20.11.2015 yildagi PQ-2435-son
Hujjat 21.08.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Bolalar musiqa va san’at maktablarini respublikaning barcha hududlarida, shu jumladan qishloq joylarda ularni keyinchalik qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash asosida hududiy joylashtirilishini takomillashtirish

1.

14,7 ming o‘quv joylariga ega 98 ta qo‘shimcha bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish.

2016 2020 yy.

Madaniyat vazirligi, Davarxitektqurilish,
Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va mukammal rekonstruksiya qilish manzilli dasturiga kiritiladigan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, pudratchilarni tanlash bo‘yicha savdo tenderlarini o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlash, bunda Qurilish-pudrat tashkilotlar ro‘yxatiga kirgan tashkilotlarni jalb qilish.

Har yili 1-dekabrga qadar qurilish yili boshlanishidan oldin

Davarxitektqurilish,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016 — 2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturiga muvofiq bolalar musiqa va san’at maktablarini yangidan qurish va mukammal rekonstruksiya qilish hududiy manzilli dasturlarini ishlab chiqish.

Manzilli dasturlarni ishlab chiqishda bolalar musiqa va san’at maktablarini yangidan qurishga zich bo‘lgan shahar va tumanlarda yer uchastkalarini tanlashni, aholi zich yashaydigan massiv va qishloqlarda oqilona va qulay joylashtirilishini nazarda tutgan holda amalga oshirish hamda umumta’lim maktablari yaqiniga joylashtirish.

Har yili
1-iyunga qadar qurilish yili boshlanishidan oldin

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

4.

Bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va mukammal rekonstruksiya qilish obyektlarida qurilish-montaj ishlarini olib borishda namunaviy loyihalar talablari hamda tasdiqlangan qurilish me’yor va qoidalariga rioya etilishini ta’minlash.

2016 — 2020 yy.

Davarxitektqurilish

5.

Qurilishi yakunlangan va mukammal rekonstruksiya qilingan bolalar musiqa va san’at maktablarini o‘z vaqtida va sifatli qabul qilinishini ta’minlash.

2016 — 2020 yy.

Yangi qurilgan va mukammal rekonstruksiya qilingan bolalar musiqa va san’at maktablari obyektlarini foydalanish uchun qabul qilish davlat komissiyasi, Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv uskunalari va anjomlari, yangi avlod o‘quv adabiyoti va metodik qo‘llanmalar, mahalliy va xorijiy bastakorlar ijodiga doir nota to‘plamlari, shuningdek, sifatli ko‘rgazmali materiallar bilan ta’minlash

6.

Yangidan qurilayotgan va mukammal rekonstruksiya qilinayotgan bolalar musiqa va san’at maktablarini 28,2 mingta o‘quv uskunalari va anjomlari, 11,7 ming musiqa asboblari va 57,2 mingta kompyuter va boshqa orgtexnika va mebel bilan jihozlash.

2016 — 2020 yy.

Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi

7.

Musiqa va san’at sohasida yetakchi professor-o‘qituvchilar tarkibini jalb qilgan holda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari uchun yangi avlod kitoblari va o‘quv qo‘llanmalari, nota to‘plamlarini yaratish.

2016 — 2020 yy.

Madaniyat vazirligi,

O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi,

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi,
O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi

8.

Takomillashtirilgan o‘quv dasturlari asosida bolalar musiqa va san’at maktablarini 176, 6 ming nusxada 72 nomdagi yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, 236,0 ming nota to‘plamlari, 15,8 mingta ko‘rgazma materiallari va 3,8 mingta multimedia vositalari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ishlab chiqish

2015 yil IV chorak,

20152020 yy.

Xalq ta’limi vazirligi,

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi,

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

9.

Chet davlatlardan jahon mumtoz musiqasining o‘quv qo‘llanmalari va nota to‘plamlarini sotib olish, ular bilan bolalar musiqa va san’at maktablarini ta’minlash.

2016 — 2020 yy.

Madaniyat vazirligi,

Moliya vazirligi

10.

Milliy musiqa san’atining tarixiy merosini o‘rganish uchun bolalar musiqa va san’at maktablarini milliy mumtoz musiqa asarlari yozuvlari to‘plamlari bilan ta’minlash.

2016 — 2020 yy.

Madaniyat vazirligi,

O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

11.

Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyining moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish va uni zamonaviy musiqa asboblari va anjomlari bilan jihozlash.

2016 yil

1-sentabrgacha

Xalq ta’limi vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi,

Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi

12.

Davlat dasturiga kiritilgan bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash shu jumladan jihozlash uchun imtiyozli shartlarda xorijiy kreditlarni va grantlarni jalb qilish ishlarini faollashtirish.

doimiy

Madaniyat vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

III. Bolalar musiqa va san’at maktablarida jahon mumtoz musiqasini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari va dars o‘tish metodikasini tubdan yaxshilash, o‘quvchilarning musiqiy va umumiy madaniyatini oshirish, ta’lim jarayoniga rivojlangan o‘quv-pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

13.

Bolalar musiqa va san’at maktablari to‘g‘risidagi nizomning yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2015 yil
IV chorak

Xalq ta’limi vazirligi,

Madaniyat va sport ishlari vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

14.

2015-yil oxirigacha ilg‘or xorijiy tajribani, rivojlangan o‘quv-pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda bolalar musiqa va san’at maktablarining takomillashgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda 2016-2017 o‘quv yilida aprobatsiyadan o‘tkazish.

2015 yil
IV chorak

Xalq ta’limi vazirligi,

Madaniyat va sport ishlari vazirligi,

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

15.

Aprobatsiya natijalariga ko‘ra 2016-2017 o‘quv yilida ko‘rib chiqilgan o‘quv dasturlarini nashr qilish, ularni bolalar musiqa va san’at maktablarining o‘quv jarayoni amaliyotiga joriy etish.

2016 yil

1-sentabrgacha

Xalq ta’limi vazirligi,

Madaniyat va sport ishlari vazirligi,

O‘zbekiston B�diiy akademiyasi

16.

O‘quv rejalarining barcha yo‘nalishlarini, shu jumladan musiqa va san’at sohasida dars berishning ilg‘or xorijiy tajribasi asosida intensiv ta’limni joriy etishni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish

2015 yil
IV chorak

Xalq ta’limi vazirligi,

Madaniyat va sport ishlari vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

17.

Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish talablarini hisobga olgan holda, bolalar musiqa va san’at maktablariga tegishli qismi bo‘yicha maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish, takomillashtirish va tasdi�lash.

2015 yil
IV chorak

Xalq ta’limi vazirligi,

Madaniyat va sport ishlari vazirligi,

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

18.

Takomillashgan o‘quv dasturlarini hisobga olgan holda zamonaviy pedagogika texnologiyalarini qo‘llash asosida bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari uchun yangi metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

2016 yil

I chorak

Xalq ta’limi vazirligi,

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

19.

Bolalar musiqa va san’at maktablarining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy hamkorligini ta’minlash.

doimiy

Madaniyat vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

20.

Bolalar musiqa va san’at maktablari va respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining iqtidorli o‘quvchilarini jalb qilgan holda jahon va milliy mumtoz san’at yo‘nalishida yosh ijrochilarning xalqaro tanlovlarini tashkil qilish.

ikki yilda
bir marta

Madaniyat vazirligi,

O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi,

Moliya vazirligi

21.

Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning iqtidori va ijodiy yutuqlarini rag‘batlantirish maqsadida yosh ijrochilarning respublika tanlovlarini muntazam ravishda tashkil etish.

doimiy

Madaniyat vazirligi,

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

22.

O‘quvchilarning ijrochilik mahoratini oshirishni rag‘batlantirish va o‘zini o‘stirishni qo‘llash maqsadida taniqli mahalliy va xorijiy musiqa va san’at arboblarini jalb qilgan holda doimiy mahorat darslarini tashkil qilish uchun har bir hududda bittadan bazaviy bolalar musiqa va san’at maktablarini belgilash.

doimiy

Madaniyat vazirligi,

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, konsertmeysterlari va sozlovchilarini tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirish tizimini takomillashtirish

23.

