Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) muvofiq, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibini belgilaydi.
14. Buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan shaklda tashkil etish uchun kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 20-son) muvofiq Moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi tuziladi.
16. Hisobot davrida amalga oshirilgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalari xronologik tartibda mazkur BHMSning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi jurnalda qayd etib boriladi. Mazkur registr kitob ko‘rinishida yuritiladi hamda u tikilgan va raqamlangan bo‘lishi shart. Registrda moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining hisobi hisobot davri uchun oylar yoki choraklar kesimida yuritiladi hamda uning so‘nggi varag‘ida “Mazkur Jurnalda __________ varaq raqamlangan” deb yoziladi va kichik tadbirkorlik subyekti rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi.
17. Kichik tadbirkorlik subyekti faoliyatida buxgalteriya hisobi obyektlari hisobini oddiy shaklda yuritish uchun mazkur BHMSning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobi qo‘llaniladi. Ushbu registr kitob ko‘rinishida yuritiladi hamda tikilgan va raqamlangan bo‘lishi shart. Moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalar hisobi hisobot yili davomida mazkur Kitobda qayd etib boriladi. Mazkur Kitobning so‘nggi varag‘ida “Mazkur Kitobda __________ varaq raqamlangan” deb yoziladi va kichik tadbirkorlik subyekti rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi.
mazkur BHMSning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Kapital qo‘yilmalarni hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi Boshqa debitorlik qarzlarini hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi Pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 12-ilovasiga muvofiq shakldagi Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi Boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi Xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 16-ilovasiga muvofiq shakldagi Hisobot davri daromadlarini hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi Hisobot davri xarajatlarini hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 18-ilovasiga muvofiq shakldagi Yakuniy moliyaviy natijani hisobga olish qaydnomasi;
mazkur BHMSning 19-ilovasiga muvofiq shakldagi Moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish jamlanma qaydnomasi.
Asosiy vositalar, shuningdek moliyaviy ijara shartnomasi asosida olingan vositalar bo‘yicha eskirish O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ga (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya tanlangan usulga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga (ro‘yxat raqami 1485, 2005-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 25-26-son, 188-modda) asosan hisoblanadi.
34. Boshqa debitorlik qarzlarini hisobga olish qaydnomasi — kichik tadbirkorlik subyektining mahsulotlar va boshqa aktivlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalari natijasida yuzaga keladigan debitorlik qarzlarining analitik va sintetik hisobi registri hisoblanadi. Mazkur qaydnoma uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (0900), 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” schyoti, 4210 “Mehnat haqi bo‘yicha berilgan avanslar” schyoti, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan avanslarni hisobga oluvchi schyotlar (4300), budjetga avans to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400), maqsadli davlat jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha avans to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500), ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4600), xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar (4700) va turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlarda (4800) hisobga olinadigan boshqa debitorlik qarzdorliklarining har bir turi uchun alohida ochiladi. Mazkur qaydnomada boshqa debitorlik qarzlari ularni hisobga oluvchi schyotlarning debeti bo‘yicha pozitsiyali usulda, boshqa debitorlik qarzdorliklarning har bir turi uchun alohida debitorlar kesimida qayd etib boriladi. Boshqa debitorlik qarzlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida yakuniy hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2015-yil 21-iyuldagi 68-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2501-1, 29.07.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 30-son, 400-modda)
39. Boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi — asosiy ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalari natijasida yuzaga keladigan boshqa majburiyatlarning analitik va sintetik hisobi registri hisoblanadi. Mazkur qaydnoma 6120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar” schyotida, kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6200), olingan avanslarni hisobga oluvchi schyotlarda (6300), budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6400), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6500), ta’sischilar oldidagi qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6600), qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6800) va 6970 “Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarz” schyotidan tashqari turli kreditorlar oldidagi qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6900), 7120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi uzoq muddatli qarzlar” schyotida, kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlarda (7200), xaridorlardan va buyurtmachilardan olingan avanslarni hisobga oluvchi schyotlarda (7300), uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (7800) va turli kreditorlar oldidagi uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (7900) hisobga olinadigan boshqa majburiyatlarning har bir turi bo‘yicha kreditorlar kesimida alohida ochiladi.
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
1-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
2-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
3-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
4-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
5-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
6-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
7-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
8-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
9-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
10-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
11-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
12-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
13-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
14-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
15-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
16-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
17-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
18-ILOVA
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
19-ILOVA

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”