O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 19-son, 191-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
2. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilib, normativ texnik hujjat sifatida e’tirof etilgan kundan boshlab kuchga kiritilsin va e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 26-fevraldagi 29-sonli buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda), “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 19-son, 191-modda) ishlab chiqilgan bo‘lib, po‘lat eritish korxonalarida xavfsizlik talablarini belgilaydi.
badya — elektr yoyli po‘lat eritish pechiga ustidan shixta materiallarini yuklash uchun mo‘ljallangan uskuna;
borov — dudbo‘ronni pech bilan tutashtiruvchi quvur bo‘lib, sanoat pechlaridan gazlarni atmosferaga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi;
donadorlash (granulatsiya) — suyuq shlakni maydalab, suv yoki havo bilan tez sovutib donador shaklga keltirish jarayoni;
kiritish (prisadka) — zarur sifatga ega qotishmalar olish va kerakli metallurgiya jarayonlarini amalga oshirish uchun shixta, shuningdek suyuq metall va shlakka solinadigan qo‘shilma (modda)lar yoki shu jarayonni amalga oshirish;
kristallizator — eritilgan metallni jadal sur’atlarda qotirish uchun qo‘llaniladigan suv bilan sovitiluvchi qolip;
mulda — po‘lat eritish pechlariga shixta materiallarini yuklash uchun mo‘ljallangan tog‘orasimon quyma po‘lat idish;
ochib-yopuvchi klapan — pech regeneratorlarida havo yoki chiqayotgan gazlarning harakat yo‘nalishi o‘zgarishini ta’minlovchi klapan;
po‘lat tashigich — suyuq po‘latli kovshni pechdan quyish joyigacha tashish uchun xizmat qiladigan moslama;
skrap — po‘lat va cho‘yanni pechdan chiqarish, tashish va quyish chog‘ida hosil bo‘luvchi qora metallarning shlaklangan chiqindisi bo‘lib, metallurgiya pechlarida qaytadan eritish uchun ishlatiladi;
stakan — suyuq metallni chiqarish uchun po‘lat quyish kovshining tubiga o‘rnatiladigan quvursimon shakldagi o‘tga chidamli uskuna;
tuzatish (zapravka) — eritish pechiga o‘tga chidamli kukunsimon materiallarni kiritib, pech futerovkasining yoyilgan va shikastlangan joylarini tiklash jarayoni;
futerovka — issiqlik agregati, pech, kovsh, quvur va boshqalarning o‘tga chidamli materiallardan yasalgan ichki himoya qoplamasi;
chiqarish moslamasi (zatravka) — echib olinadigan kallakli metall shtanga, uni tanavorlarni uzluksiz quyish mashinasi (TUQM) kristallizatoriga kiritib, po‘latning birinchi porsiyalarini qotirish va qotgan tanavorni to‘xtovsiz tortib chiqarish uchun foydalaniladi;
shixta — po‘lat eritish agregatlarida qayta ishlanadigan xomashyolar aralashmasi, asosan qayta ishlanadigan temir-tersak, temir rudasi, cho‘yan, ohaktosh, flyus va ba’zi hollarda yoqilg‘ilardan iborat;
shlakovik — yonish mahsulotlari tarkibidagi changni cho‘ktirish va yig‘ish uchun xizmat qiladigan, marten pechining pastki qurilmasidagi kamera;
eritma — 1. Suyuq holda yakuniy mahsulot olish uchun eritish pechlarida materiallarga qayta ishlov berish jarayoni. 2. Eritish jarayoni natijasida olingan mahsulot;
erker — elektr yoyli po‘lat eritish pechidan suyuq metallni chiqarish uchun xizmat qiladigan va pechning tub qismida joylashgan qurilma;
yuklash (zavalka) — mulda, badya yoki savatlar yordamida eritish pechiga materiallar solish jarayoni;
qo‘shimcha yuklash (podvalka) — eritish pechiga belgilangan hajmgacha qo‘shimcha tarzda material solish jarayoni.
