Aholini sifatli ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan davlat kapital qo‘yilmalari mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, manfaatdor vazirliklar, idoralar va hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarining aholini sifatli ichimlik suv va oqova suv xizmati bilan ta’minlash loyihalarining amalga oshirilishida ularning pirovard natijalari yuzasidan mas’uliyatini tubdan oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi to‘g‘risida” 2014-yil 17-noyabrdagi PQ-2264-son qaroriga muvofiq aholi punktlarini ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga 174,6 mlrd so‘m miqdorida davlat kapital qo‘yilmalari limitlari ko‘zda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus respublika komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tuzilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat kapital qo‘yilmalari mablag‘lari va xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan kreditlari hisobiga amalga oshiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalar bo‘yicha moliyalashtirishni ochish uchun asos hisoblanadigan ichimlik suv manbalari tasdig‘ini hisobga olgan holda xulosalar berish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yakuniy ro‘yxatlarni tasdiqlash;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishi monitoringini ularning loyihadagi parametrlariga va ko‘rsatkichlariga erishilishini hisobga olgan holda yuritish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda loyiha parametrlari va ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlamaganlik sabablarini aniqlash va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish;
tasdiqlangan tarmoq jadvallariga va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini amal oshirishga yo‘naltirilgan tezkor chora-tadbirlar ko‘rish.
Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq;
Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlari hamda dastlabki manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish bo‘yicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 4-ilovaga* muvofiq;
Davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga 2015-yilda aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha asosiy parametrlar 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq;
2015-yilda aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti obyektlarini ulash manbalari 5b-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun davlat kapital qo‘yilmalari hisobidan ajratilayotgan mablag‘larni o‘z vaqtida, sifatli va ulardan samarali foydalanilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda aholi punktlarida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishini ta’minlasinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
6. “O‘zkommunxizmat” agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
respublika hududidagi ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini amaldagi texnik holatini va ta’minlanganlik darajasini aniqlagan holda yalpi xatlovdan o‘tkazsin;
aholi punktlarining Bosh rejalari bilan bog‘lagan holda viloyatlarning va umuman respublikaning ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimlarini rivojlantirish sxemasini ishlab chiqsin;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimlarini rivojlantirish sxemalari asosida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatlarini sifatli shakllantirish hamda aholini ichimlik suv bilan ta’minlashni istiqbolli prognozlashtirish maqsadida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatlari bajarilishi, aholining ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinishi monitoringini yuritish uchun doimiy yangilab boriladigan elektron bazani yaratsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi ikki oy muddatda ichimlik suv yer osti manbalarining mavjudligini va mo‘ljallangan hajmlarini mufassal xatlovdan o‘tkazsin, keyinchalik uning natijalarini ushbu qarorda belgilangan tartibda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus respublika komissiyasiga va hududiy komissiyalarga taqdim etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining asoslangan takliflariga binoan, 2015-yilda va keyingi yillarda Geologiya-qidiruv ishlari dasturi doirasida yer osti suvlari zaxiralarini baholash va qayta baholash bo‘yicha zarur gidrogeologiya tadqiqotlarining moliyalashtirilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus respublika komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
3. Komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
4. Komissiya shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan kollegial organ hisoblanadi.
davlat kapital qo‘yilmalari mablag‘lari va xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan kreditlari hisobiga amalga oshiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalar bo‘yicha moliyalashtirishni ochish uchun asos hisoblanadigan ichimlik suv manbalari tasdig‘ini hisobga olgan holda xulosalar berish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yakuniy ro‘yxatlarni tasdiqlash;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishi monitoringini ularning loyihadagi parametrlariga va ko‘rsatkichlariga erishilishini hisobga olgan holda yuritish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda loyiha parametrlari va ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlamaganlik sabablarini aniqlash va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish;
tasdiqlangan tarmoq jadvallariga va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini amal oshirishga yo‘naltirilgan tezkor chora-tadbirlar ko‘rish.
