LexUZ sharhi
Mazkur Shartnoma O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 21-maydagi O‘RQ-383-sonli “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonuni bilan ratifikatsiya qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining jinoiy ishlarni tergov qilish va sudda ko‘rishda samaradorligini oshirish hamda jinoyatchilikka qarshi yanada samarali tarzda kurashish istagini bildirib,
jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatishda keng ko‘lamda hamkorlik qilish zaruriyatini tan olgan holda, quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:
1. Mazkur Shartnoma bo‘yicha Tomonlar bir-birlariga jinoiy ishlar bo‘yicha keng ko‘lamda o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatadilar.
2. Huquqiy yordam to‘g‘risidagi so‘rovlar Markaziy organga diplomatik kanallar orqali jo‘natilishi lozim. Shoshilinch holatlarda so‘rovlar bevosita Markaziy organga yuborilishi mumkin. Bunday hollarda so‘rovlarning nusxalari imkon qadar qisqa vaqtda diplomatik kanallar orqali ham yuborilishi hamda Markaziy organlar so‘rovlarni tezda ijro etishni tashkil qilishi lozim.
4. Tomonlardan biri o‘z Markaziy organini o‘zgartirgan taqdirda, u bunday o‘zgarishlar to‘g‘risida boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qiladi.
Tomonlar mazkur Shartnomani amalga oshirish bilan bog‘liq o‘z davlatlarining amaldagi qonunchiligi va sud amaliyotiga oid axborotlarni almashishlari mumkin.
1. Tomonlar ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq, jinoyat ishlari yuzasidan tergov qilish, jinoiy ta’qib qilish va ishni sudda ko‘rishda bir-birlariga o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatadilar.
a) so‘ralayotgan Tomon qonunchiligiga muvofiq shaxslardan ko‘rsatuv yoki arizalar olish, shu jumladan, videokonferensiya yoki televizion aloqalar orqali;
g) mazkur Shartnoma doirasida so‘ralayotgan Tomonning qonunchiligiga zid bo‘lmagan hamkorlikning boshqa shakllari.
a) so‘rov harbiy jinoyat bilan bog‘liq bo‘lib, u umumiy jinoyat huquqi bo‘yicha jinoyat deb hisoblanmasa;
b) so‘rovni bajarish so‘ralayotgan Tomonning suvereniteti, xavfsizligi, jamoat tartibi yoki boshqa muhim manfaatlariga putur yetkazishi mumkin bo‘lsa;
f) agar jinoiy ish Tomonlardan birining qonunchiligida belgilangan har qanday asoslarga ko‘ra tugatilgan bo‘lsa;
g) agar huquqiy yordam so‘ralayotgan Tomonning qonunchiligiga zid kelishi mumkin bo‘lgan majburlov choralari ko‘rilishini talab etsa;
i) so‘rov bilan bog‘liq jinoyat yuzasidan so‘ralayotgan Tomon hududida uning yurisdiksiyasi doirasida tergov yoki sud muhokamasi olib borilayotgan bo‘lsa yoxud uzil-kesil qaror qabul qilingan bo‘lsa.
2. Ushbu modda qoidalariga muvofiq yordam ko‘rsatishni rad etishdan avval so‘ralayotgan Tomon zarur deb hisoblagan shartlarda yordam ko‘rsatish mumkinligini aniqlash maqsadida so‘rayotgan Tomon bilan maslahatlashishi lozim. Agar so‘rayotgan Tomon bunday shartlarda yordam ko‘rsatilishiga rozi bo‘lsa, mazkur shartlarga amal qilinadi.
3. Agar so‘ralayotgan Tomon mazkur modda qoidalariga muvofiq yordam ko‘rsatishni rad etsa, buning sabablari to‘g‘risida so‘rayotgan Tomonni xabardor qiladi.
1. Yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rov yozma shaklda bo‘lishi lozim, shoshilinch holatlarda so‘ralayotgan Tomon faks yoki elektron pochta orqali so‘rovni qabul qilishi mumkin. Bunday holda, basharti Tomonlar o‘zgacha tarzda kelishib olmagan bo‘lsalar, so‘rov yigirma (20) kun ichida yozma shaklda tasdiqlanishi lozim.
