27.10.2010 yildagi -son
O‘zbekiston Respublikasi hamda Liviya Arab Xalq Sotsialistik Buyuk Jamohiriyasi ikki mamlakat xalqlarining manfaatlari va irodalaridan kelib chiqqan holda, o‘zaro do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish istagida, Diplomatiya munosabatlari to‘g‘risida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasi hamda Konsullik munosabatlari to‘g‘risida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasi qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bilan Liviya Arab Xalq Sotsialistik Buyuk Jamohiriyasi o‘rtasida ushbu Qo‘shma Kommyunike imzolangan kundan e’tiboran diplomatik munosabatlar o‘rnatishga qaror qildilar.