2. Po‘lat eritish korxonalarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni kengaytirish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish, tugatish, ushbu ishlab chiqarishlar uchun texnik qurilmalarni tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish mazkur Qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 1-maydagi 85-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari” (mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 28-maydagi 20-15-195/12-son xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan), shuningdek tegishli normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
3. Mavjud sexlarning bino-inshootlariga temir yo‘llarda harakatlanuvchi tarkibning yaqinlashish gabaritlarini belgilangan me’yoriy o‘lchamlargacha yetkazish imkoni bo‘lmasa, gabarit buzilganligi haqida ogohlantiruvchi (yorug‘lik, tovush) signalizatsiya moslamalari o‘rnatilishi kerak.
4. Po‘lat eritish ishlab chiqarish (sex)larida piyodalar harakati bilan temir yo‘llar kesishish joylari turli sathlarda (ko‘prikli o‘tish, tonnel va boshqalar) bo‘lishi lozim.
5. Po‘lat eritish sexlari hududlarida chuqurlik, zovur va o‘nqir-cho‘nqir yerlar bo‘lmasligi lozim. Ta’mirlash va qurilish ishlarini bajarish paytida qazilgan chuqurlik, zovurlar balandligi kamida 1,0 m bo‘lgan to‘siq bilan muhofazalanishi, ular sutkaning tungi vaqtida yoritib qo‘yilishi kerak.
Sexlar hududini temir-tersak, ishlab chiqarish chiqindilari va axlatlar bilan band qilib qo‘yish va ifloslantirish mumkin emas.
6. Po‘lat eritish ishlab chiqarishlarining bino va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga mos kelishi lozim.
7. Alanga, suyuqlantirilgan metall va shlak sachrashi yoki issiqlik nurlanishi ta’siri ostida bo‘ladigan po‘lat eritish sexlarining to‘sin va ustunlari issiqlikdan izolatsiya qilingan bo‘lishi kerak. Issiqlikdan izolatsiya qilish usuli loyihada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
8. Pechlar yaqinidagi ish maydonchalari, suyuq metallga pechdan tashqarida ishlov berish maydonchalari va quyish maydonchalarining pollari tekis bo‘lishi hamda eyilishga chidamli mustahkam materiallardan yasalib, sirpanmaydigan yuzaga ega bo‘lishi lozim.
9. Ish maydonchalaridagi temir yo‘l relslari orasidagi ochiq joyga rels kallagi sathigacha yuzasi sirpanmaydigan, eyilishga chidamli material yotqizilgan bo‘lishi kerak.
10. Po‘lat eritish sexlari binosidagi suv yig‘ilib qolishi mumkin bo‘lgan pol uchastkalari suvni oqizib yuborish uchun zarur qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
11. Pol ustida harakatlanuvchi yuklash mashinalari bo‘lgan marten sexidagi pech oralig‘i (prolyot)da joylashgan ish maydonchasining eni muldali tarkibning eng ko‘p chiqib turgan qismlari va pech armaturasi, shuningdek muldalar va yuklash mashinalari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishini ta’minlashi kerak.
12. Marten pechlarining ish maydonchasidan uning ostiga va quyish oralig‘iga tushish uchun kamida bitta supali (marshli) zinapoyalar qurilgan bo‘lishi lozim.
13. Elektr bilan po‘lat eritish pechining ish maydonchasidan shixta va quyish oraliqlariga o‘tish uchun kamida bittadan zinapoya o‘rnatilishi kerak.
14. Po‘lat quyish maydonchasining ostidagi quyish oralig‘i devorlarida chiqish joylari bo‘lmasligi lozim.
15. Pol yuzasidan 0,6 m dan yuqori balandlikda joylashgan maydonchalar, o‘tish ko‘prikchalari, zinalar, oraliqlar, tuynuklar, zovurlar, chuqurliklar va po‘latni uzluksiz quyish uskunalarining suv tindirigichlari (quyish maydonchalarining quyish tarafi bundan mustasno) pastida balandligi 0,14 m li yaxlit yon qoplamasi bo‘lgan, bo‘yi kamida 1,0 m li to‘sqichlar bilan muhofazalanishi lozim.
