27.02.2017 yildagi 102-son
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kunidan boshlab olti oydan keyin amalga kiritilsin.
* 1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi munosabati bilan ularda ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llashning ixtiyoriylik tusiga ega bo‘lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.