davlat, xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va boshqa tashkilotlardan hamda Komissiya a’zolaridan zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rab olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillarini, loyihalash, pudrat tashkilotlari, ekspert organlari rahbarlarini, buyurtmachi vakillarini, shuningdek komissiya a’zolarini uning vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hisobotlarini majlislarida eshitib borish;
qurish va rekonstruksiya qilishning ilgari tasdiqlangan qiymati o‘zgargan taqdirda, tegishli xulosalar mavjud bo‘lganda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarining loyiha va qiymat parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi davlat kapital qo‘yilmalari mablag‘lari va xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan kreditlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha ichimlik suv manbalarining amalda mavjudligi to‘g‘risidagi materiallar va axborotlarni ko‘rib chiqish, shuningdek ular yuzasidan xulosalar bergan holda ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning yakuniy ro‘yxatlarini o‘z qarori bilan tasdiqlash, protokol qaror nusxasini Iqtisodiyot vazirligiga yuborish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishida ularning loyihadagi parametrlari va ko‘rsatkichlariga erishilishi asosida monitoring yuritish;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning loyihadagi parametrlari va ko‘rsatkichlariga erishilishini doimiy o‘rganish, ularga erishishni ta’minlamaganlik sabablarini aniqlash va bartaraf etish hamda mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
tasdiqlangan tarmoq jadvallariga va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini amal oshirishga yo‘naltirilgan tezkor chora-tadbirlar ko‘rish.
Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida Komissiya a’zolarining ishlarini muvofiqlashtirish;
9. Komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejalariga va jadvalga muvofiq har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin. Komissiya tomonidan, zarurat bo‘lganda, vazirliklar, idoralar va Komissiyaga a’zo bo‘lgan boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzilishi mumkin.
10. Komissiya majlisini uning raisi boshqaradi. Komissiya raisi bo‘lmagan taqdirda majlisni uning o‘rinbosari boshqaradi. Komissiya majlisi unda a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
11. Komissiya raisi bilan kelishuvga ko‘ra, obyektiv sabablar bilan majlisda qatnashmayotgan Komissiya a’zolari ularning majlisda ovoz berish huquqisiz qatnashadigan vakolatli vakillari bilan almashtirilishi mumkin.
12. Komissiya majlisiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillari va boshqa manfaatdor shaxslar zarur bo‘lganda taklif etilishi mumkin.
13. Komissiyaning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14. Komissiya har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi hamda davlat, xo‘jalik boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa tashkilotlardan va Komissiya a’zolaridan zarur materiallarni va ekspert xulosalarini olish huquqiga ega;
tahliliy materiallarni tayyorlashni va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Komissiya majlislarini o‘tkazishni tashkil qiladi;
Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek uning qarorlariga muvofiq boshqa zarur materiallarni taqdim etadi.
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
majlislarni o‘tkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini Komissiya raisi bilan kelishadi;
Komissiya a’zolariga va taklif etiladigan shaxslarga majlisning o‘tkazilish sanasi, vaqti, joyi to‘g‘risida xabar qiladi;
Komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Komissiya a’zolariga, manfaatdor vazirliklarga, idoralarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda boshqa tashkilotlarga yuboradi;
Komissiya qarorlarining bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi va uning natijalarini Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
18. Taqdim etilgan materiallar ishchi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi, ishchi organ ularni Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtiradi, Komissiya majlisining kun tartibini tayyorlaydi va hujjatlar paketini Komissiya kotibiga taqdim etadi.
19. Komissiya majlisi kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha hujjatlar paketida barcha zarur materiallar va Komissiya qarori loyihasi mavjud bo‘lishi kerak.
20. Komissiya kotibi taqdim etilgan materiallar haqida Komissiya raisiga axborot beradi, Komissiya raisi kun tartibi va taqdim etilgan materiallarni, ular ma’qullangan taqdirda, Komissiya majlisi o‘tkaziladigan vaqt va sanani, shuningdek Komissiya majlisiga taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi.
21. Komissiya kotibi ishchi organ bilan birgalikda majlis materiallarining Komissiya a’zolariga, zarurat bo‘lganda esa, majlisga taklif etilgan shaxslarga yuborilishini ta’minlaydi.
22. Komissiya qarori majlisda qatnashayotgan Komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiyaning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.
23. Komissiya raisi qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish maqsadida, Komissiya a’zolari bilan kelishilgan ayrim masalalar bo‘yicha Komissiya qarorini so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashi mumkin.