16. Maydonchalar to‘shamasidan shu maydonchalar tepasiga montaj qilingan konstruksiya, shuningdek, uskuna va quvurlargacha bo‘lgan masofa 2,0 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
17. Po‘lat eritish sexlari binosiga kirish joylari ish o‘rinlariga bexatar o‘tishni ta’minlashi lozim. Ishlab chiqarish binolaridagi ish o‘rinlari va o‘tish yo‘laklari toza tutilishi hamda uskuna, quyma, tanavor va ishlab chiqarish chiqindilari bilan band qilinmasligi kerak. Skrap, g‘isht siniqlari va chiqindilar belgilangan tartibda o‘z vaqtida chiqarib yuborilishi lozim.
18. Temir yo‘l tarkiblari va yuk avtomobillarining kirishi uchun xizmat qiladigan po‘lat eritish sexlari devorlaridagi oraliqlar darvozalar bilan yopilishi kerak. Ularning ochilishi va yopilishi mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
19. Po‘lat eritish sexlaridagi temir yo‘l tarkiblari va yuk avtomobillarining kirishi uchun xizmat qiladigan darvozalar transport vositalarini kirish va chiqishiga ruxsat berish yoki man etish uchun yorug‘lik signalizatsiyasi, shuningdek transport vositalari harakati haqida xabar berish uchun tovush signalizatsiyasi bilan ham jihozlangan bo‘lishi lozim.
Darvozani ochish va yopish mexanizmi kirish (chiqish) signalizatsiyasi bilan blokirovka qilingan bo‘lishi kerak.
20. Po‘lat eritish sexlari binolarining tomlari chang, muz va qordan o‘z vaqtida tozalanishi kerak. Tomlarni tozalash ishlari tashkilotning tegishli mehnat muhofazasi yo‘riqnomasi asosida bajarilishi lozim.
21. Bino ichidagi chang va chiqindilarni xavfsiz yig‘ishtirib-tozalash usullari tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida bayon etilgan bo‘lishi kerak. Yangi po‘lat eritish sexlarini loyihalash chog‘ida bino tomiga qor va chang o‘tirishini kamaytiruvchi yoki istisno qiluvchi texnik yechimlar qo‘llanilishi kerak.
22. Po‘lat eritish sexlarining tutun va tortuvchi ventilatsiyali quvurlarini ishlatish va ularga texnik qarov “Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 30-dekabr 6-15/11-10660/6-son xulosasi) ga muvofiq bo‘lishi lozim.
23. Po‘lat eritish sexlarining bino va inshootlari tegishli normativ-texnik hujjatlarga muvofiq yashindan himoyalash moslamalari bilan jihozlanishi kerak.
24. Po‘lat eritish sexining bino va inshootlaridan foydalanish va ularning texnik holati uchun mas’ul shaxslar bino va inshootlar ustidan muntazam kuzatishni amalga oshirishlari hamda tegishli foydalanish hujjatlarini yuritib borishlari lozim.
25. Po‘lat eritish sexlaridagi shixta hovlisi (oralig‘i)ning usti yopiq bo‘lishi kerak. Shixta hovlisi tomining holati bu yerda saqlanayotgan shixta materiallari ustiga suv (yomg‘ir) va qor tushishini istisno qilishi lozim.
26. Ochiq turdagi shixta hovlisiga ega bo‘lgan po‘lat eritish sexlarida marten pechiga shixta materiallari bilan birga suv va qor tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi kerak.
27. Shixta hovlisi binosida xodimlar uchun eni kamida 1 m li erkin o‘tish yo‘laklari bo‘lishi lozim.
28. Shixta hovlisidagi materiallar bunker, o‘ra, xampa (zakroma) va o‘zi to‘kadigan kurakli moslamalarda saqlanishi kerak.
29. Sochiluvchan materiallar tiqilib qolmasligi uchun osma bunkerlar urib tushiruvchi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
30. Xampa va o‘ralarning barcha tomonlari kamida 0,8 m balandlikda to‘silgan bo‘lishi kerak. Shixta materiallarini uzatish uchun dumpkarlar qo‘llanilsa, xampa va o‘ralarni temir yo‘l tomonidan to‘sish shart emas.
