O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi 157-son “Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 18-dekabrdagi 2007-65-son “Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1756, 2008-yil 3-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 1-2-son, 3-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 18-martdagi 2013-14-son “Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi to‘g‘risida”gi Vaqtinchalik nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1756-1, 2013-yil 1-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 14-son, 186-modda).
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi 157-son “Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq moliyaviy va soliq hisobotlarini (bundan buyon matnda hisobot deb yuritiladi) aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibini belgilaydi.
elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.
axborot vositachisi — elektron hujjat aylanishi bilan bog‘liq xizmatlarni shartnoma asosida ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni ta’minlaydigan axborot resursi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
2. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etishda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
hisobotni elektron hujjat tarzida qabul qiluvchi va ularga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlari — hisobotni qabul qiluvchi.
3. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etish soliq to‘lovchining xohishiga ko‘ra tegishli dasturiy ta’minotdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Bunda, tadbirkorlik subyektlari hisobotni telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etadi.
4. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etmaydigan soliq to‘lovchilar uchun hisobotni qog‘ozda taqdim etish tartibi saqlanib qoladi.
Elektron hujjat tarzidagi taqdim etilgan hisobot, soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
elektron raqamli imzoni shakllantirish va uni qabul qilib olishda elektron raqamli imzo vositalari yordamida tekshirish;
hisobotni elektron hujjat tarzida telekommunikatsiya kanallari orqali jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
7. Elektron hujjat tarzidagi hisobotdagi axborotlarni muhofaza qilish maqsadida axborotni uzatishda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini qo‘llaydilar.
8. Hisobot elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda, davlat soliq xizmati organlarining dasturiy-apparat vositalari hisobotni avtomatik tarzda qabul qilinishini, shuningdek soliq to‘lovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tasdiqnomani yuborilishini ta’minlaydi.
Hisobot dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 11-martdagi 2021-14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2808-2, 20.03.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2021-y., 10/21/2808-2/0224-son)
9. Hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilganda, soliq to‘lovchi va davlat soliq xizmati organlari uni qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda elektron ko‘rinishda saqlanishini ta’minlaydilar.
10. Hisobotni elektron hujjat tarzida saqlashda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari tomonidan hisobotning qog‘oz nusxalarini berish va ulardan foydalana olish imkoniyatlari ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
11. Hisobotning elektron hujjat tarzida saqlanish muddatlari qog‘ozdagi hisobotlar uchun o‘rnatilgan muddatlardan kam bo‘lmasligi lozim.
12. Soliq to‘lovchi elektron hujjat tarzidagi hisobotni qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Elektron hujjat tarzidagi hisobotni qabul qilib olishda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining dasturiy-apparat vositalari mazkur hisobotni qabul qilib olganligi to‘g‘risida, qabul qilib olingan sanasi ko‘rsatilgan holda, avtomatik tarzda tasdiqlanishni ta’minlaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
14. Elektron hujjat tarzidagi hisobot, agar u bevosita soliq to‘lovchi tomonidan yoki uning axborot vositachisi orqali jo‘natilgan bo‘lsa, jo‘natilgan deb hisoblanadi.
15. Elektron hujjat tarzidagi hisobotni taqdim etish sanasi elektron hujjatning davlat soliq xizmati organining elektron manziliga kelib tushgan sanasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 11-martdagi 2021-14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2808-2, 20.03.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2021-y., 10/21/2808-2/0224-son)
17. Hisobotni elektron hujjat tarzida jo‘natishda elektron raqamli imzodan foydalanish tartibi Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 2727, 2015-yil 13-noyabr) bilan tartibga solinadi.
18. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etuvchi soliq to‘lovchi hisobotdagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘la taqdim etilishiga javobgar hisoblanadi.
19. Elektron hujjat tarzidagi hisobotni qabul qiluvchi va unga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari keyingi foydalanish uchun qabul qilinib olinayotgan axborotga o‘z vaqtida ishlov berilishiga shaxsan javobgardirlar.
20. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.