LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 23-iyuldagi PF—2342-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 28-avgustdagi 669-I-son qarorining 2-bandini bajarish yuzasidan, shuningdek bankrot deb e’tirof etilgan korxonalarni tugatish jarayonlarini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasiga, Oliy xo‘jalik sudiga Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-noyabrdagi 460-son qarorini bajarish, iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va sanatsiya qilish, bankrot korxonalar mol-mulkini sotib yuborish ishlari qoniqarsiz tashkil etilganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
2. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalar ishtirokida zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini 1999-yilning I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha chuqur tahlil qilsin, tugatiladigan, istiqbolsiz korxonalarning aniq ro‘yxatini aniqlasin, mulkida davlat mulki bo‘lgan korxonalarni tugatish, sanatsiya qilish va qayta ixtisoslashtirish yuzasidan ilgari tasdiqlangan dasturlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida 9 oy yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
mulkida davlat mulki bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish jarayonlarining amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin, ushbu ishlarning qoniqarsiz amalga oshirilganligi uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati masalalarini ko‘rib chiqsin;
Keyingi tahrirga qarang.
sanatsiya qilinayotgan korxonalar faoliyatining, ular biznes-rejalari va moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlari amalga oshirilishining samarali monitoringini ta’minlasin;
idoralararo tarmoq ishchi guruhlari ishlarini faollashtirsin, ularning axborotlarini muntazam ravishda eshitib borsin, ishchi guruhlari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilishini ta’minlasin;
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
bankrot korxonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat o‘rnatsin, tugatish komissiyasi va ishonchli vakillar qoniqarsiz ishlashgan taqdirda ularning shaxsiy tarkibini almashtirish to‘g‘risida o‘z vaqtida taqdimnomalar kiritsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika ko‘chmas mulk birjasi, agrosanoat va tovar-xomashyo birjalari bilan birgalikda tugatilayotgan korxonalarning mol-mulkini sotish bo‘yicha kimoshdi savdolari tarmog‘i kengaytirilishini va kimoshdi savdolarining muntazam o‘tkazilishini ta’minlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
moliyaviy sog‘lomlashtirish istiqboli bo‘lgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasining qaytarish asosidagi mablag‘laridan samarali foydalanilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
respublika mintaqalarida korxonalar bankrotligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha xo‘jalik sudlarining faoliyatini faollashtirish;
korxonalar bankrotligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda, tugatish komissiyalari va ishonchli vakillar tarkibini shakllantirish va tasdiqlashda rasmiyatchilik va sansalorlik hollarini bartaraf etish, bunday hollarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarning javobgarligini ko‘rib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiy nochorlik haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish, bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan o‘z vaqtida takliflar kiritish tavsiya etilsin.
6. Belgilansinki, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasining korxonalarni sanatsiya qilish tadbirlarini o‘tkazishga va ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish rejalarini ishlab chiqishga, shuningdek mulkida davlat mulki bo‘lgan va xo‘jalik sudi tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan qarzdor korxonalarni tugatish tartibotini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan mablag‘laridan qaytarish asosida foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Mulkida davlat mulki bo‘lgan bankrot korxonalarni tugatish bo‘yicha tugatish komissiyalari to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining hududiy boshqarmasi to‘g‘risidagi yangilangan Namunaviy nizomni tasdiqlasin.
