07.04.2014 yildagi PF-4609-son
Hujjat 16.01.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Tadbirkorlik subyektlari va investorlarning faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va liberallashtirish

1.

Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi va ruxsat beruvchi ko‘rinishga ega bo‘lgan hujjatlarning soni, narxi va muddatlarini yanada qisqartirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil aprel

Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, TIAISV, Davlat raqobat qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, SSP

2.

Tadbirkorlik faoliyati sohasida quyidagilar orqali qonunchilikni yanada liberallashtirish:

vakolatli organ tomonidan ruxsat beruvchi ko‘rinishga ega bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan muddatda ruxsat berish hujjatini tadbirkorlik subyektlariga bermagan yoki berishdan bosh tortgan taqdirda vakolatli organ yozma ravishda xabardor qilish bilan ruxsat etilgan hujjatsiz faoliyatni amalga oshirish uchun javobgarlik choralari qo‘llamaslik tartibini belgilash;

tadbirkorlik subyektlariga turli moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash sohasida qonunchilik normalarining takrorlanishiga barham berish;

qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tugatish muddatini ular ishlamagan taqdirda ikki yildan uch yilgacha oshirish.

Qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil II-chorak

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, SSP

3.

Vakolatli organning ruxsat berish ko‘rinishiga ega hujjatning amal qilinishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan kundan boshlab tadbirkorlik subyektiga yetkazish muddatini 1 ish kunigacha qisqartirish.

O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil II-chorak

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, SSP

4.

Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibini murakkablashtiradigan va tadbirkorlik subyektlariga yangi huquqiy majburiyatlarni yuklashni nazarda tutuvchi, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining yangi huquqiy javobgarlik choralarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oydan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil III-chorak

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, SSP

5.

O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mikromoliya xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqish muddatini uch bank kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda cheklashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil II-chorak

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

6.

Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari qurilishi tugallangan qurilish obyektini qabul qilish guvohnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin 6 oy o‘tgandan so‘ng lekin davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yildan oshmagan holda belgilangan eng kam miqdorlarni hisobga olgan holda yagona soliq to‘lovini (chakana savdo tashkilotlari bundan mustasno) va yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil II-chorak

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

7.

Litsenziyalar va boshqa ruxsat berish ko‘rinishiga ega hujjatlarni taqdim etishda belgilangan tartib va muddatlarni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga jinoiy javobgarlik belgilash masalasini ko‘rib chiqish va ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil III-chorak

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, SSP

8.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish:

“Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, davlat organlari faoliyatida fuqarolar, tashkilotlar, xorijiy fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlaridag axborot texnologiyalaridan foydalanish;

davlat boshqaruvining samaradorligi, shaffofligi va ochiqligini yaxshilash.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil IV-chorak

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat raqobat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, SSP

9.

Ishlab chiqilayotgan normativ hujjatlar loyihalarini hamda qabul qilingan normalarni tadbirkorlik faoliyatida amaliy ta’sirini muhokama qilish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) maxsus bo‘limni yaratish v doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga qabul qilingan normalarni amaliy ta’sir ettirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2014-yil III-chorak

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, SSP

YIDXPda maxsus bo‘limni yuritish orqali ishbilarmonlik muhitiga qonunchilik hujjatlarini ta’sir qilish bahosi mexanizmini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2014-yil III-chorak

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, SSP, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi

10.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “Garov reyestri to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish:

Markaziy bank huzurida “Garov reyestri” davlat unitar korxonasini tashkil etish va uning shtatlar sonini belgilash;

“Garov reyestri” davlat unitar korxonasi faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;

garov reyestrining doimiy domen nomi (veb-sayt manzili)ni aniqlash;

garov reyestri tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga (garov reyestriga kreditorlar yozuvlari, ko‘chirmalar berish va boshqalar) haq to‘lash miqdori va shartlarini belgilash;

quyidagilarni nazarda tutuvchi garov reyestri yuritish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash:

garov reyestriga yozuvlar kiritish to‘g‘risida shartnomalar tuzish, yozuvlar kiritganlik uchun haq to‘lash va garov reyestridan ko‘chirmalar olish;

kreditorlar, tergov va surishtiruv organlari, davlat soliq va bojxona organlari tomonidan garov reyestriga yozuvlarni kiritish, reyestrdagi yozuvlarni o‘zgartirish va o‘chirish;

qarzdorning mol-mulkini undirib olish to‘g‘risidagi sud qarorlari asosida garov reyestriga yozuvlar kiritish, reyestrdagi yozuvlarni o‘zgartirish va o‘chirish;

qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish va undan foydalanish huquqini cheklash bo‘yicha garov reyestriga yozuvlar kiritish, reyestrdagi yozuvlarni o‘zga�tirish va o‘chirish;

kiritilgan yozuvlarga qarzdorning e’tirozlarini kiritish;

garov reyestridan ma’lumotlarni izlash, garov reyestridan ko‘chirmalarni rasmiylashtirish va berish va h.k.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2014-yil II-chorak

Markaziy bank, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, IIV, Bosh prokuratura, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Banklar assotsiatsiyasi

11.

Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va ulardan foydalanishni huquqiy tartibga solishni, shuningdek, ularning xavfsizligini ta’minlash talablarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil III-chorak

Davlat personallashtirish markazi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Tadbirkorlik subyektlari bilan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining munosabatlari samaradorligini oshirish hamda shaffofligini ta’minlash

12.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini elektron tarzda qayta ishlash tizimini joriy etish, bunda arizachiga onlayn tarzda hujjatlar topshirishning belgilangan sanasi va vaqti to‘g‘risida, shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun talab qilinadigan hujjatlarning batafsil ro‘yxatini taqdim etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2014-yil II-chorak

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, SSP

13.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish, soddalashtirish va arzonlashtirish (kredit tashkilotlari bundan mustasno):

ro‘yxatga olish organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning aloqasiz shaklini ta’minlovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali real vaqt rejimida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi tartibni joriy etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, tegishli ma’lumotlar bazasini yaratish va dasturiy ta’minot ishlab chiqish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil II-chorak

SSP, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, TIAISV, IIV, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DPM, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Markaziy bank, O‘zMAA, Davyergeodezkadastr, Intellektual mulk agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

ro‘yxatga olish organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning aloqasiz shaklini ta’minlovchi interaktiv davlat xizmatlari portali orqali real vaqt rejimida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish tartibini joriy etish;

ro‘yxatga oli� va boshqa vakolatli organlarning funksional va operatsion jarayonlarini tizimli ravishda qayta tashkil etish asosida barcha ro‘yxatga olish tartib-qoidalarni to‘liq avtomatlashtirish;

tadbirkorlik subyektlarining noyob identifikatorini joriy etish;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda davlat bojlarini onlayn to‘lash imkoniyatini taqdim etish;

Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish — 2015-yil I-chorak

faqat ariza va ta’sis hujjatlari asosida yuridik shaxsning (tijorat tashkiloti)ning, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida esa ariza va pasport nusxasi asosida — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish.

Mexanizmni joriy etish — 2016-yil 1-apreldan

14.

Tadbirkorlik subyektlari bilan, davlat xizmatlari va boshqa turdagi xizmatlarni (tarqatilishi cheklangan va tijorat sirini o‘z ichiga olgan hujjatlardan tashqari) ko‘rsatish jarayonlari, muddati va narxlarini o‘z ichiga olgan holda o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi vazirlik, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining barcha tegishli normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarini o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida majburiy joylashtirish va keyinchalik doimiy yangilab turish yo‘li bilan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari faoliyati shaffofligini oshirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori, qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2014-yil iyun

Adliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, SSP

15.

Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining homiylik va xayriya ko‘rinishidagi mablag‘laridan shaffof va samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2014-yil II-chorak

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, SSP

16.

Tadbirkorlik subyektlariga mablag‘lar berish tartibini buzganlik, ularni hayriya va pul mablag‘larini ajratish bilan bog‘liq boshqa faoliyatga majbur qilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil III-chorak

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, SSP

17.

