Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar, bunda mahallalarni tuzish va bo‘lishga faqat har yili fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ta’minotiga tegishli mahalliy budjetlar parametrlarida ko‘zda tutiladigan mablag‘lar doirasida ruxsat etilishini nazarda tutsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining hududiy organlari bilan birgalikda 2014-2015-yillarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullar mahallalari chegaralarini belgilash ishlarining tegishli mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga bajarilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 302-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2019-y., 09/19/302/2924-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” va “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini (keyingi o‘rinlarda mahallalar deb ataladi) tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 302-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2019-y., 09/19/302/2924-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 302-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2019-y., 09/19/302/2924-son)
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarga muvofiq mahallalar tuzish mumkin bo‘lmagan taqdirda, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning hududlari, mahallalar tuzmasdan, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning tegishli fuqarolar yig‘inlari tomonidan boshqariladi.
14. Tegishli tuman (shahar) hokimiga yuborilayotgan iltimosnomaga, ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan axborot bilan birga, quyidagilar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
30. Tuziladigan, birlashtiriladigan yoki bo‘linadigan mahallalarning chegaralar chizilgan va chegaralar tavsiflangan chizmalari ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan tartibda mahallalarni tuzish, birlashtirish va bo‘lish to‘g‘risidagi qarorlar bilan birgalikda xalq deputatlari, tuman, shahar Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”