LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli “Neft-gaz tarmog‘ida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
ikki oy muddatda mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalarni xatlovdan o‘tkazsin, ularning amal qilish muddati Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiqlashtirilishini hamda litsenziatlar bilan litsenziya bitimlari tuzilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Neft, gaz (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyat litsenziyalanishi kerak.
3. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyat faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
5. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatlarni qabul qilish, ular bo‘yicha ekspert xulosalari tayyorlash, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimi tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish uchun Komissiya huzurida “O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi hamda davlat boshqaruvi boshqa organlari mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda ishchi guruh deb yuritiladi) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
7. Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga berilishi mumkin.
8. Quyidagilar neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek amaldagi ekologiya, sanitariya, metrologiya, yong‘indan saqlash va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish;
b) yuridik shaxs shtatida litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar va injener-texnik xodimlarning, shuningdek maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodimlarning mavjud bo‘lishi;
v) qazib olinadigan va sotiladigan mahsulot turlariga sifat sertifikatining mavjudligi va ularning amalda sifat sertifikatiga muvofiqligi;
g) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan tegishli moddiy-texnika bazasidan, neft omboridan va yonilg‘i quyish asbob-uskunalaridan, boshqa texnika vositalaridan foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi;
d) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlardan foydalanish bilan bog‘liq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjudligi;
e) litsenziya talabgoriga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan, litsenziyalanadigan faoliyat turini amaldagi normalar va qoidalar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, qurilish mashinalari, mexanizmlar va transport, asboblar, energetika qurilmalari, nazorat va o‘lchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlar) mavjud bo‘lishi.
9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab o‘tilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
10. Rahbarlarga, xodimlarga, moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalarga va neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnika vositalariga minimal talablar Komissiya tomonidan belgilanadi.
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqamining nomeri, litsenziya berish to‘g‘risida faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi;
(11-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) litsenziya berish to‘g‘risidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
g) litsenziya talabgori xodimlarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiq keluvchi malakaga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, shu jumladan shtatdagi xodimlarning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji ko‘rsatilgan ro‘yxati;
d) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan binolar, xonalar, qurilish mashinalari, mexanizmlar va transport, asboblar, elektr qurilmalari, nazorat va o‘lchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlarga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
e) O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek xodimlarning bilimlari tekshirilganligi to‘g‘risidagi xulosasi;
(11-band “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
j) “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning o‘rnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologiya asbob-uskunalari ahvolining amaldagi normalar va qoidalarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
z) Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlarining moddiy-texnika bazasi va ishlarni amalga oshirish texnologiyasining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
i) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong‘in nazorati organlarining texnika bazasining va xodimlarning yong‘indan saqlash talablariga muvofiqligi va tayyorlanganligi to‘g‘risidagi xulosasi;
k) “O‘zstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan beriladigan metrologik ta’minot to‘g‘risidagi xulosasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar Komissiya huzuridagi ishchi guruh rahbari tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizaning ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish yuzasidan hujjatlarning ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
16. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati litsenziya olishga ariza va barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab o‘ttiz kunni tashkil qiladi.
17. Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosa tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
18. Ishchi guruh litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
19. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ hamda litsenziat o‘rtasida tuziladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
neft, gaz (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyat xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
20. Litsenziya belgilangan shakldagi blankalarda ishchi guruh tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.
Litsenziyalar blankalarini tayyorlash, ularni hisobga olish, saqlash va rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
22. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
23. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi guruh mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
24. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birgalikda Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin to‘rt kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
26. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda ishchi guruhga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
28. Ishchi guruh litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
29. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
30. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi guruh:
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘raydi va oladi;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Komissiyaga litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Davlat nazorat organlari, shuningdek davlat hokimiyati boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida, litsenziya talablari va shartlari buzilishlari aniqlanganda litsenziyalovchi organga aniqlangan buzilishlar va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabar qilishi kerak.
32. Ishchi guruh litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda davlatning tegishli boshqaruv va nazorat organlari mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega. Tekshirishlar natijalari bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
33. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
34. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
a) litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar: yuridik shaxsning to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami), pochta manzili, telefoni va faksi raqami, elektron pochtasi manzili;
d) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
37. Litsenziyalar reyestridagi mavjud ma’lumot manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va yozma so‘rov bo‘yicha hamda so‘rov haqi to‘lagani to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilgan taqdirda aniq litsenziatlar haqidagi ma’lumot reyestrdan ko‘chirma tarzida uch kun muddatda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Bitta litsenziat to‘g‘risida reyestrdan ma’lumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida to‘lov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Reyestrdan ma’lumotlar berilgani uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish,
qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
1. Mazkur Nizom magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ishlar turlarini o‘z ichiga oladi.
2. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
3. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
4. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatlarni qabul qilish, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimi tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish uchun Komissiya huzurida “O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi hamda davlat boshqaruvi boshqa organlari mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda ishchi guruh deb yuritiladi) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga berilishi mumkin.
7. Quyidagilar magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek amaldagi ekologiya, sanitariya, metrologiya, yong‘indan saqlash va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish;
b) yuridik shaxs shtatida litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar va muhandis-texnik xodimlarning, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodimlarda maxsus tayyorgarlikning mavjud bo‘lishi;
v) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan tegishli moddiy-texnika bazasi (binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari, texnologiya asbob-uskunalari, transport, nazorat va o‘lchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlar, normativ-texnik hujjatlar)dan va boshqa texnika vositalaridan foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi;
g) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlardan foydalanish bilan bog‘liq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjudligi.
8. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 7-bandida sanab o‘tilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
9. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan rahbarlarga, xodimlarga moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalarga va boshqa texnika vositalariga minimal talablar Komissiya tomonidan belgilanadi.
10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqamining nomeri, litsenziya berish to‘g‘risida faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi;
(10-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) litsenziya berish to‘g‘risidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
g) litsenziyalanadigan ishlar turlarini bajaradigan mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumotlar (soni, ma’lumoti, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji);
d) texnik jihatdan jihozlanganligi va litsenziyalanadigan ishlarni bajarish bo‘yicha normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
e) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishda foydalaniladigan binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologiya asbob-uskunalariga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
j) O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek xodimlarning bilimlari tekshirilganligi to‘g‘risidagi xulosasi (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno);
(10-band “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
z) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining texnologiya jarayonlarining va texnologiya asbob-uskunalari ahvolining amaldagi normalar va qoidalarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno);
i) O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlarining moddiy-texnik baza va ishlarni amalga oshirish texnologiyasining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi(magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
k) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong‘in nazorati organlarining texnik bazaning yong‘indan saqlash normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi va xodimlarning ular bo‘yicha tayyorgarlik darajasi to‘g‘risidagi xulosasi;
l) O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining moddiy-texnik bazaning, ishlarni amalga oshirish texnologiyasining loyihalashtirish va qurilish bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati bundan mustasno);
m) litsenziyalanadigan ishlarning nazoratini va qabul qilinishini tashkil etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
11. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar Komissiya huzuridagi ishchi guruh rahbari tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
14. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizaning ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish yuzasidan hujjatlarning ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
15. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 2-ilovaga binoan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati litsenziya olishga ariza va barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab o‘ttiz kunni tashkil qiladi.
16. Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab o‘n besh kundan oshmaydigan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosa tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
17. Ishchi guruh litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
18. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ hamda litsenziat o‘rtasida tuziladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
19. Litsenziya belgilangan shakldagi blankalarda ishchi guruh tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.
Litsenziyalar blankalarini tayyorlash, ularni hisobga olish, saqlash va rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
21. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
22. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi guruh mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
23. Litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda, tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
24. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni qarorning tegishli protokoli loyihasi bilan birgalikda Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin to‘rt kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
27. Ishchi guruh litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
28. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
30. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash uchun ishchi guruh:
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘raydi va oladi;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Komissiyaga litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Davlat nazorat organlari, shuningdek davlat hokimiyati boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida, litsenziya talablari va shartlari buzilishlari aniqlanganda litsenziyalovchi organga aniqlangan buzilishlar va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabar qilishi shart.
31. Ishchi guruh litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda “O‘zdavneftgazinspeksiya” mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega. Tekshirishlar natijalari bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
32. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
33. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
to‘liq va qisqartirilgan nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami), pochta manzili, telefoni va faksi raqami, elektron pochtasi manzili;
Keyingi tahrirga qarang.
d) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
36. Litsenziyalar reyestridagi mavjud ma’lumot manfaatdor yuridik shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va yozma so‘rov bo‘yicha hamda so‘rov haqi to‘lagani to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilgan taqdirda aniq litsenziatlar haqidagi ma’lumot reyestrdan ko‘chirma tarzida uch kun muddatda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Bitta litsenziat to‘g‘risida ma’lumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida to‘lov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Reyestrdan ma’lumotlar berilgani uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft
mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish,
ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish,
ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft
mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA