Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qaroriga muvofiq hamda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ilmiy-metodik kengashi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ilmiy-metodik kengashi tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi (keyingi o‘rinlarda Jamoatchilik kengashi deb ataladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
2. Jamoatchilik kengashi faoliyati himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy himoyalashda idoralararo muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borishni ta’minlashga yo‘naltirilgan, O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (keyingi o‘rinlarda RBIMM deb ataladi) faoliyati bilan bog‘liq vazifalarni samarali bajarish uchun RBIMM huzurida tashkil etilgan maslahat organi hisoblanadi.
Jamoatchilik kengashining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Jamoatchilik kengashining asosiy maqsadi bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimiga (vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlariga) ko‘maklashishdan iborat.
bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha himoyaga muhtoj guruh bolalarini samarali ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarni samarali ijtimoiy himoya qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi muassasalari va mutaxassislarining amaliy faoliyati asoslarini hamda mezonlarini ishlab chiqish;
bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi atamalar va asosiy tushunchalarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va takomillashtirish;
bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazilishini tashkil etish;
bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
6. Jamoatchilik kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida vazirliklar, idoralar va huquqni muhofaza qilish organlaridan zarur ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda so‘rash va olish;
kompleks dasturlarni hamda alohida ishlarni ishlab chiqish uchun olimlar va amaliyotchi mutaxassislarni, shu jumladan shartnoma asosida RBIMM mablag‘lari va moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga belgilangan tartibda jalb etish;
vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish va Jamoatchilik kengashi manfaatlarini ifodalash;
o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a’zolari, olimlar, amaliyotchi mutaxassislar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat komissiyalarni, shuningdek faoliyatiga rahbarlik qilish Jamoatchilik kengashi a’zosi zimmasiga yuklanadigan doimiy va vaqtinchalik ishchi guruhlarni tuzish.
7. Jamoatchilik kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun amaldagi aniq natijalar samaradorligi tahlilini amalga oshirishi hamda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi faoliyatini (muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish yo‘li bilan) umumlashtirishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritishi zarur:
bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining idoralararo muvofiqlashtirilishini takomillashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
8. Jamoatchilik kengashining ishlari bolalarni ijtimoiy himoya qilishga doir davlat dasturlari hamda yillik rejalar asosida amalga oshiriladi.
9. Yillik ish rejasi belgilangan masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, unda bajarish uchun mas’ullar hamda ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi.
10. Yillik ish rejasiga Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan kiritiladigan takliflar Jamoatchilik kengashi mas’ul kotibiga yuboriladi. Tushgan takliflar ishchi guruhlar majlislarida muhokama qilingandan keyin yillik ish rejasi navbatdagi rejalashtirish davridan oldingi oyda Jamoatchilik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
11. Jamoatchilik kengashi rais, rais o‘rinbosarlari, mas’ul kotib va Jamoatchilik kengashi a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi. Ular Jamoatchilik kengashi ishlarida jamoatchilik asosida ishtirok etadilar. Jamoatchilik kengashi a’zolarining nomzodlari tegishli vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tavsiya qilinadi.
Jamoatchilik kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
Jamoatchilik kengashi a’zolari ishlarini ularga yuklangan vazifalarni bajarishlari bo‘yicha muvofiqlashtirish;
barcha zarur hujjatlarning navbatdagi Jamoatchilik kengashi majlisiga o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
Jamoatchilik kengashi majlislari kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘tkazilishini ta’minlaydi;
Jamoatchilik kengashi a’zolarini va taklif qilinganlarni majlis o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabardor qiladi;
Jamoatchilik kengashi qarorlarining ijrosi monitoringini olib boradi hamda uning natijalarini Jamoatchilik kengashi majlisida ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi;
Jamoatchilik kengashi majlislari bayonnomalarini rasmiylashtiradi hamda tasdiqlangan bayonnomalarni Jamoatchilik kengashi a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi;
14. Jamoatchilik kengashining ish tartibi yillik ish rejasiga hamda RBIMM direktori tomonidan tasdiqlanadigan Jamoatchilik kengashining ish reglamentiga muvofiq tashkil etiladi.
15. Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Jamoatchilik kengashi majlislari har yarim yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zarur hollarda Jamoatchilik kengashining navbatdan tashqari majlislari o‘tkazilishi mumkin. Jamoatchilik kengashi majlisini rais boshqaradi. Rais bo‘lmagan hollarda majlisni Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosarlari olib boradilar.
17. Jamoatchilik kengashi majlisi unda a’zolarining yarmidan ko‘pi ishtirok etganda vakolatli bo‘ladi.
Jamoatchilik kengashi qarorlari Jamoatchilik kengashining majlisda ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan hollarda Jamoatchilik kengashi majlisida raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
18. Jamoatchilik kengashiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun uning a’zolaridan ishchi guruhlar tashkil etiladi. Ularning faoliyati va tarkibi Jamoatchilik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
Jamoatchilik kengashi majlislarida ishtirok etish, shuningdek ishchi guruh tarkibida ishlash uchun vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlaridan mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
19. Jamoatchilik kengashi qarorlari Jamoatchilik kengashi majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Jamoatchilik kengashi majlisi bayonnomasi uning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi, mas’ul kotib tomonidan imzolanib, Jamoatchilik kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda bir hafta muddatda Jamoatchilik kengashi a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Jamoatchilik kengashining har bir a’zosi qabul qilinadigan qarorlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini yozma ifodalash huquqiga ega.
20. Jamoatchilik kengashi raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida, Jamoatchilik kengashining alohida masalalar bo‘yicha qarorlarini Jamoatchilik kengashi ishtirokchilari bilan so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li orqali tasdiqlashi mumkin.
21. Jamoatchilik kengashi bayonnomasining asl nusxasi va unga ilova qilingan materiallar Jamoatchilik kengashi mas’ul kotibida saqlanadi.
22. Jamoatchilik kengashi qabul qilingan qarorlarning bajarilishini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi.
23. Jamoatchilik kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Alimova V.S. | — | RBIMM direktori, Jamoatchilik kengashi raisi |
Xolbekov A.J. | — | O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari, Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari |
Axunova M.A. | — | “Sen yolg'iz emassan” Respublika bolalar jamoatchilik fondi o‘quv markazi direktori, Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari |
Narbayeva T.K. | — | O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
Axmedov A.A. | — | O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi |
Yunusova A.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (kelishuv asosida) |
Abdurahmanov O.Q. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi |
Rizayev F.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari |
Salimov U.Z. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori |
lavozimiga ko‘ra | — | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari |
To‘ychiyeva A.N. | — | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari |
Xalilov F.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining o‘rinbosari |
Muhamedjanova F.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisining o‘rinbosari |
Shoraxmetov Sh.Sh. | — | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i |
Yakubova D.Sh. | — | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Notariat, advokatura va FXDYo organlari boshqarmasi boshlig‘i |
Xalikov I.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i |
Davletov R.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi direktori vazifasini bajaruvchi |
Abidova G.M. | — | “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi milliy direktori |
Murodova Sh.O. | — | “O‘zbekkino” milliy agentligining Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi direktori |
Bakayeva F.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazining inson huquqlari bo‘yicha tahlil va tadqiqot bo‘limi mudiri |
Musurmonova O.M. | — | O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri |
Begmatov A.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Fuqarolik jamiyati asoslari” kafedrasi professori |
Nazarova E.N. | — | RBIMMning Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari |
Xrulnova G.V. | —�� | RBIMMning Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari |
Bozorov A.A. | — | RBIMMning Bolalarning huquqiy muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari |
Tojiyeva S.X. | — | RBIMMning Ijtimoiy ishlar bo‘limi rahbari |
Toirova M.A. | — | RBIMMning Alohida iqtidorli bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari |
Karimova I.Sh. | — | RBIMM Axborot-konsalting xizmati rahbari |
Isroilova N.A. | — | RBIMMning Ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari, Jamoatchilik kengashi mas’ul kotibi |
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ilmiy-metodik kengashi (keyingi o‘rinlarda Ilmiy-metodik kengash deb ataladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
2. Ilmiy-metodik kengash ilmiy-metodik va o‘quv, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, dasturlarni muhokama qilish, shuningdek bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning moslashuvini ta’minlash, reabilitatsiyasini amalga oshirish sohasidagi ilg‘or milliy va xalqaro tajribani o‘rganish va ommalashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida tuzilgan kollegial maslahat organi hisoblanadi.
3. Ilmiy-metodik kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (keyingi o‘rinlarda RBIMM deb ataladi) Ustaviga va ushbu Nizomga amal qiladi.
