Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991y., 10-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi Nizomning 14-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-noyabrdagi 278-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991y., 11-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi Nizomning II bo‘limi quyidagi mazmundagi 13-band bilan to‘ldirilsin:
“13. Xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 20-son, 159-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda; 1999-y., 3-son, 12-modda; 2000-y., 10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risidagi Nizomning 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
— 2-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-sentabrdagi 415-31-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlarining vaqtinchalik qoidalariga” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son va 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
— 4-band “shuningdek berilgan buyurtmanomalarga muvofiq avtomobil transportida tashiladigan maxsus yuklarni kuzatib borishni amalga oshirsin” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risida Nizomning 5-bandi quyidagi mazmundagi xat boshi bilan to‘ldirilsin:
“xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida Nizomning 8-bandi yigirma beshinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
8. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-iyundagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risida Nizomning 5-bandi quyidagi mazmundagi “p” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
“p) havo transportida xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida xulosalar berish”.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“avtomobil transportida xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida xulosalar berish”.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandi qirq beshinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qonun hujjatlariga muvofiq xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi to‘g‘risidagi Nizom:
“i) o‘z vakolatlari doirasida xavfli yuklar va portlovchi moddalarni tranzit tashish shartlarini bajarish”;
“t) qonunchilikka muvofiq xavfli yuklar va portlovchi moddalar tranziti chog‘ida xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 109-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“temir yo‘l transportida xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida xulosalar berish”.
Keyingi tahrirga qarang.