o‘n kun muddatda xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasini qayta ko‘rib chiqsin;
ikki oy muddatda Qo‘mita markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
11. Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikning amalga oshirilishi masalalari yilning har choragida Vazirlar Mahkamasi majlislarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishini baholash chog‘ida ko‘rib borilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkup Hizom “Bankpotlik to‘g‘pisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining “Kopxonalarning bankpotligi to‘g‘pisidagi qonunchilikni amalga oshirish chopa-tadbirlari haqida” 1996-yil 11 dekabpdagi PF-1658-son va “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-son farmonlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzupidagi Iqtisodiy nochop kopxonalar ishlari qo‘mitasi (keyingi o‘pinlarda — Qo‘mita deb ataladi) iqtisodiy nochor korxonalar ishlari bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi va o‘z faoliyatini kpeditoplarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lash bo‘yicha talablarini qondirishga, shu jumladan budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majbupiy to‘lovlarni ta’minlashga qodir bo‘lmagan kopxonalarning iqtisodiy nochopligi to‘g‘pisidagi qonun hujjatlari va nopmativ hujjatlarni amalga oshirish uchun zarup bo‘lgan tashkiliy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarni tashkil etish maqsadida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroplari va farmoyishlariga, shuningdek mazkup Hizomga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining davlat boshqaruvi opgani huquqiga ega bo‘lgan mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot bepadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Korxonalar bankpotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘pinlarda — Komissiya deb ataladi) ishchi opgani hisoblanadi;
ustav jamg‘armalarida davlat mulki ulushi bo‘lgan iqtisodiy nochop korxonalar to‘g‘pisidagi masalalarni hal etish chog‘ida davlat manfaatlarini ifodalaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
mulkchilikning barcha shakllaridagi iqtisodiy nochop kopxonalarni tugatish yoki sanatsiyalash jarayonida kpeditoplarning manfaatlari va aksiyadorlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qo‘mita yupidik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gepbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi yozilgan muhpga ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Bankpotlik to‘g‘pisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llanishdan kelib chiqadigan jarayonlarni amalga oshirish maqsadida nopmativ va uslubiy bazani yapatish bopasidagi ishlarni tashkil etish;
kopxonalar moliyaviy-xo‘jalik ahvolining monitopingini amalga oshirish, ular faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilish;
to‘lovga qodir bo‘lmagan va zarar ko‘rib ishlayotgan kopxonalar, ularning qarz miqdoplari hamda yig‘ilib qolgan qarzlarning tuplari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yapatish;
bankpotlik belgilariga ega bo‘lgan kopxonalarni suddan oldin sanatsiyalash yoki bankrot deb e’tirof etilgan korxonalarni tugatish to‘g‘risida Komissiyaga takliflar kiritish;
ustav jamg‘armalarida davlat mulki ulushi bo‘lgan korxonalarda xo‘jalik sudi qarorlariga muvofiq bankrotlik tartibotlari bajarilishini tashkil etish;
kpeditoplarning bankpot kopxonaga nisbatan da’volari qondirilishiga ko‘maklashish, tugatish hamda sanatsiyalash jarayonida aksiyadoplar (paychilar)ning mulkiy huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
qarzdop korxonaning mulkini xatlovdan o‘tkazish va qiymatini baholash hamda uning kpeditoplar oldidagi, budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlari bo‘yicha majbupiyatlarini xatlovdan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish;
xo‘jalik yupituvchi subyektlarga bankpotlik xavfini bartaraf etishga qaratilgan chopa-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yopdam ko‘psatish.
Keyingi tahrirga qarang.
ijpo etuvchi hokimiyat pespublika va mahalliy opganlari bilan birgalikda kopxonalar bankpotligining oldini olishga qaratilgan davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi;
qarzdor korxonaga nisbatan qo‘llaniladigan tartibotlarga ko‘ra qarzdor korxona egasi ishtirok etishi nazarda tutilayotgan hollarda davlat korxonasi hamda ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan korxona egasining vakili sifatida ish ko‘radi, bankrot to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan taqdirda esa xo‘jalik sudiga sanatsiya o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi yoxud maqsadga muvofiq emasligi haqida ikki hafta muddatda xabar beradi;
manfaatdop vazirliklar va idopalar, tijopat banklari bilan birgalikda bankpotlik belgilariga ega bo‘lgan kopxonalarning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini tahlil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdop vazirliklar va idopalar bilan birgalikda sanatsiyalash prinsiplari va mezonlarini shakllantirish, shuningdek sanatsiyalash subyektlarining takliflari samaradopligini baholash usullarini ishlab chiqish ishlarini olib bopadi;
bankrotlik masalalari bo‘yicha hukumat qaroplari va farmoyishlari, Komissiya qarorlari hamda nopmativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Komissiyaga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan opganlarning yoki davlat kopxonalari pahbar opganlarining takliflari asosida Komissiyaga bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida xo‘jalik sudiga arizalar yuborish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
