Ahdlashuvchi tomonlar,
Davlatlar o‘rtasida suverenitet va tenglikni hurmat qilishga asoslangan o‘zaro manfaatlarni uchun yaxshiroq tushunish va hamkorlikka hissa qo‘shishni xohlagan holda,
Ijodkorlikni rag‘batlantirish maqsadida butun dunyoda intellektual mulkni muhofaza qilishni rag‘batlantirish,
har bir Ittifoqning mustaqilligini to‘la hurmat qilib, sanoat mulkini, adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish sohasida tashkil etilgan Ittifoqlarni boshqarishni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirishga intilish maqsadida,
(iii) “Parij konvensiyasi” — 1883 yil 20-martda imzolangan, barcha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan tahrirlarni ko‘zda tutgan holda, Sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Parij konvensiyasini anglatadi;
(iv) “Bernskaya konvensiyasi” — 1886 yil 9-sentabrda imzolangan, barcha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan tahrirlarni ko‘zda tutgan holda, Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasini anglatadi;
(vii) “Ittifoqlar” — Parij ittifoqi, ushbu Ittifoq maqsadida tuzilgan maxsus ittifoqlar va maxsus bitimlar,Bern ittifoqi,shuningdek, intellektual mulkni muhofaza qilishga ko‘maklashishga mo‘ljallangan boshqa har qanday boshqa xalqaro bitim, 4 (iii)-moddaga muvofiq uning boshqaruvi Tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
sanoat, ilmiy, adabiy va badiiy sohalarda intellektual faoliyat bilan bog‘liq boshqa barcha huquqlar.
(i) butun dunyoda davlatlar hamkorligi orqali va kerak bo‘lganda, boshqa har qanday xalqaro tashkilot bilan aloqada intellektual mulkni muhofaza qilishga ko‘maklashish;
3-moddada belgilangan maqsadlarga erishish uchun Tashkilot o‘z organlari orqali va har bir uyushmaning vakolatlarini hurmat qilib:
(i) butun dunyoda intellektual mulkni muhofaza qilishni yaxshilash va bu sohadagi milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga hissa qo‘shadi;
(ii) Parij ittifoqining, shu Ittifoq bilan bog‘liq tuzilgan Maxsus ittifoqlarning va Bern ittifoqining ma’muriy vazifalarini bajaradi;
(iii) intellektual mulkni muhofaza qilishga ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan boshqa har qanday xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun ma’muriy boshqarishni qabul qilishga yoki ishtirok etishga rozilik berishi mumkin;
(iv) intellektual mulkni muhofaza qilishga yordam beradigan xalqaro shartnomalar tuzishga yordam beradi;
(v) intellektual mulk sohasida huquqiy va texnik yordam so‘ragan davlatlarga o‘z hamkorligini taklif qiladi;
(vi) intellektual mulkni muhofaza qilish bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘playdi va tarqatadi, bu sohada tadqiqotlar olib boradi va ularni rag‘batlantiradi hamda bunday tadqiqotlar natijalarini e’lon qiladi;
(vii) intellektual mulkni xalqaro muhofaza qilishga ko‘maklashuvchi xizmatlarning ishlashini ta’minlaydi va kerak bo‘lganda bu sohada ro‘yxatga olishni amalga oshiradi, shuningdek ushbu ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
(1) 2 (vii)-moddada belgilangan har qanday Ittifoq a’zolari bo‘lgan har qanday davlat Tashkilotga a’zo bo‘lishi mumkin.
(i) u Birlashgan millatlar tashkilotining, Birlashgan millatlar tashkiloti bilan bog‘liq har qanday ixtisoslashtirilgan agentliklarning yoki Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning a’zosi yoki Xalqaro sud statutining ishtirokchisi bo‘lsa; yoki
(ii) U Bosh assambleya tomonidan ushbu Konvensiyaning ishtirokchisi bo‘lishga taklif qilingan bo‘lsa.
(a) Bosh assambleya,tarkibiga har qanday ittifoq a’zolari kirgan, ushbu Konvensiya ishtirokchi-davlatlaridan iborat holda tuziladi.
(b) Har bir davlat hukumati bitta vakildan iborat bo‘lib, uning o‘rinbosarlari, maslahatchilari va ekspertlari bo‘lishi mumkin.
(ii) Bosh direktorning Tashkilot faoliyatiga oid hisobotlarini o‘rganadi va tasdiqlaydi va unga barcha kerakli ko‘rsatmalarni beradi;
(iii) hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi va Boshqaruv qo‘mitasi faoliyatini tasdiqlaydi va unga ko‘rsatmalar beradi;
(v) Bosh direktor tomonidan 4(iii)-moddada ko‘zda tutilgan xalqaro shartnomalarni bajarishda ma’muriyat ishlari bo‘yicha taklif qilingan harakatlarni ma’qullaydi;
(vii) Birlashgan millatlar tashkilotining amaliyotini hisobga olgan holda, Kotibiyatning ishchi tillarini belgilaydi;
(viii) 5 (2)(ii)-moddada ko‘zda tutilgan davlatlarni ushbu Konvensiya ishtirokchilari bo‘lishga taklif qiladi;
(ix) tashkilotga a’zo bo‘lmagan qaysi davlatlar va qaysi hukumatlararo yoki xalqaro nodavlat tashkilotlari uning yig‘ilishlariga kuzatuvchi sifatida kiritilishi mumkinligini aniqlaydi;
(a) Har bir davlat, bir yoki bir nechta Ittifoq a’zosi bo‘lishidan qat’i nazar, Bosh Assambleyada bitta ovozga ega.
(c) Paragrafning (b) kichik bandining qoidalariga qaramay, agar har qanday sessiyada vakillik qiladigan davlatlar soni yarmidan kam bo‘lsa-da, Bosh Assambleyaga a’zo davlatlarning uchdan bir qismiga teng yoki ko‘p bo‘lsa,u qaror qabul qila oladi; ammo, Bosh Assambleyaning barcha qarorlari, o‘z tartib-qoidalariga taalluqli qarorlar bundan mustasno, quyidagi shartlar bajarilgan taqdirdagina kuchga kiradi.Xalqaro byuro yuqorida ko‘rsatilgan qarorlarni Bosh assambleyaga a’zo bo‘lmagan davlatlarga yetkazadi va ularni qarorlar, agar ular ma’qullashsa yoki qarshi bo‘lsa, yoki betaraf bo‘lsa, yuborilgan kundan boshlab uch oy ichida yozma ravishda xabardor qilishga taklif qiladi.Agar bu muddat tugagandan so‘ng, shunday ovoz bergan yoki betaraf davlatlar soni,sessiyaning o‘zida kvorumga erishish uchun yetishmayotgan bo‘lsa, ko‘pchilik ovoz berilgan qarorlar kuchga kiradi.
(d) Paragrafning (e) va (f) kichik bandlari qoidalariga rioya qilgan holda, Bosh Assambleya o‘z qarorlarini uchdan ikki qism ovozlar bilan qabul qiladi.
(e) (4)(iii)-moddada nazarda tutilgan xalqaro shartnomalarni bajarish bo‘yicha ma’muriyatga tegishli harakatlarni tasdiqlash uchun berilgan ovozlarning to‘rtdan uch qismi talab qilinadi.
(f) Birlashgan millatlar tashkiloti Ustavining 57 va 63-moddalari qoidalariga muvofiq Birlashgan millatlar tashkiloti bilan tuzilgan bitimni tasdiqlash uchun ovozlarning o‘ndan to‘qqiz qismi talab qilinadi.
(g) Bosh direktorni tayinlash uchun ((2)(i) band), Bosh direktor tomonidan xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun ma’muriy tomondan taklif qilingan harakatlarni tasdiqlash ((2) (v)-band) va shtab-kvartirani ko‘chirish (10-modda), talab qilinadigan ko‘pchilikka faqat Bosh Assambleyada emas, balki Parij ittifoqi va Bern ittifoqi Assambleyasida ham erishish kerak.
(a) Bosh assambleya har ikkinchi kalendar yilda Bosh direktor chaqiruvi bilan navbatdagi sessiyada yig‘iladi.
(b) Bosh assambleyaning navbatdan tashqari sessiyasi yig‘ilishi mumkin, uni Bosh direktor Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning talabiga binoan yoki Bosh assambleyaga a’zo davlatlarning chorakdan birining talabiga binoan chaqiradi.
(5) Ushbu Konvensiyada ishtirok etayotgan va Ittifoqning hech bir a’zosi bo‘lmagan davlatlar Bosh Assambleyaning yig‘ilishlariga kuzatuvchi sifatida kiritiladi.
(a) Ular Ittifoqlardan biriga a’zo bo‘lish yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar ushbu Konvensiya ishtirokchi-davlatlaridan tashkil topgan Konferensiya tuziladi.
(b) Har bir davlat hukumati bitta vakildan iborat bo‘lib, uning o‘rinbosarlari, maslahatchilari va ekspertlari bo‘lishi mumkin.
(i) intellektual mulk sohasidagi umumiy qiziqishlarni muhokama qiladi, va Ittifoqlarining vakolati va mustaqilligini hisobga olgan holda bunday masalalar bo‘yicha tavsiyalar berishi mumkin:
(iii) Konferensiya budjeti doirasida har ikki yilda bir marta yuridik va texnik yordam dasturini qabul qiladi;
(v) qaysi davlatlar Tashkilotga a’zo emasligini va qaysi hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlari uning yig‘ilishlariga kuzatuvchi sifatida kiritilishi mumkinligini aniqlaydi;
(c) 17-moddaning qoidalarini hisobga olgan holda, Konferensiya ovozlarning uchdan ikki qismi bilan qaror qabul qiladi.
(d) Biron bir Ittifoq a’zosi bo‘lmagan ushbu Konvensiyaga a’zo davlatlarning badallari miqdori faqat ushbu davlatlarning ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan vakillari ovoz berish yo‘li bilan belgilanadi.
(a) Konferensiya Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdagi sessiyada, Bosh assambleya bilan bir vaqtda va bir joyda yig‘iladi.
(b) Konferensiya a’zo davlatlarning ko‘pchiligi talabiga binoan Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdan tashqari sessiyada yig‘iladi.
(a) Parij ittifoqi Ijroiya qo‘mitasi yoki Bern ittifoqi Ijroiya qo‘mitasi yoki ushbu Ijroiya qo‘mitalarning har ikkalasiga ham a’zo bo‘lgan ushbu Konvensiyaga a’zo davlatlardan iborat Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita tuziladi.Ammo, agar bu Ijroiya qo‘mitalarning har biri Assambleya a’zolari sonining chorakdan biridan iborat bo‘lsa, unda bunday Ijroiya qo‘mita o‘z a’zolari orasidan Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaga a’zo davlatlarni tayinlaydi, ularning soni yuqorida aytib o‘tilgan chorakdan oshmasa; bunda, Tashkilotning qarorgohi joylashgan mamlakat bu chorakni aniqlashda hisobga olinmaydi.
(b) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning har bir a’zosi bo‘lgan davlat hukumati uning o‘rinbosari, maslahatchi va ekspertdan iborat bo‘lishi mumkin bo‘lgan bitta vakil bilan taqdim etiladi.
(c) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita Konferensiya dasturiga yoki budjetiga va uning kun tartibiga bevosita aloqador bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqayotganda,yoki Konvensiyaga a’zo davlatlarning Ittifoqlarning hech biriga a’zo bo‘lmagan huquqlari yoki majburiyatlariga taalluqli Konvensiyaga o‘zgartirish kiritish taklifi bo‘lsa;bu davlatlarning to‘rtdan biri Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita majlislarida Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita a’zolari bilan bir xil huquqlarda qatnashadi.Konferensiya har bir navbatdagi sessiyasida davlatlarni bunday yig‘ilishlarda ishtirok etish uchun saylaydi.
(2) Agar Tashkilot boshqaradigan boshqa Ittifoqlar Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitada shunday vakil bo‘lishni xohlasalar, ularning vakillari Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaga a’zo davlatlar orasidan ko‘rsatiladi.
(i) Ittifoqlar organlari, Bosh assambleya, Konferensiya va Bosh direktorga bir yoki bir nechta Ittifoq va Tashkilotga tegishli, xususan budjet masalalari bo‘yicha barcha ma’muriy, moliyaviy va boshqa masalalar, shu jumladan ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar bo‘yicha maslahat beradi;
(v) Bosh direktorning vakolat muddati tugashidan oldin yoki Bosh direktor lavozimi bo‘shab qolganda, Bosh Assambleya tomonidan tayinlanish uchun nomzod ko‘rsatiladi;agar Bosh assambleya bu nomzodni ko‘rsatmasa, Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita boshqa nomzodni ko‘rsatadi; umumiy tartibda nomzod ko‘rsatilgunga qadar bu tartib takrorlanadi;
(vi) agar Bosh Assambleyaning ikki sessiyasi o‘rtasida Bosh direktor lavozimi bo‘sh qolsa, yangi Bosh direktor o‘z lavozimiga kirguniga qadar vaqtincha Bosh direktor vazifasini bajaruvchini tayinlaydi;
(a) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yiliga bir marta Bosh direktor chaqiruvi bilan navbatdagi sessiyalarda yig‘iladi. Qoida tariqasida, Qo‘mita Tashkilot qarorgohida yig‘iladi.
(b) Bosh direktor o‘z tashabbusi bilan yoki raisning iltimosiga binoan yoki Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita a’zolarining to‘rtdan bir qismining iltimosiga binoan Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita navbatdan tashqari sessiyada yig‘ilishi mumkin.
(a) Har bir davlat, (1) (a) bandda ko‘rsatilgan Ijroiya qo‘mitalarning biriga yoki ikkalasiga a’zo bo‘lishidan qat’i nazar, Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitada bitta ovozga ega.
(a) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita o‘z fikrini bildiradi va qarorlarni oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qiladi. Ovoz berishda betaraf qolganlar hisobga olinmaydi.
(b) Oddiy ko‘pchilik ovoz olgan taqdirda ham, Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning har qanday a’zosi ovoz berishdan so‘ng, ovozlarni maxsus sanashni quyidagicha o‘tkazishni so‘rashi mumkin: Parij ittifoqi Ijroiya qo‘mitasi va Bern ittifoqi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning nomlari ko‘rsatilgan ikkita alohida ro‘yxat tuziladi;har bir davlat ovozi kiritilgan har bir ro‘yxatda uning nomiga qarshi yoziladi. Agar bu maxsus hisob har bir ro‘yxatda oddiy ko‘pchilikka erishilmaganligini ko‘rsatsa, taklif qabul qilinmagan hisoblanadi.
(7) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning a’zosi bo‘lmagan Tashkilotning har qanday a’zo-davlati qo‘mita yig‘ilishlarida muhokamada qatnashish huquqiga ega, lekin ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kuzatuvchilar sifatida qatnashishi mumkin.
(2) Xalqaro byuroni Bosh direktor boshqaradi, u ikki yoki undan ortiq Bosh direktor o‘rinbosariga ega.
(3) Bosh direktor kamida 6 yil muddatga tayinlanadi. U ma’lum muddatlarga qayta tayinlanishi mumkin. Dastlabki tayinlanish va mumkin bo‘lgan keyingi tayinlanish sanalari, shuningdek boshqa tayinlanish shartlari Bosh Assambleya tomonidan belgilanadi.
(c) U Bosh Assambleyaga hisobot beradi va Tashkilotning ichki va tashqi ishlariga oid ko‘rsatmalarini bajaradi.
(5) Bosh direktor budjet va dasturlar loyihalarini, shuningdek davriy faoliyat hisobotlarini tayyorlaydi. U ularni tegishli davlatlar hukumatlariga, shuningdek, Ittifoqlar va Tashkilotning vakolatli organlariga topshiradi.
(6) Bosh direktor va u tayinlagan xodimlar Bosh Assambleya, Konferensiya, Muvofiqlashtirish qo‘mitasi va boshqa qo‘mita yoki ishchi guruhining barcha yig‘ilishlarida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadilar. Bosh direktor yoki u tayinlagan xodim bu organlarning ex officio kotibi hisoblanadi.
(7) Bosh direktor Xalqaro byuroning vazifalarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan xodimlarni tayinlaydi. U Bosh direktor o‘rinbosarlarini Muvofiqlashtirish qo‘mitasi tasdiqlaganidan keyin tayinlaydi. Ishga qabul qilish shartlari Bosh direktor taklifiga binoan Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita tomonidan tasdiqlangan xodimlar to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.Xodimlarni yollash va xizmat ko‘rsatish shartlarini belgilashda eng muhim omil — bu yuqori darajadagi samaradorlik, malakali va yaxlitlikni ta’minlash zarurati.Iloji boricha keng geografik qamrov asosda kadrlarni yollash muhimligiga e’tibor berilishi kerak.
(8) Bosh direktor va xodimlarning vazifalari faqat xalqaro xaraktyerga ega.Vazifalarini bajarishda ular Tashkilotdan tashqaridagi hech qanday hukumat yoki hokimiyatdan ko‘rsatma so‘ramaydilar va olmaydilar. Ular xalqaro amaldorlar statusini shubha ostiga qo‘yadigan har qanday harakatlardan tiyilishlari kerak.Har bir a’zo davlat Bosh direktor va xodimlarning vazifalarini faqat xalqaro xarakterda hurmat qilishga va o‘z vazifalarini bajarishda ularga ta’sir o‘tkazmaslikka majburdir.
(2) Uni ko‘chirish to‘g‘risidagi qaror Bosh Assambleya tomonidan 6 (3) (d) va (g)-moddalarda ko‘zda tutilganidek qabul qilinishi mumkin.
(1) Tashkilot ikkita alohida budjetga ega: Ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar budjeti va Konferensiya budjeti.
(a) Ittifoqlar uchun umumiy bo‘lgan xarajatlar budjeti bir nechta Ittifoqlar manfaatini nazarda tutadi.
(i) Ittifoqlar badallari, har bir Ittifoqning hissasi miqdori Assambleya tomonidan ushbu Ittifoq manfaatlari uchun sarflangan umumiy xarajatlar ulushini hisobga olgan holda belgilanadi;
(ii) Xalqaro byuro tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar, ular Ittifoqlarning hech biriga taalluqli emas yoki Xalqaro byuroning huquqiy va texnik yordam ko‘rsatishi bunga kirmaydi;
(iii) Ittifoqlarning hech biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri tegishli bo‘lmagan Xalqaro byuroning nashrlarini sotishdan tushgan tushumlar yoki bunday nashrlarda huquqlar o‘tkazilishidan tushgan daromadlar;
(iv) (3) (b) (iv)-bandda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, Tashkilotga sovg‘alar, meros va grantlar;
(a) Konferensiya budjetiga Konferensiya sessiyalarini o‘tkazish va yuridik va texnik yordam dasturining xarajatlari kiradi.
(ii) Ittifoqlarning ushbu budjetga o‘tkazmalari, har bir Ittifoqning o‘tkazmalari Assambleya tomonidan belgilanadi va har qanday Ittifoq o‘tkazmalardan voz kechishi mumkin;
(iii) yuridik va texnik yordam sohasida Xalqaro byuro tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun olingan mablag‘lar;
(a) Konferensiya budjetiga o‘z hissasini aniqlash maqsadida, ushbu Konvensiyaning har bir Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan har bir davlatga sinf belgilanadi va o‘z yillik hissasini quyidagi belgilangan miqdordagi birliklar asosida to‘laydi:
(b) Har bir bunday davlat 14(1)-moddada ko‘zda tutilgan harakatlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda, qaysi toifaga kirishni xohlashini ko‘rsatadi. Har qanday bunday davlat sinfni o‘zgartirishi mumkin. Agar davlat quyi sinfni tanlasa, u buni Konferensiyaning keyingi sessiyasida e’lon qilishi kerak. Har qanday bunday o‘zgartirish sessiyadan keyingi kalendar yili boshidan kuchga kiradi.
(c) Har bir davlatning yillik hissasi barcha davlatlar Konferensiyasi budjetiga to‘lanadigan badallarning umumiy miqdori bilan bog‘liqdir, chunki uning birliklari soni ko‘rsatilgan barcha davlatlar birliklarining umumiy soniga to‘g‘ri keladi.
(e) Agar budjet yangi moliyaviy davr boshlanishidan oldin qabul qilinmasa, u holda moliyaviy reglamentga muvofiq o‘tgan yil darajasidagi budjetdan foydalaniladi.
(5) Ushbu moddada ko‘zda tutilgan moliyaviy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzdor bo‘lgan har qanday davlat,ushbu Konvensiyaning a’zosi va har qanday Ittifoqqa a’zo bo‘lmagan o‘z badallarini to‘lash bo‘yicha qarzdor bo‘lsa, agar uning qarzi miqdori oldingi ikki to‘liq yil uchun undiriladigan summa bilan teng bo‘lsa yoki undan oshsa, u a’zo bo‘lgan Tashkilot organlarida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ladi. Biroq, agar to‘lovning kechikishi alohida va muqarrar holatlarda sodir bo‘lganligiga ishonch hosil qilsa, bu organlarning har biri bunday davlatga o‘z to‘lov huquqlarini amalga oshirishga ruxsat berishi mumkin.
(6) Xalqaro byuro tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik va texnik yordam xizmatlari uchun to‘lanadigan to‘lovlar miqdori Bosh direktor tomonidan belgilanadi va Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaga ma’lum qilinadi.
(7) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning roziligi bilan tashkilot to‘g‘ridan to‘g‘ri hukumatlar, jamoat va xususiy tashkilotlar, uyushmalar yoki shaxslardan sovg‘alar, meros va grantlar olishi mumkin.
(a) Tashkilotda aylanma mablag‘lar jamg‘armasi mavjud bo‘lib, u Ittifoq va ushbu Konvensiyaning har bir a’zosi bo‘lmagan davlat tomonidan to‘lanadigan bir martalik to‘lovdan iborat. Agar aylanma mablag‘lar jamg‘armasi yetarli bo‘lmasa, uni ko‘paytirish masalasi hal qilinadi.
(b) Har bir Ittifoqning bir martalik to‘lovi miqdori va uning fondni ko‘paytirishda ishtiroki Ittifoq Assambleyasi tomonidan belgilanadi.
(c) Birorta ham Ittifoqning a’zosi bo‘lmagan ushbu Konvensiyaning har bir ishtirokchi-davlati tomonidan to‘lanadigan yagona to‘lov miqdori va jamg‘armani ko‘paytirishdagi ulushi ushbu davlatning har yili qo‘shgan hissasiga mutanosib jamg‘arma tuziladi yoki uni ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bu nisbat va to‘lov shartlari Bosh direktorning taklifiga binoan Konferensiya tomonidan muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning fikrini eshitgandan so‘ng belgilanadi.
(a) Tashkilotning qarorgohi o‘z hududida joylashgan davlat bilan tuzilgan qarorgoh to‘g‘risidagi bitimda, agar aylanma mablag‘lar yetarli bo‘lmasa, bunday davlat avans berishi nazarda tutiladi.Ushbu avanslar miqdori va ularni taqdim etish shartlari har bir holatda bunday davlat va Tashkilot o‘rtasida maxsus kelishuvga muvofiq belgilanadi. Agar bunday ishtirokchi davlat avans berish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, u Muvofiqlashtirish qo‘mitasida ex officio ravishda bitta o‘rin egallaydi.
(b) (a) kichik bandida ko‘rsatilgan davlat ham, Tashkilot ham avans olish majburiyatini yozma ravishda ogohlantirish orqali bekor qilish huquqiga ega. Bekor qilish xabarnoma yuborilgan yil tugaganidan uch yil o‘tgach kuchga kiradi.
(10) Hisoblar bir yoki bir nechta a’zo davlatlar yoki tashqi auditorlar tomonidan moliyaviy reglamentda ko‘zda tutilgan tarzda tekshiriladi. Ularni Bosh Assambleya o‘z roziligi bilan tayinlaydi.
(1) Tashkilot har bir a’zo davlat hududida, ushbu Davlat qonunlariga muvofiq, Tashkilot maqsadlariga erishish va o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan bunday huquq layoqatidan foydalanadi.
(2) Tashkilot Shveysariya Konfederatsiyasi va qarorgohi keyinchalik joylashishi mumkin bo‘lgan boshqa davlat bilan qarorgoh to‘g‘risida bitimlar tuzadi.
(3) Tashkilot, uning mansabdor shaxslari va barcha a’zo davlatlarning vakillariga uning maqsadlari va funksiyalariga erishish uchun zarur bo‘lgan imtiyozlar va immunitetlarni berish uchun Tashkilot boshqa a’zo davlatlar bilan ikki yoki ko‘p tomonlama shartnomalar tuzishi mumkin.
(4) Bosh direktor muzokara olib borishi va Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita tasdiqlagandan so‘ng, tashkilot nomidan (2) va (3) bandlarda ko‘rsatilgan shartnomalarni tuzishi va imzolashi mumkin.
(1) Tashkilot, kerak bo‘lganda, ish munosabatlarini o‘rnatadi va boshqa hukumatlararo tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Bunday tashkilotlar bilan tuzilgan har qanday umumiy kelishuv Bosh direktor tomonidan Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning roziligidan keyin tuziladi.
(2) Tashkilot o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro nodavlat tashkilotlari bilan maslahatlashish va hamkorlik qilish uchun tegishli chora-tadbirlarni, shuningdek, milliy tashkilotlar, hukumat yoki nodavlat tashkilotlari bilan manfaatdor hukumatlarning roziligi bilan amalga oshirishi mumkin. Bunday tadbirlar Bosh direktor tomonidan Muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.
(ii) ratifikatsiya haqida shartlashib imzolash, so‘ngra ratifikatsiya hujjatini saqlashga topshirish; yoki
(2) Ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga qaramay, Parij konvensiyasi, Bern konvensiyasi yoki ikkala konvensiyaning ishtirokchisi bo‘lgan davlat, agar u bir vaqtning o‘zida ratifikatsiya qilsa yoki unga qo‘shilsa yoki u allaqachon ratifikatsiya qilingan yoki qo‘shilgan bo‘lsa, ushbu Konvensiyaning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin:
Parij konvensiyasining Stokgolm aktiga yoki faqat uning 20(1)(b)(i)-moddasida ko‘zda tutilgan istisno bilan;
Bern konvensiyasi Stokgolm aktiga yoki faqat uning 20(1)(b)(i)-moddasida ko‘zda tutilgan istisno bilan.
(1) Ushbu Konvensiya Parij ittifoqiga a’zo o‘nta davlat va Bern ittifoqiga a’zo yettita davlat 14-moddaning 1-bandida nazarda tutilgan choralarni ko‘rganidan uch oy o‘tgach kuchga kiradi; ammo, agar davlat har ikkala Ittifoqning a’zosi bo‘lsa, u ikkala guruhda ham hisobga olinishi tushuniladi. Xuddi shu sanada, Konvensiya, ikkala Ittifoqning birortasida ham bo‘lmagan, 14 (1)-moddada ko‘zda tutilgan harakatlarni shu sanadan kamida uch oy oldin amalga oshirgan davlatlarga nisbatan kuchga kiradi.
(2) Boshqa har qanday davlatga nisbatan, ushbu Konvensiya 14 -moddaning 1-bandida nazarda tutilgan harakatni amalga oshirgan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
(1) Ushbu Konvensiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha takliflar Tashkilotga a’zo har qanday davlat tashabbusi bilan, Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yoki Bosh direktor tashabbusi bilan kiritilishi mumkin. Bunday takliflar Bosh direktor tomonidan Konferensiyada ko‘rib chiqilishidan kamida olti oy oldin Tashkilotga a’zo davlatlarga yuboriladi.
(2) O‘zgartishlar Konferensiya tomonidan qabul qilinadi. Agar o‘zgartishlar qabul qilinishi, ushbu Konvensiya ishtirokchilarining Ittifoqlarga a’zo bo‘lmagan davlat huquqlari va majburiyatlariga ta’sir qilsa, bunday davlatlar ham ovoz berishadi. Boshqa taklif qilinayotgan barcha o‘zgartishlar faqat ushbu Konvensiyaga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilinadi. O‘zgartishlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, tegishli konvensiyalarning ma’muriy qoidalariga o‘zgartishlar kiritishni Konferensiya faqat Parij ittifoqi Assambleyasi va Bern ittifoqi Assambleyasi tomonidan har birida qo‘llaniladigan qoidalarga muvofiq oldindan ovoz berilgan bo‘lsa qabul qiladi.
(3) Har qanday o‘zgartish har bir davlatning konstitutsiyaviy tartibiga muvofiq qabul qilinganligi to‘g‘risida yozma xabarnomalar Tashkilotga a’zo davlatlarning to‘rtdan uchidan Bosh direktor tomonidan qabul qilinganidan bir oy o‘tgach kuchga kiradi. O‘zgartishlar Konferensiya tomonidan qabul qilingan vaqtda ovoz berish huquqiga ega davlatlar (2)-bandga binoan o‘zgartirish taklifiga ovoz berishadi.O‘zgartishlar kuchga kirgan vaqtda Tashkilotga a’zo bo‘lgan yoki shu kundan keyin a’zo bo‘lgan barcha davlatlar uchun majburiydir, agar a’zo davlatlarning moliyaviy majburiyatlarini oshiradigan har qanday o‘zgartish faqat shu davlatlar uchun majburiy bo‘lsa, ular bunday o‘zgartish qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar berishadi.
(1) Har qanday a’zo davlat Bosh direktor nomiga yuborilgan xabarnoma orqali ushbu Konvensiyadan chiqishi mumkin.
(2) Denonsatsiya qilish Bosh direktor tomonidan bunday xabarnoma olingan kundan olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
(iii) ushbu Konvensiyaga kiritilgan har qanday o‘zgartishning qabul qilinishi va bunday o‘zgartirish kuchga kirgan sana;
(a) Ushbu Konvensiya ingliz, fransuz, rus va ispan tillarida bitta asl nusxada imzolanadi, har bir matn bir xil kuchga ega va Shvetsiya hukumatiga saqlash uchun topshiriladi.
(2) Rasmiy tarjima matnlari Bosh direktor tomonidan manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashgandan so‘ng, nemis, italyan va portugal tillarida va Konferensiya belgilagan boshqa tillarda tuziladi.
(3) Bosh direktor ushbu Konvensiya va Konferensiya tomonidan qabul qilingan har bir o‘zgartishning tegishli tarzda tasdiqlangan ikkita nusxasini Parij yoki Bern ittifoqiga a’zo davlatlar hukumatlariga, shuningdek har qanday boshqa davlat hukumatining iltimosiga binoan, har bir davlat hukumatiga ushbu Konvensiyaga qo‘shilganda yuboradi. Hukumatlarga yuborilgan Konvensiya matnining nusxalari Shvetsiya hukumati tomonidan tasdiqlanadi.
(4) Bosh direktor ushbu Konvensiyani Birlashgan millatlar tashkiloti kotibiyatida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
(1) Birinchi Bosh direktor o‘z lavozimiga kirgunga qadar, ushbu Konvensiyada Xalqaro byuroga yoki Bosh direktorga havolalar sanoat mulki, adabiy va badiiy mulkni muhofaza qilish bo‘yicha Xalqaro qo‘shma byuroga (intellektual mulkni muhofaza qilish bo‘yicha Birlashgan xalqaro byuro (BIRPI) deb ham ataladi) yoki uning direktori havola qilingan deb hisoblanadi.
(a) har qanday Ittifoqning a’zosi bo‘lgan, lekin ushbu Konvensiyaning ishtirokchisi bo‘lmagan davlatlar, agar xohlasalar, ushbu Konvensiya kuchga kirgan kundan boshlab besh yil mobaynida, agar ular xohlasalar, xuddi ishtirokchi bo‘lgan davlatlar huquqlaridan foydalanishlari mumkin. Bunday huquqlardan foydalanishni istagan har qanday davlat yozma ravishda Bosh direktorni xabardor qiladi; bunday bildirishnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi. Bunday davlatlar ko‘rsatilgan muddat tugagunga qadar Bosh Assambleyaning va Konferensiyaning a’zolari hisoblanadi.
(b) ushbu besh yillik muddat tugagandan so‘ng, bunday davlatlar Bosh assambleyada, Konferensiya va Muvofiqlashtirish qo‘mitasida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ladi.
(a) Modomiki, Parij yoki Bern ittifoqiga a’zo davlatlar mavjud bo‘lsa ham, ular hali ham ushbu Konvensiya a’zosi bo‘lmaydilar, Xalqaro byuro va Bosh direktor sanoat mulki, adabiyot va san’at mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Qo‘shma xalqaro byuro va uning direktori vazifasini bajaradi.
(b) ushbu Konvensiya kuchga kirgan sanada tayinlangan byurolarda ishlaydigan xodimlar, (a) kichik bandda ko‘rsatilgan o‘tish davrida, Xalqaro byuroda ham ishlagan deb hisoblanadi.
(a) Parij ittifoqining barcha a’zo davlatlari Tashkilotga a’zo bo‘lishlari bilan, ushbu Ittifoq byurosining huquqlari, burchlari va mulki Tashkilotning Xalqaro byurosiga o‘tadi.