32. Foydalanilayotgan shixta hovlisida xampa va o‘ralar mavjud bo‘lmasa, magnitli materiallar maxsus tayyorlangan, temir yo‘llar o‘tgan tomoni to‘silgan maydonchalarga taxlanishi lozim. Osilmalar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Temir-tersak uyumining balandligi shunday bo‘lishi kerakki, uning ustidan yuk ko‘tarish mexanizmi organining yuqorigi holatigacha bo‘lgan masofa 2 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
33. Shixta hovlilariga temir-tersak ochiq vagonlarda, sochiluvchan materiallar esa o‘zi to‘kadigan vagonlarda olib kelinishi lozim. Vagonlarga ortiladigan metalli shixta vagon bortlaridan chiqib turmasligi kerak. Sochiluvchan materiallarni o‘zi to‘kmaydigan vagonlarda ham olib kelish mumkin. Sochiluvchan materiallarni tushirish paytidagi xavfsizlik talablari korxonada belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik yo‘riqnomada bayon etilgan bo‘lishi kerak.
35. Tushirishga qo‘yilgan vagonlar to‘xtash signallari bilan to‘silishi, eng chekkadagi vagonlarning g‘ildiraklari ostiga tormoz boshmoqlari qo‘yilishi kerak.
Tushirish ishlari tugagan zahoti shixta hovlisining temir yo‘llari tozalanishi kerak. Shixta hovlisidagi bunkerlar ustida vagonlarni tozalashga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Bunker estakadasidagi ish o‘rinlarining holati, bunkerlar sozligi va ularda begona buyumlar yo‘qligi, shuningdek yo‘llarning sozligi va tozaligi har smenada tekshirilishi kerak.
36. Polga qo‘yilgan konteyner, quti, mulda, o‘zi tushiradigan kurakli idishlar va taxlanayotgan materiallar orasidagi, shuningdek bu materiallardan shixta hovlisining ustunlarigacha bo‘lgan masofa kamida 0,7 m ni tashkil etishi kerak.
37. Vagonlardan shixta materiallarini tushirish ishlari mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak. O‘zi tushiradigan vagonlarning eshik va tuynuklari maxsus moslamalar yordamida ochilishi lozim.
Maxsus moslamalar bo‘lmagan hollarda o‘zi tushiradigan vagonlarning eshik va tuynuklarini ushbu operatsiyani xavfsiz bajarish uchun ishlab chiqilgan texnologik yo‘riqnomadagi chora-tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng ochish lozim.
Shixta materiallarini vagonlardan tushirish va ularni kurakli idishlar, mulda, quti va hokazolarga yuklash bo‘yicha barcha ishlar Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-y., 13-iyun, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) asosida amalga oshiriladi.
38. Shixta hovlisida mulda, badya, quti va boshqa idishlarga ortiladigan metall shixta tayyor holda, gabarit o‘lchamli qilib berilishi kerak. Shixta hovlilarda materiallarni parchalash, bo‘laklash mumkin emas.
39. Po‘lat eritish sexlariga kelayotgan barcha temir-tersaklar radiatsiya va portlash xavfsizligi bo‘yicha pirotexnika nazoratidan o‘tishi hamda ularda tez alangalanuvchi moddalar mavjud emasligi tekshirilishi lozim.
40. Temir-tersaklar bevosita mulda, badya va boshqa idishlarga ortilishidan avval GOST 2787-75 talablariga asosan portlash xavfsizligiga tekshirilishi kerak. Tekshirish natijalari tekshiruvchi pirotexnik-xodim tomonidan metall shixtani hisobga olish jurnaliga imzo qo‘yib qayd etilishi lozim.
41. Greyfer yoki magnit kranlar bilan shixta materiallarini mulda, kurakli idish, quti, badya va boshqa idishlarga yuklash hududlarida ishchi-xodimlar bo‘lmasligi kerak.
Materiallarni yuklash chog‘ida greyfer yoki magnitni biror tomonga yo‘naltirish uchun uzunligi kamida 3 m bo‘lgan ilmoq, langarcho‘pdan foydalanish mumkin. Mulda, quti va hokazolarga yuklangan temir-tersakni qo‘l bilan to‘g‘rilash faqat kran ish joyidan uzoqlashgandan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
42. Ichi bo‘sh buyum (ballon, quti va boshqa)larni mulda, kurakli idish, quti, badya, konteynerlarga yuklashdan avval ularni qismlarga bo‘lib kesish lozim.
