Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-martdagi 101-son “O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-martdagi 101-son “O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibini belgilaydi.
yo‘lovchilar tashish poyezdlari mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib bilan to‘qnashsa, bekat oralig‘i va bekatlarda yo‘lovchi tashish poyezdlari izdan chiqsa hamda oqibatda lokomotivlar kapital ta’mirlash talab etiladigan darajada va (yoki) vagonlar depo yoki undan murakkabroq ta’mirlash talab etiladigan darajada shikastlangan bo‘lsa;
yuk tashish poyezdlari mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yo‘lning harakatdagi tarkibi bilan to‘qnashsa, bekat oralig‘i va bekatlarda yuk tashish poyezdi izdan chiqsa hamda oqibatda lokomotivlar yoki vagonlar kapital ta’mirlash talab etiladigan darajada shikastlangan bo‘lsa;
yuk yoki yo‘lovchi tashish poyezdlari mazkur Nizomning 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yo‘lning harakatdagi tarkibi bilan to‘qnashsa, bekat oralig‘i va bekatlarda yuk yoki yo‘lovchi tashish poyezdlari izdan chiqsa;
manyovrlarda, ekipirovkalashda va boshqa qisqa harakatlarda temir yo‘lning harakatdagi tarkibi mazkur Nizomning 3-bandi to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yo‘lning harakatdagi tarkibi bilan to‘qnashsa, oqibatda lokomotivlar joriy ta’mir darajasida yoki vagonlarni uzib olgan holda joriy ta’mirlash yoxud temir yo‘lning harakatdagi tarkibi yanada murakkabroq ta’mirlash darajasida shikastlangan bo‘lsa;
12. Xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra poyezdlar halokati va avariyalar bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq, ishdagi alohida nuqson holatlar va ishdagi nuqson holatlar bo‘yicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi jabrlangan shaxslar haqidagi ma’lumotlar va dastlabki tashxislar;
mazkur Nizomning 4 va (yoki) 5-ilovalariga muvofiq shakldagi umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar yoki idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llariga mansub bo‘lgan vagon va (yoki) lokomotivning shikastlanganligi (nosozligi) to‘g‘risida dalolatnoma;
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va (yoki) idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llariga tegishli obyektlarning texnik holati va ishi to‘g‘risida dalolatnoma;
20. Yo‘l qo‘yilgan harakat xavfsizligi buzilishlari bo‘yicha ma’lumotlar temir yo‘lga egalik qiluvchi tomonidan mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi va uning mintaqaviy filialiga taqdim etiladi.
3. Harakat xavfsizligi buzilishi tavsifi (to‘ldirilsin, keraksizi o‘chirilsin):
asosiy yo‘llar soni ____ta, ko‘tarilish (pastlashish) ____ foiz; ____metr uzunlikdagi maydoncha; ____metr radiusdagi egri yo‘l, ____metr uzunlikdagi to‘g‘ri yo‘l, ____metr chuqurlikdagi o‘yiq, balandlikdagi ko‘tarma, signallashtirish, aloqa vositalari ___________.

4. Kunning vaqti va ob-havo sharoitlari:_________________________________________________________
__________________________________________________________________

(kunning vaqti,ob-havo holati (havo harorati, ochiq, tuman, qor, bo‘ron, yomg‘ir, shamol), ko‘rinish darajasi)

5. Harakat xavfsizligi buzilishida temir yo‘lning harakatdagi tarkibi joylashishi (sxema va fotosurat ilova qilinadi).
6. Yo‘lning yuqori ko‘tarmasida _______________________________ turdagi rels, ______________________________turdagi biriktirgichlar; ________________________turdagi ballast, _________ ta yog‘och, _________ ta temir beton shpallar bir km masofada joylashgan.
7. Yo‘lni ko‘rikdan o‘tkazishda _____________________________________________________
___________________________________________________________________

(yo‘l holati va me’yorlardan chekinishlar)