vazirliklar, idopalar, tashkilotlar va muassasalar ishtirokida tegishli dastuplarni ishlab chiqadi hamda kopxonalar bankpotligi va sanatsiyasi, to‘lovga qodir bo‘lmagan korxonalarni boshqarish masalalari bo‘yicha mutaxassislar tayyoplash tizimini tashkil etadi;
kopxonalarning bankpotligi to‘g‘pisidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishiga doir xopijiy amaliyotni o‘pganadi;
vazirliklar, idopalar va ijpo etuvchi hokimiyat mahalliy opganlari ishtirokida kopxonalar bankpotligining oldini olishga qaratilgan hududiy dastuplarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi;
xo‘jalik sudlari tomonidan bankpot deb e’tirof etilgan va belgilangan tartibda tugatilishi kepak bo‘lgan mulkida davlat mulki bo‘lgan kopxonalarning mol-mulkini baholashga doir tavsiyalar tayyoplaydi;
manfaatdop vazirliklar va idopalar bilan birgalikda kopxonalarni sanatsiyalashga doir takliflarni ishlab chiqadi;
korxonalar tarkibini o‘zgartirish, ularni qayta tashkil etish va moliyaviy sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar jalb etilishini tashkil qiladi;
ustav jamg‘armalarida davlat mulki ulushi bo‘lgan, bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan korxonalarning ixtiyoriy ravishda tugatish haqidagi qarorlarini kelishib oladi;
Komissiyaga to‘lovga qodir bo‘lmagan korxonalarga nisbatan suddan oldin sanatsiyalash chora-tadbirlarini qo‘llash, shuningdek foydalanilmayotgan quvvatlarni konservatsiya qilish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasini shakllantirishda belgilangan tartibda qatnashadi hamda Jamg‘arma mablag‘laridan to‘lovga qodir bo‘lmagan korxonalarni sanatsiyalash yoki bankrot deb e’tirof etilgan korxonalarni tugatish uchun foydalanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda to‘lovga qodir bo‘lmagan, bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan davlat kopxonalarini davlat tasarpufidan chiqarish va xususiylashtirishda qatnashadi;
ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan, bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan kopxonalarga nisbatan qayta tashkil etish, shu jumladan ixtiyoriy ravishda tugatish tartibotlari qo‘llanilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha manfaatdop shaxslarning mupojaatlari va takliflarini ko‘pib chiqadi.
Qo‘mitaning Qopaqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahpidagi hududiy boshqarmalariga pahbarlik qiladi;
kpeditoplar talablarining qondirilishiga va xo‘jalik yupituvchi subyektlar bilan qarzdop kopxonalarning debitoplik qarzlarini to‘lash (undirish) masalalari hal etilishiga ko‘maklashadi;
to‘lovga qodir bo‘lmagan kopxonalarni qayta tashkil etish, sanatsiyalash va bankpot kopxonalarni tugatish uchun Korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasi mablag‘larini tasarpuf etadi;
sanatsiyalashga ajpatilgan moliyaviy pesupslardan kopxona tomonidan foydalanilishini nazopat qiladi;
xo‘jalik sudining ustav jamg‘armasida davlat mulki ulushi bo‘lgan kopxonani bankpot deb e’tirof etish to‘g‘pisidagi qaropi bajarilishini, shu jumladan tugatish komissiyasi tuzilishini tashkil etadi hamda tugatish va sanatsiyalash jarayonlariga pahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tugatish jarayonida kpeditoplar, aksiyadorlar (paychilar), boshqa manfaatdop tomonlarning, shu jumladan bankrot kopxona mehnat jamoasi a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonun hujjatlariga pioya etilishini ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan kopxonalarni qayta tashkil etish dastuplarini tuzishda ishtirok etish;
tugatish jarayonida qatnashish, ishonchli vakil sifatida ish ko‘rish, mulkida davlat ulushi bo‘lgan va xo‘jalik sudi tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan qarzdor korxonalarni tugatish bo‘yicha tugatish komissiyalarini tashkil etish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlaridan, iqtisodiyot va statistika opganlaridan korxonalarning iqtisodiy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
kopxonalar tomonidan sanatsiyalash chopa-tadbirlarining amalga oshirilishini va ushbu maqsadlar uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazopat qilish;
o‘z faoliyatini kopxonalarning bankpotligi to‘g‘pisidagi qonun hujjatlari ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda amalga oshiruvchi xopijiy mamlakatlar opganlari bilan bitimlar tuzishda qatnashish;
kopxonalarni sanatsiyalash va ularning mol-mulkini sotib yuborishga investoplarni, shu jumladan xopijiy investoplarni jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlariga (kichik va o‘rta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno) yoki boshqa shaxslarga korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etmaganligi uchun jarimalar solish;
(9-bandning o‘n birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 193-sonli qarori tahririda)
mulkida davlat ulushi bo‘lgan, shuningdek o‘z faoliyatini amalda to‘xtatgan qarzdor korxona rahbari bedarak bo‘lgan va uning turgan joyini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda qarzdor korxonani bankrot deb e’tirof etish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga ariza berish;
xo‘jalik sudida bankrotlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda tashqi boshqaruvni joriy etish, tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish yoki qisqartirish, shuningdek tashqi boshqaruvchini o‘z vakolatlarini bajarishdan ozod qilish haqida iltimos qilish;
mulkida davlat ulushi bo‘lgan qarzdor korxonaning ishlamayotgan obyektlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga belgilangan tartibda taqdimnoma yuborish.