Yer uchastkalari ajratish, qurish uchun ruxsatnomalar berish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektr tarmoqlariga ulanish bilan bog‘liq tartiblarni to‘liq inventarizatsiya qilish va natijasi bo‘yicha elektron shaklga o‘tkazishni soddalashtirish va tezlashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Kompleks chora-tadbirlar

2014-yil II-chorak

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Davarxitektqurilish, Davyergeodezkadastr, “O‘zbekenergo” DAK

18.

“Elektron hukumat” tizimini joriy qilish doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirishni jadallashtirish, shu jumladan:

Kompleks chora-tadbirlar

2014-yil II-chorak

Amalga oshirishni yakunlash:

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davyergeodezkadastr, “O‘zkommunxizmat” agentligi

jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish (noyob identifikator bilan);

2015-yil I-chorak

yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish (noyob identifikator bilan);

2015-yil I-chorak

litsenziyalash va ruxsat berish tartibotlari sohasida interfaol xizmatlar ko‘rsatish uchun “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksini yaratish;

2015-yil I-chorak

soliqqa tortish sohasida interaktiv xizmatlarini taqdim etish uchun “Soliq” axborot tizimlari kompleksini integratsiya qilish;

2015-yil I-chorak

tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha interaktiv xizmatlarni taqdim etish uchun “Bojxona” axborot tizimlari kompleksini integratsiyalash;

2015-yil I-chorak

kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida interaktiv xizmatlar ko‘rsatish uchun “Kommunal” axborot tizimlari kompleksini yaratish.

2015-yil IV-chorak

19.

Tadbirkorlik subyektlariga ma’muriy tartibotlar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiya qilish va qayta ko‘rib chiqish, zarur hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini ko‘rsatadigan, davlat boshqaruv va sohadagi boshqa mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar bundan mustasno (ma’lumotnomalar, litsenziya nusxalari va boshqalar).

Tadbirkorlik subyektlaridan budjetga qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risida xulosalar, shuningdek, tegishli kommunal xizmatlarni olish va litsenziyalash tartib-qoidalarini o‘tayotganda kommunal xizmatlar uchun qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni taqdim etishni talab qilish amaliyotini bartaraf etish, o‘zaro ma’lumot almashinuvi yordamida davlat organlari tomonidan tegishli ma’lumotlarni Internet tarmog‘i orqali olish.

Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari o‘rtasida elektron axborot almashinuv mexanizmini takomillashtirish orqali ta’sis hujjatlari va ruxsat berish xarakteriga ega hujjatlar nusxalarini taqdim etish talablari mavjud bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning inventarizatsiyasi va tahlilini hisobga olgan holda ta’sis hujjatlari va ruxsat berish xarakteriga ega hujjatlarning nusxalarini talab qilishga taqiq qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiya qilish

Vazirlar Mahkamasi qarori

2014-yil IV-chorak

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari da�lat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank, SSP

20.

Tashqi savdo faoliyati subyektlariga kontraktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni internet orqali elektron raqamli imzo yordamida elektron shaklda kiritish imkoniyatini berish, bu esa kiritilgan ma’lumotlarni tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYEAT) o‘tkazishga, shu bilan bir vaqtda vakolatli banklar bilan tashqi savdo shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini bekor qilishga imkon beradi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo kontraktlarini nazorat va monitoring qilish valyuta nazorat organlari va vakolatli banklar tomonidan TSOYEAT orqali amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, interaktiv xizmatni joriy etish

2014-yil iyun

Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi

III. Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirishning institutsional tizimini yanada takomillashtirish

21.

Tekshiruvlar sonini qisqartirish va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish va monitoring qilish tizimini quyidagilar orqali yanada takomillashtirish:

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining veb-saytini yaratish, unda tekshiruvlarni tayinlash to‘g‘risidagi tekshiruv jadvallari va qarorlarini e’lon qilish, tekshirish o‘tkazish vaqti va sababi ko‘rsatilishini nazarda tutish, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilish;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashishning oldini olish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan ushbu kitobni to‘ldirish tartib-qoidalariga rioya etilishini monitoring qilish maqsadida Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobida (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno) onlayn elektron ro‘yxatga olish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi qarori

2014-yil III-chorak

Davlat soliq qo‘mitasi, SSP, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy xo‘jalik sudi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi

22.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari asosida tuzilgan respublika va idoralararo komissiyalar va doimiy ishchi guruhlar faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan:

Inventarizatsiyadan o‘tkazish

2014-yil II -chorak

Vazirlar Mahkamasining YATD, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

a) komissiyalar sonini quyidagilar orqali keskin qisqartirish:

aniq vakolatlar va funksiyalarga ega bo‘lmagan komissiyalarni tugatish;

bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablari va shartlariga javob bermaydigan komissiyalarni tugatish;

boshqaruv funksiyalari va topshiriqlarining takrorlanishini bajaradigan komissiyalarni birlashtirish;

Takliflar bayon etilgan tahliliy xat

2014-yil II-chorak

b) quyidagilar orqali komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish:

zamonaviy voqelik va hozirgi talablarni hisobga olgan holda komissiyalarning yangilangan tarkibini tasdiqlash;

komissiyani tuzish maqsadi, o‘ziga xos funksiyalari, vazifalari va vakolatlari ko‘rsatilgan qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

komissiya vakolatlari doirasida tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun javob beradigan har bir komissiyasi bo‘yicha ishchi organni belgilash;

talab qilinadigan minimal miqdordagi tashkilotlar vakillarini kiritgan holda komissiyalar tarkiblarini optimallashtirish.

Respublika komissiyalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha loyiha qarorlarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2014-yil III-chorak

23.

Quyidagilar orqali nazorat qiluvchi organlar xodimlarining xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirish qonunchiligi talablariga rioya qilishdagi javobgarligini oshirish:

viloyatlardagi xalq deputatlari Kengashlari majlislarida tumanlar (shaharlar) hokimlarining tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risidagi hisobotlarning ko‘rib chiqilishini amaliyotga joriy etish;

har chorakda davlat va nazorat organlari hududiy bo‘linmalarining mansabdor shaxslari va boshqa mas’ul xodimlari tomonidan aniqlangan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining hisobotlarini ko‘rib chiqish uchun Tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashning hududiy komissiyalari maxsus yig‘ilishlarini o‘tkazish;

Kompleks chora-tadbirlar

Har chorakda

Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, nazorat qiluvchi organlar

davlat va boshqaruv organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlarini va ularga nisbatan ko‘rilayotgan javobgarlik choralarini televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalar orqali keng yoritish.

Kompleks chora-tadbirlar

2014-2015-yillar

MTRK, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Oliy xo‘jalik sudi, SSP

24.

Mamlakatda eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlari va ishbilarmonlik amaliyotini amalga oshirish, ilg‘or xalqaro moliyaviy tashkilotlarni jalb qilish asosida biznesni yuritish va iqtisodiy sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha takliflarni ishlab chiqishda BMTTDning texnik yordamini jalb qilish, ularning uslubiy tavsiyalaridan va xorijiy mamlakat qonunchiligidan foydalanish.

2014 — 2017-yillar uchun VMTTD va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining qo‘shma loyihasining loyiha hujjatini tasdiqlash

2014-yil iyun

SSP, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi

IV. Tadbirkorlik subyektlarini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish, bank-moliya infratuzilmasi sifatini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilgan xizmatlar turini kengaytirish

25.

Tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, davlat notarial idoralari, ichki ishlar organlari, davlat kadastri, davlat soliq xizmati va tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish organlarini kredit axboroti almashinuvi tizimiga kiritish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan sa’yi-harakatlarni faollashtirish orqali tadbirkorlik subyektlarini kreditlash tizimini yanada soddalashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2014-yil II-chorak

Markaziy bank, Banklar assotsiatsiyasi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Fermerlar kengashi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davyergeodezkadastr, IIV, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, SSP, tijorat banklari

26.