2. Barcha so‘rovlar, zarur hujjatlar va kelgusidagi yozuvlar, agar Tomonlar o‘zgacha tarzda kelishib olmagan bo‘lsalar, so‘ralayotgan Tomon tiliga yoki ingliz tiliga tarjimasi bilan birga taqdim qilinishi, vakolatli organlar tomonidan imzolangan va rasmiy muhrlangan bo‘lishi lozim.
a) so‘rov bog‘liq bo‘lgan ish yuzasidan tergov olib boruvchi, jinoiy ta’qibni amalga oshiruvchi organ yoki ishni ko‘ruvchi sud nomi;
b) ish tafsilotlari, tergov, jinoiy ta’qib yoki sud muhokamasi, shu jumladan ishga oid jinoyatlar xususiyatining tavsifi;
b) hujjatlar topshirilishi lozim bo‘lgan shaxs va u turgan joy to‘g‘risida ma’lumot, ushbu shaxsning yuritilayotgan jinoyat ishiga aloqadorligi hamda hujjatlarni topshirish usuli;
d) tintuv o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaxs va xatlanishi lozim bo‘lgan ashyolar turgan joyning aniq tavsifi;
e) so‘ralayotgan ko‘rsatuv yoki arizalar bayoni, shu jumladan, shaxsdan so‘ralishi lozim bo‘lgan savollar ro‘yxati;
g) so‘rayotgan Tomonda hozir bo‘lish uchun chaqirilayotgan shaxsga to‘lanadigan to‘lov va xarajatlar to‘g‘risida ma’lumot;
h) so‘rovning bajarilishini yengillashtirish uchun so‘ralayotgan Tomon e’tiborini jalb qilishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa ma’lumotlar.
1. So‘ralayotgan Tomon so‘rovni vakolatli organga ijro qilish uchun topshirish orqali uni bajaradi. Ushbu vakolatli organ so‘rovni ijro etish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘radi. So‘ralayotgan Tomonning vakolatli organi so‘rovni bajarish uchun zarur bo‘lgan chaqiruv qog‘ozi, tintuv o‘tkazishga ruxsat yoki boshqa har qanday qaror chiqarish huquqiga ega.
2. So‘rov so‘ralayotgan Tomonning qonunchiligiga muvofiq ijro etiladi, so‘rovda ko‘rsatilgan tartibga, basharti u so‘ralayotgan Tomon qonunchiligiga zid bo‘lmasa, amal qilinadi.
3. Agar so‘ralayotgan Tomon so‘rovning bajarilishi mazkur Tomonda olib borilayotgan tergov, jinoiy ta’qib yoki sud muhokamasiga to‘sqinlik qiladi deb hisoblasa yoxud uning ijro etilishini zarur shartlarga rioya qilinganidan so‘ng ta’minlash mumkin deb topsa, so‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomon bilan maslahatlashib olishi lozim. Agar so‘rayotgan Tomon so‘ralayotgan Tomon belgilagan shartlarda yordam ko‘rsatilishiga rozi bo‘lsa, mazkur shartlarga amal qilinadi.
4. Agar so‘rayotgan Tomon so‘rov va uning mazmunini sir saqlashni talab qilsa, so‘ralayotgan Tomon buning uchun zarur bo‘lgan barcha choralar ko‘radi. Basharti maxfiylikni buzmagan holda ushbu so‘rovni ijro qilishning imkoni bo‘lmasa, so‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomonni bu haqda xabardor qiladi, u esa o‘z navbatida so‘rovni bu holatda ijro etish yoki etmaslik masalasini hal qiladi.
5. So‘ralayotgan Tomon so‘rovni bajarish jarayoni yuzasidan so‘rayotgan Tomonning asosli iltimoslariga javob yuborishi lozim.
6. So‘ralayotgan Tomon so‘rovni ijro etish natijalari to‘g‘risida so‘rayotgan Tomonni xabardor qiladi. Agar so‘rovning bajarilishi rad etilsa yoki kechiktirilsa, so‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomonni bunday rad etish yoki kechiktirish sabablari to‘g‘risida xabardor qiladi.
1. So‘ralayotgan Tomon so‘rovning ijro etilishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi, so‘rayotgan Tomon esa quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:
b) shaxsning mazkur Shartnomaning 11 va 12-moddalari qoidalariga binoan yoki so‘rayotgan Tomon ehtiyojlari uchun so‘ralayotgan Tomon hududiga kelib-ketishi bilan bog‘liq to‘lov va xarajatlar;
c) videokonferensiya va televizion aloqalarni o‘rnatish hamda undan foydalanish va bunday harakatlarda tarjimonni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar;
d) mazkur Shartnomaning 12-moddasiga muvofiq qamoqda ushlab turilgan shaxsni ko‘rsatuv berish uchun o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar.
