Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Maxsus industrial zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berishning yagona tartibini belgilash va ularning huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Maxsus industrial zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Hududida maxsus industrial zonalar tashkil etiladigan viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar maxsus industrial zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish bo‘yicha materiallarni kelishish va rasmiylashtirishni belgilangan muddatlarda ta’minlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari hamda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi uch oy muddatda “Angren” maxsus industrial zonasi va “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining sifatini belgilagan holda turar joylar, binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlarning dastlabki qiymatini belgilasinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 29-maydagi 146-son qarorining 3-bandi beshinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 35-modda) “va” hamda “yer uchastkalaridan foydalanish to‘g‘risida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga va boshqa qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan maxsus industrial zonalar (keyingi o‘rinlarda MIZ deb ataladi) qantashchilariga yer uchastkalari berishning maxsus huquqiy rejimi va tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
MIZning ma’muriy kengashi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan MIZ faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan tartibga solish funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillaridan tuziladigan kollegial organ;
Keyingi tahrirga qarang.
MIZ direksiyasi — MIZ faoliyatini tezkor boshqarish uchun tashkil etiladigan davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
investor — belgilangan tartibda tanlovdan o‘tgan va MIZ hududida investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsion faoliyat subyekti;
Keyingi tahrirga qarang.
MIZ hududida investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim deb ataladi) — Direksiya va investor o‘rtasida tuziladigan va ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan bitim;
Keyingi tahrirga qarang.
MIZ qatnashchisi — belgilangan tartibda MIZ hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va Direksiya tomonidan MIZ qatnashchilari reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt;
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkasidan foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma — tegishli viloyat hokimligi bilan MIZ qatnashchilari o‘rtasida tuziladigan MIZ hududida yer uchastkasidan muddatli foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
3. MIZ tarkibiga kiritiladigan yer uchastkalari chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
MIZ hududidagi yer uchastkalari hududida MIZ tashkil etiladigan viloyatlar hokimliklarining to‘g‘ridan to‘g‘ri yurituvida bo‘ladi va MIZ ma’muriy kengashlari qarorlari asosida tegishli viloyatlar hokimlari tomonidan MIZ qatnashchilariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. MIZ hududida me’moriy va shaharsozlik faoliyati qurilishning dastlabki rejalariga yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan MIZni rivojlantirishning bosh rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. MIZ qatnashchilariga yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va boshqa qarorlari bilan belgilanadigan MIZ faoliyat ko‘rsatishi davrida 30 yilgacha muddatga muddatli foydalanish uchun beriladi.
MIZ qatnashchilariga MIZning faoliyat ko‘rsatish muddati tegishli muddatga uzaytirilganda yer uchastkasidan muddatli foydalanish muddatini uzaytirish huquqi beriladi.
MIZ qatnashchisi maqomini olgan va dastlabki qurilish rejasiga yoki MIZni rivojlantirishning bosh rejasiga muvofiq MIZning ma’muriy kengashi qarori bilan korxonasi joylashtirish uchun joy berilgan tadbirkorlik subyektiga yer uchastkasini berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. MIZ qatnashchilarining korxonalarini joylashtirish qurilishning dastlabki rejalariga yoki MIZni rivojlantirishning bosh rejalariga muvofiq investitsiya qo‘yish to‘g‘risida bitimlar tuzilgan taqdirda MIZning ma’muriy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birinchi navbatda MIZ qatnashchilarining korxonalari qurilish uchun zarur bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkasi ajratilgan holda sanoat zonalarining foydalanilmayotgan hududida joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Yer uchastkalari ajratish haqidagi materiallarni tayyorlash, shu jumladan vakolatli organlar va tashkilotlarda kelishish ishlari yer uchastkalari ajratilayotgan MIZ qatnashchilarining mablag‘lari hisobiga MIZning ma’muriy kengashlari bilan kelishilgan baholar bo‘yicha tegishli viloyatning xo‘jalik hisobidagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmati tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Investor MIZ direksiyasi bilan birgalikda qurilishning dastlabki rejasiga yoki MIZni rivojlantirishning bosh rejasiga muvofiq MIZ hududida joylashtiriladigan korxonaning joylashadigan joyini o‘rganadi va belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. MIZ qatnashchilari obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida tegishli viloyat hokimining nomiga arizani tayyorlaydi. Arizada yer uchastkasi qanday maqsadlar uchun va qanday muddatga zarurligi, u joylashgan joy va talab etiladigan joy asoslangan holda yer uchastkasi o‘lchamlari, yuridik shaxsning pochta manzili, rekvizitlari yoki jismoniy shaxsning pasportiga oid ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
