O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-oktabrdagi 286-son “Yuridik shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 2014-yil 9-dekabrdagi 6 va 5-mb-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-oktabrdagi 286-son “Yuridik shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Yo‘riqnoma talablari davlatning boshqa tillardagi rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila so‘zlardan foydalanishga ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasining 2018-yil 5-apreldagi 4, 2-mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2633-3, 09.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2633-3/1053-son)
“O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” rasmiy nomlaridan hosila so‘zlar — davlatning rasmiy nomini bildiruvchi “O‘z” affiksi va “O‘zbek” so‘zi orqali yasalgan so‘zlar (masalan, “O‘zeksport”, “O‘zbek-Turkman Kapital”, “Uz-Ros Import”, “Uzbekwest” va shu kabilar);
yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan birlashmalari — qatnashchilari ikki yoki undan ko‘p ma’muriy-hududiy tuzilmalarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlarda) joylashgan tijorat tashkilotlarining notijorat hisoblanuvchi yuridik shaxs birlashmalari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-oktabrdagi 286-son “Yuridik shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila so‘zlardan quyidagilar o‘z nomlarida foydalanish huquqiga ega:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarga tutilgan bo‘lsa;
davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari;
respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladigan ularning alohida bo‘linmalari;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.
4. Mazkur Yo‘riqnomaning 3-bandi ikkinchi — oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq tashkil etilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila so‘zlardan bevosita foydalanish huquqiga ega.
5. Agar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida nazarga tutilmagan bo‘lsa, davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila so‘zlar tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxsning zaxiraga olinadigan firma nomiga (bundan buyon matnda firma nomiga deb yuritiladi) qo‘shiladi. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxsning firma nomi tashqarisida davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila so‘zlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. O‘z nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shgan holda tashkil etilayotgan quyidagi yuridik shaxslarning vakolatli organi firma nomini zaxiraga olish yuzasidan, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuridik shaxsni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng bir oy mobaynida ro‘yxatga oluvchi organlarga murojaat etishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa;
davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari;
7. Tashkil etilayotgan yuridik shaxsning firma nomini zaxiraga olish yuzasidan ro‘yxatga oluvchi organlarga taqdim qilingan murojaatlarda tegishliligiga ko‘ra quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
yuridik shaxsni tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan sanasi va raqami;
yuridik shaxsni tashkil etish to‘g‘risida vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorning sanasi va raqami;
davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat unitar korxonasining muassisi to‘g‘risidagi ma’lumot;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan vakolatli organning nomi, qaror sanasi va raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari uchun bitta asosiy va muhimligi bo‘yicha joylashgan qo‘shimcha firma nomlarining ro‘yxati.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 2017-yil 14-martdagi 4 va 3-mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2633-2, 15.03.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 2017-yil 14-martdagi 4 va 3-mb-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2633-2, 15.03.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ro‘yxatga oluvchi organlar ikki ish kuni mobaynida murojaatni ko‘rib chiqib, murojaat qilgan shaxsning firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydi yoki murojaatni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan firma nomi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga oluvchi organlarning mas’ul xodimi tomonidan kiritiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
10. Quyidagi hollarda yuridik shaxslarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish to‘g‘risidagi murojaatlar qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarilishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
qulay firma nomlariga respublika bo‘yicha firma nomi adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar mavjud bo‘lganda.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 2017-yil 14-martdagi 4 va 3-mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2633-2, 15.03.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 180-modda)
11. Mazkur Yo‘riqnomaning 10-bandida nazarda tutilmagan asoslar bilan yuridik shaxslarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish to‘g‘risidagi murojaatlarni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Ro‘yxatga oluvchi organlar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, taqdim qilingan murojaatlar bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
13. Faoliyat yuritayotgan va mazkur Yo‘riqnomaning 6-bandida nazarda tutilgan yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish ham mazkur bob talablariga asosan amalga oshiriladi.
14. Mazkur bob talablari banklarga, kredit byurolariga, davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalariga, yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan birlashmalariga va respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladigan ularning alohida bo‘linmalariga hamda boshqa tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
15. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘zlarining tashabbusiga asosan yoki ushbu organlar va ularning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning muassisligida tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish yuzasidan adliya organlariga murojaat etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish yuzasidan ularning joylashgan eriga (pochta manziliga) ko‘ra, adliya organlariga yuridik shaxslarni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandan so‘ng bir oy mobaynida murojaat qilishi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 2017-yil 14-martdagi 4 va 3-mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2633-2, 15.03.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish yuzasidan davlat boshqaruvi organlari sifatida faqat vazirliklar, agentliklar, qo‘mitalar, markazlar, inspeksiyalar, shuningdek ular huzurida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari sifatida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari murojaat qilishlari mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
18. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining adliya organlariga taqdim qilgan murojaatlarida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 2017-yil 14-martdagi 4 va 3-mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2633-2, 15.03.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 180-modda)
tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 30-noyabrdagi PF-1652-son “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirish omillari va imtiyozlar to‘g‘risida”gi va 2002-yil 11-iyundagi PF-3090-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari talablariga javob berishini tasdiqlovchi korxonalarning ustav fondi (ustav kapitali) hamda muassislari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 2017-yil 14-martdagi 4 va 3-mb-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2633-2, 15.03.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Adliya organlari ikki ish kuni mobaynida murojaatni ko‘rib chiqib, murojaat qilgan shaxsning firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydi yoki murojaatni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan firma nomi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga oluvchi organlarning mas’ul xodimi tomonidan kiritiladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
21. Quyidagi hollarda tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish to‘g‘risidagi murojaatlari qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarilishi lozim:
murojaatlar mazkur Yo‘riqnomaning 15, 16 va 17-bandlari talablariga rioya etilmagan holda taqdim qilinganda;
Oldingi tahrirga qarang.
qulay firma nomlariga respublika bo‘yicha firma nomi adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar mavjud bo‘lganda.
(21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 2017-yil 14-martdagi 4 va 3-mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2633-2, 15.03.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 180-modda)
22. Mazkur Yo‘riqnomaning 21-bandida nazarda tutilmagan asoslar bilan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish to‘g‘risidagi murojaatlarini rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
23. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining adliya organlari tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qilingan murojaatlari bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
24. Faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish mazkur bob talablariga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan hamda nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila so‘zlar qo‘shilgan yuridik shaxslarning nomini o‘zgartirish tegishli qonunchilik hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
26. Davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan hamda nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila so‘zlar qo‘shilgan davlat unitar korxonalari va davlat muassasalarining nomini o‘zgartirish ushbu organlarning (muassislarning) qaroriga asosan amalga oshiriladi.
27. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan hamda nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila so‘zlar qo‘shilgan xo‘jalik jamiyatlarining nomini o‘zgartirish jamiyatlar muassislarining (aksiyadorlarining) umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
28. Yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan hamda nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila so‘zlar qo‘shilgan birlashmalarining nomini o‘zgartirish mazkur birlashmaning vakolatli organi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
29. Nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila so‘zlar qo‘shilgan respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladigan ularning alohida bo‘linmalarining nomini o‘zgartirish mazkur tashkilotning vakolatli organi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
30. Nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila so‘zlar qo‘shilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomini o‘zgartirish xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar muassislarining umumiy yig‘ilishi qarorlariga asosan amalga oshiriladi, bunda o‘zgartirilayotgan firma nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila so‘zlar qayta qo‘shilayotgan bo‘lsa, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomini o‘zgartirish mazkur Yo‘riqnomaning 3-bob talablari asosida amalga oshiriladi.
31. Quyidagi hollarda davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish asosida tashkil etilgan yuridik shaxslarning nomidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi va ushbu nom o‘zgartirilishi lozim:
davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila so‘zlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilganda;
yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan birlashmasi a’zolari joylashgan hudud bitta ma’muriy-hududiy tuzilmaga to‘g‘ri kelib qolganda;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 30-noyabrdagi PF-1652-son “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirish omillari va imtiyozlar to‘g‘risida”gi va 2002-yil 11-iyundagi PF-3090-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari talablariga javob bermay qolganda.
32. Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat ro‘yxatga oluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ushbu Yo‘riqnoma talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
35. Mazkur Yo‘riqnomani qo‘llash jarayonida yuzaga kelgan masalalar ushbu hujjatni qabul qilgan va kelishgan tashkilotlar tomonidan hal etiladi.
36. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.