2. Agar so‘rovni ijro etish mobaynida ko‘zda tutilmagan xarajatlar kelib chiqishi ayon bo‘lsa, Tomonlar so‘rov ijrosini davom ettirish shartlarini aniqlashtirish maqsadida maslahatlashishlari lozim.
1. So‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomondan ushbu Shartnomaga muvofiq olingan har qanday axborot yoki dalillardan so‘ralayotgan Tomonning oldindan olingan roziligisiz so‘rovda ko‘zda tutilgandan boshqa tergov, jinoiy ta’qib yoki sud muhokamasida foydalanmaslikni talab qilishi mumkin. Basharti so‘ralayotgan Tomon buni talab qilsa, so‘rayotgan Tomon ushbu shartlarga rioya etishi lozim.
2. So‘ralayotgan Tomon ushbu Shartnoma bo‘yicha taqdim etilgan axborot yoki dalillarning sir saqlanishini yoki ulardan faqat o‘zi belgilab bergan shartlarda foydalanishni talab qilish mumkin. Agar so‘ralayotgan Tomon buni talab qilsa, so‘rayotgan Tomon ushbu shartlarga rioya etishi lozim.
3. Axborot yoki dalillar so‘rayotgan Tomonda ushbu moddaning 1 va 2-bandlariga zid bo‘lmagan tartibda hammaga ma’lum qilingan bo‘lsa, ular istalgan maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
1. Mazkur Shartnomaga binoan so‘ralayotgan Tomon hududidagi dalillar olinishi talab etilayotgan shaxs ushbu Tomon milliy qonunchiligiga muvofiq, zarurat tug‘ilganda hozir bo‘lishga va ko‘rsatuv berishga yoki ashyolarni, jumladan, hujjat va yozuvlarni taqdim etishga majbur qilinadi.
2. So‘ralayotgan Tomon o‘z qonunchiligida belgilangan tartibda, so‘rovni ijro etishda unda ko‘rsatilgan shaxslarning hozir bo‘lishiga ruxsat berishi mumkin.
3. Agar mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan shaxs so‘rayotgan Tomon qonunchiligiga binoan daxlsizligi, layoqatsizligi yoki imtiyozi to‘g‘risida da’vo qilsa, so‘ralayotgan Tomon ko‘rsatuv yoki dalillarni olishdan oldin so‘rayotgan Tomonni mazkur da’voni hal qilish uchun xabardor qiladi.
4. So‘ralayotgan Tomon hududida taqdim qilingan yoki mazkur moddaga muvofiq so‘rayotgan Tomonning so‘rovi bo‘yicha olingan ko‘rsatuvlarga tegishli bo‘lgan dalillar so‘ralayotgan Tomon qonunchiligiga binoan tasdiqlanishi lozim.
1. So‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomonni umumiy foydalanish uchun ochiq bo‘lgan hujjat va yozuvlarning nusxalari bilan ta’minlaydi.
2. So‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomonni ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilmagan har qanday boshqa hujjat va yozuvlarning nusxalari bilan ta’minlashi mumkin, milliy xavfsizlikka taalluqli bo‘lgan hujjat va yozuvlar bundan mustasno.
1. Agar so‘rayotgan Tomon so‘ralayotgan Tomondagi shaxsni ko‘rsatuvlar berish uchun so‘rayotgan Tomonda hozir bo‘lishini talab etsa, so‘ralayotgan Tomon mazkur shaxsni uning xohishiga ko‘ra ko‘rsatuv berish uchun taklif qilishi lozim. So‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomonni bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardor qiladi.
2. So‘rayotgan Tomon shaxsga qoplanadigan xarajatlar doirasini aniqlashi lozim. Hozir bo‘lishga rozilik bergan shaxs so‘rayotgan Tomondan bu xarajatlarni qoplash uchun avans so‘rashi mumkin. Bu avans so‘rayotgan Tomonning elchixonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan ta’minlanishi mumkin.
3. Mazkur modda qoidalariga asosan hozir bo‘lgan shaxs so‘rayotgan Tomon hududida so‘ralayotgan Tomon hududini tark etguniga qadar sodir etgan har qanday qilmishi uchun yoki chiqarilgan hukmlar asosida hozir bo‘lishi uchun chaqirilishi, qamoqqa olinishi yoxud shaxsiy erkinlikning boshqacha tarzda cheklanishiga duchor etilishi, shuningdek o‘z ko‘rsatuvlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas.