MIZ qatnashchilari tayyorlangan arizani MIZ direksiyalariga taqdim etadilar. MIZ direksiyalari ariza olingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uni o‘zining iltimosnomasi bilan birgalikda tegishli viloyat hokimiga va tegishli viloyatning xo‘jalik hisobidagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatiga yuboradi. Iltimosnomaga MIZ ma’muriy kengashining tanlangan yer uchastkasi joylashgan joy ko‘rsatilgan holda qurilishning dastlabki rejasidan yoki MIZni rivojlantirishning bosh rejasidan nusxa ko‘chirilgan holda korxonani joylashtirish to‘g‘risidagi qarorining nusxasi (yoki qarordan ko‘chirma) ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Viloyatning xo‘jalik hisobidagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmati yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni besh ish kuni mobaynida tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya buyurtmanomalaridan va MIZni rivojlantirishning bosh rejasidan kelib chiqib yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkasi, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi obyektlarini tanlash bo‘yicha takliflarni Iqtisodiyot vazirligiga, Moliya vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga tayyorlaydi va ular keyinchalik takliflarni Ma’muriy kengashning ko‘rib chiqishi uchun kiritadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkasini investorga ajratish tadbirlarini o‘z vaqtida ta’minlash uchun investorlar tomonidan kiritiladigan investitsiya buyurtmanomalari asosida ular joylashtiriladigan joylar va yer uchastkalari o‘lchamlari ko‘rsatilgan holda kelgusi yilda amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan investitsiya loyihalari, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi obyektlari ro‘yxatini viloyat hokimligi nomiga yuboradi;
tegishli viloyat hokimligiga loyiha investorining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi buyurtmanomasi, shu jumladan MIZni rivojlantirishning bosh rejasini ishlab chiquvchi bilan kelishilgan hududning xaritasidan ko‘chirma bilan birgalikda MIZ qatnashchisi maqomini berish to‘g‘risida Ma’muriy kengashning qarori loyihasini yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Yer uchastkasi ajratish ishlarini bajarish davomida viloyatlarning xo‘jalik hisobidagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Ma’muriy kengashning qarorlari va MIZ direksiyasi tomonidan yuborilgan materiallar asosida investitsiya loyihalari va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari uchun ajratiladigan yer maydonining chegaralarini va umumiy maydonini aniqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining tarkibini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va boshqa ekin maydonlari turlarini aniqlaydi;
ajratiladigan yer uchastkasida binolar va inshootlar, turar joylar, shu jumladan o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar mavjudligini aniqlaydi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlaridan yer olib qo‘yilishi (sotib olinishi) munosabati bilan yuzaga keladigan ularning zararlari miqdorlarini aniqlaydi;
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yer maydonlari olib qo‘yilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiligi miqdorini aniqlaydi;
ajratiladigan yer uchastkasida buziladigan binolar, inshootlar va turar joylar mavjud bo‘lgan taqdirda ularning qiymatini aniqlash uchun baholash tashkilotlari jalb etiladi;
mavjud bo‘lgan taqdirda yangi yer uchastkalari yoki kvartiralar olishni xohlovchilar ko‘rsatilgan holda fuqarolarning ko‘chiriladigan oilalari ro‘yxatini tuzadi;
yer uchastkasini unumdor qilishning (qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligida yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun), tuproqning unumdor qatlamini ko‘chirib olishning zarurligi va yo‘nalishini aniqlaydi;
yer uchastkasining har bir egasi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori bilan ulardan yerni olib qo‘yish (sotib olish)ga rozilik va uning shartlari to‘g‘risidagi bayonnomalarni rasmiylashtiradi;
investitsiya loyihalari va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari uchun yer uchastkalari ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlaydi;
investitsiya loyihalari va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari uchun ajratiladigan yer uchastkasi chegaralari chizmasini tuzadi.
