O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnoma-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunlarning va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv ta’minotining, davolash va madaniy-sog‘lomlashtirishida ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqida Nizom”da:
O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
7-banddagi “jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida Nizomning 20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Uy-joylarga yondosh yer uchastkalaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 18-maydagi 233-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risida Nizomning 5-bandi o‘ttiz ikkinchi xatboshidagi “dehqon (fermer) xo‘jaliklarida va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda” so‘zlari “fermer va dehqon xo‘jaliklarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qarorida:
qaror matnining 1-bandi yettinchi xatboshidagi “jamoa va davlat xo‘jaliklarida” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)da, fermer xo‘jaliklarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
qarorga 4-ilova nomidagi “jamoa va davlat xo‘jaliklari” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) fermer xo‘jaliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
16-bandning uchinchi xatboshidagi “jamoa va davlat xo‘jaliklari” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), fermer xo‘jaliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
16-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “jamoa va davlat xo‘jaliklarida” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)da, fermer xo‘jaliklarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
23-bandning birinchi xatboshi “jamoa xo‘jaligida” so‘zlaridan keyin “qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi)da, fermer xo‘jaligida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
24-band “Dehqon (fermer) xo‘jaliklarida” so‘zlaridan keyin “va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
26-bandning ikkinchi xatboshi “Jamoa xo‘jaliklari” so‘zlaridan keyin “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va fermer xo‘jaliklari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi to‘g‘risida Nizomga 5-ilovadagi “Jamoa va davlat xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi), fermer xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
1-bandning birinchi xatboshidagi “tashkilot ma’muriyati, orqali yoki jamoa xo‘jaligi (kooperativi) boshqaruvi orqali” so‘zlari “tashkilot ma’muriyati, fermer xo‘jaligi boshlig‘i yoki qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruvi orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bandning to‘qqizinchi xatboshidagi “shuningdek, dehqon (fermer) xo‘jaliklari a’zolari” so‘zlari “dehqon (fermer) va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar a’zolari 1998-yil 1-iyulgacha shuningdek, dehqon xo‘jaliklari a’zolari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
19-bandning birinchi xatboshidagi “jamoa xo‘jaligi” so‘zlari “fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan 3-ro‘yxat 2 qismining birinchi xatboshidagi “jamoa va davlat xo‘jaliklarida” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)da, fermer xo‘jaliklarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-avgustdagi 438-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi to‘g‘risida Nizomda:
“Yuridik va jismoniy shaxslar kontraktatsiya shartnomalari tuzishda erkindirlar, ushbu shartnomalarni tuzishda majbur qilish taqiqlanadi(qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari) hamda ularning shartlari qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq ixtiyoriy asosda belgilanadi.
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetkazib berish yuzasidan kontraktatsiya shartnomasi tuzishda xo‘jalik, tayyorlovchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonlar bo‘lishadi. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetkazib berish yuzasidan kontraktatsiya shartnomasini tuzish va bajarish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi”;
2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 48-moddasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 366-moddasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“belgilangan muddatda to‘lanmagan summaning 0,1 foizi” so‘zlari “muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda to‘lanmagan summaning 0,4 foizi miqdorida, lekin belgilangan muddatda to‘lanmagan summaning ko‘pi bilan 50 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“uch oydan ortiq muddat mobaynida” so‘zlari “olti oy muddat mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 24-martdagi 96-son qarorida:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
“4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari xususiylashtirilgan fermalarga chorva ozuqasi yetishtirish uchun, har bir xo‘jalikning aniq tabiiy-iqtisodiy hududlarini va yer resurslarini hisobga olgan holda, shartli har bosh mol hisobiga Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Xorazm va Samarqand viloyatlarida 0,3 gektardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va boshqa viloyatlarda 0,45 gektardan sug‘oriladigan yerlar, lalmi yerlarda esa 2 gektardan yer ajratsinlar”;
6-bandning birinchi xatboshidagi “dehqon (fermer) xo‘jaliklari va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklaridagi” so‘zlari “fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-apreldagi 126-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 4-son, 15-modda)da:
Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi to‘g‘risida Nizomda:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zistiqbolsat” davlat qo‘mitasi tomonidan “Davarxitektqurilish” va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda” so‘zlari “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan “Davarxitektqurilish” va Yer resurslari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Zamin” davlat-aksionerlik ipoteka bankini tashkil etish to‘g‘risida” 1995-yil 7-sentabrdagi 350-son qaroridagi:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
3-bandning beshinchi xatboshidagi “shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kimoshdi savdosida xarid qilingan” so‘zlari “dehqon xo‘jaligini yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun xarid qilingan, shu jumladan, kimoshdi savdosida xarid qilingan, shuningdek, qonunda yer maydonini ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan hollarda fermer xo‘jaligi yer maydonini ijaraga olish huquqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 10-oktabrdagi 393-son qarorida:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi to‘g‘risida Nizomda:
Aholi shaxsiy xo‘jaliklari va aholi shaxsiy yordamchi xo‘jaliklariga ko‘rsatmalar bilan, dehqon (fermer) xo‘jaliklariga ko‘rsatmalar fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatmalar fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga aylantirish to‘g‘risida” 1995-yil 5-dekabrdagi 449-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 12-son, 47-modda)da:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risida Nizomning 7-bandi yettinchi xatboshidagi “jamoa, dehqon (fermer) xo‘jaliklariga” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)ga, fermer va dehqon xo‘jaliklariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati (“O‘zgo‘shtsutsanoat”) davlat-aksionerlik uyushmasini boshqarishni takomillashtirish va uning faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 18-yanvardagi 30-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshidagi dehqon (fermer)” so‘zlari “fermer” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 31-yanvardagi 45-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshidagi “(dehqon) xo‘jaliklari va tomorqa uchastkalari” so‘zlari “dehqon xo‘jaliklari va tomorqa uchastkalari” so‘zlari “dehqon xo‘jaliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risida Nizomda:
II bo‘limning o‘ninchi xatboshidagi “yerdan foydalanuvchilar va, yer va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
III bo‘limning 2-bandi yettinchi xatboshidagi “yer tuzish, yerdan foydalanish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2 va 2a-ilovalardagi “Dehqon (fermer) xo‘jaliklari boshqarmasi” so‘zlari, “fermer xo‘jaliklari boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-ilovadagi “Pilla uyushmasi” va “Yer tuzish va yerdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ega bo‘lgan bosh boshqarma” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Pensiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 37-modda)da:
qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshidagi, O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “shaxslarning” so‘zidan so‘ng “dehqon xo‘jaliklari a’zolari” so‘zlari qo‘shilsin;
qarorning 3-bandi uchinchi xatboshidagi, O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “1, 2” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarida imorat qurishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risida Nizomning 1-bandidagi “Yer to‘g‘risida” so‘zi chiqarib tashlansin, “qonunlari” so‘zlaridan so‘ng esa “O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi” so‘zlari qo‘shilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 19-martdagi 152-son qarorining 5-bandi beshinchi xatboshidagi “shaxsiy yordamchi” so‘zlari “fermer” so‘zi bilan almashtirilsin.
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston Kasaba soyuzlari respublika sovetining “Shaxsiy yordamchi xo‘jalikda shartnoma asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan band bo‘lgan xotin-qizlarning mehnat stajlari to‘g‘risida” 1990-yil 27-fevraldagi 112-son qarori.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yer masalalari bo‘yicha paydo bo‘ladigan nizolarning xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya komitetlari tomonidan qoniqarsiz ko‘rib chiqilayotganligi to‘g‘risida” 1990-yil 9-apreldagi 164-son qarori.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Prezidentining “Respublika aholisining shaxsiy xo‘jaligidagi chorva mollari va parrandalarini ozuqa bilan ta’minlash hamda ularda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish bilan bog‘lik masalalar haqida” 1990-yil 26-maydagi 222-son qarori.
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yerlarning davlat tomonidan hisobiga olinishi natijalari va ulardan foydalanishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1990-yil 29-iyundagi 253-son qarori.
5. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari jumhuriyat kengashining “Shaxsiy yordamchi, dehqon (fermer) xo‘jaliklarida shartnoma asoslarida mol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘lik bo‘lgan fuqarolarning mehnat staji to‘g‘risida” 1990-yil 17-avgustdagi 294-son qarori (O‘zSSR QT, 1990-y., 8-son, 26-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSR Prezidentining “Dehqonlarga shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalariga moliyaviy yordam ko‘rsatish va ular uyushmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada dehqon (fermer) xo‘jaliklarini rivojlantirish va mustahkamlash choralari haqida” 1991-yil 30-dekabrdagi 315-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 12-son, 41-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida erga oid nizolarni hal etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 25-maydagi 246-son qarori.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta zavodlarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish tartibi to‘g‘risida” 1992-yil 18-noyabrdagi 539-son qarori.