Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 23.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Mas’ul bajaruvchilar

Xarajatlar va moliyalashtirish manbai

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija

I. Sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Davlat ta’lim va tibbiyot muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tizimini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son hamda “Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 20-avgustdagi 184-son qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2015-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish uchun to‘lovdan ozod qilinadigan aholi toifalari ro‘yxatini unga emizikli onalarni va balog‘atga yetmagan bolalarni kiritgan holda qayta ko‘rib chiqish.

Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish uchun to‘lov tartibini budjet mablag‘lari va to‘lov asosidagi ovqatlantirishdan tushgan budjetdan tashqari tushumlar harakatini hisobga olishning amaldagi qoidalari va normalariga muvofiqlashtirish.

Ayniqsa qishloq joylardagi umumta’lim maktablarining oziq-ovqat bloklarini ijaraga berishni rasmiylashtirish mexanizmini soddalashtirish, mahalliy budjetlarga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berish va ijara to‘lovi miqdorlarini kamaytirish.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 23-noyabrdagi 260-son qarorigaoziq-ovqat tuzi ishlab chiqaradigan korxonalarga kaliy yodati va yoditini uzluksiz yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishni hamda yodlangan tuz ishlab chiqarishning doimiy monitoringini tashkil etishni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2016-yil yanvar

.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Respublika aholisini yodlangan tuz bilan ta’minlash mexanizmlarini quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirish:

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kaliy yodati va yoditi xarid qilishni va oziq-ovqat tuzi ishlab chiqaradigan korxonalarga yetkazib berishni amalga oshirish;

oziq-ovqat tuzi ishlab chiqaradigan korxonalarga kaliy yodati va yoditini oldindan haq to‘lamasdan, tuzni sotishdan olingan tushumning bir qismini ularning qiymatiga teng bo‘lgan miqdorda Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus hisob raqamiga ular tomonidan keyinchalik o‘tkazgan holda yetkazib berishni ta’minlash;

aholi o‘rtasida yod tanqisligi kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha o‘tkaziladigan chora-tadbirlarning doimiy monitoringini va ularning samaradorligini baholashni tashkil etish.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-martdagi PQ– 605-son qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga hamda “Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 28-martdagi 89-son qarorlariga alkogolli mahsulotlarni sotish sohasini tartibga solish maqsadida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2016-yil II chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Qonun kuchiga ega bo‘lgan hujjatlarni “Alkogolli va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste’mol qilishni cheklash to‘g‘risida” 2011-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-302-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunigamuvofiql��shtirish.

Savdo obyektlarida yigirma yoshga yetmagan shaxslarga alkogolli mahsulotlarni sotishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri haqida ogohlantiruvchi yozuvlarni majburiy tartibda joylashtirish.

Alkogolli mahsulotlarni:

yigirma yoshga yetmagan shaxslarga;

savdo avtomatlari orqali sotishni taqiqlash.

Har qanday mahsulotlarni, shu jumladan alkogolli va tamaki mahsulotlari ko‘rinishidagi bolalar o‘yinchoqlarini sotishni taqiqlash.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan davlat ta’lim muassasalaridagi oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlar sifatini tekshirishlarni Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi va uning hududiy komissiyalari bilan qo‘shimcha ravishda kelishilmasdan amalga oshiriladigan Nazorat qiluvchi organlarning nazorat funksiyalari ro‘yxatiga kiritish.

2016-yil I chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi

Vazirlar Mah�amasi qarori loyihasi.

Davlat ta’lim muassasalarida iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi yuzasidan amaliy nazoratni o‘rnatish.

5.

“O‘zbekiston Respublikasining bolalar va o‘smirlar muassasalarida tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning o‘rtacha sutkalik oqilona normalari” nomli 2000-yil 30-iyundagi 0097-00 raqamli O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya qoidalari va normalariga bolalarning uyushgan jamoalarini ovqatlantirishning sutkalik ratsioniga boyitilgan ovqatlanish mahsulotlarini va ichimlik suvlarni kiritishni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar kiritish.

2015-yil noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

Sanitariya normalari va qoidalari.

Bolalar uyushgan jamoalarining ovqatlanish ratsioniga boyitilgan ovqatlanish mahsulotlarini va ichimlik suvlarni kiritish.

Bolalar o‘rtasidagi yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni profilaktika qilish.

6.

“O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga qo‘yiladigan gigiyena talablari” nomli 2010-yil 17-sentabrdagi 0283 raqamli O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya qoidalari va normalariga tayyor ovqatlanish mahsulotlaridagi sof qand-shakar, tuz, to‘yintirilgan hamda transyog‘li kislotalar va oziq-ovqat qo‘shimchalari miqdorining xavfsiz darajalarini normalashtirishni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar kiritish.

2015-yil. noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sanitariya qoidalari va normalari.

Tayyor ovqatlanish mahsulotlaridagi sof qand-shakar, tuz, to‘yintirilgan hamda transyog‘li kislotalar va oziq-ovqat qo‘shimchalari miqdorining xavfsiz darajalarini normalashtirish.

Tarkibida sof qand-shakar, tuz, to‘yintirilgan va transyog‘li kislotalar miqdori ko‘p bo‘lgan tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni kamaytirish.

7.

Mahsulotlarning davlat standartlarini FA/VOZ tavsiyalariga muvofiqlashtirish.

2015 — 2020-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

Oziq-ovqat mahsulotlariga davlat standartlari (O’zDst).

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol qilish upakovkasiga ulardagi sof qand-shakarlar, tuz, to‘yintirilgan va transyog‘li kislotalarning mavjud miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotni kiritish.

Mahalliy oziq-ovqat sanoati mahsulotlarining tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish.

8.

Oziq-ovqat mahsulotlariga davlat standartlari (O’zDst)ni va texnologik instruksiyalarini (TI) ishlab chiqish, ularda mahalliy oziq-ovqat sanoati mahsulotlari korxonalarida ishlab chiqariladigan o‘simlik hujayralari asosida tarkibida tuz miqdori kam bo‘lgan parhez chuchuk sut mahsulotlari, ovqatlanish mahsulotlari turlarini kengaytirishni nazarda tutish.

2016 — 2018-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zdonmahsulot” AK,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

Bajaruvchilar mablag‘lari

Oziq-ovqat mahsulotlariga davlat standartlari (O’zDst) va texnologik instruksiyalar (TI), ularda mahalliy oziq-ovqat sanoati mahsulotlari korxonalarida ishlab chiqariladigan o‘simlik hujayralari asosida tarkibida tuz miqdori kam bo‘lgan parhez chuchuk sut mahsulotlari, ovqatlanish mahsulotlari turlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

II. Sog‘lom ovqatlanish va turmush tarzini ta’minlash chora-tadbirlari

9.

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi eksperimental fermer xo‘jaligi negizida dorivor o‘simlik — steviyani tayyorlash hajmlarini ko‘paytirish, uning ekin maydonlarini 100 gektargacha yetkazish.

Farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatidagi ehtiyojni hisobga olgan holda, xorijiy investorlarni jalb etib steviyani sanoatda qayta ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2015 — 2020-yillar

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“O‘zfarmsanoat” DAK,

“O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK,

Surxondaryo viloyati hokimligi

2,275 mlrd so‘m (“Agrobank” ATBning imtiyozli kreditlari), investorlarning, xalqaro donorlarning mablag‘lari

Tahliliy yozma axborot.

Qand diabetiga chalingan mijozlarni mahalliy parhez oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash.

Mahalliy farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatini mahalliy xomashyo bilan ta’minlash.

10.

Aholiga, ayniqsa onalar, bolalar va o‘smirlarga qo‘shimcha mikronutriyentlar berish bo‘yicha davlat dasturlarini quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishni davom ettirish:

homilador ayollarni, tarkibida shu jumladan foliyeola kislotasi mavjud bo‘lgan umumiy sog‘lomlashtiradigan polivitaminlarning maxsus komplekslari bilan ta’minlash;

chaqaloqlarni va yosh bolalarni oqilona ovqatlantirishni ta’minlash, bunda asosan 6 oylikkacha bo‘lgan emizikli chaqaloqlarni eng to‘liq darajada qamrab olish;

6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning qariyb 95 foizini “A” vitamini bilan sapplementatsiyalash;

unni fortifikatsiyalash va tuzni yodlashtirish.

2015 — 2020-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“O‘zdonmahsulot” AK, Tuz ishlab chiqaruvchilar

Bajaruvchilar mablag‘lari

Bajaruvchilarning qarorlari.

Fortifikatsiyalangan un, yodlashtirilgan tuz ishlab chiqarish.

Bolalar va o‘smirlarni jismoniy va intellektual rivojlantirishni ta’minlash.

Ayollar, bolalar va o‘smirlardagi mikronutriyent tanqisligining oldini olish.

11.

Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni va sog‘lom turmush tarzini yuritishni ommalashtirishga yordam beradigan shart-sharoitlarni quyidagi yo‘llar bilan yaratish:

pedagoglar, talabalar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini sog‘lom ovqatlantirish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish masalalari bo‘yicha zamonaviy o‘qitish metodlaridan foydalangan holda o‘qitish;

ta’lim muassasalarida amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan sog‘lom ovqatlanishga yo‘naltirilgan ovqatlanish ratsionlari va mahsulotlarini tasdiqlash;

bolalar uchun bepul sport seksiyalari turlarini tashkil etish va kengaytirish tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish.

2015 — 2020-yillar

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Bajaruvchilarning, ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarning, homiylarning mablag‘lari

Bajaruvchilar qarori.

Pedagoglar, talabalar, o‘quvchilar va ular ota-onalarining sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish masalalari bo‘yicha savodxonligini oshirish hamda bu boradagi madaniyatini shakllantirish.

Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish uchun shart-sharoitlar yaratish.

12.

Tashkilotlarda sog‘lom ovqatlanishga va sog‘lom turmush tarzini yuritishga ko‘maklashadigan shart-sharoitlarni quyidagi yo‘llar bilan yaratish:

ish beruvchilarni va xodimlarni o‘qitishning zamonaviy metodlaridan foydalangan holda sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish ko‘nikmalariga o‘qitish;

tashkilotlarda mehnat sharoitlariga bog‘liq holda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan sog‘lom ovqatlanishga yo‘naltirilgan ovqatlanish ratsionlari va mahsulotlarini tasdiqlash.

2015 — 2020-yillar

Tashkilotlar,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Bajaruvchilar, homiylar mablag‘lari

Bajaruvchilarning qarori.

Ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish masalalari bo‘yicha savodxonlikni oshirish va bu boradagi madaniyatni shakllantirish.

Mehnat unumdorligini oshirish.

13.

Keyinchalik ijobiy tajribani respublikaning barcha mintaqalarida ommalashtirishni nazarda tutgan holda, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari aholisi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyati va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi o‘rtasida ovqatlanishning buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarni oldindan aniqlash va ularning oldini olishga yo‘naltirilgan tajriba loyihasini amalga oshirish.

2016 — 2018-yillar

Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi,Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, IIV, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, KUFK, MTRK, Xotin-qizlar qo‘mitasi,

“Mahalla” fondi,

Yoshlar ittifoqi,

“Ibn Sino” jamoat fondi

895,3 mln so‘m*

(har yili ajratiladigan pul mablag‘lari doirasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari),

395,0 ming AQSh dollari, (“Salomatlik-3” loyihasi),

BJSST (VOZ) mablag‘lari**

Bajaruvchilarning qarori.

Nooqilona ovqatlanish, kam jismoniy faollik, alkogol va tamaki mahsulotlari iste’mol qilish kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning xatarli omillari tarqalganligini quyidagi yo‘llar bilan kamaytirish:

aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi masalalari bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish;

sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini ta’minlash bo‘yicha o‘quv dasturlari, axborot-ta’lim materiallarini ishlab chiqish va nashr etish;

nooqilona ovqatlanish va kam jismoniy faollik bilan bog‘liq kasalliklarni oldindan aniqlash yuzasidan 40 yoshdan oshgan aholini tekshirishning laboratoriya metodlari bilan keng qamrab olish;

40 yoshdan oshgan shaxslar o‘rtasida qondagi glyukoza va xolesterinni, peshobdagi oqsilni aniqlash uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini reagentlar va sarflash materiallari bilan ta’minlash;

davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga arterial gipertoniya va qandli diabet bo‘yicha zamonaviy klinik protokollarni joriy etish;

Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institutining hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

14.

Sog‘lom ovqatlanishda inson organizmining fiziologik ehtiyojini hisobga olgan holda turli kasalliklarning oldini olish va organizmning himoya xususiyatlarini mustahkamlash uchun milliy urf-odatlar, oziq-ovqat mahsulotlari xususiyatlarini hisobga olgan holda aholining turli jinsi va yoshi hamda kasbiy guruhlari uchun tavsiya qilinadigan o‘rtacha sutkalik ovqatlanish normalarini ishlab chiqish.

2015-yil

IV chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori.

BJSST tavsiyalarini hisobga olgan holda aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash.

Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga aholining ehtiyojini hisob-kitob qilish.

Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga erishish.

15

Qishloq xo‘jaligi meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini yetkazib berish bosqichlarini qisqartirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqqan holda “daladan ishlab chiqaruvchigacha”, “ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha” qishloq xo‘jaligi meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari logistikasi hamda ularni yetkazib berish sxemalarini tahlil qilish.

2016-yil

III chorak

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Tahliliy yozma axborot.

Qishloq xo‘jaligi meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlari logistikasi va ularni yetkazib berish sxemasini soddalashtirish.

Qishloq xo‘jaligi meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlari tashishda yo‘qotishlarni kamaytirish va to‘siqlarni bartaraf etish.

Aholi uchun qishloq xo‘jaligi meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining narxini arzonlashtirish.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan oziq-ovqat xomashyosining sifatini oshirish va tannarxini pasaytirish.

16.

Oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan bolalar va parhez oziq-ovqatlar ishlab chiqarish, shuningdek qishloq xo‘jaligi meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni rag‘batlantirishning amaldagi mexanizmlari samaradorligini tahlil qilish. Ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2016-yil

III chorak

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

Tahliliy yozma axborot.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek qishloq xo‘jaligi meva-�abzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar uchun quyidagi yo‘llar bilan qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish:

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga birinchi navbatda bo‘sh turgan binolarni “nol” sotib olish qiymati bo‘yicha ajratish;

imtiyozli kreditlar berish.

III. Sog‘lom ovqatlanish va diyetologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish

17

Yod ishlab chiqarish uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan hamda kimyoviy xomashyo bo‘lib xizmat qiladigan neft konlarining mahalliy xomashyo suvlari negizida yod ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

2016-2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“O‘zbekneftgaz”, MXK, Davlat geologiya qo‘mita?i

Grantlar va xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

Tahliliy yozma axborot.

“Jarqo‘rg‘onneft” neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasining neft konlari suvlarini tanlab olish va ula�ning tarkibini, zaxiralarini tahlil qilish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish.

Mamlakatimiz ishlab chiqarishida importning o‘rnini qoplashni tashkil etish maqsadida mahalliy xomashyodan yod ishlab chiqarishning texnik shartlari, texnologiyalarini tanlab olish va tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

18

Quyidagilarga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish:

aholining turli guruhlari o‘rtasida ovqatlanish ratsionini o‘rganish;

tarqalgan alimentar bog‘liqlik holatlarining rivojlanish sabablarini o‘rganish;

bolalar va kattalar uchun mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari asosida parhez taomlar va ichimlik suvlar tayyorlash.

2016 — 2020-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi

48,0 mln so‘m* (har yili ajratiladigan pul mablag‘lari doirasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari)

Bajaruvchilarning qarori.

Respublika aholisining turli guruhlari o‘rtasida ovqatlanish holatining monitoringini amalga oshirish.

Amalga oshiriladigan profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligini baholash.

Parhez taomlar turlarini kengaytirish hamda davolash-profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish.

19.

Respublika aholisi o‘rtasida temir moddasi tanqisligi anemiyasi va yod tanqisligi holatlari tarqalganligini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

2016-2017-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

8,0 ming AQSh dollari (Unni boyitishni amalga oshirish guruhi), YUNISEF mablag‘lari**

Bajaruvchilar hisoboti.

Aholi o‘rtasida temir moddasi tanqisligi anemiyasi va yod tanqisligi holatlari tarqalishi bo‘yicha vaziyatni baholash.

Tuzlarni yodlash, bug‘doy unini mikronutriyentlar bilan boyitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlarning samaradorligini baholash.

Bug‘doy uni va osh tuziga qo‘shiladigan mikronutriyentlar normalarini qayta ko‘rib chiqish.

IV. Sog‘lom ovqatlanish va diyetologiya sohasida keng tushunt�rish ishlarini tashkil etish va sog‘lom ovqatlanish targ‘ibotini kuchaytirish, tibbiyot kadrlari salohiyatini oshirish

20

Sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi masalalari bo‘yicha quyidagi yo‘llar bilan axborot va ma’rifiy ishlarni amalga oshirish:

bosma va elektron ommaviy axborot vositalari materiallarini, ijtimoiy teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar turi va sonini ko‘paytirish;

mashhur siyosiy, fan, san’at arboblari, sport va jamoat arboblarini jalb etish;

o‘tkazilgan axborot va ma’rifiy tadbirlar natijalarini monitoring qilish va baholash.

2015 — 2020-yillar

MTRK, “O‘zbekkino” agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari KUFK, “Mahalla” fondi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ibn Sino” jamoat fondi

Bajaruvchilar, homiylar va xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

Bajaruvchilar qarori.

Sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini yuritishni targ‘ib qiladigan ijtimoiy teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar, bosma axborotlar va Internet tarmog‘idagi e’lonlar turkumlari jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Aholining yuqumli bo‘lmaga� kasalliklarning (nooqilona ovqatlanish, kam jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning) xatarli omillari, shuningdek parhez ovqatlanishning xususiyatlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish.

21

Aholi, eng avvalo, yoshlar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlari iste’molidan voz kechish masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini kengaytirish.

2015 — 2020-yillar

Sog‘liqni saqlash vaz�rligi,Xalq ta’limi vazirligi,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Yoshlar ittifoqi,

“Mahalla” fondi,

Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ibn Sino” jamoat fondi

180,0 mln so‘m* (har yili ajratiladigan pul mablag‘lari doirasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari),

bajaruvchilar mablag‘lari

Bajaruvchilar qarori.

Aholining, eng avvalo, yoshlarning savodxonligini oshirish hamda o‘sib kelayotgan avlodning sog‘lom ovqatlanishga, jismoniy faollikka, alkogolli va tamaki mahsulotlari iste’molidan voz kechishga ko‘niktirish.

Sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini ta’minlash bo‘y�cha profilaktika ishlarini takomillashtirish.

Nooqilona ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlari iste’moli profilaktikasi bo‘yicha ishlarni ilmiy-metodik ta’minlash.

22

Quyidagi yo‘llar bilan tibbiyot kadrlari tayyorlash sifatini yanada oshirish:

o‘rta maxsus, oliy, oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturlarini, shu jumladan “Diyetologiya” mutaxassisligi bo‘yicha dasturlarni takomillashtirish;

oliy tibbiy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari talabalarini sog‘lom ovqatlanish va diyetologiya bo‘yicha o‘qitish;

“Diyetologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar va klinik ordinatorlarni tayyorlash;

diyetologiya bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalari mutaxassislarining malakasini oshirish;

har yili sog‘lom ovqatlanish, diyetologiya, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlari iste’molidan voz kechish masalalari bo‘yicha malaka oshirish.

2016 — 2020-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

306,7 mln so‘m*

(har yili ajratiladigan pul mablag‘lari doirasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari)

Bajaruvchilar qarori.

Sog‘lom ovqatlanish va diyetologiya bo‘yicha mutaxassislarning bilimlari va ko‘nikmalarini yaxshilash.

Davolash-profilaktika muassasalarida tayyorlanadigan parhez taomlar sifatini yaxshilash.

Tibbiyot muassasalarida sog‘lom ovqatlanish, diyetologiya, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlari iste’molidan voz kechish sohasida maslahatlar berish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash.

Davolash-profilaktika chora-tadbirlari samaradorligini oshirish.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”