4. Agar so‘rayotgan Tomonda hozir bo‘lgan shaxs uning hududini tark etish uchun erkinligi va imkoniyatlarga ega bo‘lib, bundan buyon hozir bo‘lishiga zarurat yo‘qligi to‘g‘risida xabar olgan kundan boshlab o‘ttiz (30) kun ichida tark etmasa yoki tark etib, ixtiyoriy ravishda qaytib kelsa, boshqa jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Mazkur muddat shaxs o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra hududni tark eta olmagan davrni qamrab olmaydi.
1. So‘ralayotgan Tomonda qamoqda saqlanayotgan shaxs o‘zining va so‘ralayotgan Tomonning roziligi bilan mazkur Shartnomaga muvofiq so‘rayotgan Tomonda ko‘rsatuv berish uchun vaqtincha o‘tkazilishi mumkin.
a) so‘rayotgan Tomon o‘tkazilgan shaxsni qamoqda saqlab turadi, basharti so‘ralayotgan Tomon boshqacha ruxsat bermagan bo‘lsa;
b) so‘rayotgan Tomon qamoqda saqlab turilgan shaxsni o‘tkazilgan vaqtdan boshlab oltmish (60) kun ichida so‘ralayotgan Tomonga qaytarishi lozim;
c) o‘tkazilgan shaxs so‘rayotgan Tomonda qamoqda saqlab turilgan davr uning so‘ralayotgan Tomonda belgilangan jazoni o‘tash muddatiga qo‘shiladi.
3. So‘ralayotgan Tomon o‘tkazilgan shaxsning hukm bilan tayinlangan jazo muddati tugaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra bundan keyin qamoqda ushlab turish zaruriyati yo‘qligi to‘g‘risida so‘rayotgan Tomonga xabar qiladi. Bu holatda so‘rayotgan Tomon shaxsni ozod qiladi va unga nisbatan mazkur Shartnoma 11-moddasining 4-bandi qoidalari qo‘llaniladi.
1. So‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomonda hozir bo‘lishi talab qilingan qamoqda saqlab turilgan shaxsni o‘z hududi orqali tranzit olib o‘tish uchun ruxsat berishi mumkin.
1. So‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomonning mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq yuborgan yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘roviga to‘liq yoki qisman tegishli bo‘lgan har qanday hujjatlarni samarali tarzda topshirish uchun barcha choralar ko‘radi.
2. So‘rayotgan Tomon shaxsni o‘z organida hozir bo‘lishini talab qiluvchi hujjatni topshirish to‘g‘risidagi so‘rovni ushbu shaxs hozir bo‘lishi kerak bo‘lgan muddatdan oltmish (60) kun oldin yuboradi.
3. So‘ralayotgan Tomon so‘rovda ko‘rsatilgan tartibda hujjatlarni topshirganligini tasdiqlovchi xabarnomani qaytarishi lozim.
4. Chaqiruvga binoan kelmagan shaxs so‘ralayotgan Tomonning qonunchiligiga muvofiq biror bir jazoga tortilishi yoki majburiy choralarga duchor qilinishi mumkin emas.
1. So‘ralayotgan Tomon o‘z qonunchiligiga muvofiq so‘rayotgan Tomonda tergov qilinayotgan jinoyatga aloqador har qanday ashyolarni topish uchun tintuv o‘tkazish, xatlash yoki topshirish to‘g‘risidagi so‘rovni bajarishi hamda ushbu ashyolarni topshirishi lozim.
2. So‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomondan topshiradigan ashyolarga nisbatan uchinchi shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan shartlarga rozi bo‘lishni talab qilishi mumkin.
3. So‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomonni u talab qilishi mumkin bo‘lgan har qanday tintuv natijalari, xatlash joyi va holatlari hamda olib qo‘yilgan ashyolarning kelgusida saqlanishiga doir ma’lumotlar bilan ta’minlashi lozim.
4. So‘rayotgan Tomon xatlanib, unga topshirilgan ashyolarga doir so‘ralayotgan Tomon belgilagan har qanday shartlarga amal qilishi lozim.
So‘rayotgan Tomon, agar so‘ralayotgan Tomon buni talab qilsa, mazkur Shartnomaga muvofiq so‘rovni bajarish maqsadida unga taqdim etilgan ashyolarni, shu jumladan, hujjatlar va yozuvlarni qaytarib beradi.
