28.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2757
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining qarori, 28.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2757
Кучга кириш санаси
01.02.2016
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarda advokatlarning majburiy ishtirokini ta’minlash tartibini belgilaydi.
1. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tekshirishlar ularni o‘tkazishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik subyektlarining vakolatli vakillari tomonidan jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu huquqning rad etilishi hollari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tekshirish davomida tadbirkorlik subyektining vakolatli vakili yoki advokat, shuningdek tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar, shuningdek tegishli organlarga tekshirish yuzasidan takliflar va iltimosnomalar kiritishlari, fikr va e’tirozlar bildirishlari va qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etishlari mumkin. Mazkur hujjatlar jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)