Kichik tadbirkorlik subyektlarining joriy hisobvaraqlaridan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashda bank xizmatlari uchun olinadigan to‘lovlarni bekor qilish hisobiga tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xarajatlarini yanada qisqartirish.

Markaziy bank va tijorat banklari qarorlari

2014-yil aprel

Markaziy bank, tijorat banklari, Banklar assotsiatsiyasi

27.

Kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirishni hisobga olgan holda kreditlarni olishda taqdim etilgan garov ta’minotining bir qismini bo‘shatish tartibini tasdiqlash yo‘li orqali tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Tijorat banklari kengashi qarorlari

2014-yil II-chorak

Markaziy bank, tijorat banklari

28.

Valyuta birjasi savdolarida ishtirok etishdan oldin banklar tomonidan milliy valyutadagi mablag‘larni depozitga qo‘yish bo‘yicha talablarni bekor qilish. Bunda, bank va valyuta birjasi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni savdolar o‘tkazilganidan keyingi kundan kech bo‘lmagan muddatda amalga oshirishni nazarda tutish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2014-yil II-chorak

Markaziy bank, Moliya vazirligi, tijorat banklari

29.

Eksport qiluvchi korxonalarning kreditlari uchun garov sifatida ishlatiladigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berish shartnomalari bilan ta’minlangan majburiyatlarni sug‘urtalash uchun kompleks sug‘urta mahsulotini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2014-yil aprel

“O‘zbekinvest” EIMSK, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, TIAISV, SSP

V. Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, sifatni boshqarish menejmenti standartlarini joriy etish

30.

Xalqaro moliya tashkilotlarining veb-saytlari va nashrlarida O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan statistik va boshqa ma’lumotlarni joylashtirish orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini rag‘batlantirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2014-2015-yillar

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, TIAISV, Markaziy bank, TIV

31.

Yagona yer solig‘ini to‘lash tartibi quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

hisobot yilining 1-sentabrigacha — yillik soliq summasining 30 foizi;

hisobot yilining 1-dekabrigacha — qolgan soliq summasi.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2014-yil IV-chorak

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

32.

Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddatini 12 oydan 24 oygacha uzaytirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2014-yil II-chorak

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Investitsiyaviy takliflar va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni talab etadigan istiqbolli investitsiya loyihalarning pasportlarini kelishish va tasdiqlashda investitsiya loyihalarining yagona elektron bazasidan foydalanish majburiy bo‘lgan tartibni belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2014-yil II-chorak

TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Davarxitektqurilish, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi

34.

Quyidagilar orqali sertifikatlash va standartlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish:

jismoniy va yuridik shaxslarning o‘lchov vositalarini ta’mirlash huquqini akkreditatsiya qilish tartibini bekor qilish;

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2014-yil II-chorak

“O‘zstandart” agentligi, vazirlik va idoralar

xalqaro standartlar, normalar va qoidalarni, shuningdek, rivojlangan xorijiy davlatlarning milliy standartlarini hisobga olgan holda texnik reglamentlarni ishlab chiqishni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

35.

Xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish tizimlarini joriy qilish, shu jumladan “Kayzen” (Yaponiya) korxonasini boshqarish usulini joriy etish bo‘yicha markaz tashkil etish va mahalliy mutaxassislarni o‘qitishni nazarda tutish orqali sinov dasturini ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2014-yil II-chorak

SSP,”O‘zstandart” agentligi, vazirlik va idoralar

VI. Korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va xususiy mulkdorlarning rolini oshirish

36.

Quyidagilar orqali davlat mulkini xususiylashtirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi davlat aktivlarini kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish:

strategik xususiyatga ega bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondida davlat ulushini sotish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

2014-yil II-chorak

Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi,

keyinchalik ustav kapitalidagi davlat ulushi sotilishi bilan davlat unitar korxonalarini tugatish yoki xususiy mulk shakliga aylantirish

(AJ, MChJ), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etilgan yoki qayta tashkil etilgan korxonalar bundan mustasno.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2014-yil II-chorak

Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar

37.

