi xo‘jalik organiga, jabrlangan xodimni yuborgan tashkilotga yuboradi”;
IV bo‘limning 6-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi hay’atida, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi kengashida”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi hay’ati, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi kengashi” so‘zlari tegishli ravishda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hay’atida, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi kengashida”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hay’ati, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi kengashi”, so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son qarori bilan tasdiqlangan Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomning VI bo‘limi birinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qarori (Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-son qarori tahririda)ga 2-ilova 5-bandidagi “Ijtimoiy ta’minot organlarining” so‘zlari “Ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qaroriga 2-ilovadagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2006-y., 42-son, 417-modda)
26. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni va Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998y., 12-son 44-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bandning ikkinchi xatboshidagi va 22-bandning ikkinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
11-bandda, 13-bandning ikkinchi xatboshida, 14-bandning uchinchi xatboshida, 15-bandda, 16-bandning ikkinchi xatboshida va 22-bandning birinchi xatboshidagi shahar (tuman) mehnat bo‘limi va mehnat organlariga ko‘rsatmalar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlariga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
2-ilovaning 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va uning mahalliy organlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-avgustdagi 185-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 30-31-son, 235-modda)
28. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy sug‘urtaga badallar miqdorlari to‘g‘risida” 1999-yil 30-iyuldagi 372-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
3-bandda “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatining 1-bandidagi “ijtimoiy ta’minot muassasalari” so‘zlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
31. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorining 2-bandidagi, 4-bandining ikkinchi xatboshidagi va 5-bandidagi, shuningdek 1-ilovaning II bo‘limi 3-bandidagi, V bo‘limning ikkinchi xatboshidagi, VI bo‘limning 16-18-bandlaridagi, 2-ilovaning 22-bandi to‘qqizinchi xatboshidagi, 23-bandidagi Mehnat vazirligiga ko‘rsatmalar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 360-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 60-modda)ning 9-bandidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati to‘g‘risidagi Nizomning 31-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi” so‘zlari “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 42-son, 447-modda)
35. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-noyabrdagi 464-son qarorining 7-bandidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 42-son, 447-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1993-yil 18-maydagi 233-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 18-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishchi kuchlarini chetdan keltirish va chetga chiqarish masalalarini boshqarish to‘g‘risida” 1993-yil 14-iyuldagi 353-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 27-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni, hududiy ijtimoiy ta’minot boshqarmasi, tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 1993-yil 30-sentabrdagi 476-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 9-son, 35-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish to‘g‘risida” 1994-yil 7-noyabrdagi 538-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 50-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-fevraldagi 74-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 3, 4 va 5-bandlari.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 4-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan qarorlari ro‘yxatining 3-bandi.