Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

I. Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasida

1.

Davlat organlari, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning vazifa va vakolatlarini tanqidiy tahlil qilish hamda tadbirkorlikni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish, ularga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi tadbirlarning samaradorligini oshirish va takomillashtirishga doir asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2016-yil noyabr

Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari

2.

Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to‘xtatib qo‘yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari talablari qat’iy bajarilishini, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini ta’minlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2016-yil dekabr Doimiy ravishda kompleks chora-tadbirlar ijrosi

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX, manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek korrupsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2016-yil noyabr

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

“Davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagilarni nazarda tutish:

DXSh tushunchasi, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari;

DXSh ishtirokchilari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari;

DXSh ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, tadbirkorlik subyektlari mablag‘larining sarflanishi shaffofligi va samaradorligi kafolatlari;

DXSh loyihalari amalga oshiriladigan ustuvor sohalar;

DXSh ishtirokchilarini rag‘batlantirish hamda ushbu sohada nazoratni amalga oshirish tartibi va shartlari.

Qonun loyihasi

2017-yil III choragi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Davlat raqobat qo‘mitasi, Oliy xo‘jalik sudi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagilarni nazarda tutish:

davlat xaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmi, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olish choralari;

davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish;

davlat xaridlari tizimini qo‘llash majburiy bo‘lgan subyektlar doirasini kengaytirish, ularning qatoriga davlat korxonalari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan ziyod bo‘lgan tijorat tashkilotlarini qo‘shish;

davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish;

elektron xaridlarni yanada rivojlantirish, natijalarini tahlil qilish uchun ma’lumotlar yagona bazasini, xaridlarning zaruriy parametrlarini joriy etish.

Qonun loyihasi

2017-yil II choragi

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagilarni nazarda tutish:

davlat organlari boshqaruv faoliyati tashkil etilishini takomillashtirish;

asosli va tezkor qarorlar qabul qilish orqali samarali davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;

yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etish.

Qonun loyihasi

2017-yil II choragi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DBQ, DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Tadbirkorlik subyektlarini jahon Internet axborot tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini takomillashtirish va soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil I choragi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Axborot texnolo-

giyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, DSQ

8.

Quyidagi asosiy vakolatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil institutini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish:

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlash;

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganligini o‘rganish;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’siri samaradorligini baholash;

davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tadbirkorlik subyektlarini huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi

2017-yil I choragi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

II. Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni qisqartirish va ularning faoliyatiga asossiz aralashishning
oldini olish sohasida

9.

Tadbirkorlik subyektlarining rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlarini bekor qilish, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo‘yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2016-yil dekabr

DSQ, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

10.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlarini bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2016-yil dekabr

DSQ, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

Eng avvalo, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlashga, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishga va ularning faoliyati to‘xtatib qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini (taftishlarni) tayinlash, o‘tkazish va ularning muddatini uzaytirishning aniq protsessual tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2016-yil noyabr

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX, manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

Davlat organlari, shu jumladan nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar huzurida jamoatchilik maslahat kengashlarini tashkil etish va ular tarkibiga tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek ularning uyushmalari vakillarini kiritish.

Id�raviy hujjatlar

2016-yil dekabr

Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari

III. Tadbirkorlik subyektlarining javobgarligini yanada liberallashtirish sohasida

13.

Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi m�rta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlari yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazilgan holatlar bundan mustasno, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qo‘llanilishidan ozod etish tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2016-yil dekabr

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

Noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan e’tiboran bir oy muddatda yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2016-yil dekabr

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

15.

Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qo‘llamaslik tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2016-yil dekabr

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

16.

Iqtisodiy jinoyatlar sodir etish, shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish oqibatida yetkazilgan zararni aniqlashning asoslangan yagona mezonlari va asoslarini belgilash.

Oliy sud Plenumining qarori loyihasi

2016-yil dekabr

Oliy sud, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

17.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat qonunchiligi normalarini yanada liberallashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2016-yil noyabr

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

IV. Moliyaviy hamda soliqqa tortish tizimi va bojxona ishini takomillashtirish sohasida

18.

Quyidagilarga yo‘naltirilgan asosli takliflar kiritish:

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish xarajatlarini kamaytirish, masofaviy nazoratni keng joriy etish va soliq to‘lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirishni ta’minlaydigan soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yanada yaxshilash;

�espublikaning eksport salohiyati o‘sishini, to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni faol jalb etishni va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishni rag‘batlantiradigan valyutani tartibga solishning va valyutalarkursisiyosatining ilg‘or bozor mexanizmlarini joriy etish;

tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazishning aniq huquqiy asoslari hamda mezonlarini nazarda tutgan holda qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatining kameral nazorati samaradorligini oshirish orqali tekshirishlarni o‘tkazish soni va muddatlarini qisqartirish;

huquqbuzarliklarning oldini olish va qonunga itoatkor tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyati kafolatlarining asosiy mexanizmlaridan biri sifatida, auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilari ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati va taqdim etayotgan xulosalarining haqqoniyligi uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan ular faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, davlat organlari tomonidan tijorat banklari faoliyatiga, birinchi navbatda, kredit siyosatiga ma’muriy aralashuvlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik;

bankning samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiluvchi g‘ovlarni tugatish, shuningdek mijozlarning o‘z pul mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqi to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2016-yil dekabr

Moliya vazirligi, Markaziy bank, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

19.

Naqdsiz pul aylanmasini, avvalambor terminallar va plastik kartochkalar sonini ko‘paytirish orqali kengaytirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2016-yil dekabr

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari

20.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalariga ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida amalda bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini (resurs va bojxona to‘lovlari bundan mustasno) besh yil mobaynida qo‘llash huquqini berish.

Qonun loyihasi

2016-yil dekabr

Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV

21.

Tadbirkorlik subyektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risida ariza bergan taqdirda davlat boji to‘lashdan ozod etish.

Qonun loyihasi

2016-yil dekabr

Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi

22.

Tadbirkorlik subyektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yish borasidagi talab, valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalariningyagonaelektronaxborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilish, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilish bo‘yicha kontraktlar mustasno.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, TIAISV, DBQ, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

23.

Eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat ilgari xuddi shunday tovar uchun aynan sertifikat olgan arizachiga bir ish kuni mobaynida berish tartibini belgilash

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016-yil dekabr

TIAISV, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zbekekspertiza” AJ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

24.

“Eksport” bojxona rejimga amalga oshirilmaydigan joylarda joylashtirilgan tovar uchun bojxona rasmiylashtiruvi yig‘im stavkalarini amaldagiga nisbatan ikki marta kamaytirish (eng kam oylik ish haqining 10 foizidan 5 foizgacha).

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016-yil dekabr

Moliya vazirligi, TIAISV, DBQ, Iqtisodiyot vazirligi

V. Tadbirkorlarning sud orqali himoya qilinishini kuchaytirish, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash, investitsiyaviy jozibadorligini va respublikaning xalqaro reytingini oshirish sohasida

25.

Nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlariga nisbatan ma’muriy jazolarni qo‘llash borasidagi funksiya va vakolatlarini bosqichma-bosqich sud organlariga o‘tkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016-yil dekabr

Oliy sud, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, MXX, manfaatdor vazirliklar va idoralar

26.

Tadbirkorlar huquqlarining sud orqali ishonchli himoya qilinishini, shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida sud majlislariga audio va video qayd etish mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilishini, shuningdek qabul qilingan sud qarorlari veb-saytlarda joylashtirilishini nazarda tutuvchi dasturning ishlab chiqish.

Dastur loyihas� Dastur ijrosi

2016-yil dekabr 2017-2018-yy.

Oliy xo‘jalik sudi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

27.

“Yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari tizimining samarali faoliyat olib borishi uchun idoralar�ro axborot almashinuvi mexanizmini takomillashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil IV choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

28.

Tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi, gaz va suv bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida shahar (tuman)larning muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil I choragi

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zavtoyul” AJ, “O‘zkommunxizmat” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

29.

Ruxsat beruvchi va litsenziyalash tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni oshirish, ularning soni va ko‘rib chiqish muddatlarini optimallashtirish, shu jumladan korrupsion omillar shakllanishi imkonini bartaraf etish va byurokratiya holatlarini tugatish maqsadlarida.

Ayrim litsenziya turlarining amal qilish muddatlari bo‘yicha talablarni bekor qilish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017-yil I choragi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

30.

Tadbirkorlik subyektlariga faqat davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar orqali “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2016-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

31.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) bilan integratsiyalashgan “Yagona darcha” markazlari faoliyatiga oid yagona veb-saytni yaratish va unga quyidagilarni kiritish:

markazlar faoliyati haqidagi umumiy ma’lumotlar hamda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati;

ta’sis hujjatlarining (tashkiliy-huquqiy shakllari bo‘yicha) standart namunalari;

xizmatdan foydalanish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati, xizmatlar pulli bo‘lgan taqdirda, ularning qiymati, to‘lovni amalga oshirish tartibi hamda bank rekvizitlari haqidagi ma’lumotlar;

davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” elektron resursi (saytni YIDXP bilan integratsiyalashtirish orqali).

