Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Neft sanoatida yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida

ILOVA
Neft sanoatida yong‘in xavfsizligi QOIDALARI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar

1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish

2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish

3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari

4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati

5-§. Jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalarini qo‘llash

6-§. Kasbiy tanlov

7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish shart-sharoitlari

8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish

9-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar

10-§. Tashkilot maydonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari

11-§. Bino va inshootlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari

12-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar

13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar

14-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar

15-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar

16-§. Maishiy imoratlarga qo‘yiladigan talablar

17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar

18-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar

3-bob. Asosiy ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari

1-§. Neft burg‘quduqlarini burg‘ulash

2-§. Kon-geofizika ishlari

3-§. Neft quduqlarini ishlatishda qo‘yiladigan talablar

4-§. Neft qazib chiqarishga qo‘yiladigan talablar

5-§. Tarkibida vodorod sulfidi mavjud bo‘lgan neft konlariga qo‘yiladigan talablar

4-bob. Asosiy ishlab chiqarish uskunalariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari

1-§. Rezervuar va rezervuarlar parklari

2-§. Nasos stansiyalari

3-§. Issiqlik almashtirgichlar

4-§. Olovli isitgichli qurilmalar (quvursimon pechlar, blokli olovli isitgichlar)

5-§. Texnologik o‘tkazgich quvurlar

6-§. Temir yo‘lning quyish-to‘kish estakadalari

7-§. Yashindan va statik elektr hodisasidan muhofaza qilish qurilmalari

5-bob. Ta’mirlash-montaj ishlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari

1-§. Olovli ishlarni bajarish bo‘yicha texnik tadbirlar

6-bob. Texnologik jarayonlarga qo‘yiladigan talablar

1-§. Yong‘in va portlash xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar

2-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari

7-bob. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

8-bob. Yakuniy qoida

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi 267-sonli «Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida»gi hamda 2010 yil 20 iyuldagi 153-sonli «Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq neft sanoatida yong‘in xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
6. «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, xodimlar soni 50 nafar va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
12. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000 yil 7 yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
24. Xodimlar Neft va gaz ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2132, 2010 yil 13 avgust) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
323. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatishda va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004 yil 9 iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004 yil 20 avgust) talablariga rioya qilinishi kerak.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”