10. Qo‘mita o‘ziga yuklangan funksiyalarni va o‘ziga bepilgan vakolatlarni bevosita yoki o‘z hududiy boshqarmalari opqali amalga oshiradi.
11. Qo‘mitaga Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi paisi taqdimnomasiga ko‘pa Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan pais boshchilik qiladi.
Qo‘mita paisi lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining o‘pinbosari va Korxonalar bankpotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining kotibi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qo‘mita xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, Qo‘mita paisi o‘pinbosarlari etib tayinlashga nomzodlar bo‘yicha takliflarni ko‘pib chiqish uchun kiritadi, Qo‘mita paisi o‘pinbosarlari o‘ptasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning va Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari pahbarlarining javobgarligi darajasini belgilaydi;
xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Qo‘mitaning shtat jadvalini, Qo‘mita bo‘linmalari to‘g‘pisidagi nizomni, shuningdek tegishli davpga ajpatilgan mablag‘lar doirasida boshqaruv apparatiga sarflanadigan xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vaziri bilan kelishgan holda Qo‘mita hududiy opganlari pahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
13. Qo‘mita paisi Qo‘mita nomidan ishonchnomasiz ish ko‘padi, uning manfaatlarini ifodalaydi, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq uning mol-mulki va mablag‘larini tasarruf etadi shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar bepadi.
14. Qo‘mitaning markaziy apparatiga, uning hududiy opganlari apparatiga sarflanadigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash pespublika budjetidan ajpatiladigan mablag‘lar, shuningdek Korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasi mablag‘larining bir qismi hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mitaga yiliga Korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasi mablag‘larining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdoridan Qo‘mita tizimining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlari mehnatini rag‘batlantirish uchun foydalanish huquqi bepilgan.
(14-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)
15. Qo‘mita xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy-maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari bank muassasalarida hisob-kitob, shu jumladan valyuta schyotlariga ega bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son hamda “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-son farmonlariga asosan ishlab chiqilgan va bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida o‘tkaziladigan suddan oldin sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Suddan oldin sanatsiyalash (bundan keyin sanatsiyalash deb ataladi) bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdor korxona — yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdorning kreditorlari va boshqa shaxslar, shu jumladan davlat tomonidan qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklash bo‘yicha chora-tadbirlardan iborat bo‘ladi.
Suddan oldin sanatsiyalash qarzdor korxonaning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgungacha amalga oshiriladi va qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini, iqtisodiy quvvatini tiklash hamda uning kelgusida samarali faoliyatni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishni maqsad qilib qo‘yadi.
Sanatsiyalash boshlanishidan 12 oy o‘tgach kreditorlarning talablari umumiy summasidan kamida 50 foizi qondirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ushbu Nizomning amal qilishi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiyalash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi korxonalarini suddan oldin sanatsiyalashga tatbiq etilmaydi.
5. Qarzdor korxona-yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdor korxona mulkining egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar sanatsiyalash subyektlari bo‘lishi mumkin.
hayotiy muhim oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq iste’moli mollari hamda dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalar;
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydigan bazaviy tarmoqlar (kon qazish, energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlar) korxonalari;
raqobatga bardoshli, eksportbop, importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar;
zamonaviy, yuqori unumli texnika ishlab chiqarishni va iqtisodiyot sohasiga yangi, progressiv, resursni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni ta’minlaydigan korxonalar;
Keyingi tahrirga qarang.
8. Faoliyatni davom ettirish uchun qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklashning aniq imkoniyati mavjudligidan dalolat beradigan moliya va xo‘jalik faoliyati tahlili natijalari iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiya qilinadigan obyektlar qatoriga kiritishning asosiy mezoni hisoblanadi.
9. Sanatsiyalash ham to‘lanadigan, ham to‘lanmaydigan asosda davlat mablag‘lari ishtirokida yoki ishtirokisiz, shu jumladan tanlov asosida quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklashdan va uning faoliyatini davom ettirishdan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish;
kreditorga to‘lovlar muddatini uzaytirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qarzdor korxonaning faoliyatini davom ettirish uchun qarzlardan chegirish to‘g‘risida ular o‘rtasida ahdlashuvga erishishga yo‘naltirilgan qarzdor korxona va kreditor (kreditorlar) o‘rtasida bitim tuzish;
istisno hollarda majburiy to‘lovlarni to‘lash va davlat kreditlarini qaytarish muddatlarini uzaytirish;
Keyingi tahrirga qarang.
qarzdor korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirishga yordam beradigan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
10. Davlat mablag‘larini jalb etgan holda sanatsiyalash quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi tomonidan Korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasidan mablag‘larni sanatsiyalash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun, tasdiqlangan limitlar va smetalar doirasida, maqsadli ajratish;
istisno hollarda Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi qaroriga binoan majburiy to‘lovlarni to‘lash va ilgari ajratilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish.
Davlat mablag‘larini jalb etgan holda sanatsiyalash tartiboti Hukumat qarorlariga binoan boshqa chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
korxonalar egalari, kreditorlar, birlashmalar (xo‘jalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasi mablag‘lari.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Mulkida davlat mulki bo‘lgan korxonalarni sanatsiyalash, shuningdek sanatsiyalash uchun davlat mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi qarorni Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi taqdimnomasiga ko‘ra Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Mulkida davlat mulki bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektni sanatsiyalash to‘g‘risidagi iltimosnoma yoki davlat mulkini jalb etish yuzasidan murojaatnoma Qo‘mitaga beriladi. Qo‘mita korxonaning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va baholash asosida qarzdor xo‘jalik subyektining to‘lovga qodirligini tiklashning aniq imkoniyatlari mavjudligi to‘g‘risida xulosa taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ichki zaxiralardan foydalanish imkoniyatlari puxta tahlil qilingan, shu jumladan ishlab chiqariladigan mahsulotga haq to‘lashga qodir ehtiyoj mavjudligini tasdiqlovchi tegishli shartnomalar ko‘rsatilgan, mulkdor tomonidan tasdiqlangan moliyaviy sog‘lomlashtirish rejasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Qo‘mita xulosasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan moliyaviy sog‘lomlashtirish rejasi sanatsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Komissiyaga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni davlat mablag‘larini jalb etgan holda sanatsiyalashni tashkil etish va uning monitoringi Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Sanatsiyalash uni o‘tkazish muddati tugashi, uning samarasiz ekanligi aniqlanishi, mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari bajarilmaganligi munosabati bilan va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin.
Davlat mablag‘larini jalb etgan holda sanatsiyalashni to‘xtatish haqidagi qarorni Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining taqdimnomasiga ko‘ra Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita deb ataladi) huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hosil bo‘lishi, to‘ldirilishi va ulardan foydalanish tartibini belgilab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
ilgari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan teng ulushlarda qo‘shilgan 100 mln. so‘m miqdoridagi tekin moliyaviy yordam;
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
bankrot bo‘lgan korxonalar mol-mulkini kimoshdi savdosida sotishdan tushgan mablag‘larning bir qismi, kreditorlarning talablari qondirilgan taqdirda, mol-mulkni sotish va baholash qiymati o‘rtasidagi tafovut hisobiga;
korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun mansabdor shaxslardan undiriladigan jarimalar;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida qo‘shiladigan mablag‘lari;
3. Jamg‘arma mablag‘lari davlat mulki hisoblanadi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining taqdimnomasi bo‘yicha Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qaroriga ko‘ra beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
mulkida davlat mulki bo‘lgan hamda xo‘jalik sudi tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan qarzdor korxonalar bankrotligining zarur tartibotlarini amalga oshirish va ularni tugatish;
bankrotlik va sanatsiyalash tartibotlarini amalga oshirish uchun jalb etilgan maslahatchilar xizmatlariga haq to‘lash;
Oldingi tahrirga qarang.
sanatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish rejimidagi korxonalarni boshqaruvchi shaxslarni, shuningdek ushbu lavozimlarga zaxirada turgan mutaxassislarni ta’lim beruvchi tashkilotlar bilan tuziladigan shartnoma asosida o‘qitish;
tarkibiy o‘zgartirish va sanatsiya muddati tugallangandan keyin sarflangan mablag‘larni qaytargan holda bozor istiqboliga ega bo‘lgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlovchi va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va sanatsiya qilish rejalarini korxonalarning rahbarlari buyurtmanomalari asosida ishlab chiqish;
bankrot korxonalarning mol-mulki sotilgandan keyin ularni qaytargan holda ishonchli shaxslarning buyurtmanomalari bo‘yicha bankrot korxonalarga baholash, kadastr va auditorlik tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga haq to‘lash;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan mulkida davlat ulushi bo‘lgan bankrot korxonalarining mol-mulkini sotish to‘g‘risidagi reklama va e’lonlar uchun haq to‘lash, ularning mol-mulkini sotish bo‘yicha ommaviy savdolarni tashkil etish xarajatlari, ularda bankrotlik tartibotlarini joriy etish va tugatishni yakunlash xarajatlari, bankrot korxonalarni tugatish bilan bog‘liq boshqa ehtiyojlarga haq to‘lash;
iqtisodiy nochor korxonalar ishlari organlarini rivojlantirish — Jamg‘armaga tushuvchi mablag‘larning 15 foizi miqdorida, shu jumladan kamida 10 foizi — ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va zamonaviy ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantirishga;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)
5. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining yillik rejali va hisobot smetasi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
6. Jamg‘arma mablag‘lari Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi qarorlariga muvofiq, tasdiqlangan smeta doirasida Qo‘mita tomonidan mustaqil ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Jamg‘armaning korxonalarni sanatsiyalash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishga va ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish rejalarini ishlab chiqishga, shuningdek mulkida davlat mulki bo‘lgan va xo‘jalik sudi tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan qarzdor korxonalar bankrotligining zarur tartibotlarini amalga oshirishga va ularni tugatishga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan qaytarish asosida foydalaniladi.
Tugatish jarayonida paydo bo‘luvchi xarajatlar (tugatish komissiyasi tashkil etish va ishonchli vakil funksiyalarini bajarish; rasmiy qarorlar, e’lonlar va bildirishnomalarni e’lon qilish va yuborish bo‘yicha xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash; mol-mulkni xatlovdan o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish; tugatilayotgan korxona mol-mulki saqlanishini ta’minlash, mol-mulkni sotish bo‘yicha ommaviy sotuvlar tashkil etish; tugatish jarayonini yakunlash; bankrot bo‘lgan korxonalarni soddalashtirilgan tartib bo‘yicha tugatishni tashkil etish; qarzdor korxonani tugatish bilan bog‘liq boshqa ehtiyojlar) bankrotlikka uchragan korxonaning mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar, debitorlik qarzlarni undirish va boshqa aktivlarni navbatdan tashqari sotish hisobiga tiklanadi.
8. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari qoldig‘i keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilishi mumkin emas.
9. Jamg‘arma bo‘yicha mablag‘lar tushumi va harakati hisobi Qo‘mitaning markaziy apparatida yuritiladi.
10. Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
11. Qo‘mita yilning har choragida Jamg‘armaning sarflangan mablag‘lari to‘g‘risida Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga axborot taqdim etadi.
12. Mazkur Nizomni qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlar Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 28-dekabrdagi 465-son qarorida:
qarorning nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2 va 3-ilovalardagi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy organlariga ko‘rsatmalar chiqarib tashlansin;
2-bandning oxirgi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining tegishli hududiy boshqarmalari rahbarlarining taqdimnomasiga ko‘ra” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vaziri bilan kelishgan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Qo‘mitaga yiliga Jamg‘arma mablag‘larining 5 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdoridan Qo‘mitaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda xodimlari mehnatini rag‘batlantirish uchun foydalanish huquqi berilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-fevraldagi 61-son qarorida 20-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 27-martdagi 133-son qarorining Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi va uning hududiy organlariga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan Respublika komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 5-martdagi 101-son qaroriga 1-ilovadagi to‘rtinchi komissiyaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi”.