Normativ-huquqiy hujjat lo�ihasi

2017-yil III choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

32.

“Elektron hukumat” tizimi doirasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning asosiy tartib-taomillari elektron shaklga o‘tkazishni jadallashtirish, bunda:

tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish, litsenziyalash va boshqa ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshiradigan vakolatli davlat organlari ma’lumotlar bazasining “Litsenziya” axborot tizimi majmuasi bilan integratsiyalashuvi�i jadallashtirish;

2017-yil yakuniga qadar yer uchastkalari hamda qurilishga ruxsat berish, mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga oid tartib- taomillarni interaktiv shaklga o‘tkazishni yakunlash;

barcha tartib-taomillardan o‘tish hamda “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatish va tranzaksion xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradigan “Soliq” va “Bojxona” axborot tizimlari majmuining idoralararo integratsiyalashgan platformasi orqali bosqichma-bosqich integratsiyalashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil IV choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ, DBQ, “O‘zkommunxizmat” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

33.

Tovarning kelib chiqish sertifikatini, veterinariya, fitosanitariya, ekologik, sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik subyektlariga ruxsat beruvchi tartib-taomillardan o‘tish jarayonini interaktiv kuzatish imkonini beradigan “Yagona darcha” idoralararo axborot tizimini to‘liq joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017-yil I choragi

DBQ, “O‘zstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, TIAISV, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

34.

“O‘zbekekspertiza” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlariga eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmati ko‘rsatish yagona portalini integratsiyalash yo‘li bilan:

tovarlar kelib chiqishini sertifikatlashtirish;

mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishning t�xnologik jarayonida foydalaniladigan texnologik uskunalarni va uning ehtiyot qismlarini, shuningdek tarkibiy qismlari, xomashyo hamda materiallarini olib kirishda xulosa berish bo‘yicha elektron xizmatlarni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017-yil I choragi

TIAISV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DBQ, Iqtisodiyot vazirligi

35.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlanishini yanada rag‘batlantirish, bunda:

davlat organlari tomonidan Yoshlar tadbirkorligini tashkil etilishiga ko‘maklashish;

tadbirkorlik faoliyatiga yoshlarni jalb qilish maqsadida imtiyozli kreditlar berish;

yoshlarga tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish, ta’lim muassasalari bilan ish beruvchilar o‘rtasida shartnoma asosidagi hamkorlikni rivojlantirish;

yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ko‘zda tutish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy

Yoshlar ittifoqi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Barcha texnik talablarni (sanitariya, ekologiya, shaharsozlik normalari va qoidalari, yong‘in xavfsizligi qoidalari, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar va texnik normativlarni) xatlovdan o‘tkazsin hamda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlarining o‘rnini egallab olgan normalarni bartaraf etadigan tegishli normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

Normativ hujjatlar loyihalari

2016-yil dekabr

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV, “O‘zstandart” agentligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, manfaatdor vazirliklar va idoralar

37.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlardan moneliksiz va bepul foydalanish imkonini berish maqsadida ularning jahon Internet axborot tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini va doimiy yangilab borilishini ta’minlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2016-yil dekabr

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV, “O‘zstandart” agentligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, manfaatdor vazirliklar va idoralar

38.

“O‘zbekiston” MTRK telekanalida doimiy namoyish etiladigan “Tadbirkor davri” ko‘rsatuvini tashkil etish yo‘li bilan aholiga, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan tartib-taomillarni tushuntirishga bag‘ishlangan interaktiv teleko‘rsatuvlarni tashkil etish.

Teledasturlar rukni

Doimiy

MTRK, Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish tartibini takomillashtirish, bunda:

murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra tekshirishlarni tayinlashnin� aniq mezonlarini;

tekshirishlarni o‘tkazish (nazorat funksiyalarini amalga oshirish) tartibi va muddatlarini;

o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha taraflarning javobgarligini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017-yil II choragi

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

40.

Tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga “tayyor holda topshirish” sharti bilan ulash mexanizmini yanada takomillashtirish, bunda:

ARTni ishlab chiqish muddatlari va qiymatini (II qismi);

topografik kartani ishlab chiqish tartibi, muddatlari va qiymatini;

shartnoma tuzish uchun obyektning shartnoma qiymatini aniqlash tartibini belgilash.

Tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga “tayyor holda topshirish” sharti bilan ulashda obyektning shartnoma va smeta qiymatini tayyorlash bo‘yicha “amal qilish hujjati”ni ishlab chiqish, unda:

shartnoma va smeta hujjatlarida minimal boshqa xarajatlar (haqiqiy xarajat asosida);

qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun har bir hududiy birlikka zarur bo‘lgan xodimlar shtatining cheklangan sonini nazarda tutish.

Monitoring natijalarini “O‘zbekenergo” AJ rasmiy veb-saytida doimiy ravishda yangilab borgan holda, (SAIDI va SAIFI indekslari asosida) energiya ta’minoti monitoringini joriy etish, shu jumladan rejadan tashqari o‘chirib qo‘yishlar, rejadan tashqari o‘chirib qo‘yishlarning davomiyligi va chastotasini hisobga olish, shuningdek rejadan tashqari o‘chirib qo‘yishda elektr energiyasi berishni tiklash tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016-yil dekabr

“O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekneftgaz” MXK, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

41.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan banklararo savdo sessiyasida sotib olingan xorijiy valyutadan foydalanish muddatini 7 kundan 15 kunga uzaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016-yil dekabr

Markaziy bank, Adliya vazirligi

42.

Kredit-axborot xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda xalqaro kredit byurosini “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi ta’sischilari tarkibiga jalb qilish masalasini ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil davomida

Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qabul qilingan Farmoni, eng avvalo, xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan va ushbu sohada davlat siyosatining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishidan dalolat beradi.

Xususan, Farmon “kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga aralashuvni tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta’minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmaslik”ni eng muhim ustuvor yo‘nalish va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida mustahkamlaydi.

Ushbu maqsadlarda davlat organlariga, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalarga:

o‘z faoliyatida belgilangan talablarning hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlash, shu munosabat bilan o‘z vazifalarini va vakolatlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish;

tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to‘xtatib qo‘yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari talablari qat’iy bajarilishini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini ta’minlash topshirildi.

Ushbu norma davlat organlariga aybdor xodimlarga nisbatan nafaqat intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikning eng qat’iy choralarini qo‘llash majburiyatini yuklabgina qolmasdan, balki tadbirkorlik subyektlariga etkazilgan zararning bevosita ushbu xodimlardan undirilishini ta’minlashni ham yuklaydi.

Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi noqonuniy tekshirishlarni tashkil etishga va ularni o‘tkazishga, ayniqsa, davlat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati asossiz to‘xtatilishiga va zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan.

Farmonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishdan ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat nazoratining prinsipial jihatdan yangi bir qator mexanizmlari belgilanmoqda.

Jumladan, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab quyidagi ilgari ko‘rilmagan choralar joriy etiladi:

tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, bundan yuridik shaxsning tugatilishi bilan bog‘liq tekshirishlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga muvofiq o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar mustasno;

shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi.

Shunday qilib, nazorat qiluvchi organlar endilikda rejadan tashqari tekshirishlar o‘tkazishni tashkil qilish huquqiga ega emas. Bunda fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini ta’minlash maqsadida faqat jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazishning cheklangan imkoniyati saqlanib qoladi. Bunday tekshirish faqat Respublika kengashining qaroriga muvofiq o‘tkazilishi mumkin va tekshirish muddati bir ish kuni bilan cheklangan.

Shu bilan birga, Farmon ma’muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish yo‘lini davom ettirib, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlarini hamda tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirayotgan shaxslarni, ular tomonidan yetkazilgan zararni qoplagan va huquqbuzilishi oqibatlarini belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etgan taqdirda, javobgarlikning barcha turlaridan ozod qilish kabi tubdan yangi choralarni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qo‘llash taqiqlangan.

Ko‘rsatib o‘tilgan normalar tadbirkorlik subyektlarini ikki marta jazolashni istisno etibgina qolmay, balki birinchi marta huquqbuzarlikni sodir etgan va o‘z aybini yuvgan fuqarolarga o‘zining tadbirkorlik faoliyatini salbiy oqibatlarsiz davom ettirish imkonini beradi, bu chora ularning ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantirishga ham yo‘naltirilgan.