4. RBIMM mas’ul xodimlari Ilmiy-metodik kengash majlislarining yuqori saviyada va ushbu Nizomga muvofiq ravishda o‘tkazilishi yuzasidan javob beradilar.
nogiron, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, surunkali og‘ir kasal bolalar, shuningdek ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qaramog‘isiz qolgan bolalar, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga mansub notinch oilalar farzandlari, alohida iqtidorli bolalar muammolariga taalluqli ilmiy-metodik, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, dasturlar va boshqa adabiyotlarni muhokama qilish, o‘z tavsiyalarini manfaatdor vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlariga taqdim etish;
zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va bilimlarni milliy va xorijiy tajribani hisobga olgan holda huquqni qo‘llash, ijtimoiy, pedagogik, tibbiy-reabilitatsiya va profilaktika amaliyotiga tatbiq etish maqsadida RBIMM xodimlarining, boshqa tashkilotlar mutaxassislarining bolalarning oila davrasida, ta’lim olish sohasida, sog‘liqni saqlashda, mehnatga va kasbiy tayyorlashda, odil sudlov sohalarida ijtimoiy moslashuv muammolarini o‘rganishga doir fundamental, amaliy, innovatsion tadqiqotlardagi ishtirokini ta’minlash;
turli ilmiy-metodik va o‘quv qo‘llanmalarini ko‘rib chiqish va nashr etishga tavsiya qilish, RBIMM mutaxassislari tomonidan nashr etiladigan ma’lumotnoma materiallar va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni, seminarlar, treninglar dasturlarini va boshqa materiallarni, shuningdek himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasiga oid ilg‘or milliy hamda xalqaro ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalarni tasdiqlash;
bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasi sohasida yangi shakllar, metodikalar, texnologiyalarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va joriy etish yo‘li bilan RBIMM umumiy faoliyati samaradorligini oshirish hamda mutaxassislar ishlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini tashkil etish;
RBIMMda o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha hisobotlarni va ularning yakunlariga muvofiq xulosalarni tayyorlash hamda har yilning dekabr oyida taqdim etish;
bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasi sohasidagi yetuk mutaxassislarni Ilmiy-metodik kengash majlislarida ishtirok etishga, ekspertiza o‘tkazishga, shuningdek RBIMM tomonidan nashr etiladigan ilmiy-metodik va boshqa adabiyotlarni tahlil va tahrir qilishga jalb etish;
RBIMM hamkorlari (vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa tashkilotlar) tajribasini o‘rganish;
tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish ishlarini olib borish, shuningdek ilmiy-metodik, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni, metodik tavsiyalarni, seminarlar dasturlarini, psixologik treninglarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish.
mutaxassislarning mualliflik faoliyati, bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ishlarining holati haqidagi axborotlarni eshitish, shuningdek bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni moslashtirish va reabilitatsiya qilishning tegishli masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish;
bolalarning ijtimoiy himoyasi sohasidagi nashrlar, materiallar va tadqiqot dasturlari bo‘yicha ish olib borish maqsadida mualliflarning ijodiy guruhlarini shakllantirish;
maqsadli auditoriyalar, tegishli vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan ilmiy-metodik, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar, seminar dasturlari va psixologik treninglar taqdimotini o‘tkazish va qo‘llashga tavsiya etish;
Ilmiy-metodik kengashga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida zarur axborotlarni vazirliklar, idoralar va huquqni muhofaza qilish organlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Keyingi tahrirga qarang.
ilmiy-metodik, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni ishlab chiqish maqsadida olimlar va amaliyotchi mutaxassislarni belgilangan tartibda, shu jumladan shartnoma asosida, RBIMM mablag‘lari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobiga jalb etish.
7. Ilmiy-metodik kengashning yillik ish rejasi har yili dekabrda o‘tkaziladigan yillik umumiy majlisda ko‘rib chiqiladi va Ilmiy-metodik kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Ilmiy-metodik kengash majlisi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda rejadan tashqari (ekstren) majlis chaqiriladi.
9. Ilmiy-metodik kengash majlisi unda Ilmiy-metodik kengash a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi, uning qarorlari qatnashayotganlarning yarmidan ortig‘i ovozi bilan qabul qilinadi. Majlis bayonnomalari ilmiy kotib tomonidan rasmiylashtiriladi.
10. Muallif yoki mualliflar guruhi tomonidan tayyorlangan nashrlar, materiallar va tadqiqot dasturlari ilmiy kotibga belgilangan tartibda ikki nusxada, ariza va taqrizlar bilan birgalikda topshiriladi.
