T/r | Ko‘rsatkich nomi | O‘lchov birligi | Jami * | shu jumladan, quyidagilar hisobidan: | ||
Buxoro viloyati “Suvoqova” IChB | O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti | XTU krediti | ||||
1. | Loyihaning umumiy qiymati | ming AQSh dollari | 139 021,51 | 51,71 | 56 969,8 | 82 000,00 |
2. | Jami kapital qo‘yilmalar | ming AQSh dollari | 113 219,69 | - | 31 219,69 | 82 000,00 |
shu jumladan: | ||||||
2.1. | mashina va uskunalar | ming AQSh dollari | 7 150,05 | - | 2 203,11 | 4 946,94 |
erkin almashtiriladigan valyutada | ming AQSh dollari | 4 946,94 | - | - | 4 946,94 | |
milliy valyutada | ming AQSh dollari ekv | 2 203,11 | - | 2 203,11 | - | |
2.2. | qurilish-montaj ishlari | ming AQSh dollari ekv | 94 171,46 | - | 29 016,58 | 65 154,88 |
2.3. | boshqa xarajatlar | ming AQSh dollari | 11 898,18 | - | - | 11 898,18 |
3. | Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar ** | ming AQSh dollari ekv | 3 108,21 | - | 3 108,21 | - |
4. | Taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari | ming AQSh dollari ekv | 22 641,90 | - | 22 641,90 | - |
5. | Mavjud asosiy jamg‘armalarning qiymati | ming AQSh dollari ekv | 51,71 | 51,71 | - | - |
6. | Korxonaning quvvati, shu jumladan: | ming kub m/sut | 50 | |||
6.1. | 2017-yilda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yillik hajmi | kub. m/yil | 13 858 310 | |||
6.2. | yillik eksportning taxminiy hajmi | |||||
7. | Ish bilan band qilingan ishchilarning taxminiy soni | nafar | 163 | |||
8. | Qurilish o‘zini o‘zi qoplashining taxminiy muddati | yil | 25 | |||
9. | Investitsiya davri | oy | 60 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 15.07.2013 yildagi PQ-2001-son
Кучга кириш санаси
29.07.2013
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlari aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
2012-yil 13-dekabrda Jahon bankining Direktorlar kengashi “Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oladigan, qaytarish muddati 25 yil bo‘lgan umumiy summasi 53,2 mln maxsus qarz olish huquqlari (82,0 mln AQSh dollariga teng) miqdorida kredit berishini ma’qullaganligi;
O‘zbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishdagi ulushi 53,9 mln AQSh dollari ekvivalentini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlarini berish tarzida — 22,6 mln AQSh dollarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qo‘yiladigan markazlashtirilgan kapital mablag‘lar — 31,3 mln AQSh dollarini tashkil etishi;
loyihani amalga oshirish davri 5 yil deb (2013 — 2017-yillar) belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining krediti O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida tuzilgan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim asosida beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Buxoro viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK), “Kommunxizmat” agentligi va Buxoro viloyati hokimligi ko‘rsatib o‘tilgan loyiha amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar hamda kredit bo‘yicha foiz va vositachilik to‘lovlari loyihani amalga oshirish davrida 2013-yildan 2017-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga, keyingi yillarda — Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK mablag‘lari hisobiga, yetishmayotgan qismi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
“Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasi bo‘yicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini hamda kredit bo‘yicha vositachilik to‘lovlarini qaytarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimni, shuningdek Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK bilan qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK direktoriga loyihani Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan birga amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha yuridik xulosa berish vakolati berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri va “Kommunxizmat” agentligi bosh direktori, Buxoro viloyati hokimi, Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK direktori zimmasiga:
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Jahon banki tartib-qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar hamda hujjatlarni belgilangan muddatlarda tayyorlash va taqdim qilinishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK va unga tobe bo‘lgan shahar va tuman suv ta’minlash tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
suv ta’minoti tashkilotlarining faoliyat samaradorligini, shu jumladan iste’molchilarni yalpi xatlovdan o‘tkazish, hisobga olinmagan suv iste’molchilarini aniqlash, suv isrofgarchiligini kamaytirish va mablag‘lar yig‘ilishi darajasini ko‘tarish, ishlab chiqarish va moliyaviy hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘yishni avtomatlashtirilgan billing tizimini joriy qilgan holda, abonentlarni va beriladigan hisob-kitoblarni zarur darajada hisobga olishni ta’minlash hisobiga oshirish ustidan nazoratni tashkil etish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Loyihani boshqarish vazifasi “Kommunxizmat” agentligi huzurida faoliyat yuritayotgan Jahon bankining Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi zimmasiga yuklansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining har yilgi investitsiya dasturlarini shakllantirishda “Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ulushini moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab, kelasi yildagi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida Buxoro viloyati “Suvoqava” DUKning shu maqsadlarga yo‘naltiriladigan shaxsiy mablag‘lariga qo‘shimcha ravishda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti bo‘yicha komissiyalarni to‘lash, asosiy qarzni qoplashga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasining mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari qo‘shilgan qiymat solig‘idan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar to‘lashdan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasining mablag‘lari hisobiga olib kelinadigan tovarlar va transport vositalari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Belgilansinki, mazkur imtiyozlarni berish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar ushbu loyihani amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shgan hissasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Kommunxizmat” agentligi talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Kommunxizmat” agentligi talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari I.B. Zakirov zimmalariga yuklansin.
LexUZ sharhi