“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazishga ruxsatnoma olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq;
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yopiq turdagi bojxona omboriga joylashtirish huquqiga ruxsatnoma olish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining ro‘yxati (I ro‘yxat) 4-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi cheklangan giyohvandlik vositalarining ro‘yxati (II ro‘yxat) 5-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi cheklangan psixotrop moddalarning ro‘yxati (III ro‘yxat) 6-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi cheklangan prekursorlarning ro‘yxati (IV ro‘yxat) 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Idoraviy mansub tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqishga sertifikat, tranzit tarzida o‘tkazishga ruxsatnoma hamda ularni bojxona omboriga joylashtirish huquqiga ruxsatnoma olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan Narkotik moddalarini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat komissiyasi qat’iy nazoratni ta’minlasin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar esa — zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish to‘g‘risida” 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 44-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda) 4-ilovaning 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) 2-ilovaning 1-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 21-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatining 194-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 138-modda) ilovaning 5-bandi.