O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 15, 17, 18, va 20-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasida Uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Turar joylarni yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin;
texnik ro‘yxatga olish kadastr byurolariga uslubiy rahbarlikni va ularning uy-joy fondini texnik hisobga olishga doir faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi to‘g‘risidagi nizom amalga kiritilgunga qadar tuzilgan inventar hujjatlar yig‘ma jildi, ro‘yxatdan o‘tkazish daftarlari va boshqa hujjatlar haqiqiy hisoblanadi.
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Uylar va xonalarning texnik va sanitar ahvolini tekshirish hamda ularning yashash uchun yaroqsizligini tan olish to‘g‘risida, shuningdek, ularni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta sozlashni yoki buzishni amalga oshirish to‘g‘risida” 1985-yil 6-dekabrdagi 605-son qarori (O‘zSSR QT, 1985-y., 12-son, 58-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimini belgilaydi va ko‘chmas mulk davlat kadastrining tarkibiy elementi hisoblanadi.
2. Uy-joy fondi obyektlarining joylashgan o‘rni, son va sifat tarkibi, texnik holati, obodonlashtirish darajasi va ularning qiymati to‘g‘risida ma’lumot olish hamda ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
3. Insonning yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joylar, shu jumladan, uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz keksalar internat-uylari, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan uylar) davlat yo‘li bilan hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish, ularni uy-joy fondidan chiqarish, Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga, Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasining uy-joy to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi texnik (tezkor) va rasmiy statistika hisobini o‘z ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Texnik inventarizatsiya o‘tkazish va uylar hamda turar joylarga egalik huquqini va boshqa mulkiy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi uchun hisobga olishning yagona tizimi bo‘yicha uy-joy fondini, uning qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, texnik hisobga olish davlat yo‘li bilan hisobga olishning asosini tashkil etadi.
Uylar va turar joylarni texnik hisobga olish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulk davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Uy-joy fondini texnik hisobga olishni yuritish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tumanlar va shaharlar texnik inventarizatsiya kadastr byurolariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tumanlar, shaharlar texnik inventarizatsiya kadastr byurolari uy-joy fondini, uning qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, texnik hisobga olishni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Uy-joy fondini rasmiy statistik hisobga olish texnik inventarizatsiya kadastr byurolari tomonidan taqdim etilgan uy-joy fondini davlat statistika kuzatuvi shakllarini umumlashtirish asosida, statistika ishlarining har yilgi dasturlarida belgilanadigan davrlar bo‘yicha va muddatlarda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Uy-joy fondini davlat statistika kuzatuvi shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish metodologiyasi, tartibi hamda muddati O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Uy-joy fondini texnik hisobga olish ko‘rsatkichlari rasmiy statistik hisobga olish ko‘rsatkichlariga mos bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
uylar va turar joylarni baholashga va qayta baholashga, shu jumladan, soliq olish maqsadida baholashga va qayta baholashga;
axborot va konsultativ xizmat ko‘rsatish va uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirishga majburdirlar.
8. Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildi uy yoki turar joy foydalanish uchun qabul qilib olinayotganda yoxud turar joy uy-joy fondiga kiritilayotganda tuziladi.
Keyingi texnik hisobga olish uylar va turar joylarni vaqti-vaqti bilan rejali xatlashlar o‘tkazish yo‘li bilan besh yilda kamida bir marta, shuningdek rejadan tashqari tekshirishlar jarayonida hisobga olish ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari aniqlanishiga qarab amalga oshiriladi.
9. Inventarizatsiya ma’lumotlari va uy-joy fondini texnik hisobga olishning boshqa ma’lumotlari, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi hollarda qo‘llanish uchun majburiydir:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni hamda ko‘chmas mulkka oid bitishuvlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;
turar joy sohasida ko‘chmas mulkka solinadigan soliqni hisoblash va uning bazasini nazorat qilishda;
Keyingi tahrirga qarang.
10. Uylar va turar joylarni rejali texnik inventarizatsiyalash texnik inventarizatsiya kadastrlari byurosi tomonidan ular mulkdorlarining mablag‘lari hisobiga, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadigan stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Rejadan tashqari tekshirishlar uylar va turar joylar mulkdorlarining buyurtmanomalariga ko‘ra, shartnoma narxlari bo‘yicha texnik inventarizatsiya kadastrlar byurosi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qurilishi tugallangan uy va turar joyga ijroni hisobga olish texnik hujjati texnik inventarizatsiya kadastr byurosi tomonidan tuziladi, qabul komissiyasi buyurtmachisi (imorat soluvchi) tomonidan ko‘rsatilgan hujjatlar tarkibiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Uylarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomalarisiz ularning inventar hujjatlar yig‘ma jildini berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar mustaqil hujjatlarni tashkil etadi, ularni berish tartibi joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
13. Uylar, turar joylarni hisobga olish davlat kadastri yagona tizimining boshqa kadastrlar bilan texnologik aloqalarini ta’minlovchi avtomatik boshqarish tizimi vositalarini qo‘llagan holda uy-joy fondi reyestrini yuritish yo‘li bilan texnik inventarizatsiya kadastr byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Uy-joy fondining hisobga olish — texnik, hujjatlar yig‘ma jildi, ro‘yxatdan o‘tkazish daftarlari, inventar hujjatlar yig‘ma jildida shakllangan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatlarning nusxalari, boshqa inventarizatsiya hujjatlari texnik inventarizatsiya kadastr byurosi arxivida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlarida saqlanadi.
Texnik inventarizatsiya kadastr byurosi arxivlari O‘zbekiston Respublikasi davlat arxiv fondiga kiradi va joylardagi davlat hokimiyati organlari foydalanishida bo‘lgan respublika mulki hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Texnik inventarizatsiya kadastr byurosi va boshqa organlar mansabdor shaxslarining mazkur Nizom talablarining zarur darajada bajarilishi uchun javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish asoslari va shartlarini tartibga soladi.
2. Uy-joy fondi — inson yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joydan, shu jumladan, uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar, internat-uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)dan iborat bo‘lgan fond.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qurilish tugallangandan keyin uylar va turar joylarni, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishlaridan qat’i nazar, foydalanishga qabul qilib olish tuman, shahar hokimi tomonidan tayinlanadigan qabul qilish komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Uy yoki turar joyni quruvchi (mulkdor, ashyoviy huquq egasi) mulkka egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish va uy yoki turar joyni keyinchalik uy-joy fondiga kiritish uchun tuman, shahar texnik inventarizatsiya kadastr byurosiga:
a) joylardagi davlat hokimiyati organining uy qurish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorini yoki ushbu organlarning turar joy qurishga ruxsatnomasini, shuningdek, qabul qilish komissiyasining uyni yoki turar joyni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi tuman, shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomasini;
b) o‘zboshimchalik bilan tiklangan imorat majburiy tartibda davlat mulkiga olib qo‘yilgan hollarda uni olib qo‘yish to‘g‘risida sudning qarorini;
v) qonunda nazarda tutilgan hollarda egasiz imoratni davlat mulkiga olib qo‘yish to‘g‘risida sudning qarorini;
d) joylardagi davlat hokimiyati organlarining uyga yoki turar joyga egalik qilish huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi qarorini;
e) uyga yoki turar joyga egalik qilish huquqini e’tirof etish to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan qarorini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ayrim hollarda tuman, shahar texnik inventarizatsiya kadastr byurosiga qurish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qaror o‘rniga yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini tasdiqlovchi davlat dalolatnomasi taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Bog‘dorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan imoratlarga ega bo‘lgan shaxslar shu imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirishni va ularni uy-joy fondiga kiritishni talab qilishga haqlidirlar. Ushbu talablar ular tomonidan tuman, shahar texnik inventarizatsiya kadastr byurosiga joylardagi davlat hokimiyati organlarining bog‘dorchilik shirkatlari va boshqa shirkatlar (kooperativlar) uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarori hamda tuman, shahar hokimining ko‘rsatib o‘tilgan imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarori taqdim etilgan taqdirda qondirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
uy-joylardagi savdo, maishiy va nosanoat tusidagi boshqa ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar;
uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida tiklangan, ularda fuqarolarning qancha vaqt yashashidan qat’i nazar, mavsumiy va vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan imoratlar va joylar;
9. Mulkdor tomonidan taqdim etilgan mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar asosida tuman, shahar texnik inventarizatsiya kadastr byurosi uyga yoki turar joyga egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mulkka egalik qilish huquqi to‘g‘risida hujjat beradi, bu uy yoki turar joy uy-joy fondiga kiritilganligi to‘g‘risida guvohnoma bo‘lib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Uylar va turar joylarni davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulk davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Uy-joy mulkdorlari bo‘lgan yuridik shaxslar, uy-joyga xizmat ko‘rsatish va ularni tuzatish bo‘yicha boshqaruvchi tashkilotlar uy-joy fondining boshlang‘ich hisobini yuritadilar, ularning mulkida (balansida) bo‘lgan yoki ular xizmat ko‘rsatadigan uy-joy fondi, konstruktiv qarorlar tarkibi, qiymati hamda obodonlashtirish turlari mavjudligi va boshqalar to‘g‘risidagi buxgalteriya va statistika hisobotini tuzadilar hamda yuqori turuvchi tashkilotlarga va davlat statistikasi mahalliy organlariga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Texnik inventarizatsiya kadastr byurosi ham Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan belgilanadigan muddatlarda, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qat’i nazar, uy-joy fondi to‘g‘risida tegishli statistika hisobotini tuzadi hamda ularni yuqori turuvchi tashkilotlarga va davlat statistikasi mahalliy organlariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom uylarni va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish asoslarini va shartlarini tartibga soladi.
2. Uylar va turar joylar mulkdorlari, uy-joylarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha boshqaruvchi tashkilotlar muntazam ravishda rejali — ogohlantiruvchi va rejadan tashqari ko‘riklar o‘tkazish yo‘li bilan uylar va turar joylarning texnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
3. Rejadan tashqari ko‘riklar zilzilalar, sel toshqinlari, jalalar, dovulli shamollar, kuchli qor yog‘ishlari, suv toshqinlari va stixiyali tusdagi boshqa hodisalar, uylar joylashgan hududdagi uylarning alohida elementlarini va ularni butunlay shikastlashi mumkin bo‘lgan harbiy harakatlardan keyin, issiqlik, suv, elektr ta’minoti tizimlaridagi avariyalardan keyin va poydevorlar va elementlarning deformatsiyalanishi aniqlanganda majburiy tartibda o‘tkazilishi kerak.
4. Barcha texnik ko‘riklar natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi va uylar yoki turar joylar mulkdori (uy-joylarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha boshqaruvchi tashkilot)da turishi kerak bo‘lgan uy yoki turar joyning texnik holatini hisobga olish hujjatlarida yoki inventar hujjatlar yig‘ma jildida aks ettiriladi.
5. Uy yoki turar joy mulkdori arizasiga ko‘ra yoki uy-joylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqaruvchi tashkilotning yozma xabariga ko‘ra, shuningdek, mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hollarda, uyning yoki turar joyning, kimga qarashliligidan qat’i nazar, texnik holatini aniqlash uchun tuman, shahar hokimi tomonidan komissiya tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi (texnologiya asbob-uskunalari mavjud obyektlardagi uylar va turar joylar bo‘yicha) vakili;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakili — harbiy shaharchalardagi uylar va turar joylar bo‘yicha;
Keyingi tahrirga qarang.
fizik eskirishi (uy yoki turar joyning ko‘rik o‘tkazilgan paytdagi texnik va u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa foydalanish ko‘rsatkichlarining yomonlashganlik darajasini mufassal ko‘rsatgan holda);
mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatib o‘tilgan sabablar tufayli avariya holatiga tushishi oqibatida yashash uchun yaroqsiz holga kelgan uyni yoki turar joyni uy-joy fondidan chiqarish to‘g‘risida yozma xulosa beradi.
8. Komissiya xulosasiga muvofiq tuman, shahar hokimi yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan uylar yoki turar joylarni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlash yoxud ushbu uylar yoki turar joylarni buzish to‘g‘risidagi tavsiyanoma bilan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, Toshkent shahar hokimiga murojaat qiladi.
9. Tuman, shahar hokimi tavsiyanomasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan uylar yoki turar joylarni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlash yoxud buzish to‘g‘risida qaror chiqariladi. Bunda turar joylari avariya holatida yoki tabiiy ofatlardan jabrlangan deb e’tirof etilgan fuqarolarga davlat tomonidan tekin uy-joy berish masalasi albatta hal qilingan bo‘lishi kerak.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimining uylar va uy-joylarni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlanishi yoki buzilishi sababli uy-joy fondidan chiqarish to‘g‘risidagi qarori tuman, shahar texnik inventarizatsiya kadastr byurosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va reyestr daftariga tegishli yozuvlar kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
a) joylardagi davlat hokimiyati organining tegishli qarori asosida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar yoki yuridik shaxslar mulki bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
b) turar joy Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari qaroriga ko‘ra yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga o‘tkazilgan hollarda ham uy-joy fondidan chiqariladi.
12. Yuridik shaxslar — uy-joy mulkdorlari, uy-joylarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha boshqaruvchi tashkilotlar, texnik inventarizatsiya kadastr byurosi uy-joy fondining kamayganligi haqida tegishli statistik hisobot tuzadilar hamda ularni Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda yuqori tashkilotlarga va mahalliy statistika organlariga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Uylar yoki turar joylarga bo‘lgan mulkchilik shakllarining o‘zgarishi uyni, turar joyni uy-joy fondidan chiqarish uchun asos hisoblanmaydi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda uylarni va turar joylarni, uy-joy fondining foydalanish turidan qat’i nazar, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
2. Yashash uchun yaroqli turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga o‘tkazishga istisno hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari (bundan keyin joylardagi davlat hokimiyati organlari deb ataladi) qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
3. Turar joylarni yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga o‘tkazish, uyning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, joylardagi davlat hokimiyati organlari huzuridagi idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
4. Jismoniy va yuridik shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan xususiy turar joylarni yoki ularning bir qismini yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga aylantirish mulkdorning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi, ushbu Nizom talablariga muvofiq tartibda va shartlarda hal etiladi.
5. Yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilgan uylarda faoliyatning belgilangan tartibda ruxsat etilgan turlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
6. Turar joy uy-joy binosining pastki qavatida joylashgan taqdirda yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilishi mumkin.
b) bunday o‘tkazish boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzsa (buzilishiga olib kelsa);
g) turar joy avariya holatida bo‘lsa yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishga yaroqsiz bo‘lsa;
d) turar joy sudda ko‘rib chiqish mavzusi bo‘lsa — nizo sud tartibida hal etilgunigacha yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Arxitektura, tarix va madaniyat yodgorliklari hisoblanadigan uylardagi turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish arxitektura, tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish organlarining roziligi bilan amalga oshiriladi.
9. Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun mulkdor (ariza beruvchi), o‘tkazish maqsadini, shuningdek, kelgusida uydan foydalanishning mo‘ljallanayotgan shakl va usullarini ko‘rsatgan holda, joylardagi davlat hokimiyati organlariga ariza beradi.
10. Turar joy mulkdori yoki notarius tasdiqlagan ishonchnoma asosida mulkdorning roziligi bilan faoliyat ko‘rsatuvchi, to‘liq xo‘jalik yuritish huquqiga ega bo‘lgan shaxs ariza beruvchi bo‘lishi mumkin.
hammulkdorlarning va balog‘at yoshiga yetgan oila a’zolarining notarius tasdiqlagan rozilik hujjati;
shahar (tuman)ning sanitariya-epidemiologiya xizmati, arxitektura xizmatlari va yong‘in nazorati organlari bilan kelishganlik to‘g‘risidagi hujjat;
12. Ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va joylardagi davlat hokimiyati organi qarori loyihasini tayyorlash quyidagi tarkibda tuziladigan idoralararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi:
Ko‘p kvartirali uydagi turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda komissiya tarkibiga uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruvchi tashkilot vakillarini kiritish majburiydir.
Zarurat bo‘lganda komissiya tarkibiga boshqa vakillar (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, uy-joy egalari kengashi, uy-joy mulkdorlarining shirkati vakillari) kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
ariza beruvchilar taqdim etgan hujjatlar ko‘rib chiqiladi va zarur hollarda qo‘shimcha ma’lumotlar so‘raladi;
joy yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilishi va mazkur uydan yashash uchun mo‘ljallanmagan joy sifatida foydalanilishi munosabati bilan huquqi va qonuniy manfaatlariga daxl qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar komissiya majlisiga chaqiriladi;
zarur hollarda komissiya (yoki uning ayrim a’zolari) uyni ko‘rish va turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani hal etishda muhim bo‘lgan haqiqiy ahvol bilan tanishish uchun joylarga borishadi.
14. Komissiyaning ish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, u komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanishi kerak.
Bayonnomaga ariza beruvchi taqdim etgan barcha hujjatlar, qaror qabul qilish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa materiallar ilova qilinadi.
Komissiya ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar va qilingan ishlar asosida uyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish imkoniyati to‘g‘risidagi xulosani va hokimning qarori loyihasini tayyorlaydi.
Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish chog‘ida ko‘p kvartirali uydagi xonadan foydalanish maqsadi amaldagi Uy-joy fondidan foydalanishning texnik qoidalari va normalari hamda “Uy-joy binolari” 02.08.01—94 raqamli qurilish me’yorlari va qoidalari talablarini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
15. Komissiya xulosasi oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Komissiyaning bir yoki bir nechta a’zosi qabul qilingan qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda, bu bayonnomada ko‘rsatiladi.
turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Qaror ariza beruvchi tomonidan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 kundan kechikmay qabul qilinadi.
Komissiya xulosasi asosida hokim turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
17. Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishni rad etish ushbu Nizomning 7-bandida sanab o‘tilgan sabablar ko‘rsatilgan holda asoslangan bo‘lishi kerak.
Komissiyaning asosli rad etishida ko‘rsatilgan sabablar bartaraf qilingan taqdirda ariza beruvchi takroriy arizaning navbatdan tashqari ko‘rib chiqilishiga haqlidir.
18. Mazkur qaror chiqqunga qadar yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar maqomiga o‘tkazilgan turar joylarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ushbu Nizomning barcha talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Qayta rasmiylashtirish tartibotidan o‘tgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlariga komissiyaning turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori asosida belgilangan namunadagi dalolatnoma beriladi.
20. Turar joylarni yoki ularning bir qismini yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ayni bir vaqtda idoralararo komissiyalar kotiblari hisoblanadigan vakolatli xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
21. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganligi va turar joy yoki uning bir qismi yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma berilganligi uchun vakolatli organ ariza beruvchidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tasdiqlanadigan xarajatlar kalkulatsiyasiga binoan tegishli to‘lov undiradi.
22. Ariza beruvchi turar joydan yashash uchun mo‘ljallanmagan joy sifatida foydalanish huquqini olganlik uchun mahalliy budjetga yig‘im to‘laydi. Yig‘imning cheklangan miqdori yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 25 foizi, jismoniy shaxslardan esa 5 foizi miqdorida belgilanadi.
23. Uyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joydan turar joyga qaytadan o‘tkazish mulkdorning arizasi bo‘yicha, tegishli davlat xizmatlari bilan uzil-kesil hisob-kitob qilingach, idoralararo komissiyaning qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.