1. Agar Tomonlardan biriga boshqa Tomon hududida joylashgan va musodara qilinishi mumkin bo‘lgan yoki mazkur Tomonning qonunchiligiga muvofiq boshqacha tarzda xatlanishi mumkin bo‘lgan jinoiy daromadlar, jinoyat predmetlari va qurollari ma’lum bo‘lsa, u bu haqda boshqa Tomonni xabardor qilishi mumkin. Agar mazkur boshqa Tomon bunga nisbatan yurisdiksiyaga ega bo‘lsa, u olingan ma’lumotni qaror qabul qilish uchun o‘zining vakolatli organlariga taqdim etishi mumkin va bu organlar qonunchilikka asosan qaror qabul qilib, ko‘rilgan choralar to‘g‘risida boshqa Tomonni xabardor qilishi lozim.
2. Har bir Tomon boshqa Tomonga jinoiy daromadlar, jinoyat predmetlari va qurollarini musodara qilish, jabrlanuvchilarga jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va tovon undirishda o‘z qonunchiligi yo‘l qo‘yadigan darajada yordam beradi.
3. Jinoiy daromadlar, jinoyat predmetlari va qurollarini saqlayotgan Tomon o‘z qonunchiligiga muvofiq ularni tasarruf etadi. Tomonlardan har biri mazkur mulkning hammasini yoki bir qismini yoxud uni sotishdan olingan foydani boshqa Tomonga o‘z qonunchiligi ruxsat bergan darajada va mazkur Tomon lozim deb topgan shartlarda topshirishi mumkin.
1. Agar so‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomondan talon-toroj qilingan davlat mulki bo‘lgan aktivlarni xatlasa yoki musodara qilsa, so‘ralayotgan Tomon xatlangan yoki musodara qilingan aktivlarni ularning legallashtirilganligi yoki legallashtirilmaganligidan qat’i nazar, asosli xarajatlarni chiqarib tashlagan holda so‘rayotgan Tomonga qaytarib beradi.
1. Agar bir Tomon ixtiyorida davlat aktivi hisoblanmagan, musodara qilingan mulk bo‘lsa va mazkur Tomon (saqlovchi Tomon) boshqa Tomonni (hamkorlik qiluvchi Tomon) bunga hamkorlik qilgan deb hisoblasa, saqlovchi Tomon o‘z ixtiyoriga ko‘ra va o‘z qonunchiligiga muvofiq ushbu aktivlar yoki ularga tenglashtirilgan mablag‘larni hamkorlik qiluvchi Tomon bilan taqsimlab olishi mumkin.
2. Agar alohida holatlarda Tomonlar boshqacha tarzda kelishib olmagan bo‘lsa, aktivlarni taqsimlash to‘g‘risidagi so‘rov musodara qilish bo‘yicha yakuniy qaror kuchga kirgandan so‘ng bir yil ichida yuborilishi lozim.
3. Agar Tomonlar boshqacha tarzda kelishib olmagan bo‘lsa, saqlovchi Tomon mazkur modda qoidalariga muvofiq har qanday summani topshirishda undan foydalanish shartlarini belgilamasligi lozim, shu jumladan, hamkorlik qiluvchi Tomondan boshqa davlat, tashkilot yoki jismoniy shaxs bilan ushbu mablag‘ni bo‘lishishni talab qilmasligi lozim.
Ushbu Shartnoma Tomonlar ishtirokchi bo‘lgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
Ushbu Shartnomani talqin qilish va qo‘llashda yuzaga keladigan barcha nizolar bo‘yicha Tomonlarning Markaziy organlari o‘zaro kelishuvga erishishmasa, ular diplomatik kanallar orqali maslahatlashuvlar yo‘li bilan hal qilinadi.
2. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan so‘ng o‘ttizinchi (30) kunda kuchga kiradi.
3. Ushbu Shartnoma Tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan o‘zgartirilishi mumkin, bunday holatlarda mazkur modda qoidalari qo‘llaniladi.
4. Har bir Tomon istalgan vaqtda diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish bilan Shartnomaning amal qilishini tugatishi mumkin. Shartnomaning amal qilishi bunday xabarnoma berilgan sanadan boshlab olti (6) oydan so‘ng tugaydi. Biroq xabarnoma berilishidan oldin boshlangan protsessual harakatlar ular yakunlanguniga qadar ushbu Shartnoma bilan tartibga solinishda davom etadi.
Tegishli tartibda o‘z davlatlari tomonidan vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Shartnomani imzoladilar.