Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qimmatbaho qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom qimmatbaho qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Qimmatbaho qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Yuridik shaxslar — matbaa korxonalari yoki matbaa ishlab chiqarishiga ega bo‘lgan korxonalar litsenziya talabgorlari bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
5. Quyidagilar qimmatbaho qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
litsenziat tomonidan qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarish bo‘yicha qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
qimmatbaho qog‘ozlar blankalari tayyorlash, shu jumladan namunalar tayyorlash, bosish shakllari, ularga tartib raqami qo‘yish va ishlov berishning maxsus texnologik jarayoni;
qimmatbaho qog‘ozlar blankalarini qalbakilashtirishdan yuqori darajada himoyalanganligini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlovchi maxsus asbob-uskunalar va texnologiyalar;
matbaa asbob-uskunalarida ishlash bo‘yicha maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lgan kamida ikkita mutaxassisning bo‘lishi;
qimmatbaho qog‘ozlar blankalarining hisobga olinishi va saqlanishini ta’minlash bo‘yicha asosiy talablarga, shuningdek litsenziya talabgoriga qo‘yiladigan rejim talablariga muvofiq bo‘lgan hisobga olish va saqlash tizimi (1 va 2-ilovalar);
qimmatbaho qog‘ozlar blankalarining texnik parametrlariga qo‘yiladigan talablarning bajarilishini ta’minlovchi shart-sharoitlar (3-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
6. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talabgori arizasini litsenziyalovchi organ ko‘rib chiqqani uchun yig‘imning litsenziya talabgori tomonidan to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
matbaa korxonasining O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
matbaa korxonasining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida hududiy ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi;
litsenziya talabgorida kasb bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan xodimlarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
litsenziya talabgorida, o‘zining yoki boshqa qonuniy asosda, litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun (ishlab chiqarish, omborxona, yordamchi va boshqalar) binolari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
hududiy ichki ishlar organlarining litsenziya talabgorining ishlab chiqarish binolaridagi boyliklarni saqlash rejimining ahvoli to‘g‘risidagi xulosasi.
Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Litsenziya talabgorining arizasini litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Litsenziyalovchi organ tegishli xulosalarni tayyorlash uchun zarurat bo‘lganda shartnomaviy asosda ekspertlarni jalb etishga haqlidir.
9. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida mazkur organ tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma ravishda xabardor qilishga majbur.
Litsenziyalar litsenziya talabgori davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin beriladi.
litsenziya talabgorining litsenziya bitimi talablari va shartlarini bajarishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusxada tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach u litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugagungacha ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
12. Litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, shuningdek uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
13. Litsenziyalovchi organ qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar reyestrini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Litsenziyalar reyestridan ma’lumotlar taqdim etganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lov undiriladi.
Litsenziyalovchi organ davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga litsenziyalar reyestridan ma’lumotlarni bepul taqdim etishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Matbaa korxonalarida qimmatbaho qog‘ozlar blankalarining saqlanishini ta’minlash maqsadida qog‘ozlar, yarim tayyor mahsulotlar, matbaa va shakl buyumlarini tayyorlash, qabul qilish, saqlash, ishlov berish, topshirish, berish, transportda tashishning yagona tartibi amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qimmatbaho qog‘ozlar blankalari qog‘ozlari, yarim tayyor mahsulotlari, qimmatbaho qog‘ozlarning tayyor matbaa va shaklli buyumlarini tezkorlik bilan hisobga olishning tashkil etilishi, ishlab chiqarishning barcha uchastkalarida va ularni saqlash joylarida ushbu hisobga olish ishlari uchun bosh buxgalter javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Buxgalteriya sexlarda, omborxonalarda, saqlash joylarida tayyorlanayotgan buyumlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobga olib borilishini har kuni nazorat qilib boradi.
4. Qimmatbaho qog‘ozlar blankalari qog‘ozlari, yarim tayyor mahsulotlari, tayyor matbaa va shaklli buyumlari hisobga olib boriladigan barcha daftarlar, kartochkalar raqamlanadi, ip o‘tkazib bog‘lanadi, plombalanadi, bosh buxgalter (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi va maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin tilxat bilan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qog‘ozlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga berish hamda ishlab chiqarilgandan keyin qabul qilib olish faqat bajaruvchining nazorati ostida bittadan qayta sanab amalga oshiriladi va hisobga olish daftarida tilxat bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
6. Qimmatbaho qog‘ozlar blankalari qog‘ozlari, yarim tayyor mahsulotlari, buyumlarini mahsulotning saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan bajaruvchining almashinishi bilan bog‘liq holda sex ichida bitta operatsiyadan ikkinchi operatsiyaga (yoki sexdan sexga) berish faqat tegishli omborchilar orqali rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Qimmatbaho qog‘ozlar blankalari buyumlarini tayyorlash, qabul qilib olish, saqlash va berish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy javobgar shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy javobgarlik to‘g‘risida majburiy shartnoma tuzgan holda litsenziat rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Yarim tayyor mahsulotlar va buyumlar saqlash uchun maxsus jihozlangan omborxonalarda, saqlash joylarida, stellajlarda ularning o‘g‘irlanishdan, yo‘qotishdan va yaroqsizlanishdan to‘liq saqlanishini ta’minlaydigan sharoitlarga rioya etilgan holda saqlanishi kerak. Shu bilan birga, qimmatbaho qog‘ozlar blankalarining yarim tayyor mahsulotlari va buyumlarini stellajlarda saqlash yopiq konteynerlarda yoki yopiq setkalarda va ushbu qog‘ozlarning o‘g‘irlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan boshqa usullarda amalga oshiriladi.
Qimmatbaho qog‘ozlar blankalarining boshqa buyumlar bilan birgalikda bir-biridan to‘silmagan bitta omborxonada, shkafda saqlanishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Qimmatbaho qog‘ozlar blankalari qog‘ozlari, chala tayyor mahsulotlari va buyumlari tushlik tanaffuslar vaqtida hamda ish smenasi tugagach sanagan holda, omborchining. Hisoblash daftaridagi tilxati bo‘yicha omborxonaga saqlash uchun topshiriladi.
Tushlik tanaffuslar vaqtida qimmatbaho qog‘ozlar blankalari qog‘ozlari, yarim tayyor mahsulotlari va buyumlarini ish joylarida qoldirishga faqat:
jamoaning moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi shartnomasini imzolagan brigada xodimlaridan birortasi qimmatbaho qog‘ozlar blankalarini kuzatib turish uchun ish joyida qolgan;
bajaruvchilar aynan bir vaqtda chiqib ketadigan va keyinchalik bir aynan vaqtda kirib keladigan sharoitda buyumlar mahkam berkitilgan uchastkalarda qoldirilganda, bunda uchastka qulflanadigan va plombalanadigan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qimmatbaho qog‘ozlar blankalari buyumlarining kamayib qolganligi aniqlanganda dalolatnoma tuziladi, u tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun litsenziat rahbariga beriladi va yetishmayotgan buyumlarni qidirib topish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Litsenziat bajarilgan har qaysi buyurtmadan bittadan arxiv nusxasi qoldirishi kerak, unga “to‘langan” yozuvli shtamp qo‘yishi va uni maxfiy hujjat sifatida saqlashi lozim. Har bir arxiv nusxasiga inventar tartib raqami beriladi. Arxiv nusxasini saqlash muddati: depozit sertifikatlar uchun – 4 yil, veksellar uchun – 3 yil, aksiya va obligatsiyalar uchun – 50 yil, davlat majburiyatlari uchun – ularni to‘lash muddatigacha. Litsenziat – tayyorlovchining faoliyati to‘xtatilgan taqdirda arxiv nusxasi dalolatnoma bo‘yicha buyurtmachiga (emitentga) beriladi.
1. Tashkilotlarning ishlab chiqarish binolariga va xo‘jalik hovlilari hududiga kirish qo‘riqlash posti orqali, ruxsatnomalar bo‘yicha yoki tashkilot rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
2. Ishlayotgan yoki asbob-uskunalar, nusxa ko‘paytirish texnikasi, shriftlar, matritsalar mavjud bo‘lgan qurilayotgan matbaa tashkilotlari hududi o‘raladi va qo‘riqlanadi.
Matbaa tashkilotlarining, nusxa ko‘paytirish uchastkalarining binolari qo‘riqlash-yong‘indan saqlash bo‘yicha ogohlantirish vositalari bilan jihozlanadi, ularning deraza va eshiklariga (qo‘riqlash), shiplariga (yong‘indan saqlash) datchiklar signallar qo‘riqlash postiga yoki ichki ishlar organlarining markazlashtirilgan qo‘riqlash pultiga yetadigan qilib o‘rnatiladi.
3. Birinchi qavatdagi derazalarga ichkaridan ochiladigan, tabaqali (surilma) panjaralar o‘rnatiladi. Yong‘indan saqlash narvonlari, soyavonlar yoki tutash binolar tomlari mavjud bo‘lganda panjaralar ular yaqinidagi derazalarga o‘rnatiladi (deraza panjaralari diametri kamida 12 mm bo‘lgan po‘lat simlardan yasaladi, ular ko‘pi bilan 150x150 mm katakli qilib har qaysi bostirmaga mahkamlanadi.
4. Alohida hollarda “shaklli” panjaralar tayyorlashga yo‘l qo‘yiladi, lekin bu holda ular ishlab chiqarish binolariga kirishga mutlaqo imkon bermaydigan bo‘lishi kerak.
5. Matbaa tashkilotlarining kirish eshiklari, shuningdek harf terish, bosma sexlari eshiklari (kamida 40 mm qalinlikdagi) bir xil taxtalardan yasalgan, mustahkam va ishonchli tambalar (kamida ikkita ichki qulflar) yoki shifrli qulflar o‘rnatilgan, ikki tomoni chetlari eshiklar yoniga qayirib qo‘yilgan ruxlangan, asbestli tunukalar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Eshiklarga begona kishilarning kirishini taqiqlovchi trafaretlar o‘rnatiladi.
6. Harf terish, bosma sexlari (uchastkalari), shuningdek nashr qilishga (ko‘paytirishga) buyurtmalar qabul qilish va tayyor materiallarni berish bo‘yicha ish joylari olovga chidamliligi 2-darajadan past bo‘lmagan, boshqa yordamchi va xizmat binolaridan to‘silgan, yong‘indan saqlash devorlari va ularga kirishga yo‘l qo‘ymaydigan bostirmalar bilan bo‘lingan binolarda joylashtirilishi kerak.
7. Ish tugagach binolar qulflanadi, plombalanadi (muhrlanadi), ularning kalitlari esa maxsus daftarda sana va vaqt ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirilib qo‘riqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsga beriladi. Kalitlarni berishda vaqt ko‘rsatiladi, ularni oluvchi o‘z familiyasini yozib imzo qo‘yadi.
8. Matbaa tashkiloti ma’muriyatining va tahririyatning, tahririyat-nashriyot bo‘limining binolari ishlab chiqarish va omborxona binolaridan ajratilgan bo‘lishi kerak.
9. Ma’muriyatga, tahririyatga va tahririyat-nashriyot bo‘limiga keluvchilarning ishlab chiqarish va omborxona binolari orqali o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Shakllar yasash, harf terish, shriftlar quyish va bosma sexlari (uchastkalari) ishlab chiqarish binolarida sex (uchastka) boshlig‘i yoki tashkilot rahbari tayinlagan mas’ul shaxs bo‘lmagan vaqtda ayrim xodimlarning ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Yangi ochilgan va ishlayotgan matbaa tashkilotlari hududida uy-joylarni va ushbu ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lmagan har xil xizmatlarni joylashtirishga, shuningdek matbaa tashkiloti hududida tashkilot rahbarining maxsus ruxsatisiz boshqa tashkilotlar transport vositalarining yurishiga ruxsat etilmaydi.
12. Matbaa asbob-uskunalari o‘rnatilgan ishlab chiqarish xonalarini supurish-sidirish ishlari ish vaqtida, u erda ishlovchining ishtirokida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tashkilot buyurtmachiga bajarilgan buyurtma bilan birga qimmatbaho qog‘oz blankasining (namunaviy nusxaga muvofiq) texnik parametrlari yozilgan hujjatni berishga majbur, unda quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:
Keyingi tahrirga qarang.
e) qog‘ozning to‘liq tavsifi (tola bo‘yicha tarkibi, qalinligi, bir kvadrat metrining og‘irligi, qog‘ozning mexanik jihatdan pishiqligini belgilovchi ikki marta buklangan joylari soni, uzilish uzunligi, yaltiroq tolalar mavjudligi, konfyetti mavjudligi).
Qimmatbaho qog‘oz blankasining texnik parametrlari yozilgan hujjat ikki nusxada to‘ldiriladi, ulardan bittasi mahsulotni qabul qilish — berish dalolatnomasi bo‘yicha buyurtmachiga beriladi. Ikkinchi nusxasi qimmatbaho qog‘oz blankasining arxiv nusxasi bilan birga litsenziat-tayyorlovchida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.