24. Komissiya protokollari Komissiya majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Majlis protokoli uning barcha a’zolari tomonidan kelishilib, kotib tomonidan imzolanib, rais tomonidan tasdiqlanadi hamda bir hafta muddatda Komissiya a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
25. Komissiya protokollarining asl nusxasi va uning materiallari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Komissiya qarorlarining bajarilishini nazorat qilish Komissiyaning ishchi organi va kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
27. Ishchi organ Komissiya qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zarurat bo‘lganda, Komissiya raisiga tegishli takliflar kiritadi.
28. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatlariga kiritish uchun tavsiya etilayotgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish bo‘yicha yakuniy ro‘yxat yuzasidan qarorni ko‘rib chiqish, tayyorlash, dastlabki manzilli ro‘yxatlarini kompleks ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ishchi organ tomonidan Komissiyaga kiritilgandan keyin, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Komissiya har yili 1-iyulgacha materiallarni navbatdagi majlisda ko‘rib chiqadi va kelgusi yillarda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya qarori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlarini kelgusi yilga shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga taqdim etiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarini O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlarining kiritish uchun yakuniy manzilli ro‘yxatni tasdiqlash bo‘yicha protokol qaror loyihasida quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak:
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari, aholi punktlarida boshqa manbalar hisobiga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlari quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan taqdirda, tavsiya xususiyatiga egadir.
2. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasida loyihalarni amalga oshirish mexanizmi ushbu Nizomning ilovasiga* muvofiq aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish sxemasiga binoan loyihalarni amalga oshirishning pirovard natijalari uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarining mas’uliyatini oshirishni nazarda tutadi.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish va moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarorida va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini moliyaviy resurslar manbalari (to‘liq yoki qisman) tegishli hujjatlar (tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxati) bilan tasdiqlanmagan taqdirda bajarishga;
agar qonun hujjatlarida o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatining bitta obyektini (xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokida birgalikda moliyalashtirish hollari bundan mustasno) turli manbalardan qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachi — Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi DUK (keyingi o‘rinlarda Injiniring kompaniyasi deb ataladi);
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
foydalanuvchi tashkilot — qurish va rekonstruksiya qilish ishlari tugallangandan keyin ishga tushiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektini foydalanishga qabul qilinishini ta’minlaydigan hamda ushbu obyektni qabul qilib oladigan hududiy suv ta’minoti tashkiloti;
pudrat tashkiloti — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan va tanlov asosida tanlab olingan qurilish tashkiloti;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy komissiyalar — loyiha-smeta hujjatlarini hamda aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning dastlabki manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqishga tayyorlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi doimiy ishlovchi hududiy komissiyalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
suvda quduqlarni burg‘ulashga ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 430-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 592-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxati — ajratilgan limitlar doirasida hududiy komissiyalar va Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining tegishli qarori asosida har yili buyurtmachi tomonidan tuziladigan, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlari ro‘yxatini, shuningdek ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar va xarajatlar hajmini o‘z ichiga oluvchi moliyaviy hujjat.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarini tanlash loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha quyidagi materiallar va mezonlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi:
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlari sxemalarining Aholi punkti bosh rejasiga muvofiqligi;
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun tashqi ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
aholi punktlarda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlari qurishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va ustuvorligi;
rejalashtirilgan qurilishga ichimlik suv tarmoqlariga ulanish nuqtasida ichimlik suv hajmi va bosimining yetarliligi bo‘yicha hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarining xulosasi, shu jumladan uzoq muddatli istiqbolga zarur bo‘lgan ichimlik suvning hajmlarining tasdiqlanishi;
