13.08.2015 yildagi 238-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Hujjat 22.05.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Respublika komissiyasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2934-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 355-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 164-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazish Qoidalarining 3-bandidagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha komissiya” so‘zlari “Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “2015-yil uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi to‘g‘risida” 2015-yil 12-martdagi 58-son qarorining 3-bandidagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha komissiya” so‘zlari “Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.