Shu munosabat bilan Jinoyat kodeksiga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, Soliq kodeksiga va bir qancha boshqa qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalariga besh yil mobaynida ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada amalda bo‘lgan soliq stavkalari va boshqa majburiy to‘lovlarni qo‘llash huquqi beriladi.

Shuni qayd etish zarurki, ushbu imtiyoz investitsiya sifatida kiritilgan mablag‘lar miqdoridan qat’i nazar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi barcha korxonalarga tatbiq etiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida qonunlar ijrosi ustidan Parlament nazorati shakllarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil institutini tashkil etish mo‘ljallanmoqda.

Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu institut tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlashda, davlat tuzilmalari bilan munosabatlarda ularning manfaatlarini ifodalashda muhim o‘rin tutadi.

Farmon qoidalarini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, xususiy mulkchilikni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash borasida beshta eng ustuvor soha bo‘yicha 42 ta aniq chora-tadbir amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat va biznesning o‘zaro hamkorligidagi ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, davlat resurslaridan foydalanishning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash doirasida umumiy e’tirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator qonunlarni, shu jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”, “Davlat xaridlari to‘g‘risida” va “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilish nazarda tutilmoqda.

Dasturga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish tartibining aniq huquqiy tartibotini belgilash uchun “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonu�ga, Jinoyat-protsessual kodeksiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasida tergov qilishni amalga oshirishda noqonuniy aralashish imkonini beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, Dastur tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq jinoyat qonunchiligi normalarini yanada erkinlashtirish, jinoyatlar sodir etilishi natijasida yetkazilgan zararni aniqlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashishning yagona mezonlari va asoslarini belgilash to‘g‘risida takliflar ishlab chiqilishini nazarda tutadi.

Soliqqa tortish tizimi va bojxona ishini takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini va xalqaro reytingini oshirish sohasida Dasturda quyidagilarga yo‘naltirilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga doir tadbirlar mo‘ljallangan:

valyutani tartibga solish va valyutalar kursi siyosatining ilg‘or bozor mexanizmlarini, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, bank faoliyatini samarali amalga oshirishga to‘sqinlik �iluvchi g‘ovlarni bartaraf etish;

soliq ma’murchiligining sifati va samaradorligini yanada yaxshilash;

tadbirkorlik subyektlarining eksport kontraktlarini bojxona organlarida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi talabni bekor qilish;

huquqbuzilishlarining oldini olishning asosiy mexanizmlaridan biri va qonunga itoatkor tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyati kafolati sifatida auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilarining xizmatlar sifati uchun javobgarligini oshirish va ular tomonidan taqdim etiladigan xulosalarning ishonchliligi yuzasidan ular faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Dasturda tadbirkorlik subyektlariga va ularning xodimlariga nisbatan ma’muriy jazolarni qo‘llash borasidagi vazifa va vakolatlarni bosqichma-bosqich sud organlariga o‘tkazish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud tomonidan himoya qilishni kuchaytirish choralari rejalashtirilgan.

Ushbu choraning amalga oshirilishi tadbirkorlik subyektini tekshirgan nazorat qiluvchi organ tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni mustaqil ko‘rib chiqish va bu orqali ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishdagi betaraflik va xolislikka ta’sir ko‘rsatuvchi amaliyotning bartaraf etilishiga yo‘naltirilgan.

Dastur, shuningdek, xo‘jalik sudlari tizimiga sud majlislarini audio va video qayd etish mexanizmlarini joriy etish tadbirlarini, qabul qilingan qarorlarning veb-saytlarda e’lon qilinishini, hakamlar sudi qarorlarini majburiy ijro etishga ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza berishda tadbirkorlik subyektlarini davlat boji to‘lashdan ozod etishni ham o‘z ichiga oladi.

“Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorligining bevosita muloqot qilmaydigan shakllarini kengaytirish bo‘yicha kompleks tadbirlar mo‘ljallangan. Xususan, Dastur tadbirkorlik subyektlariga faqat davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar orqali “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda texnik talablar (sanitariya, ekologiya, shaharsozlik normalari va qoidalari, yong‘in xavfsizligi qoidalari, standartlashtirish va boshqalar) kabi maxsus normativ hujjatlarni, samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlarining o‘rnini egallab olgan normalarni bekor qilish yuzasidan tanqidiy qayta ko‘rib chiqish nazarda tutilmoqda.

Farmonning amalga oshirilishi mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omili sifatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi ma’muriy g‘ovlar va sun’iy to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan belgilangan yo‘lning uzviyligi va izchilligini ta’minlash imkonini beradi.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”