Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA

I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari

2-modda. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi

3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar

II. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING TURLARI VA O‘ZARO NISBATI

5-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari

6-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari

7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi

8-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari

11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

12-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari

13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari

14-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati

III. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR

15-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tayyorlanishini tashkil etish

16-modda. Normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashda normativ-huquqiy hujjatning qo‘llanish amaliyotini hamda jamoatchilik fikrini o‘rganish

17-modda. Normativ-huquqiy hujjatning loyihasini normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga kiritish

18-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasi

19-modda. Normativ-huquqiy hujjatning mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablar

20-modda. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini imzo qo‘yib tasdiqlash

21-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarining rekvizitlari

22-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etish

23-modda. Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish

IV. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI E’LON QILISh, ULARNING KUChGA KIRIShI VA AMAL QILIShI

24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishga qo‘yiladigan talablar

25-modda. Normativ-huququy hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbalari

26-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi

27-modda. Normativ-huquqiy hujjatning orqaga qaytish kuchi

28-modda. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati

29-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilishi

30-modda. Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining tugatilishi

V. YAKUNLOVChI QOIDALAR

31-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash

32-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni muntazam nashr etish

33-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tomonidan hisobga olish

Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjat 04.01.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari qonunlar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasida qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha o‘zaro nisbati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatiga va maqomiga, shuningdek, hujjatlarning turlariga muvofiq belgilanadi.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjatning loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respulikasi adliya vazirining 2000-yil 16-oktabrdagi 124-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (ro‘yxat raqami 979, 16.10.2000-y.)ga asosan 2009-yil 1-iyunga qadar amalga oshiriladi, 2009-yil 1-iyundan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish” qoidalari (ro‘yxat raqami 1905, 14.02.2009-y.)ga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hokimlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlarini to‘xtatadi va bekor qiladi.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93 va 98-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika davlat boshqaruv organlarining qabul qilgan hujjatlarini to‘xtatishga, bekor qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
“Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 11-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda ularni bekor qilish, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini to‘xtatib qo‘yish hamda ularni bekor qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari Kengashi hokimning va quyi Kengashning O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qiladi. Shuningdek, mazkur Qonunning 25-moddasiga asosan, hokim quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo‘lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlarning normalariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharh beradi.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”