O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda aholining malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va ijtimoiy himoyaga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, shuningdek, tibbiy xizmatlarning sifatini yaxshilash uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, sog‘lom avlodni tarbiyalash, sog‘liqni saqlash tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq holga keltirish maqsadida:
1. Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12-iyundagi F-856-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini 1998—2005-yillarda isloh qilishning quyidagi tarkibdagi Davlat dasturi ma’qullansin:
bepul tibbiy yordam ko‘rsatadigan va budjetdan moliyalanishi lozim bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalari ro‘yxati, 2-ilovaga* muvofiq;
bosqichma-bosqich pulli tibbiy xizmatlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalari ro‘yxati, 3-ilovaga* muvofiq;
2001—2005-yillarda qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini rivojlantirish dasturi, 4-ilovaga* muvofiq;
shifokor kadrlar va o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojlar, 5-ilovaga* muvofiq;
1999—2005-yillarda tibbiyot bilim yurtlarini kasb-hunar kollejlariga aylantirish dasturlari, 6-ilovaga* muvofiq.
* 1 — 6 ilovalar rus tilida berilgan.
2. “Toshuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining tibbiyot-sanitariya qismi, Toshkent shahar tez Tibbiy yordam stansiyasi, respublika va Toshkent viloyat sanitariya aviatsiyasi negizida 7-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazini mintaqaviy filiallari bilan tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifi ma’qullansin.
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
9-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
3 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 1998-yilga belgilangan xodimlar soni va ajratilgan mablag‘lar doirasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi hamda uning Nukus shahri va viloyat markazlaridagi filiallarining ishlashi bilan bog‘liq tashkiliy, texnikaviy, moliyaviy hamda boshqa masalalarni hal qilsinlar,
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning joylardagi filiallari yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasinlar.
4 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi shu yilning 20-dekabriga qadar kasallik turlarini va bemorlarni davolab, salomatligini tiklashni hisobga olgan holda ularning shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida bo‘lishining cheklangan muddatlarini ishlab chiqib, joriy etsin.
5. Nodavlat davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan, aholiga pulli tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi xususiy davolash-profilaktika muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga muvofiq imtiyozga ega bemorlarga 20 foizga qadar bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishlari hamda bu xizmatlar budjet hisobidan moliyalanishi belgilab qo‘yilsin.
1999—2000 o‘quv yilidan boshlab, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining davolash fakultetlari huzurida o‘rta tibbiy ma’lumot negizida o‘qitish muddati 3 yil bo‘lgan oliy malakali tibbiyot hamshiralari (reanimatologlar, anestezistlar, jarrohlik hamshiralari, tug‘uruqxona akusherkalari va boshqalar)ni tayyorlash bo‘limlarini ochsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda 1999-yilning 1-mayiga qadar mazkur bo‘limlarda oliy malakali tibbiyot hamshiralarini tayyorlash bo‘yicha abituriyentlarni qabul qilish qoidalari va davlat ta’lim andozalari to‘g‘risida takliflar ishlab chiqib, ularni Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshiruvchi Respublika komissiyasiga taqdim etsinlar;
1999—2000 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalarning soni 1:6 nisbatida belgilansin.
7. 1998—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirishga doir asosiy chora-tadbirlar 10-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
8. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish Respublika Komissiyasi (bundan buyon Respublika komissiyasi deb yuritiladi) 11–ilovaga* muvofiq tuzilsin.
* 11-ilova rus tilida berilgan.
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni amalga oshirish bilan aloqador vazirliklar, idoralar, muassasalarning, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Davlat dasturi talablariga muvofiq sog‘liqni saqlash tizimining amaldagi huquqiy va me’yoriy asoslarini qayta ko‘rib chiqish hamda ularning yangilarini ishlab chiqish;
xalqaro tashkilotlar, xorijiy sarmoyadorlar, jamg‘armalar jamoat tashkilotlarining mablag‘larini sog‘liqni saqlash tizimiga jalb etish uchun shart-sharoit yaratish;
Davlat dasturi bajarilishining muntazam monitoringini tashkil etib, Vazirlar Mahkamasiga yilning har choragida hisobot taqdim etish.