aholi punktining muqobil suv ta’minoti manbalari va markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minotining mavjud emasligi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlari bilan birgalikda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimlarining mavjud holatini, shuningdek jismoniy yoki yuridik shaxslarning ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash zarurligi to‘g‘risidagi murojaatlari asosida tizimli texnik tekshiruv natijalari;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati hududiy markazlarining (Sanitariya-epidemiologiya nazorati hududiy xizmatining) belgilangan talablarga (O'zDST 950:2011 “Ichimlik suv”) muvofiq suv ta’minotining mavjud tizimlarida ichimlik suvi sifatini yaxshilashning zarurligi to‘g‘risidagi xulosalari natijalari;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy xizmatlari gidrogeologik qidiruvlari natijalari;
loyiha parametrlari bo‘yicha suvga quduqni burg‘ulashga ruxsatnoma mavjudligi (suv ta’minotining yer osti manbai bo‘lgan suv ta’minoti obyekti qurishda);
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan maxsus suvdan foydalanish yoki suv iste’moliga ruxsatnoma hamda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish uchun yer uchastkasini tanlashda atrof muhitga ta’sir arizasi loyihasiga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;
(6-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda berilgan sun’iy suv obyektlaridan maxsus suvdan foydalanish yoki suv iste’moliga ruxsatnoma mavjudligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Hududiy komissiyalar ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan mezonlar (loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha materiallar) asosida 1-aprelgacha keyingi 3 yil uchun respublika hududlari bo‘yicha ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatini rivojlantirish sxemasiga kiritilgan birinchi navbatdagi va ustuvor ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning dastlabki manzilli ro‘yxatlarini tuzadilar (keyingi o‘rinlarda dastlabki manzilli ro‘yxatlar deb ataladi) va dastlabki manzilli ro‘yxatlarni ko‘rib chiqish uchun Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga taqdim etadilar.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi 3 yil uchun respublika hududlari bo‘yicha dastlabki manzilli ro‘yxatlar ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq vaqti-vaqti bilan yangilanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi har yili hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlangan dastlabki manzilli ro‘yxatlarni ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimlarini rivojlantirish sxemasiga bog‘liqligi bo‘yicha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritgan holda kompleks ko‘rib chiqilishini va hamda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimi obyektlari qurishning yakuniy manzilli ro‘yxatlari 1-iyungacha tasdiqlash uchun Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus respublika komissiyasiga kiritilishini ta’minlaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Respublika komissiyasi 1-iyulgacha navbatdagi majlisda Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan kiritilgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurishning yakuniy manzilli ro‘yxatlarini ko‘rib chiqadi hamda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasida loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Injiniring kompaniyasi bilan birgalikda Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar natijalari bo‘yicha har yili:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1-avgustgacha — belgilangan tartibda foydalanuvchi tashkilot bilan kelishilgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlarning tayyorlanishini;
Oldingi tahrirga qarang.
1-sentabrgacha — loyiha-smeta hujjatlari parametrlarining texnik topshiriqlarga qat’iy muvofiq ravishda ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy organlari, suv ta’minoti tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishilishini;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1-oktabrgacha — yakuniy ro‘yxatga kiritilgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilishini, pudrat shartnomalarining belgilangan tartibda tuzilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
1-noyabrgacha — yakuniy manzilli ro‘yxatlarning vakolatli organlarda moliyalashtirishni boshlash uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga kiritilishini ta’minlaydilar.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
11. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish tartibi, ularning tarkibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Loyiha-smeta hujjatlaridagi loyiha yechimlarini mufassallashtirish darajasi ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasida loyihaning qabul qilinayotgan texnik yechimlari, hajmlari va qiymatini asoslash uchun yetarli bo‘lishi hamda zarur sifatga ega bo‘lgan qurilish ishlari to‘liq bajarilishini ta’minlashi kerak.
13. Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar ekspertiza organlari tomonidan Respublika komissiyasining ijobiy qarori mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan loyihalarning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi (texnik-iqtisodiy asoslash), dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) ishlab chiqilgan holda kompleks ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarni ko‘rib chiqish muddatlari ushbu loyihalarning tashabbuskorlarining murojaatlariga va asoslangan takliflariga muvofiq Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Pudrat tashkilotini tanlash bo‘yicha tanlov savdolari komissiyasi tarkibida hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkiloti vakilining ishtirok etishi majburiy hisoblanadi.
16. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektini qurish va rekonstruksiyalash tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga va ishlarni bajarishning kalendar jadvaliga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini bajarishning sifati va to‘liqligini nazorat qilishni buyurtmachining texnik nazoratchisi — Injiniring kompaniyasi amalga oshiradi, shuningdek loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchi muallif — loyiha tashkiloti tomonidan mualliflik nazorati yuritiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi to‘g‘risida Namunaviy nizomda belgilangan vakolatlar doirasida obyektda qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati va to‘liqligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Buyurtmachi ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarida har bir obyekt bo‘yicha bajariladigan qurilish-montaj ishlarining sifati va to‘liqligi yuzasidan texnik nazoratni birgalikda amalga oshirishga hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarini majburiy tartibda jalb etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlari tugallangandan keyin va pudrat tashkilotining taqdimnomasi bo‘yicha Injiniring kompaniyasi ShNQ 3.01.04-04 shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq Davlat qabul komissiyasining ishini tashkil etadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
21. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektini davlat tomonidan foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi belgilangan shakl bo‘yicha quyidagi asoslarning ijobiy natijalari mavjud bo‘lgan taqdirda rasmiylashtiriladi:
tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy nazorat-taftish boshqarmasining vakili ishtirokida nazorat o‘lchovi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (Sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy xizmati) tomonidan o‘tkaziladigan ichimlik suv sifatining belgilangan talablarga (O'zDST 950:2000 “Ichimlik suv”) muvofiqligi yuzasidan laboratoriya tahlili.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Obyektni davlat tomonidan qabul qilib olish dalolatnomasi faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi.
23. Obyektni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomalari rasmiylashtirilgandan keyin ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyekti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilib foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar balansiga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-oktabrdagi 502-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq tegishli ichimlik suvi ta’minoti tashkilotiga berilishi kerak.
Tegishli ichimlik suvi ta’minoti tashkilotiga berilgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlari bo‘yicha kafolatli summani (obyekt qiymatining 5 foizi) moliyalashtirish ushbu obyektlardan foydalanuvchi ichimlik suv ta’minoti tashkilotining xulosasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tekshiruvi natijalari asosida foydalanishning kafolatli muddati tamom bo‘lgandan keyin amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Texnik topshiriqni, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlashning to‘g‘riligi va sifati, tanlov savdolari o‘tkazilishi, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bajariladigan qurilish-montaj ishlarining hajmi va sifatini nazorat qilish buyurtmachi, foydalanuvchi tashkilot, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan davlat kapital qo‘yilmalaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Pudrat tashkiloti tomonidan ortiqcha olingan mablag‘larni undirish uchun asos bo‘ladigan, nazorat o‘lchovlari va hisob-kitob hujjatlarini tekshirish natijasida bajarilgan ishlarning qiymati va hajmlari oshirib yuborilganligi aniqlangan taqdirda ortiqcha olingan summa pudrat tashkilotlaridan undirib olinadi, aniqlangan oshirib ko‘rsatishlar uchun javobgarlik esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
ichimlik suv ta’minotining yer osti manbalari, ularning mavjudligi va hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahlili hamda xatlovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi;
tahlil asosida yer osti suvlari zaxirasini baholash va qayta baholash bo‘yicha zarur gidrogeologik tadqiqotlarning ta’minlanishi;
loyiha parametrlari bo‘yicha suvga quduqni burg‘ulashga ruxsatnoma o‘z vaqtida kelishilishi, burg‘ulangan quduqning joylashgan joyi va konstruksiyasiga rioya qilish sharti bilan suvga quduqni burg‘ulashga ruxsatnomasida ko‘rsatilgan quduqlarning loyiha parametrlarining xolisligi va ishonchliligi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish uchun yer uchastkasi tanlanishida loyihaning atrof muhitga ta’siri ariza loyihasiga davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining o‘z vaqtida va asosli taqdim etilishi uchun javob beradi.
29. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Sun’iy suv obyektlaridan maxsus suvdan foydalanish yoki suv iste’moliga ruxsatnomaning o‘z vaqtida va asosli taqdim etilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari mavjud va ishga tushiriladigan suv ta’minoti tizimlaridagi ichimlik suv sifatining belgilangan talablarga (O'zDST 950:2011 “Ichimlik suv”) muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosaning asosli va o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Loyiha tashkilotlari vakolatli organlar tomonidan berilgan texnik shartlarga muvofiq bo‘lgan loyiha bo‘yicha texnik yechimlarning to‘g‘ri qabul qilinishi va loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
viloyatlar (tuman, ko‘cha, mahalla) bo‘yicha ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarining (inshootlar va tarmoqlarning) o‘z vaqtida yalpi xatlovdan o‘tkazilishi;
viloyatlar va respublika ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimini rivojlantirish sxemalarining umuman Aholi punktlarining bosh rejalariga uzviy bog‘liq ravishda ishlab chiqilishi;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurishning dastlabki manzilli ro‘yxatlarining o‘z vaqtida va asosli kelishilishi;
yalpi xatlov asosida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini, shu jumladan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatlari tasdiqlangan paytdan boshlab, ichimlik suv ta’minoti tashkilotlariga foydalanishga topshirilgan va besh yil mobaynida foydalanilishini o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlarning yagona elektron bazasini hududiy komissiyalar bilan birgalikda tashkil etish yo‘li bilan ichimlik suv va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatlari bajarilishi bo‘yicha monitoringi olib borilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
ma’lumotlarning yagona elektron bazasining vaqti-vaqti bilan yangilanishi, unga Respublika komissiyasining qarorlariga muvofiq yangilik va qo‘shimchalar kiritilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy komissiyalar va ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarining ma’lumotlari asosida qurilib foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab 5 yil mobaynida ichimlik suv va oqova suv xizmati obyektlari faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilishning tashkil etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Aholi punktlarining bosh rejalarini hisobga olgan holda aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati bilan ta’minlanishini istiqbolli prognoz qilish uchun obyektlarining mavjud texnik parametrlari samaradorligi o‘rganib chiqilishi;
aholi punktlarining ichimlik suv ta’minotiga va oqova suv xizmatiga mavjud ehtiyojlarini aniqlash uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari, Injirining kompaniyalari rahbarlari:
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning hududiy bo‘linmalari mutaxassislaridan iborat tarkibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari va viloyatlar hokimlarining o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan hududiy komissiyalar faoliyatining tashkil etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
ishda keyinchalik foydalanish uchun ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborotning asosiy manbai sifatida doimiy yangilanib turiladigan ma’lumotlarning elektron bazasi shakllantirilishi;
aholi punktlarini ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati bilan ta’minlanishi bo‘yicha tizimli monitoring olib borilishi;
hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlari bilan kelishgan holda loyiha-smeta hujjatlarini loyihalashtirishga, ishlab chiqishga buyurtma joylashtirilishiga, sifatli texnik topshiriq tayyorlanishi, texnik topshiriqqa muvofiq loyiha tashkiloti bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi uchun javob beradi.
34. Hududiy komissiyalar buyurtmachi va foydalanuvchi tashkilot tomonidan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ining sifatli tayyorlanishi, shu jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasi tegishli tashkilotlari tomonidan beriladigan texnik shartlarning mavjudligi;
rejalashtirilgan qurilishga, ichimlik suv tarmoqlariga ulanish nuqtasida ichimlik suv hajmi va bosimining yetarliligi bo‘yicha gidrogeologiya xizmatlari xulosasi, shu jumladan uzoq muddatli istiqbol uchun zarur bo‘lgan ichimlik suv hajmlarining tasdiqlanishi;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimlarining mavjud holati bo‘yicha texnik tekshiruvining to‘laqonli natijalari, suv olish va suv taqsimlash obyektlari (quduqlar, suv olish inshootlari, ichimlik suv minoralari, oqova suvni tozalash inshootlari, suv taqsimlash inshootlari, magistral va suv taqsimlovchi quvur va kanalizatsiya tarmoqlari, suvni dezinfeksiyalash va xlorlash qurilmalari, to‘siqlar va shu kabilar)ning texnik yaroqliligini baholash;
belgilangan talablarga (O'zDST 950:2011 “Ichimlik suv”) muvofiq suv ta’minotining mavjud tizimlarida ichimlik suv sifatini yaxshilashning zarurligi to‘g‘risidagi xulosalarning natijalari;
suv quvuri va kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlarini yangidan qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishning talab etiladigan hajmlari aniqlanishi uchun javob beradilar.
35. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining hududiy bo‘linmalari “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishni tartibga solish to‘g‘risida” 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qaroriga muvofiq hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlariga majburiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydilar.
36. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar hokimliklarining moliya boshqarmalariga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan tizimli monitoring olib borish, shuningdek davlat kapital qo‘yilmalarining tasdiqlangan limitlari doirasida to‘g‘ri va o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash yuklanadi.