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari va mulkdorlarining zararlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida nazarda tutilgan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi nobudgarchiliklari tegishli viloyatlar hokimliklari tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
13. Materiallar yer uchastkasi ajratish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, unda ushbu Nizomning 12-bandida sanab o‘tilgan ma’lumotlar aks ettiriladi. Dalolatnomaga:
yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining zararlari (mavjud bo‘lganda) hisob-kitobi;
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon ekin maydonlari olib qo‘yilganda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari hisob-kitobi;
buziladigan binolar va inshootlarni (ular mavjud bo‘lganda) baholash to‘g‘risida baholash tashkilotining hisoboti;
o‘rmon xo‘jaligi korxonalaridan o‘rmon ekin maydonlari olib qo‘yilgan taqdirda ular tomonidan tuzilgan ajratiladigan yer uchastkasining texnik tekshiruvi dalolatnomasi;
yer egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining olib qo‘yiladigan (sotib olinadigan) yeri aks ettirilgan holda ajratiladigan yer uchastkasining chegaralari chizmasi ilova qilinadi.
tegishli viloyatning arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, MIZni rivojlantirishning bosh rejasini ishlab chiquvchi, davlat sanitariya va yong‘in nazorati organlari bilan, yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda joylashgan taqdirda — tegishli viloyatning qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkasi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalaridan, magistral quvurlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari, madaniy meros obyektlarining qo‘riqlanadigan, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalaridan, shuningdek chiqindilarni va boshqa zaharli moddalarni ko‘mish joylaridan ajratilganda — ushbu hududlar va inshootlardan foydalanuvchi va ularni ishlatuvchi tashkilotlar bilan kelishiladi.
15. Yer uchastkasi ajratish dalolatnomasini kelishuvchi organlar va tashkilotlar materiallar olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay ularni ko‘rib chiqadilar va o‘zlarining asoslangan xulosalarini tegishli viloyatning xo‘jalik hisobidagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Viloyatning xo‘jalik hisobidagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmati yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni viloyat hokimliklari huzurida tashkil etilgan viloyat yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda viloyat Komissiyasi deb ataladi) quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini:
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yer uchastkasi chegaralari chizmasi bilan birgalikda yer uchastkasi ajratish dalolatnomasini;
ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan tashkilotlar bilan yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni kelishishga doir hujjatlarni;
yangi yer uchastkalari va yoki kvartiralar olishni xohlovchilar ko‘rsatilgan holda fuqarolarning ko‘chiriladigan oilalari ro‘yxatini, shuningdek turar joylari va boshqa imoratlari buzilishi kerak bo‘lgan (ular mavjud bo‘lganda) tegishli yuridik va jismoniy shaxslarning ro‘yxatini;
yuridik yoki jismoniy shaxslardan olib qo‘yish (sotib olish) shartlarini ular bilan kelishish bo‘yicha hujjatlarni kiritadi.
17. Yer uchastkasi ajratish dalolatnomasi uning kelishilganligi haqida vakolatli organlarning xulosalari ilova qilingan holda kiritilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida viloyat Komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Viloyat Komissiyasining xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
18. Tegishli viloyatning xo‘jalik hisobidagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmati viloyat Komissiyasining xulosasi asosida bir ish kuni mobaynida viloyat hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Viloyat hokimi bir ish kuni mobaynida taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqadi va MIZ qatnashchisiga yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qarorda quyidagi masalalar aks ettirilishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkasi ajratilayotgan MIZ qatnashchisining nomi, qurilayotgan obyektning nomi, yer uchastkasini berish muddati, shuningdek yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari bo‘yicha ekin maydonlari bo‘yicha ajratiladigan yer uchastkasining umumiy maydoni, olib qo‘yiladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining sifati (bonitet ballari);
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkalarining har bir egasiga, foydalanuvchisiga, ijarachisiga va mulkdoriga (mavjud bo‘lganda) qoplanishi kerak bo‘lgan zararlar miqdori;
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon ekin maydonlari olib qo‘yilganda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdori;
yer uchastkasini unumdor qilish zarurligi, ularni ular olib qo‘yilgan mulkdorlariga, egalariga, foydalanuvchilariga va ijarachilariga qaytarish shartlari (zarur bo‘lganda);
suv muhofazasi, ekologik, yong‘inga qarshi, sanitariya shartlari va talablari boshqa shartlar va talablar.
Viloyat hokimining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qaroriga uning tarkibiy qismi sifatida ajratiladigan yer uchastkasi chegaralari chizmasi ilova qilinadi.
20. Yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida ishlarni bajaruvchi, yer uchastkasi ajratiladigan MIZ qatnashchisi tomonidan imzolanadigan dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda yer uchastkasining chegaralari naturaga ko‘chiriladi, turdosh foydalanuvchilar, tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) hamda xo‘jalik hisobidagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmati rahbarlari bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Yer uchastkasi chegaralari naturaga ko‘chirilgandan keyin bir ish kuni mobaynida yer uchastkasi ajratish bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildi uch nusxada tuziladi, ularning bir nusxasi yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar tayyorlash xarajatlari to‘langandan keyin MIZ qatnashchisiga, shuningdek tuman arxitektura va qurilish bo‘limiga (boshqarmasiga) hamda yer resurslari va davlat kadastriga beriladi. Yer uchastkasi ajratish bo‘yicha hujjatlarning asl nusxalari viloyatning xo‘jalik hisobidagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Viloyat hokimining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarori asosida viloyatning xo‘jalik hisobidagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmati tomonidan bir ish kuni mobaynida MIZ qatnashchisining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi to‘langandan keyin unga yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Yer uchastkasi ajratish materiallari rasmiylashtirilgandan keyin viloyat hokimi MIZ qatnashchisi bilan yer uchastkasidan foydalanish to‘g‘risida shartnoma tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasidan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomada yer uchastkasidan foydalanish shartlari, yerdan foydalanish bo‘yicha tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning to‘xtatilishi holatlari va tomonlarning xohishiga ko‘ra boshqa masalalar belgilanadi.
24. Yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlashning umumiy muddati ishlarning o‘rtacha murakkabligida 16 kunni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25. MIZ direksiyasi bilan MIZ qatnashchisi o‘rtasida tuzilgan ishlamayotgan korxonalar va davlat mulki bo‘lgan mol-mulkning oldi-sotdi shartnomasi asosida ko‘rsatib o‘tilgan obyektlar bilan band bo‘lgan hamda ekologik talablar va xavfsizlik normalari hisobga olingan holda asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasidan muddatli foydalanish huquqi MIZ qatnashchisiga o‘tadi.
Yer uchastkasidan muddatli foydalanish huquqining o‘tishi MIZ direksiyasining taqdimnomasi bo‘yicha uch ish kuni mobaynida viloyat hokimining yer uchastkasini oldingi yerdan foydalanuvchidan olib qo‘yish va MIZ qatnashchisiga berish to‘g‘risidagi qarori bilan rasmiylashtiriladi.
26. Viloyat hokimining qarori asosida belgilangan tartibda MIZ qatnashchisining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va unga yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Tadbirkorlik subyekti MIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilgan taqdirda uning yer uchastkasidan muddatli foydalanish huquqi MIZ direksiyasining taqdimnomasi bo‘yicha viloyat hokimining qarori bilan muddatidan oldin to‘xtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Yer uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha qatnashchilar va MIZ direksiyalari o‘rtasidagi nizolar qonun hujjatlariga va yer uchastkasidan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus industrial zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.