R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi va hududlardagi musiqa va san’at kollejlari negizida bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, konsertmeysterlari va sozlovchilarining malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2016 yil
I chorak

Xalq ta’limi vazirligi,

Madaniyat va sport ishlari vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

24.

Har yili bolalar musiqa va san’at maktablarining qariyb 2 mingta o‘qituvchi va konsertmeysterlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

2016 yildan boshlab har yili

Madaniyat vazirligi,

Moliya vazirligi

25.

2016/2017 �quv yilidan boshlab har yili bolalar musiqa va san’at maktablari uchun pedagogik kadrlarni tayyorlash yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi, Milliy rassomchilik va dizayn instituti, Davlat san’at va madaniyat instituti, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga qabul kvotalarini belgilash.

2015 yildan boshlab har yili dekabrda

Iqtisodiyot vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi

26.

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi, Milliy rassomchilik va dizayn instituti, Davlat san’at va madaniyat instituti, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida bolalar musiqa va san’at maktablari uchun pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha maxsus kafedralarni tashkil qilish.

2016 — 2020 yy.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

27.

Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini yanada takomillashtirish.

2015 yil
IV chorak

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

28.

Bolalar musiqa va san’at maktablarining o‘qituvchi va konsertmeysterlarning takomillashtirilgan malaka talablaridan kelib chiqqan holda bolalar musiqa va san’at maktablari uchun kadrlar tayyorlovch� oliy ta’lim muassasalarining o‘quv reja va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2016 yil

I chorak

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi,

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi,
Xalq ta’limi vazirligi

V. O‘quvchilar qamrovini yanada kengaytirish va bolalar musiqa va san’at maktablari quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, barcha qatlamdagi aholining iqtidorli farzandlarini ijod bilan shug‘ullanishga qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ta’lim to‘lovi tizimini takomillashtirish

29.

Bolalar musiqa va san’at maktablarida umumta’lim maktablarning o‘quvchilarini o‘qitish qamrovini respublikaning butun hududlari bo‘yicha kamida 1,3 barobarga oshirish.

2016 — 2020 yy.

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

30.

Musiqa va san’at maktablarida o‘qitishning differensiyalashgan to‘lov tizimini joriy etish, jumladan musiqa yo‘nalishlari bo‘yicha Toshkent shahrida eng kam ish haqining 75 foizigacha, viloyat markazlarida 50 foizgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa aholi zich joylashgan punktlarda 30 foizgacha, san’at yo‘nalishi bo‘yicha tegishlicha eng kam ish haqining 50 foiz, 30 foiz va 20 foizigacha tushirish.

Xalqaro (1 — 3 o‘rinlar) va respublika (1-o‘rin) tanlovlari g‘oliblarini yillik to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilish, bir oiladan 2 yoki undan ortiq bolalar o‘qiganda har bir bolaning o‘qishiga belgilangan summaning 70 foiz miqdorida to‘lov belgilash.

2015 yil
IV chorak

Xalq ta’limi vazirligi,

Madaniyat va sport vazirligi,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

31.

Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘quvchilar o‘qishiga to‘lanadigan to‘lov tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar va imtiyozlar haqidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish va aholining keng qatlamiga yetkazish.

2015-2016 yy.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

Xalq ta’limi vazirligi

32.

Bolalarni musiqa va san’atga �iziqishini oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalarida musiqa va san’at bilan shug‘ullanishning o‘sib kelayotgan avlodni har tomonlama va yuqori zakovatli rivojlanishiga ijobiy ta’sirini, musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni, o‘quvchilarning ijodiy yutuqlarini, ayniqsa xalqaro tanlovlardagi yutuqlarini keng targ‘ib qilish.

doimiy

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Madaniyat vazirligi

 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi