Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida (issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektrostansiyalar, blok-stansiyalar) elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar 2004-yil 1-fevralgacha mazkur qarorga 1-ilova talablariga muvofiq litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishlari shart.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini to‘xtatish yoki uzaytirish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zdavenergonazorat” agentligi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb yuritiladi) Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi. Komissiyaning ishchi organi hujjatlarni qabul qiladi, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risida Komissiya qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va ularni ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Yuridik shaxslar litsenziya talabgorlari bo‘lishi mumkin. Ularga statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar — yagona energetika tizimiga ulanadigan issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektr stansiyalar, blok-stansiyalar tegishlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya litsenziya talabgorining arizasida ko‘rsatilgan muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari quyidagilar hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan qonun hujjatlariga, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va gazdan foydalanish qoidalariga; elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va gazni hisobga olish qoidalariga, shuningdek energetika sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga majburiy rioya qilinishi;
energetika tarmog‘ida kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tegishli malakali zarur miqdordagi mutaxassislar mavjudligi;
elektr energiyasi ishlab chiqaradigan asbob-uskunalarning davlat standartlari talablari va texnik shartlarga muvofiqligi;
stansiyaning “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Markaziy dispetcherlik xizmati topshirig‘iga muvofiq elektr yuklamasini ko‘tarishga tayyorligi hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish sifati va rejimi bo‘yicha talablarni bajarishi;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning hayoti va sog‘ligi xavfsizligini ta’minlaydigan asbob-uskunalardan foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash, shuningdek mol-mulkning saqlanishi.
7. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 6-bandida sanab o‘tilganlar sirasiga kiruvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
a) litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan litsenziyalanayotgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat;
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yig‘imni to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlarining elektr energiyasi ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi va texnologik jarayonlari tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasining o‘rnatilgan texnologiya agregatlarining hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi texnologiya asbob-uskunalari holatining amaldagi normalar va qoidalar talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi (elektr energiyasi ishlab chiqarishda neft mahsulotlari va gazdan foydalanilgan taqdirda);
e) Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining texnika xavfsizligiga doir qonun hujjatlari va ishlab chiqarishning potensial xavfli uchastkalaridan foydalanish talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yong‘in nazorati organlarining elektr energiyasi ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi, texnologiya asbob-uskunalari va jarayonining hamda xodimlar tayyorgarlik darajasining yong‘in xavfsizligi normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
z) elektr energiyasi ishlab chiqarishda qatnashuvchi laboratoriyalar attestatsiyadan o‘tkazilganligi va asbob-uskunalar sertifikatsiyasi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
i) faoliyatning litsenziyalanadigan turi sifatli va xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlaydigan tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
11. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar ishchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
12. Ishchi organ tomonidan litsenziya berilishi haqidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Litsenziya berish to‘g‘risidagi hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
13. Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinadigan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi guruh o‘n besh kun mobaynida ekspert xulosasi tayyorlaydi va tasdiqlash uchun qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birgalikda litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni Komissiyaga kiritadi.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingan kundan keyin o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya qarori Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Zarur hollarda Komissiyaning qaroriga ko‘ra ishchi organ litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi imkoniyatini joyning o‘ziga borib o‘rganishga haqlidir.
14. Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
15. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi ishchi organ va litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
16. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari namunalari ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va ishchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Ishchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin beriladi.
18. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida “O‘zdavenergonazorat” agentligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi guruhning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ekspert xulosasi tayyorlaydi va tasdiqlash uchun qarorning tegishli protokoli bilan birgalikda litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni Komissiyaga kiritadi. Komissiya ishchi organning taklifi olingandan keyin to‘rt kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda ishchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
26. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi organ:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘raydi va oladi;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziatga aniqlangan litsenziya talablari va shartlari buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga taklif kiritadi.
Nazorat va huquqni muhofaza qilish organlari litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda o‘z vakolatlari doirasida ishchi organga aniqlangan litsenziya talablari va shartlari buzilishi va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabar qilishlari zarur.
28. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, ishchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
a) yuridik shaxsning to‘liq va qisqartirilgan nomini, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan sana va uning tartib raqami), pochta manzili, telefonlar va faks raqamlarini, elektron pochta manzilini o‘z ichiga oluvchi litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar;
b) litsenziat tomonidan bajariladigan ishlar ko‘rsatilgan holda faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
d) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
33. Litsenziyalar reyestridagi mavjud ma’lumot manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi hamda yozma so‘rov bo‘yicha va so‘rovga haq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin uch kun muddatda aniq litsenziatlar haqida litsenziyalar reyestridan ko‘chirma tarzida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Reyestrdan bir litsenziatga nisbatan ma’lumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi to‘lov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Reyestrdan ma’lumot berilganligi uchun yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.