Oldingi tahrirga qarang.
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
Qarorning nomiga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-noyabrdagi PQ-1652-son qaroriga muvofiq, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Chetdan olib kirishda 2018-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy texnika, tibbiy texnikaga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari ro‘yxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
1-bandga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chetdan olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 8-maydagi 94-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.