Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida

1-ILOVA
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti to‘g‘risida NIZOM

I. Umumiy qondalar

II. Yig‘ma departamentning vazifalari va funksiyalari

III. Yig‘ma departamentning huquqlari va javobgarligi

IV. Yig‘ma departamentning tuzilmasi

V. Yig‘ma departament faoliyatini tashkil etish

2-ILOVA
Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risida NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Departamentning vazifalari va funksiyalari

III. Departamentning huquqlari va javobgarligi

IV. Departamentning tuzilmasi

V. Departament faoliyatini tashkil etish

3-ILOVA
Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risida NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Departamentning vazifalari va funksiyalari

III. Departamentning huquqlari va javobgarligi

IV. Departamentning tuzilmasi

V. Departament faoliyatini tashkil etish

4-ILOVA
Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risida NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Departamentning vazifalari va funksiyalari

III. Departamentning huquqlari va javobgarligi

IV. Departamentning tuzilmasi

V. Departament faoliyatini tashkil etish

5-ILOVA
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risida NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Departamentning vazifalari va funksiyalari

III. Departamentning huquqlari va javobgarligi

IV. Departamentning tuzilmasi

V. Departament faoliyatini tashkil etish

5a-ILOVA
Arxitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risida NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari

III. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi

IV. Inspeksiyaning tuzilmasi

V. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish

6-ILOVA
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risida NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Departamentning vazifalari va funksiyalari

III. Departamentning huquqlari va javobgarligi

IV. Departamentning tuzilmasi

V. Departament faoliyatini tashkil etish

7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari RO‘YXATI

Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2017
Hujjat 23.03.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 23-iyuldagi PQ-2374-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari faoliyatini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash, hududlarni kompleks rivojlantirish, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini va muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Yig‘ma departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq xususiy mulkni, kichik va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘g‘anoqlar va to‘siqlarni bartaraf etishni ta’minlash, tadbirkorlik tuzilmalariga to‘sqinlik qilganlik yoki ular faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlikni oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarning amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoniga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, potensial investorlar uchun ularning ochiqligi va jalb etuvchanligini ta’minlash, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son qaroriga muvofiq ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida importni qisqartirishning tasdiqlangan parametrlariga erishishni ta’minlash, raqobatbardoshli importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni, shuningdek mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning tayyor turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini tizimli tahlil etish va nazorat qilish;
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
15. Yig‘ma departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Yig‘ma departamentning ish rejalari, Yig‘ma departament mudiri, mudirning o‘rinbosarlari, sho’ba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son hamda “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarorlarida belgilangan vazifalarga muvofiq tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini, shuningdek suv xo‘jaligida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmonida belgilangan vazifalarga muvofiq qishloqda zamonaviy mini-texnologiyalardan va ixcham asbob-uskunalardan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish, xususiy mulkni, kichik va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmonida belgilangan ishlab chiqarish, investitsiya, marketing jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan vazifalarga muvofiq paxtani qayta ishlash sanoatida va yengil sanoatda korporativ boshqarishning zamonaviy metodlarini joriy etishni tahlil qilish ishlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son hamda “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarorlarida belgilangan vazifalarga muvofiq paxtani qayta ishlash sanoati va yengil sanoat korxonalarida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini, shuningdek energiya sig‘imini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish monitoringini olib borish;
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
13. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, sho’ba mudirlari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda yer osti boyliklaridan samarali foydalanish va mineral xomashyo qazib olish talablarini hisobga olgan holda, hududlarni kompleks geologik o‘rganish, eng avvalo, uglevodorod xomashyo, asl, rangli, nodir metallar va uran, shuningdek mineral xomashyoning boshqa turlarini, chuchuk va mineral yer osti suvlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan foydali qazilmalarning geologik zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari va ilg‘or metodlarini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2014-yil 3-apreldagi PQ-2158-son qaroriga muvofiq hujjatlar aylanishi, hisob va hisobot tizimiga, metallurgiya sanoati tashkilotlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga, xodimlarni boshqarishga, ishlab chiqarish-texnologiya jarayonlariga asosan mahalliy zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son qarorida belgilangan va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirishga, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga, mahalliy xomashyo resurslari bazasida importning o‘rnini bosuvchi va ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan to‘ldirishni, tejamkorlikni va valyuta resurslaridan oqilona foydalanishni, yangi ish o‘rinlari yaratishni va aholi bandligini ta’minlovchi zamonaviy, yuqori texnologiyali, raqobatga bardoshli ishlab chiqarishlar barpo etishga yo‘naltirilgan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qarorini amalga oshirish doirasida xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va respublika metallurgiya sanoati tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda xorijiy investorlarga sotish hisobiga ishlab chiqarishni Modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqishni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularning ochiqligini va potensial investorlar uchun jozibadorligini ta’minlash, korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlarini joriy etish, respublika metallurgiya sanoati tashkilotlarini strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-apreldagi PQ-2158-son qaroriga muvofiq hujjatlar aylanishi, hisob va hisobot tizimiga, yoqilg‘i-energetika kompleksi tashkilotlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga, xodimlarni boshqarishga, ishlab chiqarish-texnologiya jarayonlariga asosan mahalliy zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son qarorida belgilangan va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirishga, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga mahalliy xomashyo resurslari bazasida importning o‘rnini bosuvchi va ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan to‘ldirishni, tejamkorlikni va valyuta resurslaridan oqilona foydalanishni, yangi ish o‘rinlari yaratishni va aholi bandligini ta’minlovchi zamonaviy, yuqori texnologiyali, raqobatga bardoshli ishlab chiqarishlar barpo etishga yo‘naltirilgan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qarorini amalga oshirish doirasida xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va yoqilg‘i-energetika kompleksi tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda xorijiy investorlarga sotish hisobiga ishlab chiqarishni Modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqishni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularning ochiqligini va potensial investorlar uchun jozibadorligini ta’minlash, korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlarini joriy etish, tarmoqqa zamonaviy fikrlaydigan, yuqori malakali menejerlarni jalb etish, respublika yoqilg‘i-energetika kompleksi tashkilotlarini strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-apreldagi PQ-2158-son qaroriga muvofiq hujjatlar aylanishi, hisob va hisobot tizimiga, kimyo va neft-kimyo sanoati tashkilotlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga, xodimlarni boshqarishga, ishlab chiqarish-texnologiya jarayonlariga asosan mahalliy zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son qarorida belgilangan hamda mahalliy xomashyo resurslari bazasida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirishga, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga mahalliy xomashyo resurslari hisobiga importning o‘rnini bosishni va ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan to‘ldirishni, valyuta mablag‘larini tejashni va ulardan oqilona foydalanishni, yangi ish o‘rinlari yaratishni va aholi bandligini ta’minlaydigan zamonaviy, yuqori texnologiyali, raqobatbardoshli ishlab chiqarishlar barpo etishga yo‘naltirilgan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qarorini amalga oshirish doirasida xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va kimyo va neft-kimyo sanoati tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda xorijiy investorlarga sotish hisobiga ishlab chiqarishni Modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqishni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularning ochiqligini va potensial investorlar uchun jozibadorligini ta’minlash, korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlarini joriy etish, kimyo va neft-kimyo sanoati tashkilotlarini strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
13. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, sho’balar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son qarori bilan tasdiqlangan 2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga muvofiq, ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarini mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va ularning yangi turlarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi avtomobilsozlik korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq avtomobilsozlik sanoatida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etishni davom ettirishga ko‘maklashish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq avtomobil sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini yetakchi xorijiy kompaniyalarga sotish yo‘li bilan jalb etilishini chuqur o‘rganish va ekspert jihatidan baholash, shu asosda ishlab chiqarishni Modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarishning tashkil etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmonida belgilangan vazifalarga muvofiq, xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni avtomobil sanoatiga jalb etish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlilini hamda kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son qarori bilan tasdiqlangan 2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgan mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan to‘ldirishni ta’minlovchi loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiyaviy, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda xorijiy investorlarga sotish yo‘li bilan jalb etilishini chuqur o‘rganish va ekspert jihatidan baholash, shu asosda ishlab chiqarishni Modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarishning tashkil etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmonida belgilangan vazifalarga muvofiq, xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni qishloq xo‘jaligi mashinasozligiga jalb etish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlilini hamda kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning' bajarilishini monitoring qilish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son qarori bilan tasdiqlangan 2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga muvofiq, elektrotexnika sanoati korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliy elektrotexnika va iste’mol tovarlarining zarur turlari bilan to‘ldirishni ta’minlovchi zamonaviy yuqori texnologiyali raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni barpo etish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq elektrotexnika tarmog‘i korxonalarida korportiv boshqaruvning zamonaviy uslublari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiyaviy, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq respublika elektrotexnika sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda xorijiy investorlarga sotish yo‘li bilan jalb etilishini chuqur o‘rganish va ekspert jihatidan baholash, shu asosda ishlab chiqarishni Modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarishning tashkil etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmonida belgilangan vazifalarga muvofiq, xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni elektrotexnika sanoatiga jalb etish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlilini hamda kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarning monitoringini olib borish va ularni muvofiqlashtirish.
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
13. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, sho’balar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son qaroriga muvofiq transport tarmog‘i korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari o‘zlashtirilishini ta’minlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan transport korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potensial investorlarga sotish yo‘li bilan jalb etish, shu asosda transport parkini Modernizatsiyalash va yangilashni ta’minlashni chuqur o‘rganish va ekspert baholashni o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoniga muvofiq transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq transport va transport kommunikatsiyalari sohasida Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 27-fevraldagi PQ-2136-son qaroriga muvofiq innovatsiya texnologiyalarini va montajning ilg‘or tizimlarini joriy etish, shuningdek ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini industriyalashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yo‘li bilan maxsus va montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga muvofiq Yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda Qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga sotish yo‘li bilan jalb etishni chuqur o‘rganish va ekspert baholashni o‘tkazish, shu asosda ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoniga muvofiq pudrat tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq kapital qurilish va arxitektura sohasida Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son qaroriga muvofiq qurilish industriyasi korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari o‘zlashtirilishini ta’minlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan qurilish industriyasi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potensial investorlarga sotish yo‘li bilan jalb etishni chuqur o‘rganish va ekspert baholashni o‘tkazish, shu asosda ularni Modernizatsiyalashni ta’minlash va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoniga muvofiq qurilish industriyasi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq qurilish industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish uchun Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
13. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri va mutaxassislarning, shuningdek Inspeksiya boshlig‘i va inspektorlarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
2. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
12. Inspeksiya ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departament va Inspeksiyaning choraklik ish rejalari, boshliq va inspektorlarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qaroriga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimini joriy etishda, davlat xizmatlari ko‘rsatish va ma’muriy tartib-taomillarning axborotlashtirilishi darajasini oshirishda davlat siyosati shakllantirilishida qatnashish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son qaroriga muvofiq raqobatga bardoshli milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni va uning ichki bozorini rag‘batlantirish sohasida davlat siyosati shakllantirilishida qatnashishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-apreldagi PQ-2158-son qaroriga muvofiq iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida zamonaviy dasturiy mahsulotlarni, axborot tizimlari va resurslarini joriy etishni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son qaroriga muvofiq telekommunikatsiyalar sohasida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish darajasini yanada chuqurlashtirishni ta’minlash, importning o‘rnini bosishni va mahalliy xomashyo resurslari bazasida ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan ta’minlaydigan zamonaviy yuqori texnologik raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoniga muvofiq pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi tashkilotlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni zarurat bo‘lganda qaytarib yuborish.
13. Departamentning ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, sho’balar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”