Advokatlik faoliyati bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, shug‘ullanishga haqlidir.
Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziya beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘z kasbiy burchimni halol va vijdonan bajarishga, inson huquqlari va erkinliklarini hamisha himoya qilishga, advokatlik sirini saqlashga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.
Advokat O‘zbekiston Respublikasining butun hududida, shuningdek, agar olingan topshiriqni bajarish zaruriyati taqozo etsa va tegishli davlatlarning qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa, respublika tashqarisida ham advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Advokat, taraf sifatida, sud ishlarini yuritishning hamma bosqichida protsessning barcha ishtirokchilari bilan teng huquqlarga ega.
qonunda belgilangan tartibda ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni ko‘chirib olish;
LexUZ sharhi
Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha himoyachi sifatida advokat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 375 — 378-moddalarida belgilangan tartibda jinoyat ishi tamomlangandan keyin undagi barcha materiallar bilan tanishib chiqish va ushbu ishdagi hujjatlardan ko‘chirmalar yozib olishga haqlidir.
o‘z himoyasidagi shaxs bilan u ushlangan paytdan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda miqdori va muddati cheklanmagan holi uchrashuvlar o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning to‘rtinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
ish materiallari bilan tanishish hamda ishni sudda va boshqa organlarda ko‘rish chog‘ida ovoz yozish qurilmalari hamda boshqa texnika vositalaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
agar jinoyat ishini yuritishda, shuningdek fuqarolik, xo‘jalik ishini yoki ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish va hal etishda himoyani yoki vakillikni amalga oshirish zaruriyati taqozo etsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sir hisoblangan ma’lumot bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanishish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik yordam so‘rab murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida maslahat berishi;
yuridik yordam so‘rab murojaat qilgan shaxsning ishiga uning holatini og‘irlashtiradigan kasbiy nuqtayi nazar bilan yondashmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishonch bildiruvchi shaxsning (o‘z himoyasi ostidagi shaxsning) nuqtai nazariga ko‘ra noqonuniy qaror chiqarilgan taqdirda, bu qaror ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishi shart.
(4-moddaning oltinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Advokatning boshqa huquq va majburiyatlari “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun (6 va 7-moddalari)da, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan.
unga qonunda belgilangan tartibda advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijozat berish, bu faoliyatni to‘xtatib turish va tugatish;
LexUZ sharhi
Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani to‘xtatib turish va tugatish tartibi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunning 14 — 16-moddalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizom”ning VII bobida nazarda tutilgan.
advokat olib borayotgan ishlarga aralashganlik yoxud advokatning daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
davlat tomonidan unga advokatlik faoliyati kafolatlari berilishi hamda ijtimoiy himoyalanishi orqali ta’minlanadi.
Advokatning shaxsi daxlsiz. Advokatning daxlsizligi uning uy-joyiga, xizmat xonasiga, foydalanishidagi transporti va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga ham taalluqlidir.
Advokatga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatning uy-joyi yoki xizmat xonasiga, shaxsiy yoki foydalanishidagi transportiga kirish, ularni ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazish yoki olib qo‘yish, uning telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, advokatni ko‘zdan kechirish va shaxsiy tintuvdan o‘tkazish, xuddi shuningdek uning pochta-telegraf jo‘natmalarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish yoki olib qo‘yish, advokatni majburiy keltirish, ushlab turish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31dekabrdagi O‘RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi advokatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat prokurorlari, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llanilishi mumkin.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Advokatning ish bo‘yicha huquqiy nuqtai nazariga nisbatan surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas.
Advokatni yuridik va jismoniy shaxslarga qonunga muvofiq yuridik yordam ko‘rsatganligi munosabati bilan jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki unga shunday javobgarlikka tortish bilan tahdid qilish mumkin emas.
Advokat yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganida uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatdan va uning yordamchisidan va stajoridan advokatlik siri predmeti hisoblangan holatlar to‘g‘risida biron-bir tushuntirish yoki ko‘rsatuvlar berishni talab qilish, shuningdek ular haqida tezkor-qidiruv faoliyatida, jinoyat ishlari, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar va boshqa ishlarni yuritishda foydalanish uchun biron-bir material taqdim etishni talab qilish man etiladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda biron-bir maxsus ruxsatnoma (order va advokat guvohnomasidan tashqari) talab qilish yoki boshqa to‘siqlar vujudga keltirish man etiladi;
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatning muayyan ishni o‘rganishiga to‘sqinlik qilish yoki ishonch bildiruvchi shaxsning (o‘z himoyasi ostidagi shaxsning) qonuniy manfaatlariga zid keluvchi nuqtai nazarni majburan egallashiga erishish maqsadida unga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatish, shuningdek advokatga tahdid qilish, uni haqoratlash, unga nisbatan tuhmat qilish, kuch ishlatish yoki uning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tajovuz qilish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT,2008-y., 52-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Advokatning o‘z himoyasidagi shaxs bilan holi uchrashuvlar o‘tkazishini, jinoyat ishiga doir barcha materiallar bilan tashishib chiqishi va undan zarur ma’lumotlarni ko‘chirib olishini rad etish man qilinadi.
Yuridik yordam berish bilan bog‘liq axborotni talab qilib olish, olib qo‘yish, ko‘zdan kechirish, tekshirish, undan nusxa ko‘chirish, bunday axborotni to‘plash va undan foydalanishga faqat advokat ayblanuvchi tariqasida javobgarlikka tortilgan taqdirda, boshqa hollarda — jinoyat, fuqarolik, xo‘jalik ishlari, intizomiy ishlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda esa, faqat yuridik yordam so‘rab murojaat qilgan shaxsning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek uning tashqarisida yuridik yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslarga maslahat berish imkoniyati;
o‘z kasbiy vazifalarini bajarishi tufayli hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf-xatar yuzaga kelganda zarur darajadagi himoya.
Advokatning kasbga oid huquqlarining davlat organlari va boshqa organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan buzilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Har kim o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun yuridik yordam so‘rab o‘zi xohlagan har qanday advokatga murojaat qilishga haqlidir.
Ushlab turilgan shaxsga, ayblanuvchi, sudlanuvchi va mahkumga advokat bilan moneliksiz va holi uchrashish hamda undan maslahat olish uchun zarur shart-sharoit ta’minlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Advokaturaning shtatlari, mansab okladlari va ma’muriy-xo‘jalik xarajatlarining smetalari moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi lozim. Advokaturaning ish haqi fondi banklar tomonidan nazorat qilinmaydi.
Davlat har bir fuqaroning teng va erkin yuridik yordam olish huquqini ta’minlash uchun advokatura bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatura manfaatlariga daxldor masalalar davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi ishtirokida belgilangan tartibda hal etiladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Davlat advokaturani fuqarolar murojaat etishi uchun qulay bo‘lgan joylarda zarur binolar bilan belgilangan tartibda ta’minlaydi.
Advokaturaga kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda boshqa imtiyozlar berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.