43. Metall shixtani mulda, kurakli idish, quti, badyalarga yuklab bo‘lgandan keyin temir-tersaklarning uchlari idishlardan chiqib yoki osilib turmasligi kerak, muldalarning qulflarini esa tozalash va tekshirib chiqish kerak.
Mulda, quti va boshqa idishlardagi temir-tersak temir yo‘l tarkibi harakatlanayotgan paytda to‘g‘rilanmasligi lozim.
44. Suv oqib ketishi uchun mulda, kurakli idish, badyalarning tubida teshiklar qilingan bo‘lishi lozim. Bu teshiklar idish tubining butun yuzasi bo‘ylab bir me’yorda joylashgan bo‘lishi va muntazam ravishda iflosliklardan tozalanib turilishi lozim.
45. Marten va elektr bilan po‘lat eritish sexlarining shixta hovlilariga muldalarni qo‘yish uchun mustahkam va barqaror stellajlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Ilmoqli zanjirlar qo‘llaniladigan kranlarda muldalarni tashish chog‘ida stellajlarning eni muldalarning uzunligidan kam bo‘lmasligi kerak. Agar muldalarni siljitish mexanizatsiyalashtirilgan tutqich bilan jihozlangan kranlar yordamida amalga oshirilsa, stellajlarning eni ramalar bilan muldalarni ushlash shart-sharoitlariga qarab belgilanadi.
46. Sexga olib kelinayotgan sochiluvchan shixta materiallarining tarkibiy qismi, shu jumladan, namlik darajasi davlat standartlari, belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik shartlar yoki texnologik yo‘riqnomalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
47. Yopiq binolardagi changlanuvchi materiallar qayta yuklanadigan joylar aspiratsiya uskunalariga ulangan zich g‘iloflar bilan yopilgan bo‘lishi kerak.
48. Tasmali konveyerlar tasma tezligi nominal tezlikning 75 foizgacha pasayganda (shataksirash yuz berganda) konveyer yuritmasini o‘chirilishini ta’minlovchi himoya vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
49. Po‘lat eritish sexlarida konveyerlar ostidan chiqindi-axlatlarni tozalash jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak. To‘kilgan narsalarni qo‘lda tozalash faqat konveyer o‘chirilgan vaqtda va kalit-birka tizimi talablariga rioya etib bajarilishi lozim.
50. Konveyerni ishga tushirishdan avval konveyerning butun uzunligi bo‘yicha eshitiladigan ogohlantiruvchi tovush signali avtomatik ravishda berilishi lozim.
51. Yuk tushiradigan ko‘chma arava va reversiv ko‘chma konveyerlarning tok o‘tkazuvchi kabellari mexanik shikastlanishlardan muhofazalangan bo‘lishi kerak.
52. Aspiratsiya tizimlarining chang yig‘uvchi bunkerlaridagi changni maxsus uskunalangan mashinaga chiqarib yuborish lozim.
53. Konveyerlar ustidan o‘tish uchun GOST 12.2.022 ga asosan muqim ko‘prikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish binolarida ko‘prikchalar konveyer uzunligining har 30 m dan kam bo‘lmagan, galereyalarda esa 100 m dan kam bo‘lmagan masofasida o‘rnatilishi lozim.
54. Vagonlardan elektrodlarni tushirish va ularni tashish mexanizatsiyalashgan usulda amalga oshirilishi kerak.
55. Elektrod siniqlarini maydalash jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak. Elektrodlarga tokarlik dastgohlarida ishlov berilsa, chang so‘ruvchi aspiratsiya tizimi o‘rnatilishi kerak.
Elektrodlarga tokarlik dastgohlarida ishlov berilsa, chang so‘ruvchi aspiratsiya tizimi o‘rnatilishi kerak.
57. Maydalash va yanchish agregatlariga material yuklash jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak. Ishga tushirish qurilmasi o‘rnatilgan joydan maydalash va yanchish agregatlari ularni ishga tushirayotgan xodimga aniq ko‘rinib turishi lozim.
