Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatishlarni amalga oshirish bo‘yicha qonun ijodkorligi ishlari dasturi to‘g‘risida” 2014-yil 25-iyundagi F-4305-son farmoyishi ijrocini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi o‘rinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari, mas’ul bajaruvchilar

1.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash bo‘yicha reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Jamoatchilik kengashiga kiritish.

2015-yil 1 dekabr

“Elektron hukumat” markazi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsyasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

2.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi monitoringini olib borish va uni baholash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Jamoatchilik kengashiga kiritish.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligi monitoringini olib borish va uni baholashni tashkil etish va muntazamlilik asosida amalga oshirish, natijalari to‘g‘risida jamoatchilikni, Vazirlar Mahkamasini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini xabardor qilish.

2015-yil 1-dekabr

“Elektron hukumat” markazi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsyasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

3.

Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha qonun hujjatlariga “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikas� Qonunidan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2015-yil 20-dekabr

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zA, Milliy teleradiokompaniya, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari

4.

Quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash:

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma;

Axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq kollegial majlislarida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom;

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun so‘rovlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash tartibi to‘g‘ri�idagi yo‘riqnoma.

2015-yil 25-noyabr

O‘zarxivagentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

2015-yil 25-noyabr

O‘zarxivagentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

2015-yil 25-noyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti

2015-yil 25-noyabr

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq idoraviy hujjatlarni tasdiqlash, jumladan:

Qonunning 5-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatini;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborot taqdim etilishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning ro‘yxatini tasdiqlash.

2015-yil 25-noyabr

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari

Doimo

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari

6.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, eng avvalo, ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlash va muntazam ravishda yangilash, ularni rasmiy veb-saytlarda majburiy joylashtirish.

Doimo

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari

7.

Axborot xizmatlarining faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va ularni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish.

2015-yil 25-noyabr

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

8.

Idoraviy arxivlar faoliyatini takomillashtirish, arxivariuslarning malakasini oshirish va arxiv fondlari saqlanishi shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish.

2015-yil 25-noyabr

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zarxivagentligi

9.

Budjet tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, axborot xizmatlari (matbuot xizmatlari) tomonidan axborot-tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borilishi, ommaviy axborot vositalari bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlarning budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va tushuntirish.

2015-yil 1-dekabr

Moliya vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsyasi, “Elektron hukumat” markazi

10.

Qonun normalarining maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish uchun respublika va mintaqaviy teleradiokanallarda teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar tashkil etish, bosma nashrlarda maqolalar e’lon qilish.

Doimo

O‘zA, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Adliya vazirligi

11.

Davra suhbatlari, seminarlar, treninglar va uchrashuvlar o‘tkazish yo‘li bilan qonun normalari va talablarini amalga oshirish bo‘yicha aholi orasida, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik faoliyati subyektlari orasida keng tushuntirish ishlari olib borish.

Doimo

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Adliya vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

12.

Axborot olishni ta’minlash va ommaviy axborot vositalari faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamini nashr etish (“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqalar).

2015-yil 25-noyabr

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommun�katsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

13.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari rahbarlari uchun seminarlar-treninglar tashkil etish.

Alohida jadval bo‘yicha

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Elektron hukumat” markazi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari

Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Abdullayev I.Z.
(kelishuv bo‘yicha)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi

lavozimiga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash axborot-tahlil departamenti mudiri, Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari

Fayzullayev A.N.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

Usmanov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari

lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining bosh direktori

Abdullayev A.X.

“O‘zarxiv” agentligining bosh direktori

Xodjayev A.A.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi direktori

Xikmatullayev N.N.

O‘zbekiston Milliy tel�radiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari

Suyarov S.L.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) bosh direktorining o‘rinbosari

Xabibullayev Sh.X.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori

Abdukarimov G.O.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori

Xalimbekov I.T.

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi

Abdullayev A.A.

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori

Abduxalikov F.F.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining raisi

Karimov A.M.

O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasining raisi

lavozimiga ko‘ra

Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari axborot-tahlil departamentining shu’ba mudiri, Jamoatchilik kengashi kotibi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-avgustdagi 680-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”