Respublika komissiyasi zarur hollarda tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish, sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashni tubdan o‘zgartirish, tibbiyot muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish, sog‘liqni saqlash tizimining nodavlat sektorini va xususiy Davolashni rivojlantirish bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini, me’yoriy-uslubiy hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun yuqori malakali mahalliy va xorijiy ekspertlardan iborat ishchi guruhlarini tashkil qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari bilan birga respublikaning har yili ishlab chiqiladigan investitsiya dasturlarida qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini rivojlantirishga ajratiladigan mablag‘larning limitlarini ko‘zda tutsinlar.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi bilan birga 1999-yilning 1-iyuliga qadar qishloq va mahalla (shahar) vrachlik punktlari tarmog‘ini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqib, qabul qilsinlar.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
Belgilab qo‘yilsinki, respublika va mahalliy budjetlarning mablag‘lari, shu jumladan, bosqichma-bosqich pulli tibbiy xizmatga o‘tilishi munosabati bilan tibbiyot muassasalari xarajatlaridan tejab qolingan mablag‘lar, korxonalar va tashkilotlarning, homiylarning, bevosita xorijiy sarmoyadorlarning mablag‘lari qishloq vrachlik punktlarini rivojlantirish dasturini moliyalashning asosiy manbalari hisoblanadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparatida davlat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ajratilayotgan budjet mablag‘laridan o‘rinli foydalanilishini nazorat qilish Bosh boshqarmasi 9 kishidan iborat tarkibda tashkil etilsin. Aholiga tibbiy yordamni tashkil etish, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish bilan band bo‘lgan bo‘linmalar joriy yil uchun belgilangan xodimlar soni va mablag‘lar doirasida mustahkamlansin, ularning zimmasiga xususiy sog‘liqni saqlash tizimining tashkil etilishini nazorat qilish yuklansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat sport qo‘mitasi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi 1999-yilning 1-yanvariga qadar Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturining amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan Respublika komissiyasi bilan kelishilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqib, qabul qilsinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov) zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini moliyaviy ta’minlash, shu maqsadda xorijiy sarmoyalarni jalb etish va jalb etiladigan xorijiy kreditlarga belgilangan tartibda kafolatlar berish uchun javobgarlik yuklansin.
13. Sog‘liqni saqlash nodavlat sektorini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun:
xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etilgan paytdan boshlab 2 yil muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod qilinsin, bundan yig‘ilgan mablag‘larning muassasalarni zamonaviy tibbiy va tashxis uskunalari bilan jihozlashga sarflanishi belgilab qo‘yilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xususiy davolash-profilaktika muassasalarini barpo etish uchun yer maydonlari ajratilishini hamda odam yashashi uchun mo‘ljallanmagan binolar sotilishini ta’minlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
“Mikrokreditbank” ATBga” yangi tashkil etilayotgan xususiy tibbiyot muassasalarini moliyalash uchun belgilangan tartibda kredit liniyalari ochish tavsiya qilinsin;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyuldagi PF-3767-sonli Farmoni tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 27-son, 246-modda)
sog‘liqni saqlash obyektlarini bo‘lg‘usi mulkdorlar uzoq muddatli ijaraga olib, keyinchalik pulli tibbiy xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobiga ularni xususiy mulk qilib sotib olishi tarzida davlat tasarrufidan chiqarish tajribasi kengaytirilsin.
14. O‘zbekiston Shifokorlar uyushmasi bir oy muddatda respublikada “Ibn Sino” Xalqaro jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 6-yanvardagi PF-2171-sonli “Ibn Sino xalqaro jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 25-yanvardagi 36-sonli “Ibn Sino xalqaro jamg‘armasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
15. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin.