Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 68-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 iyuldagi PQ-2003-sonli «Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 68-moddasiga muvofiq, davlat soliq xizmati organlarida soliq solish ob’ektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini elektron tarzda shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
b) O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 30 oktyabrdagi PQ-1843-sonli «O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga 2-ilovada nazarda tutilgan tegishli organlar va tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi (tugatilishi) to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 28 avgustdagi 2017-46-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2600-1, 12.09.2017 y.) tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 37-son, 1018-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, jismoniy shaxsning pasport ma’lumotlari asosida ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchi — jismoniy shaxsni ro‘yxatga olish varaqasi to‘ldiriladi hamda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimi tomonidan ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimiga taqdim etiladi. O‘z navbatida, ushbu mas’ul xodim tomonidan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 28 avgustdagi 2017-46-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2600-1, 12.09.2017 y.) tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 37-son, 1018-modda)
Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarning yagona reyestrida ishlovdan o‘tkazilgach, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan jismoniy shaxsga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida ro‘yxatga olinganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
Soliq to‘lovchi — jismoniy shaxsni ro‘yxatga olish varaqasidagi ma’lumotlar o‘zgarganda, jismoniy shaxs tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchi — jismoniy shaxsning ro‘yxat ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar varaqasi to‘ldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jismoniy shaxsning mol-mulk solig‘i, er solig‘i hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq solish ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimi tomonidan ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchi — jismoniy shaxsning soliqlarini hisobga qo‘yish varaqasi to‘ldiriladi hamda ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimiga taqdim etiladi va mazkur ma’lumotlar Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish dasturiy majmuasiga kiritiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 28 avgustdagi 2017-46-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2600-1, 12.09.2017 y.) tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 37-son, 1018-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan soliq to‘lovchi — yuridik shaxslarni tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish uchun soliq to‘lovchi — yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchi — yuridik shaxsni ro‘yxatga olish varaqasi to‘ldiriladi hamda ushbu davlat soliq inspeksiyasining yuridik shaxslar soliq ma’muriyatchiligi va kameral nazorat bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimi tomonidan qabul qilib olinadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 28 avgustdagi 2017-46-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2600-1, 12.09.2017 y.) tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 37-son, 1018-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 28 avgustdagi 2017-46-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2600-1, 12.09.2017 y.) tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 37-son, 1018-modda)
Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarning yagona reyestrida ishlovdan o‘tkazilgach, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan soliq to‘lovchi — yuridik shaxsga ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida ro‘yxatga olinganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida guvohnoma beriladi, soliq to‘lovchi — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga esa ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchi — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida ro‘yxatga olinganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 28 avgustdagi 2017-46-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2600-1, 12.09.2017 y.) tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 37-son, 1018-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 28 avgustdagi 2017-46-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2600-1, 12.09.2017 y.) tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 37-son, 1018-modda)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”