Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 29.08.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, to‘g‘ridan to‘g‘rixususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar uchun soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xorijiy investorning ulushi ustav kapitalining 15 foizidan 33 foizigacha miqdorni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlariga ham tatbiq etiladi.
1. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan to‘g‘ridan to‘g‘rixususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etuvchi korxonalar, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatlari (bundan buyon matnda korxonalar deb yuritiladi), quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga hisobot yili yakuniga ko‘ra ushbu mahsulot ishlab chiqarishdan tushumning ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 60 foizdan kam bo‘lmagan korxonalar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari (bundan buyon matnda soliq imtiyozlari deb yuritiladi):
O‘z ustav kapitalini (fondini) qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda soliq imtiyozlarini berish uchun nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmagan korxonalarda, Qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda o‘z ustav kapitallarini (jamg‘armalarini) shakllantirmagan, chet el investitsiyalari qatnashgan korxonalardan soliqlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1144, 2002-yil 27-may) muvofiq imtiyozlar taqdim etilgan soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘liq miqdorda va imtiyozlarni qo‘llamasdan soliq imtiyozlari qo‘llanilgan davr uchun to‘lash bo‘yicha majburiyatlar yuzaga keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF-3586-son Farmoni 1a-ilovasida ko‘rsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb
qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan soliq
imtiyozlarini qo‘llash to‘g‘risida
XABARNOMA

_______________________________________________________________ joylashgan

(pochta indeksi, shahar (tuman, ovul), ko‘cha nomi va uy (kvartira) raqami)

________________________________________________ faoliyatini amalga oshiruvchi

(asosiy (soha) faoliyat turi)

_____________________________________________________________ yuridik shaxs,

(yuridik shaxsning to‘liq nomi)

Sizni _____________________ dan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil

(sana)

11-apreldagi PF-3594-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llashi haqida xabardor qiladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi___________________________
_____________________________________________ AQSh dollarini tashkil etadi.

(summa yozuv bilan)

Xabarnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
adliya organlari tomonidan beriladigan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
investitsiyalar O‘zbekiston Respublikasining kafilligisiz amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tasdiqnomasi.

________________________________________________________ ga taqdim etiladi.

(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”