20.08.2015 yildagi 242-son
Hujjat 24.08.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy darajasini uzluksiz takomillashtirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi

Mas’ul bajaruvchilar

I. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun qonunchilikni takomillashtirish

1.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi�i yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2015-yil
25-avgust

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, Davlat test markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

2.

Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining yangilangan malaka talablarini, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2015-yil
25-avgust

Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tasdiqlangan malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, Davlat test markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi

3.

Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarining o‘tkaziladigan attestatsiyasi sifat darajasi uchun mas’uliyatni belgilagan holda attestatsiya komissiyalari raislari va a’zolari bilan mehnat shartnomalari tuzish tartibini tasdiqlash.

2015-yil
25-avgust

Attestatsiya komissiyalari raislari va a’zolari bilan mehnat shartnomalari tuzish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Adliya vazirligi

4.

Malaka attestatlarini zarur miqdorda tayyorlash, bunda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining har yili kutilayotgan kontingentini hisobga olish.

Har yili
2015-yil
1-sentabrgacha

Davlat budjeti mablag‘lari

Malaka attestati

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi

II. Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy o‘quv-metodik va axborot-ma’lumotnoma bazasini shakllantirish

5.

Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarini zamonaviy darsliklar, o‘quv-metodik komplekslar hamda o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar, ma’lumotnoma-axborot nashrlari va boshqa o‘quv-ilmiy adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, shu jumladan qayta tayyorlash va malaka oshirishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy nashrlar va ilmiy jurnallar bilan muntazam ta’minlash.

2015 2017-yillar

Ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi

mablag‘lari doirasida

Bajaruvchilarning kompleks chora-tadbirlari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi

6.

Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari modullari bo‘yicha o‘quv-metodik materiallarni, shu jumladan elektron formatda ishlab chiqish.

2015-yil
31-dekabr

Tasdiqlangan o‘quv-metodik materiallar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz,
bazaviy oliy ta’lim muassasalari

7.

Bosh ilmiy-metodik markaz portali asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot-ta’lim muhitini shakllantirish hamda onlayn-elektron o‘quv materiallari kutubxonasini tashkil etish.

2015-yil
31-dekabr

Resurslardan foydalanishning shaxsiy tizimiga ega bo‘lgan Internet resurslar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz,
bazaviy oliy ta’lim muassasalari

III. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikalari va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlash

8.

Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan asoslangan ehtiyoj bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv auditoriyalari va xonalari ajratish.

2015-yil
20-avgust

Vazirliklar va idoralar buyruqlari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi

9.

Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun ajratilgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv auditoriyalarini joriy va mukammal ta’mirlashni belgilangan tartibda amalga oshirish.

2015-yil
1-sentabr

Ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari doirasida

Bajarilgan ishlarning manzilli ro‘yxatlari, dalolatnomalari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi

10.

Oliy ta’lim muassa�alarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hamda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning asoslangan buyurtmanomalari bo‘yicha mebellar, inventarlar, axborot-kommunikatsiya texnikalari hamda o‘qitishning texnik vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash.

2015-yil

Budjet mablag‘lari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Jihozlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar

Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi