28.08.2002 yildagi 305-son
Hujjat 20.03.2009 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 3-iyuldagi PF 3103-son Farmonining 6-bandini hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 3-iyuldagi 241-son qarorining 14-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 24-son, 273-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 32-modda)ning 1, 2, 3 va 5-bandlaridagi “Qonun hujjatlari talablari bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining nomi” ustunidagi “Davlat matbuot qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-martdagi 80-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 13-son, 145-modda)