__________________________________________________________________ aniqlandi.
8. Harakatdagi tarkibning yurish qismini ko‘rikdan o‘tkazishda ______________________
___________________________________________________________________

(yurish qismining holati, me’yoriy o‘lchami va qo‘yimlardan chekinishlari)

__________________________________________________________________ aniqlandi.
9. Tirkama va zarbali asboblarni ko‘rikdan o‘tkazishda ____________________________
__________________________________________________________________

(holati, me’yoriy o‘lcham va qo‘yimlardan chekinishlar ko‘rsatilsin)

__________________________________________________________________ aniqlandi.
10. Yo‘l hamda poyezd ishoralarining joylashishi, ko‘rinishi va holati ____________________________________________________________________________
11. Poyezd mashinistiga bekat navbatchisi tomonidan berilgan ogohlantirish:

____________________________________________________________________________
(ogohlantirish berilganligi, ogohlantirish turi)

12. Poyezd harakatining belgilangan va amaldagi tezligi:

___________________________________________________________________________
(amaldagi tezlik qaysi yo‘l bilan aniqlangani ko‘rsatilsin)

13. Poyezd tarkibi tuzilishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar: _____________________________
____________________________________________________________________________
14. Poyezdning tormozlar bilan ta’minlanganlik holati: ______________________________

____________________________________________________________________________
(avtotormozli o‘qlar soni, poyezd uzilgan holda quyruq va bosh qismlari uchun alohida ko‘rsatiladigan tonnalarda o‘lchanadigan jamlanma tormoz bosimi, va qo‘lda ishga tushirilganda belgilangan yoki amaldagi tormoz bosimi)

15. Poyezd tarkibida amaldagi tormoz o‘qlarining joylashish sxemasi (ilova qilinadi).
16. Avtotormozlarning aniqlangan nosozliklari: ____________________________________
____________________________________________________________________________
17. Lokomotiv va vagonlardagi tormoz kolodkalarning holati: ______________________

________________________________________________________________________
(tormoz kolodkalarining turi, qiziganlik va g‘ildirak bandajlariga taqalish darajasi)

18. Avtotormoz yenglari va chekka kranlarning harakat xavfsizligi buzilishi joyidagi holati: ___________________________________________________________________
19. Lokomotiv avtotormozlaridan qo‘llanilganligi: __________________________________
____________________________________________________________________________
20. Lokomotiv bosh rezervuaridagi havo bosimi: __________kg/sm2.
21. Avtotormozlarning sinovdan o‘tkazilganligi: ________________________________

____________________________________________________________________________
(qachon, qayerda, kim tomonidan va qanday sinovdan o‘tkazilgan)

22. Lokomotivda boshqaruv dastagi, revers, mashinist krani va mashinistning yordamchi tormozining holati __________________________________________________________
23. Mashinist tomonidan poyezdni to‘xtatish uchun ko‘rilgan choralar: ___________________

____________________________________________________________________________
(mashinistning harakatlari ketma-ketligi, harakat xavfsizligi buzilishi joyigacha tormozlash boshlangan masofa)

24. Harakat xavfsizligi buzilishida ahamiyatli bo‘lgan lokomotivdagi nosozliklar: ____________________________________________________________________________
25. Mashinistga berilgan ishoralar: ______________________________________________

___________________________________________________________________________
(qachon va kim tomonidan)

26. Harakat xavfsizligi buzilishi sabablarini aniqlashga ahamiyatli bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar: ________________________________________________________________
27. Komissiya kelguniga qadar harakat xavfsizligi buzilishi oqibatida shikastlanishlarni bartaraf etish holatlari: ________________________________________________

___________________________________________________________________________
(qaysi xodim va uning harakatlari)

28. Tiklash poyezdi kelgunga qadar harakatni tiklash bo‘yicha ko‘rilgan choralar: ____________________________________________________________________________
29. Jabrlanganlarga ko‘rsatilgan yordam: ______________________________________

___________________________________________________________________________
(kim tomonidan, qachon va qanday yordam ko‘rsatilgan)

30. Harakat xavfsizligi buzilishini tiklash vositalari
Izoh: 3-ustundagi tiklash vositalari quyidagi qisqartmalar bilan ko‘rsatiladi: lokomotiv, dala-avariya komandasi (DAK), tiklash poyezdi (TP), yong‘in poyezdi (YoP), katta quvvatli kran (T).
31. Harakat xavfsizligi buzilishini tiklash vaqtida quyidagi ishchi kuchlaridan foydalanildi: ________________________________________________________

___________________________________________________________________________
(tiklash vositasining xodimlari, qo‘shimcha jalb qilinganlar, shu jumladan harbiylar)

32. Harakat xavfsizligi buzilishi oqibatida shikastlangan temir yo‘lning harakatdagi tarkibini to‘liq yig‘ish vaqti: ____________________________________________

___________________________________________________________________________
(yil, oy, kun, soat)

33. Harakat xavfsizligi buzilishi oqibatida sochilib ketgan yukni to‘liq yig‘ish vaqti:

___________________________________________________________________________
(yil, oy, kun, soat)

34. Harakat xavfsizligi buzilishiga daxldor bo‘lgan temir yo‘l transporti xodimlarining ish va dam olish vaqti:

T/r

F.I.O.

Lavozimi

Ish me’yori (soat)

Ishda bo‘lish vaqti (soat)

Ishdan oldin dam olish (soat)

Izoh: temir yo‘l tashishlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-texnik hujjatlar ijrosi buzilishiga yo‘l qo‘ygan temir yo‘l transporti xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur dalolatnomaga ilova tarzida kiritiladi. Familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimga qabul qilingan vaqti, temir yo‘l transportidagi ish staji, yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ-texnik hujjatlarni bilishi yuzasidan sinov (qachon) o‘tkazilganligi ko‘rsatilishi, xizmati yuzasidan intizomiy jazo choralari va rag‘batlantirishlar (tavsifnoma) ilova qilinishi lozim.

III. Harakat xavfsizligi buzilishi va temir yo‘l tashishlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ-texnik hujjatlarga rioya qilinmaganlik sabablari

35. Harakat xavfsizligi buzilishi va normativ-texnik hujjatlarga rioya qilinmaganlik sabablarining qisqacha tavsifi __________________________________________________
36. Harakat xavfsizligi buzilishi joyid� komissiya tomonidan harakat xavfsizligining buzilishini aniqlashda ahamiyatli bo‘lgan predmetlar va hujjatlar: ____________________________________________________________________________
37. Dalolatnomaga quyidagilar ilova qilinadi: _____________________________________
____________________________________________________________________________
Komissiya a’zolari:

____________________________
(lavozimi, F.I.O.)

____________ (imzo)

____________________________ (lavozimi, F.I.O.)

____________ (imzo)

____________________________ (lavozimi, F.I.O.)

____________ (imzo)

Ishdagi alohida nuqson holatlar va ishdagi nuqson holatlar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalari yuzasidan
DALOLATNOMA

Ushbu dalolatnoma 20___ yil “___” _________ kuni

___________________________ da
(bekat, bekat oralig‘i)

____________________________________________________________________________
(komissiya a’zolarining F.I.O.)

_________________________________________________________lar tomonidan tuzildi.
20___ yil “___” __________________ kuni, soat _____ da ____________________________

____________________________________________________________________________
(b�kat, bekat oralig‘i, km)

____________________________________________________________________________
(nuqson turi va jihatlarining qisqacha tavsifi)

Kunning vaqti va ob-havo sharoitlari: _____________________________________________

____________________________________________________________________________
(kunning vaqti,ob-havo holati (havo harorati, ochiq, tuman, qor, bo‘ron, yomg‘ir, yaxvonlik, shamol), ko‘rinish darajasi)

Harakat xavfsizligi buzilishi keltirib chiqargan oqibatlar: __________________________

____________________________________________________________________________
(temir yo‘lning harakatdagi tarkibi, yo‘lning shikastlanishi, harakatning to‘xtalishi va manyovr ishining buzilishi)

Izoh: dalolatnomaga temir yo‘lning harakatdagi tarkibi va yo‘lning shikastlanish darajasi haqidagi tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ-texnik hujjatlar buzilishiga yo‘l qo‘ygan temir yo‘l xodimlari to‘g‘risida ma’lumotlar:

____________________________________________________________________________
(transportda va egallab turgan lavozimidagi ish staji, ishda bo‘lish va dam olish vaqti, muqaddam intizomiy jazo
chorasi qo‘llanilganligi)

Harakat xavfsizligi buzilishi sabablari to‘g‘risida xulosa:

____________________________________________________________________________
(yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-texnik hujjatlarning buzilgan bandlari)

____________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________

Komissiya a’zolari:

_______________________________

____________

(lavozimi, F.I.O.)

(imzo)

_______________________________

____________

(lavozimi, F.I.O.)

(imzo)

_______________________________

____________

(lavozimi, F.I.O.)

(imzo)

Vagon shikastlanganligi to‘g‘risida
DALOLATNOMA

20__ yil “___” __________

________________________
(dalolatnoma tuzish joyi)

Ushbu dalolatnoma 20 ___ yil “___” ____________ kuni, soat ______

__________________
(ro‘yxatga olingan joy)

da ro‘yxatga olingan, ______ yilda ishlab chiqarilgan, oxirgi marotaba

__________________
(joriy, depo, zavod)

rejaviy ta’mirdan ___________________________ da _____ yil “___” ______________ da

(ta’mirlangan joy)

o‘tkazilganda _______ -sonli vagon __________________________________________

_____________________________________________________________________________
(temir yo‘llaridan texnik foydalanish, manyovr ishlari, yuk ortish va mahkamlash qoidalari va boshqalar)

buzilishi oqibatida ____________________________________________________________

___________________________________________________________________ aybi bilan
(temir yo‘lga egalik qiluvchi)

_______________________________
(yo‘l, poyezd, shoxobcha yo‘li)

shikastlanganligi to‘g‘risida tuzildi.

T/r

Shikastlangan vagonlar turi va raqami

Shikastlangan detallar soni

Shikastlangan detallar qiymati

1.

2.

...

Qo‘shimcha ma’lumotlar: __________________________________________________________
____________________________________________________________________
Shikastlangan vagonni ______________________________________________ talab etiladi.

(talab etilayotgan ta’mir yoki hisobdan chiqarish)

Komissiya a’zolari:

______________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

_______________
(imzo)

______________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

_______________
(imzo)

______________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

_______________
(imzo)

Lokomotivning shikastlanganligi (nosozligi) to‘g‘risida
DALOLATNOMA

20__ yil “___” __________

________________________
(dalolatnoma tuzish joyi)

Ushbu dalolatnoma _________________ rusumli, _______________ raqamli, __________________ seksiya raqamli lokomotiv bo‘yicha 20___ yil “___” ___________ kuni _____ da harakat xavfsizligi buzilishi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuzildi.
Lokomotiv ____________________________ deposida ro‘yxatga olingan.

(ro‘yxatga olingan depo nomi)

Lokomotiv mashinisti ________________________________________________.

(F.I.O.)

Shikastlangan uskunaning nomi __________________________________________________.
Shikastlangan uskunaning chizmasi raqami _________________________________________.
Ishlab chiqaruvchi zavod: ________________________________________________________.
Shikastlangan uskunaning qismlarga ajratilib oxirgi ta’mirlanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar:

Ma’lumotlar

Ta’mirlash darajasi

kapital KT-2

kapital KT-1

ko‘tarma JT-3

katta davriy JT-2

kichik davriy

texnik xizmat ko‘rsatish TX-2, TX-3, TX-4

Ta’mirlangan sana

Ta’mirlash punkti

Ta’mirlangan vaqtdan keyin bosib o‘tilgan yo‘l (km)

Harakat xavfsizligi buzilishi oqibatida shikastlanganlik haqidagi ma’lumotlar:

____________________________________________________________________________
(sodir bo‘lgan sharoit, oqibatlari tavsifi, uskunaning pasport ma’lumotlari va tuzilmaviy o‘ziga xosliklari)

Uskunaning shikastlanish sabablari to‘g‘risida texnik xulosa: ___________________________
_____________________________________________________________________________
Shikastlanishlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha choralar:

_____________________________________________________________________________
(uskunani almashtirish, payvandlash yo‘li bilan ta’mirlash, yangi o‘rnatilgan uskunaning o‘lchamlari, tirqishlarning o‘lchamlari)

Komissiya a’zolari:

___________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

_________________
(imzo)

___________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

_________________
(imzo)

___________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

_________________
(�mzo)

(temir yo‘lga egalik qiluvchining nomi)

Harakat xavfsizligi buzilishi turlari

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

Oktyabr

Noyabr

Dekabr

20__ yilning o‘tgan ___ oyi davomida jami

Poyezdlar halokati

Yuk yoki yo‘lovchilar tashish poyezdlari bilan boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib to‘qnashsa, bekat oralig‘i va bekatlarda yuk yoki yo‘lovchilar tashish poyezdlari izdan chiqsa hamda oqibatda insonlar halok bo‘lsa, og‘ir tan jarohati olsa yoki lokomotiv yoxud vagonlar ularni hisobdan chiqarish darajasida shikastlangan bo‘lsa.

Avariyalar

yo‘lovchilar tashish poyezdlari Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib bilan to‘qnashsa, bekat oralig‘i va bekatlarda yo‘lovchi tashish poyezdlari izdan chiqsa hamda oqibatda lokomotivlar kapital ta’mirlash talab etiladigan darajada va (yoki) vagonlar depo yoki undan murakkabroq ta’mirlash talab etiladigan darajada shikastlangan bo‘lsa;

yuk tashish poyezdlari Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yo‘lning harakatdagi tarkibi bilan to‘qnashsa, bekat oralig‘i va bekatlarda yuk tashish poyezdlari izdan chiqsa hamda oqibatda lokomotivlar yoki vagonlar kapital ta’mirlash talab etiladigan darajada shikastlangan bo‘lsa;

temir yo‘lning harakatdagi tarkibi manyovrlar, ekipirovkalash va boshqa qisqa harakatlar vaqtida boshqa poyezdlar yoki temir yo‘lning harakatdagi tarkibi bilan to‘qnashsa va izdan chiqsa hamda oqibatda insonlar halok bo‘lsa, og‘ir tan jarohatlari olsa yoki lokomotiv yoxud vagonlar hisobdan chiqarish darajasida shikastlangan bo‘lsa.

Ishdagi alohida nuqson holatlar

yuk yoki yo‘lovchi tashish poyezdlari Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yo‘lning harakatdagi tarkibi bilan to‘qnashsa, bekat oralig‘i va bekatlarda yuk va yo‘lovchilar tashish poyezdlari izdan chiqsa;

poyezd band yo‘lga qabul qilinsa;

poyezd band bekat oralig‘iga jo‘natilsa;

poyezd tayyor bo‘lmagan marshrut bo‘yicha jo‘natilsa yoki qabul qilinsa;

poyezd taqiqlovchi ishoradan o‘tib ketsa;

poyezd yoki harakatdagi tarkib ostida yo‘l yo‘naltirgichni o‘tkazish;

temir yo‘lning harakatdagi tarkibi poyezdni qabul qilish, jo‘natish marshrutiga yoki bekat oralig‘iga ketib qolsa;

ketish yo‘lida yuk qulasa (sochilib ketsa);

g‘ildirak o‘qi, g‘ildirak o‘q bo‘yni yoki g‘ildirak sinsa;

vagon aravachasining yon qismi yoki ressor ust balkasi sinsa;

temir yo‘lning harakatdagi tarkibining o‘rta balkasi uzilsa;

texnik nosozliklar sababli, harakatlanish yo‘lidagi yo‘lovchilar tashish poyezdidan vagon uzib qoldirilsa;

poyezdning chekka kranlari berk holatda jo‘natilsa;

yo‘lovchilar tashish poyezdida lokomotiv buzilishi oqibatida yordamchi lokomotiv talab qilinsa;

harakatlanish yo‘lida ishlar bajarilishi vaqtida poyezdlar harakati uchun xavfli bo‘lgan joylar ishoralar bilan to‘silmasa;

pol usti svetoforida taqiqlovchi ishora o‘rniga ruxsat ishorasi yanglish paydo bo‘lsa yoki sekinlashish (to‘xtash) ishorasi o‘rniga ruxsat ishorasi paydo bo‘lsa;

poyezdlar harakati xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan temir yo‘l xodimlarining aybi bilan poyezd avtotransport vositasi yoki boshqa o‘zi yurar mashina bilan to‘qnashsa;

bekatda taqiqlovchi ishoradan o‘tib ketish holatini yuzaga keltirgan ruxsat ishorasi taqiqlovchi ishoraga almashib qolsa;

harakatlanayotgan poyezd ostida rels sinsa.

Ishdagi nuqson holatlar

buksa qizib ketsa yoki boshqa texnik nosozliklar sababli vagon harakatlanish yo‘lidagi yuk tashish poyezdidan uzib qoldirilsa;

poyezddagi avtoulagichlar o‘z o‘zidan ajralib ketsa;

yo‘naltirgich kesilsa;

yuk ortish qoidalarining harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi darajada buzilishi oqibatida oraliq bekatda poyezddan vagon uzib qoldirilsa;

temir yo‘lning harakatdagi tarkibining avtoulagichi sinib uzilsa;

temir yo‘lning harakatdagi tarkibi detallari yo‘lga tushib qolsa;

manyovrlarda, ekipirovkalashda va boshqa qisqa harakatlarda temir yo‘lning harakatdagi tarkibi Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, �izmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz izdan chiqsa;

manyovrlarda, ekipirovkalashda va boshqa qisqa harakatlarda temir yo‘lning harakatdagi tarkibi Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yo‘lning harakatdagi tarkibi bilan to‘qnashsa, oqibatda lokomotivlar joriy ta’mir darajasida yokivagonlarni uzib olgan holda joriy ta’mirlash yoxud temir yo‘lning harakatdagi tarkibi yanada murakkabroq ta’mirlash darajasida shikastlangan bo‘lsa;

temir yo‘lning harakatdagi tarkibi qurilma, mexanizmlar, jihozlar va begona predmetlar ustiga yurib kelib urilsa;

bekatlar oralig‘i yo‘llarining birida yoki bekatda harakat grafigida belgilangan vaqtdan yo‘lovchilar tashish poyezdining bir soatdan ko‘proq, boshqa poyezdlarning esa, uch soatdan ko‘proq ushlanib qolishiga sabab bo‘luvchi yo‘l, temir yo‘lning harakatdagi tarkibi, signallashtirish, markazlashtirish, blokirovkalash va aloqa, kontakt tarmog‘i, elektr ta’minoti qurilmalari va boshqa texnik vositalarning nosozliklari yuzaga kelsa.

Harakat xavfsizligi buzilishlarining umumiy soni

Shundan

poyezdlar halokati

avariyalar

ishdagi alohida nuqson holatlar

ishdagi nuqson holatlar


Izoh: mazkur ma’lumotlar har oyning 10-sanasigacha taqdim etiladi.


Temir yo‘lga egalik qiluvchining rahbari

_____________________

______________________________________

(imzo)

(F.I.O.)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”