Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari normalariga amal qilishi lozim.
bitimlarni haqiqiy emas deb topishga FKning 115 — 126 moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi, shartnomani bekor qilish asoslari esa FKning 382-383-moddalarida nazarda tutilgan;
Oldingi tahrirga qarang.
4. FKning 11 va 113-moddalariga, shuningdek IPKning 26-moddasiga ko‘ra, sud bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rib chiqishga haqli.
FKning 128-moddasiga muvofiq, bitimning haqiqiy sanalmasligi bitimga haqiqiy sanalmagan qism qo‘shilmasa ham u tuzilgan bo‘lar edi, deb taxmin qilish mumkin bo‘lsa, uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘lmaydi.
6. FK 113-moddasining birinchi qismiga muvofiq, bitim FKda belgilab qo‘yilgan asoslarga ko‘ra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli yoki bunday deb topilishidan qat’i nazar, u o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaganligi sababli haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Bunda sudlar inobatga olishlari kerakki, FK o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo berish imkoniyatini istisno etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, nizoli bo‘lgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab faqat FKda ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan taqdim etilishi mumkin. Shu bois, sud muhokamasi davomida da’vogarda nizoli bo‘lgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo taqdim etish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, da’voni qanoatlantirish rad etiladi.
Agar bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lib, u FKning qoidalariga ko‘ra tuzilmagan deb hisoblansa, bunday talabni qanoatlantirish rad etiladi.
10. FKning 109-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollardan tashqari bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
Qonunning 11-moddasiga ko‘ra, xo‘jalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda tuziladi.
Bunda sudlar inobatga olishlari lozimki, FK 115-moddasiga muvofiq bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya qilmaslik qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan holdagina uning haqiqiy emasligiga olib keladi.
11.1. Agar notarial tartibda tasdiqlash talab qilinadigan bitim bir taraf tomonidan to‘liq yoki qisman bajarilib, ikkinchi taraf uni notarial tartibda tasdiqlashdan bosh tortayotgan bo‘lsa, sud bitimni notarial tartibda tasdiqlashni bajargan tarafning da’vosiga ko‘ra, FKning 112-moddasiga muvofiq uni haqiqiy deb topishi mumkin va bunday holatda uning keyinchalik notarial tartibda tasdiqlanishi talab etilmaydi. Agar bunday bitimni tuzishga qonun hujjatlarida cheklov (taqiq) belgilangan yoki taraflar tomonidan uning barcha asosiy shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilmagan bo‘lsa, bitim sud tomonidan haqiqiy deb topilishi mumkin emas.
11.2. Agar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan bo‘lib, ammo taraflardan biri uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortsa, sud FK 112-moddasining uchinchi qismiga muvofiq boshqa tarafning talabi asosida bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli, keyinchalik esa, bu bitim sud qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunday holatda bitim bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlari u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi (FK 366-moddasi).
12. FK 116-moddasiga ko‘ra o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim bo‘lib: qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydigan mazmunda; huquq-tartibot asoslariga qarshi maqsadda; axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim hisoblanadi.
12.2. FK 129-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra vakil o‘ziga vakolat bergan shaxs nomidan shaxsan o‘ziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili bo‘lgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas, tijorat vakilligi bo‘lgan hollar bundan mustasno.
14. FKning 123-moddasiga muvofiq aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta’sirida tuzilgan bitim, shuningdek fuqaro og‘ir holatlar yuz berishi tufayli o‘zi uchun o‘ta noqulay shartlar bilan tuzishga majbur bo‘lgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan bitim (asoratli bitim) jabrlanuvchining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FK 123-moddasining qoidalari jismoniy shaxslar tomonidan ham, yuridik shaxslar tomonidan ham tuzilgan bitimlarga nisbatan tatbiq etiladi.
FKning 123-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda sudlar, aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta’sirida va og‘ir holatlar yuz berishi tushunchalarini bir-biridan aniq farqlashlari lozim.
FK 124-moddasining mazmuniga ko‘ra, qalbaki bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim hisoblansa, ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitim nizoli bitim hisoblanadi.
16. Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, yuridik shaxs huquq layoqatidan tashqariga chiqqan holda tuzgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish asoslari FKning 125-moddasida nazarda tutilgan. Bunda mazkur moddada bitimni haqiqiy emasligining ikkita asosi nazarda tutilgan: yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida belgilangan uning faoliyat maqsadlariga zid ravishda tuzilgan bitimlar va tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlar.
16.2. Tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda sudlar shuni e’tiborga olishlari zarurki, litsenziyani olish talab etiladigan faoliyat turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida” 2001-yil 12-maydagi qarori bilan tasdiqlangan. Shu sababli, sudlar inobatga olishlari lozimki, agar bitim litsenziyani olish talab etiladigan faoliyat doirasida, lekin litsenziya mavjud bo‘lmagan holda (litsenziya umuman olinmagan, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan yoki tugatilgan, litsenziya bekor qilingan) tuzilgan bo‘lsa, bitim bunday asos bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
16.3. FKning 125-moddasida nazarda tutilgan bitimlar nizoli bo‘lib, ularni haqiqiy emas deb topish va haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi da’voni faqat yuridik shaxsning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organi berishi mumkin. Shu bois, FKning 125-moddasiga asosan bitimni haqiqiy emas deb topish haqida boshqa shaxs, shu jumladan, bitimdagi taraf da’vo bilan murojaat qilgan taqdirda, bunday da’voni qanoatlantirish rad etiladi.
17. FKning 126-moddasiga ko‘ra, agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning ta’sis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qo‘yilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq ko‘rinib turgan deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan vakolatlariga nisbatan cheklab qo‘yilgan bo‘lsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan bo‘lsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo‘lganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor bo‘lgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, bunday asos bilan bitim kimning manfaatida cheklash belgilangan bo‘lsa, faqat o‘sha shaxsning da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Shu bois, FKning 126-moddasiga asosan bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo bilan boshqa shaxs murojaat qilgan bo‘lsa, bunday da’voni qanoatlantirish rad etiladi.
18. FKning 380-moddasiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan bir qatorda shartnoma tuzish huquqi kimoshdi savdosining predmeti bo‘lishi mumkin.
19. FK 381-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish kim oshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Bunda sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, sud muhokamasi paytida kimoshdi savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan bitimning FK qoidalariga muvofiq o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligi aniqlansa, kimoshdi savdolari haqiqiy emas deb topilishidan qat’i nazar, bunday bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari sud tomonidan qo‘llanilishi mumkin.
24. FK 114-moddasining ikkinchi qismiga asosan bitim haqiqiy bo‘lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo‘yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish mumkin bo‘lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
25. IPK 149-moddasi ikkinchi qismining 7-bandiga muvofiq, bitimni haqiqiy emasligi .oqibatlarini qo‘llash haqidagi talab bildirilganda da’vo arizasida har bir tarafga nisbatan aynan qaysi oqibatlar qo‘llanilishi ko‘rsatilishi lozim. Agar bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini faqat da’vogarga nisbatan qo‘llash so‘ralgan bo‘lsa, FK 114-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq sud o‘z tashabbusi bilan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini boshqa tarafga nisbatan ham qo‘llashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llashda sud, qarorning xulosa qismida IPKning 180-moddasiga muvofiq pul mablag‘larining undirilishini, mol-mulkning olib berilishini ko‘rsatishi lozim.
28. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FKning 114-moddasida belgilangan restitutsiya ko‘rinishidagi bitimni haqiqiy emasligi oqibatlari FK 123-moddasining ikkinchi qismida belgilangan oqibatlardan farq qiladi. Shu bois, agar bitim FKning 123-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topilsa, ikkinchi taraf jabrlanuvchiga uning bitim bo‘yicha bajargan hamma narsasini qaytarib berishi kerak (asli holicha yoki pul ko‘rinishida), jabrlanuvchi tomonidan bitim bo‘yicha ikkinchi tarafdan olingan mol-mulk (yoki uning qiymati) esa, davlat daromadiga o‘tkaziladi. Bunda mazkur oqibatlar bitim to‘liq yoki qisman bajarilgan holdagina sud tomonidan qo‘llanilishi mumkin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”