Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 17-son, 219-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
Mazkur Namunaviy nizom “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 17-son, 219-modda) muvofiq, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazining (bundan buyon matnda Maslahat markazi deb yuritiladi) maqsadi va vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
1. Maslahat markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek mazkur Namunaviy nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 30-iyuldagi 26, 115, 2018-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2499-2, 03.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/2499-2/1835-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”