LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2003-yil 11-dekabrdagi 553-II-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2004-yilgi Davlat budjeti tahchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Davlat budjeti tahchilligini moliyalashtirish faqat qadrsizlanmaydigan manbalar, shu jumladan davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan tushumlar, o‘rta muddatli davlat pul majburiyatlari va xorijdan mablag‘ jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
4. 2004-yil 1-yanvardan boshlab avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashuvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan cheklangan soliq jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini ijaraga berish, shu jumladan birlashmalar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ijaraga berishdan oladigan daromadlariga joriy etilsin, ular tegishli ravishda ijara to‘lovi summasidan daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
5. Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ilmiy muassasalarning tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklari 2004-yil 1-yanvardan boshlab yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tkazilsin.
6. 2004-yil 1-yanvardan boshlab Samarqand va Toshkent viloyatlari qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda, tajriba tariqasida, 18-ilovaga* muvofiq stavkalar bo‘yicha yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2004-yil 1-aprelgacha Samarqand va Toshkent viloyatlari barcha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligi yerlari normativ qiymatini 2004-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra qayta baholash ishlarini amalga oshirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi yerlarining qayta baholangan normativ qiymatini yagona yer solig‘ini hisoblab chiqish uchun ko‘rsatib o‘tilgan viloyatlarning barcha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi yerlari normativ qiymatini qayta baholash natijalariga ko‘ra, zaruriyat bo‘lganda, yagona yer solig‘ining belgilangan stavkalariga tuzatishlar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlari bekor qilinsin, ushbu soliqni amaldagi aylanma bo‘yicha har oyda bir marta to‘lash nazarda tutilsin;
“O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan avtomobillarni respublikadan olib ketuvchi jismoniy va yuridik shaxslardan yig‘im bekor qilinsin.
foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash bilan birga yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
mehnatga haq to‘lash fondidan ijtimoiy sug‘urtaga majburiy badallar to‘lash o‘rniga, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar mehnatga haq to‘lash fondidan 19-ilovaga* muvofiq miqdorda yagona ijtimoiy to‘lov joriy etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash, to‘lash va taqsimlash to‘g‘risidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
9. Ijtimoiy sug‘urtaga majburiy badallarni amaldagi stavkalar bo‘yicha to‘lashning amaldagi tartibi:
ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlayotgan nogironlarning mehnatidan foydalanayotgan korxonalar;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish (tovar aylanmasi) hajmidan Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chiqarib tashlangan holda, 0,7 foiz miqdorida;
fuqarolarning ish haqidan Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida saqlab qolinsin.
11. 2004-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratmalar va yig‘imlar stavkalari 20, 21-ilovalarga* muvofiq belgilansin.
12. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini kuchaytirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini oshirish maqsadida:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlarini amalga oshirishdan oladigan daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq;
respublikada ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulotlar (etil spirtidan tashqari), pivo, o‘simlik yog‘i, kir sovun va atir sovunga aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar to‘liq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga o‘tkazilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari va xarajatlari hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalar va maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 22-ilovaga* muvofiq;
umumdavlat soliqlari tushumlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratmalar normativlari 23-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa naqd pul mablag‘ining eng kam zarur miqdorlari 24-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli budjetlarga dotatsiyalar, maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutiga) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha undiriladigan barcha soliqlar va to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek budjetlarning birinchi navbatdagi xarajatlarining (ustamalari bilan ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning) mablag‘ bilan so‘zsiz ta’minlanishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
14. Aholini issiqlik energiyasi bilan kafolatli ta’minlash, kommunal xo‘jaligi qozonxona inshootlari va issiqlik tarmoqlarining kuz-qish davrida uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari parametrlarida 2004-yildan boshlab ularni mukammal ta’mirlash uchun maqsadli mablag‘lar nazarda tutilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
tegishli darajadagi budjetlarni shakllantirishda har yili qozonxona inshootlari va issiqlik tarmoqlarini ta’mirlash uchun mablag‘larni nazarda tutsinlar;
ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘laridan qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlasinlar.
15. 2004-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining zaxira fondlari miqdorlari 25-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
16. Hukumatning mablag‘ jalb qilishining cheklangan miqdori, shu jumladan Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlar hajmi 2004-yilda davlat tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish (asosiy qarzni qaytarish, foizlarni to‘lash, vositachilik haqi va boshqa xarajatlar) bo‘yicha xarajatlar hajmida cheklab qo‘yilsin.
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozining bajarilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi tahlili natijalari bo‘yicha, zaruriyat bo‘lganda, Davlat budjetining belgilangan tahchilligi doirasida Davlat budjetining asosiy parametrlarini aniqlashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
2005 moliya yilidan boshlab yalpi ichki mahsulot o‘rtacha muddatli prognozi, budjet tahchilligining, davlatning mablag‘ jalb qilishining cheklangan miqdori, boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda 3 yilga budjet daromadlari va xarajatlari parametrlarining maqsadli yo‘nalishlarini belgilashni nazarda tutuvchi soliq-budjet siyosatining o‘rtacha muddatli strategiyasi yuzasidan 2004-yil 1-aprelgacha takliflar kiritsinlar.
Davlat budjetining xarajatlar bo‘yicha parametrlarini tasdiqlangan 2492,5 mlrd so‘mga o‘rniga 2385,6 mlrd so‘mgacha miqdorda aniqlashtirgan hamda budjet tahchilligini (yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan tasdiqlangan 2,0 foiz o‘rniga) yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,7 foizgacha kamaytirgan holda 2003-yilgi davlat xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2004-yil yanvar oyida 2003-yil uchun barcha darajalardagi budjetlar bilan yakuniy aylanmalar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solishga doir operatsiyalarni, 2003-yilgi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda o‘tkazilgan operatsiyalarni aks ettirgan holda, o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2003-yilgi Davlat budjeti tahchilligi faqat qadrsizlanmaydigan manbalar, shu jumladan davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan tushumlar hamda davlat budjetining 2003-yil boshidagi qoldig‘i hisobiga moliyalashtirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari ko‘rsatkichlarini ayrim manbalar va mamlakat mintaqalari bo‘yicha 2003-yilga tasdiqlangan daromadlar hajmi doirasida aniqlashtirsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 27-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini bir hafta muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
21. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
* 1—9 va 10-1-25-ilovalar rus tilidagi matnda beriladi.
Tovarlar nomi | Soliq stavkasi | |
aksiz solig‘ini hisobga olgan holda sotish narxlarida tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda | bir o‘lchov birligi so‘mlarda | |
1. Aroq va hajmiy tarkibida etil spirti 30 foiz va undan ortiq bo‘lgan boshqa alkogolli mahsulotlar (1 litr suv qo‘shilmagan etil spirti uchun)(1) | 2660* | |
2. Konyak (brendi) (1 litr suv qo‘shilmagan etil spirti uchun)(1) | 4000* | |
3. Kuchli vinolar va hajmiy tarkibida 10%dan 30%gacha bo‘lgan uzum va meva-sabzavotdan tayyorlangan hamda boshqa alkogolli ichimliklar (1 litr suv qo‘shilmagan etil spirti uchun)(1) | 1312,5* | |
4. Hajmiy tarkibida spirt 10 foizgacha bo‘lgan kuchsiz alkogolli ichimliklar (1 litr suv qo‘shilmagan etil spirti uchun)(1) | 1860* | |
5. Quruq vinolar (1 litr tayyor mahsulot uchun)(1) | 273,9* | |
6. Shampan vinosi (1 shishasi uchun)(1) | 182* | |
7. Etil spirti, shu jumladan “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK korxonalari xususiy iste’mol uchun 1 dal.ga ishlab chiqargan etil spirti | 8510 | |
8. Vinobop materiallar (1 litr tayyor mahsulot uchun): | ||
quruq oq | 110 | |
quruq qizil | 130 | |
kuchli | 100 | |
9. Pivo, tarkibida foizlarda hajmiy ulushda etil spirti (alkogol) bor (1 litr mahsulot uchun)(1): | ||
4,5 gacha (hisobga olinadi) | 80 | |
4,5 dan yuqori - 6,0 gacha (hisobga olinadi) | 100 | |
6,0 dan yuqori | 170 | |
10. O‘simlik yog‘i (paxta): | 79** | |
oziq-ovqat (salomas va “O‘zbekiston” yog‘ini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yog‘dan tashqari) | ||
texnik (kislota miqdori 0,3 mg KON/g dan yuqori oziq-ovqat mahsulot tarkibiga qo‘shishga yaroqsiz bo‘lgan) | 67 | |
11. Guruch yormasi (2) | 20 | |
12. Kirsovun va atirsovun | 20 | |
13. Filtrli sigaretalar: | ||
yumshoq o‘ramda | 45 | |
qattiq o‘ramda | 38 | |
14. Filtrsiz sigaretalar, papiroslar | 32 | |
15. Zargarlik buyumlari (3) | ||
16. Paxta tolasi (3) | ||
17. “O‘zDEUavto” AJ avtomobillari (2) | 22,5*** | |
18. Kumushdan ishlangan oshxona anjomlari | 10*** | |
19. Neft mahsulotlari (4): | ||
benzin A-72, A-76 | 45 | |
benzin Ai-91, A-92, Ai-93, Ai-95 | 45 | |
dizel yoqilg‘isi | 40 | |
aviakerosin | 20 | |
20. Tabiiy gaz, bundan aholiga sotiladigani mustasno (4) | 40 | |
21. Neft va gaz kondensati | 25 | |
22. Gilamlar va gilam mahsulotlari | 5*** | |
23. Billur buyumlar, shu jumladan billur yoritish asboblari | 5*** | |
24. Mebel (xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimi ehtiyojlari uchun maxsus mebellar bundan mustasno) | 5*** | |
25. Video- va audioapparatura | 5*** | |
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida” 1992-yil 6-apreldagi 170-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 4-son, 10-modda; 1994-y., 1-son, 1-modda) 10-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmog‘ini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 24-iyundagi 313-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 33-modda) 6-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2003-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarorining 3-bandi, 8-bandining ikkinchi va to‘rtinchi xatboshi hamda qarorga 3-20-ilovalar.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda) 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish va ulardan foydalanilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda) 2-ilova 4-bandining ikkinchi xatboshi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA KIRITILAYOTGAN O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarorida:
“Bojlar, yig‘imlar va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlarni to‘lashdan tushgan valyuta tushumlarini taqsimlash” jadvalida:
12-banddagi “xorijiy banklarning vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida Nizom 9-bandining o‘n oltinchi xatboshidagi “xo‘jalik subyektlaridan” so‘zlaridan keyin “0,07 foiz miqdorida” so‘zlari qo‘shilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining texnik jihatdan ta’minlanganligi darajasini oshirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 20-avgustdagi 410-son qarorida:
5-bandning beshinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari” so‘zlari “respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining “Magnum” haydov traktorlarini jihozlash uchun pluglar xarid qilish to‘g‘risida” 1998-yil 31-iyuldagi 326-son qarorida:
beshinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari” so‘zlari “respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovadagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari” so‘zlari “respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda; 2003-y., 6-son, 44-modda, 45-modda; 10-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ilovada:
“1.15. Ijaraga berganlik, xizmatlar ko‘rsatilganligi, ma’lumotlar uzatilganligi uchun aloqa uzellariga to‘lov (ko‘chma, yo‘ldosh, peyjing aloqasi, radiochastotalar ijarasi, ajratilgan kanallar, ma’lumotlarni uzatishning simli va simsiz tarmoqlari), ATS va Internetdan tashqari”;
“1.21-1. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita taalluqli bo‘lmagan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va unga chiqindilarni joylashtirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kompensatsiya to‘lovlari”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Don o‘rish-yig‘ish kombaynlari va haydov agregatlarini xarid qilish to‘g‘risida” 1999-yil 2-apreldagi 152-son qarorining 3-bandida:
birinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari” so‘zlari “respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9. Vazirlar Mahkamasining “Keys” don o‘rish-yig‘ish kombaynlarini xarid qilish to‘g‘risida” 1999-yil 12-maydagi 235-son qarorining 4-bandida:
birinchi xat boshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari” so‘zlari “respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarish sinovlari uchun shudgorlash agregatlari xarid qilish to‘g‘risida” 1999-yil 19-iyuldagi 351-son qarorida:
3-banddagi “Qashqadaryo viloyati hokimligining” so‘zlari “respublika budjetining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovadagi “Qashqadaryo viloyatining” so‘zlari “respublika budjetining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-sentabrdagi 431-f-son farmoyishining 4-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga kirgan yoki O‘zbekiston Respublikasidan Qozog‘iston Respublikasiga chiqqan holda olingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining valyuta hisob raqamiga o‘tkazilgan holda bevosita bojxona postlarida O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining bo‘limlari tomonidan erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 570-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 31-son, 780-modda)
15. Vazirlar Mahkamasining “Don o‘rish-yig‘ish kombaynlari va ehtiyot qismlar xarid qilish to‘g‘risida” 2000-yil 12-maydagi 186-son qarorining 3-bandida:
birinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari” so‘zlari “respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan 2002—2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturida:
“Dasturning asosiy bo‘limlarini moliyalashtirish uchun mablag‘larni xorijiy banklar, operatorlar, provaydyerlarning kreditlari, shuningdek ichki va tashqi investorlarning o‘z mablag‘lari hisobiga jalb etish mo‘ljallanmoqda. Bunda kollejlar, litseylar va umumta’lim maktablarini kompyuterlar bilan jihozlash xarajatlarini (kamida bir mingta kompyuter sinflari tashkil etish bo‘yicha har yilgi ehtiyojni qondirishni hisobga olgan holda): xarajatlarning 30 foizini – beg‘araz grantlarni bosqichma-bosqich jalb etish hisobiga va 70 foizgachasini ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshirish mo‘ljallanmoqda, oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha esa asosan beg‘araz grantlar va oliy o‘quv yurtlarining budjetdan tashqari mablag‘lari ushbu xarajatlarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi”.
b) 8-ilovadagi izoh**ga “asosan beg‘araz grantlar va budjetdan tashqari mablag‘lar ushbu xarajatlarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadigan oliy o‘quv yurtlaridan tashqari” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-apreldagi 217-f-son farmoyishi 3-bandining ikkinchi xat boshidan “bojxonada rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy o‘tgandan keyin aksiz solig‘i to‘lagan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-dekabrdagi 250-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48—50-son, 486-modda)