16.04.2014 yildagi O‘RQ-366-son
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar hokimiyat va boshqaruv tizimini yanada demokratlashtirish, “kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat hokimiyati organlari tizimidagi rolini, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini amalga oshirishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar Mahkamasi hamda ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan qonun chiqaruvchi oliy organning, hokimiyat vakillik organlarining nazorat funksiyalarini kuchaytirish, shuningdek hukumatning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida kiritilmoqda.
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
2) 78-modda birinchi qismining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8-bandidagi “tuzadi va tugatadi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10-bandidagi “va lavozimidan ozod qiladi” degan so‘zlar “hamda uni iste’foga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
24-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 98-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
oltinchi qismi o‘ninchi qism deb hisoblansin.
 LexUZ sharhi