11. Ilmiy-metodik kengash majlisida qo‘lyozmalar va dasturlar muhokama qilingandan so‘ng, muallif yoki mualliflar guruhiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir amaliy tavsiyalar beriladi.
12. Ilmiy-metodik kengash majlislari yillik ish rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. Kun tartibidagi masalalar Ilmiy-metodik kengashning ilmiy kotibi tomonidan puxta ishlab chiqiladi.
13. Ilmiy kotib a’zolar va mualliflarni Ilmiy-metodik kengash majlisi o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt haqida majlisdan kamida bir hafta oldin xabardor qiladi. Majlisga mazkur soha mutaxassislari ham taklif etilishi mumkin. Ular (ovoz berishda ishtirok etmay) qo‘lyozmalar haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari mumkin.
15. Ilmiy-metodik kengash raisi (u bo‘lmaganda esa — rais o‘rinbosari) yillik ish rejasini va kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash hamda qarorlar ijrosini ta’minlash uchun mas’ul hisoblanadi.
16. Ilmiy-metodik kengash bayonnomasi 5 ish kuni muddatda kengash raisi (u bo‘lmaganda esa — rais o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi, Ilmiy-metodik kengash a’zolari tomonidan imzolanadi va ilmiy kotib tomonidan rasmiylashtiradi. Ilmiy-metodik kengash bayonnomasidan ko‘chirmalar ilmiy kotib tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
17. Yozuvlarning to‘g‘riligi va ko‘chirmalarning asliga mosligi bo‘yicha Ilmiy-metodik kengash ilmiy kotibi mas’ul hisoblanadi.
18. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga respublikada va xorijda o‘zining ilmiy, metodik va amaliy ishlari bilan tanilgan olimlar, amaliyotchi mutaxassislar (pedagoglar, psixologlar, huquqshunoslar, shifokorlar, ijtimoiy soha xodimlari, sotsiologlar) kiradi. Ilmiy-metodik kengash a’zolari jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi.
jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasiga oid o‘quv-metodik, ilmiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarning sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini taqdim etadilar;
qo‘lyozmalarni muhokama qilishda faol ishtirok etadilar va ular bo‘yicha xolisona va asoslangan xulosalar beradilar;
bolalarning ijtimoiy himoyasi, moslashuvi va reabilitatsiyasiga oid ilmiy ishlar (dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy-tadqiqot ishlanmalari) bo‘yicha xulosalarni tuzishda ishtirok etadilar;
ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish maqsadida bolalarning ijtimoiy moslashuvi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatadilar.
Alimova V.S. | — | RBIMM direktori, Ilmiy-metodik kengash raisi |
lavozimiga ko‘ra | — | RBIMM direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Ilmiy-metodik kengash raisining o‘rinbosari |
G‘oziyev E.G‘. | — | M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasi professori, Ilmiy-metodik kengash raisining o‘rinbosari |
Axmedova D.I. | — | Respublika Ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori |
Murodova Sh.O. | — | “O‘zbekkino” milliy agentligining Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi direktori |
Djamoldinova O.R. | — | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori |
G‘aniyeva M.X. | — | M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Sotsiologiya” kafedrasi mudiri |
Musurmonova O.M. | — | O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri |
Ismoilov I.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining “Jinoyatlarning oldini olish” kafedrasi boshlig‘i |
Nazarova D.N. | — | A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish markaziy institutining “Maxsus ta’lim” kafedrasi mudiri |
Ismoilov B.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi professori |
Rahmonova V.S. | — | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Maxsus ta’lim metodikasi” kafedrasi professori |
Mo‘minova L.R. | — | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Maxsus ta’lim” kafedrasi professori |
Karamyan M.X. | — | M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Psixologiya” kafedrasi dotsenti |
Nazarova E.N. | — | RBIMMning Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari |
Xrulnova G.V. | — | RBIMMning Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari |
Isroilova N.A. | — | RBIMMning Ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari |
Tojiyeva S.X. | RBIMMning Ijtimoiy ishlar bo‘limi rahbari | |
Toirova M.A. | — | RBIMMning Alohida iqtidorli bolalar muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari |
Karimova I.Sh. | — | RBIMMning Axborot-konsalting xizmati rahbari |
Tuxvatulina E.A. | — | “Bola va Zamon” jurnali bosh muharriri |
Bozorov A.A. | — | RBIMMning Bolalarning huquqiy muammolarini o‘rganish bo‘limi rahbari, Ilmiy-metodik kengash ilmiy kotibi |