— | Bosh vazir o‘rinbosari, komissiya raisi | |
Basitxanova E.I. | — | Bosh vazir o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari |
Karimov Sh.I. | — | Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, komissiya raisining o‘rinbosari |
Alimov A.V. | — | Sog‘liqni saqlash vaziri |
Saidova G.K. | — | Iqtisodiyot vaziri |
Inoyatov U.I. | — | Xalq ta’limi vaziri |
Vaxobov A.V. | — | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
Teshayev Sh.J. | — | Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri |
Salixov Sh.I. | — | Fanlar akademiyasi prezidenti |
Xadjayev A.D. | — | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi |
Xazratkulov M.X. | — | O‘zbekiston Milliy axborot agentligining bosh direktori |
Axmedov B.M. | — | Madaniyat va sport ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi |
Qo‘chqorov J.A. | — | Moliya vazirining o‘rinbosari |
Xashimov Sh.R. | — | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
Salimov U.Z. | — | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori |
Do‘smuradov M.M. | — | “O‘zfarmsanoat” davlat konserni raisi |
Qurbonov A.K. | — | “O‘zstandart” agentligi bosh direktori |
Rustamov O.B. | — | “O‘zbekoziqovqatxolding” XK boshqaruvi raisi |
Turdiyev S. | — | O‘zbekiston Fermerlari kengashi raisi |
Axmedov A.A. | — | “Mahalla” fondi raisi |
Boqiboyev E.J. | — | “Nuroniy” jamg‘armasi raisi |
Yusupov O.O. | — | Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi |
— | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari | |
Quranbayev Q.Q. | — | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi |
Zokirxo‘jayev Sh.Y. | — | Toshkent tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori |
Xudoybergenov A.S. | — | Sog‘liqni saqlash vazirligining ovqatlanish gigiyenasi bo‘yicha bosh mutaxassisi |
Axmedova D.I. | — | Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh pediatri, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori |
Shukurov Sh.U. | — | “Salomatlik-3” loyihasining muvofiqlashtiruvchisi (“Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi va ularni nazorat qilish tizimlarini mustahkamlash komponenti”) |
lavozimiga ko‘ra | — | Madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya kotibi. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.04.2015 yildagi 102-son
Кучга кириш санаси
04.05.2015
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 25.09.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Aholining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga, kasalliklarning oldini olishga, shuningdek tibbiyot fani talablariga muvofiq aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan sog‘lom ovqatlanish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
aholi sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borishni tashkil etish va shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan faol foydalangan holda targ‘ib qilishni kuchaytirish;
ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga qaratilgan sog‘lom ovqatlanish masalalari bo‘yicha aholining turli guruhlari uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, sog‘lom ovqatlanish sohasida fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirish;
jamoalarda tashkil etilgan ovqatlanishni tashkil etishni takomillashtirish, homilador va bola emizuvchi ayollarning, shuningdek 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini tashkil etish, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktik) ovqatlanishni yaxshilash;
sifat va xavfsizlikka qo‘yiladigan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-ovqat xomashyosining asosiy turlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishini kengaytirish, almashtirib bo‘lmaydigan komponentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari va bolalar ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan mahsulotlar, parhezli (davolash va profilaktik) oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish;
oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosiga tegishli bo‘lgan texnik reglamentlar va milliy standartlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va chet eldan yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosining sifati ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish, belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan va qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilganligi uchun ishlab chiqaruvchining javobgarligini kuchaytirishni qonunchilik yo‘li bilan mustahkamlash;
yakka tartibda ovqatlanishning maxsus tadqiqotlarini o‘tkazish asosida aholining ovqatlanishi va sog‘lig‘i sohasida monitoring dasturlarini, shu jumladan xavfsizlik va tarqalgan alimentar-bog‘liq holatlar rivojlanishi masalalarini ishlab chiqish va joriy etish.
2. O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasidagi chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika komissiyasining ishchi organi funksiyasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar muassasalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash sohasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini ishlab chiqish;
oziq-ovqat sanoati tizimiga va qishloq xo‘jaligiga xalqaro tashkilotlar, xorijiy investorlarning mablag‘larini jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
aholining sog‘lom ovqatlanishi sohasida chora-tadbirlar kompleksi bajarilishi ustidan muntazam monitoring olib borilishini tashkil etish.
4. Respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasidagi Konsepsiyani va chora-tadbirlar kompleksini uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida Respublika diyetologiya o‘quv-ilmiy markazi (keyingi o‘rinlarda Diyetologiya markazi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Diyetologiya markazi yuridik shaxs tashkil etmasdan Toshkent tibbiyot akademiyasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
6. Quyidagilar Diyetologiya markazining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligining zamonaviy xalqaro standartlariga muvofiq sog‘lom ovqatlanish va diyetologiya sohasida yagona ilmiy va amaliy siyosatni olib borish bo‘yicha bosh tashkilot funksiyalarini amalga oshirish;
sog‘liqni saqlash tarmoqlari mutaxassislari va aholining turli guruhlari uchun sog‘lom va parhezli ovqatlanish masalalari bo‘yicha samarali metodikalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, sog‘lom ovqatlanish masalalari bo‘yicha mutaxassislar, bakalavrlar, magistrlar va klinik ordinatorlarni o‘qitish;
sifat va sog‘lom ovqatlanishning zamonaviy talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi aholisining ovqatlanishi tarkibini yaxshilash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.
7. Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Respublika diyetologiya o‘quv-ilmiy markazining tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektoriga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Toshkent tibbiyot akademiyasi va Diyetologiya markazining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ta’minoti uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grant mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va donorlik tashkilotlarining grantlari, pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Diyetologiya markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institutining hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika hududlarida aholi orasida sog‘lom ovqatlanish tamoyillari faol targ‘ib qilinishini ta’minlaydi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 266-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 342-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda — “diyetologiya” mutaxassisligining magistratura va klinik ordinatura oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirishlar kiritilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda — turg‘un davolash-profilaktika muassasalari shtat normativlariga diyetolog vrach lavozimi kiritilishini;
Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda — Diyetologiya markazining yangi binosi qurilishi uchun Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasi hududida yer uchastkasi ajratilishini ta’minlasin.
10. Respublika komissiyasi Diyetologiya markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirsin, shuningdek Diyetologiya markazi amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan butlanishiga ko‘maklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Birlashgan qurilish direksiyasi — buyurtmachi etib;
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi loyiha tashkiloti bilan birgalikda 2015-yil uchun “Sog‘liqni saqlash” tarmog‘i bo‘yicha sog‘liqni saqlash obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun nazarda tutilgan Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga 3 oy muddatda Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasi hududida Diyetologiya markazining yangi binosini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
13. Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Diyetologiya markazining yangi binosi qurilishini moliyalashtirishning aniq manbalari bo‘yicha takliflar kiritsinlar, davlat maqsadli jamg‘armalari va xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobiga uni zarur asbob-uskunalar va inventar bilan bosqichma-bosqich jihozlashni nazarda tutsinlar.
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin va qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
15. Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha “Ta’lim” tarmog‘iga yo‘naltiriladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida Diyetologiya markazining joriy ta’minotiga 2015-yilda zarur budjet mablag‘larini ajratsin va keyingi yillarda ajratishni nazarda tutsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-noyabrdagi PQ-1652-son qaroriga muvofiq respublikaga olib kiriladigan tibbiyot inventari va asbob-uskuna, ularga ehtiyot qismlar va sarflash materiallari 2018-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent tibbiyot akademiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 29-iyuldagi 178-son qarorining 1-bandi va qarorga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentabrdagi 731-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1040-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.