Boshqa manfaatdor tomonlarning aksiyadorlari (kreditorlar, potensial investorlar va boshqalar) bilan birga aksiyadorlik jamiyatlarida vijdonlilik standartlarini rivojlantirishga qaratilgan korporativ boshqaruv sohasidagi etika qoidalarini ishlab chiqish, kuzatuv kengashlari a’zolari va boshqa aksiyadorlik jamiyatlarining mansabdor shaxslarining kasbiy va axloqiy javobgarligini ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2015-yil may

Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank

38.

Kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni veb-saytda joylashtirishni nazarda tutuvchi korporativ veb-saytlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, shu jumladan kompaniyaning ustav matnlari va korporativ boshqaruv masalalari bo‘yicha kompaniyaning ichki hujjat�ari, jamiyatni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarini o‘tkazish bilan bog‘liq muhim faktlar va nazorat kengashining eng muhim qarorlari, choraklik hisobotlar, qimmatli qog‘ozlar emissiyalar prospekti, auditorlik xulosalari.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2014-yil may

Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi

39.

Qonuniy asosda quyidagilarni nazarda tutuvchi normalarni belgilash:

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida jamiyatlarning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanishining aniq strategiyasini tasdiqlash;

ijro etuvchi organ va kuzatuv kengashining jamiyatlarni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi hisobotini muntazam ravishda eshitish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil III-chorak

Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi

40.

Investor (aksiyador) tomonidan mustaqil ravishda afillangan shaxslar bilan birgalikda bitta yoki bir nechta bitimlar natijasida ushbu jamiyatning ustav fondining 15 va undan ortiq foizini tashkil etadigan aksiyalar paketini mustaqil va (yoki) bitimlar natijasida sotib olish niyati to‘g‘risida ma’lumotni majburiy ravishda dastlabki e’lon qilish talabini bekor qilish.

O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatbaho qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish

2014-yil aprel

Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi

41.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lanmagan va olinmagan dividendlari bo‘yicha hisoblangan foizlar miqdori to‘lanmagan va olinmagan dividendlar miqdorining 50 foizidan oshmasligi lozim bo‘lgan tartibni belgilash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2014-yil aprel

Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

42.

Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining yirik aksiyadorlariga dividendlarni to‘lash (25 foizdan ortiq egalariga) mazkur jamiyatlarning monoritar aksiyadorlari oldida dividentlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2014-yil II-chorak

Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

43.

Savdo tashkilotchilarining elektron savdo maydonchalarida amalga oshirilgan qimmatli qog‘ozlarni oldi-sotdi qilish bo‘yicha bitimlarning yozma ravishda bajarilishini ta’minlaydigan normani o‘rnatish talab etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2014-yil aprel

Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

44.

Qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisi agar bunday talab qonunda belgilanmagan bo‘lsa, investorlarga sotuvga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarga dastlabki baho berishni talab qilishga, shuningdek, ularning nominal qiymatidan past bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni sotishni taqiqlashni belgilashga haqli bo‘lmagan normani o‘rnatish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2014-yil II-chorak

Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi

45.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi va “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga sharhlar ishlab chiqish.

Qonunga sharhlar

2015-yil iyun

Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, SSP

46.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini ingliz tiliga tarjima qilish, keyinchalik tarjima qilingan qonunlar matnini vakolatli davlat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.

Tadbirlar rejasi

2014-yil dekabr

Davlat raqobat qo‘mitasi, SSP, Moliya vazirligi, TIAISV

a) 2-bandidagi “ilovaga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., №5, 25-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan kredit berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 23-bandidagi “tijorat banklarining bo‘linmalari va o‘z tarkibida bo‘linmalari bo‘lmagan tijorat banklari uchun, shuningdek xususiy banklar uchun — 10 ish kuni, banklarning viloyat bo‘linmalari uchun — 15 ish kuni va bosh (respublika) banklari uchun — 20 ish kuni” so‘zlari “uch ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.