58. Maydalash va yanchish agregatlari chang so‘ruvchi aspiratsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
59. Shixta hovlilarida yilning sovuq mavsumida xodimlarni isinishi uchun isitiladigan xonalar bo‘lishi kerak.
60. Shixta materiallari, qo‘shimcha moddalar, oksidsizlantiruvchi moddalar, shuningdek tiklovchi materiallarni pechlarga yetkazib berish jarayoni mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi va GOST 12.3.009 hamda GOST 12.3.020 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
61. Muldalarni tashish uchun mo‘ljallangan aravachalar muldali tarkiblarni ulash va uzish paytida aravachalar orasiga xodimlar kirmasligini ta’minlaydigan avtomatik yoki yarim-avtomatik ulash qurilmalari, shuningdek silkinish va tebranish paytida muldalarni bo‘ylama yo‘nalishda siljishiga to‘sqinlik qiluvchi tirgak va bo‘rtmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
62. Pech oralig‘ining balkoniga muldalarni joylashtirish uchun mazkur Qoidalarning 45-bandiga muvofiq stellajlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
63. Marten sexlarida qo‘shimcha yoki oksidsizlantiruvchi moddalar solingan muldalarni o‘rnatish uchun pechning yon tomoniga stellajlar o‘rnatish mumkin. Stellajlarning yon taraflariga tirgaklar qo‘yilishi kerak. Stellajlar va pech kallaklari orasidagi erkin o‘tish yo‘laklarining eni kamida 0,7 m bo‘lishi talab etiladi.
64. Pech oralig‘iga shixta materiallarini uzatish uchun qo‘llaniladigan chig‘ir qurilmalarini ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish “Asbob va moslamalar bilan ishlash paytida xavfsizlik qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2007-yil 10-dekabr 20-15-306/11-son xulosasi), amaldagi “Yuk ko‘tarish kranlarini tuzilishi va bexatar ishlatish qoidalari” va tashkilotning uskunalardan texnik foydalanish yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Chig‘irlar foydalanishga topshirilishdan oldin, rekonstruksiya, mukammal ta’mirlashdan so‘ng va davriy ravishda, har 12 oyda kamida bir marta texnik shahodatlashdan o‘tkazilishi lozim.
65. Polda yuradigan yuklash mashinalari bo‘lgan sexlarda sochiluvchan materiallar pechning ish maydonchasiga maxsus bunkerlarda keltirilishi kerak.
Tayyorlangan ferroqotishmalar quyish oralig‘iga o‘rnatilgan maxsus bunkerlarda saqlanishi lozim. Bunda ferroqotishmalarni pechga solish uchun ham muldalarga, ham bevosita kovshga (pechning orqa tarafiga) uzatish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak.
Bu holda ferroqotishmalar maxsus aravachalarga o‘rnatilgan muldalarga solinishi, ish jarayonida muldalar pechlarga kran bilan tashilishi lozim.
Ferroqotishmalarni bunkerlarga solish va ularni pechlarga uzatish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
67. Mulda aravachalarini ta’mirlash uchun mustahkam to‘sinlar va to‘xtash signallari bilan jihozlangan maxsus berk yo‘llar qurilgan bo‘lishi kerak.
Shixta yetkazib berish yo‘llarida aravachalarni ta’mirlash uchun ish joylarini to‘xtash signallari bilan to‘sish, eng chekka aravachalarning g‘ildiraklari ostiga boshmoqlar o‘rnatish va kuzatuvchi-signalchi qo‘yish lozim.
69. Elektr bilan po‘lat eritish pechlarining ish maydonchalariga materiallar yetkazib berish chog‘ida ushbu Qoidalarning 60, 65 va 66-bandlaridagi talablarga rioya qilish lozim.
70. Uzatish aravachasining eng ko‘p chiqqan qismlari bilan bino konstruksiyalari, uskuna hamda sexda taxlanadigan materiallar orasida aravachaning har ikki tomonidan kamida 0,7 m ortiq masofa ta’minlangan bo‘lishi kerak.
71. Yuklash badyalarini tashuvchi aravachani harakatlantirish mexanizmining o‘z-o‘zidan ishlab ketishi istisno etilgan bo‘lishi kerak.
74. Xodimlarning yuklash badyasini tepasiga chiqishi va uni ichiga tushishi uchun yengil ko‘chma metall narvonlar qo‘llanilishi, narvonlarni badya bortiga mahkamlash uchun ularda ilgaklar bo‘lishi kerak.
75. Elektr pech ish maydonchasining balkoniga materiallarni kran elektrmagniti yordamida yetkazib berilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
76. Po‘lat eritish pechlariga materiallar yuklash, shuningdek qo‘shimcha materiallar kiritish (prisadka) jarayonlari mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
78. Yuklash mashinasining harakatlantirish, tebratish va aylantirish mexanizmlari elektr tormozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
79. Yuklash mashinasi harakat boshlanganda avtomatik tarzda yoqiladigan, ishonchli ishlaydigan tovush signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
80. Kran tipidagi yuklash mashinasining aravachasi ikkita oxirgi ulab-uzgichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi yoki yuklash mashinasining kabinasi bino ustunlariga 0,5 m dan kamroq masofaga yaqinlashishini istisno qiladigan boshqa qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
81. Yuklash mashinasining kabinasi mustahkam, issiqlikdan izolatsiyalangan bo‘lishi va mashinistni metall hamda shlaklar sachrashidan muhofaza qilishi lozim.
82. Polda yuradigan va kran tipidagi yuklash mashinasi mashinistining ish o‘rni suyanchiqli qulay o‘rindiq bilan jihozlangan bo‘lishi va ish hududining yaxshi ko‘rinishini ta’minlashi kerak.
O‘rindiqlar konstruksiyasi titrashga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Kabinaga kirish uchun tutqichli zinapoya o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
83. Yuklash mashinalarining yaqinlashish gabaritlarini biror-bir qurilma yoki materiallar bilan band qilib qo‘yish mumkin emas.
84. Polda yuradigan turdagi yuklash mashinasi aravachasining elektrdvigatellarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan trolleylar mashina ramasining ichiga, yetishib bo‘lmaydigan joyga o‘rnatilgan bo‘lishi zarur, agar ular mashina ramasining yetishish mumkin bo‘lgan joyiga o‘rnatilgan bo‘lsa, trolleylar mashinaning tashqi tarafidan to‘r bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
85. Trolleylarda yoki ularga xavfli yaqinlikda ta’mirlash ishlari bajarilayotgan paytda trolleylardagi kuchlanish o‘chirilishi, o‘chirib qo‘yuvchi qurilmalar esa qulflab qo‘yilishi lozim.
86. Polda yuradigan yuklash mashinasining tok qabul qilgichlarini ta’mirlash paytida, agar mashina konsoli va yuklash krani kabinalari orasidagi masofa 1,8 m dan kam bo‘lsa, ta’mirlash ishlari bajarilayotgan uchastka ustidan kranlar harakatlanmasligi uchun chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak.
Yurish maydonchasining tok qabul qilgichlarini ushlab turuvchi konsollar mavjud bo‘lmasa, ta’mirlash ishlari panjara bilan to‘silgan havoza yoki osma maydonchalarda turib amalga oshirilishi lozim.
87. Shixta yuklash jarayoni paytida yuklash mashinasining harakatlanish yo‘lida biror-bir ishlarni bajarish mumkin emas.
88. Yuklash jarayoni tugagandan so‘ng va sexdan temir yo‘l tarkibi chiqib ketishidan avval muldalarning aravachalarga to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshirilishi lozim.
Noto‘g‘ri qo‘yilgan yoki gabarit o‘lchamlari buzilib o‘rnatilgan muldali tarkibning sexdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Pech oldidagi ish maydonchasida tiklovchi materiallarni faqat bir yoki ikki eritmaga yetadigan miqdorda saqlash lozim.
90. Yuklanayotgan shixtaning miqdori shixta eritilgandan so‘ng vannadagi metall sathi pechning asosiy ostonalaridan baland bo‘lmasligini ta’minlashi lozim.
91. Mazkur Qoidalarning 76-(birinchi bandi), 77 — 83-bandlari talablari elektr yoyli pechlarga materiallar yuklash jarayonlariga ham taalluqlidir.
92. Elektr bilan po‘lat eritish sexlarida pechlarga materiallar yuklash uchun faqat o‘zi to‘kadigan turdagi badyalar qo‘llanilishi kerak.
93. Elektrpechlarga yuklanayotgan ruda, ferroqotishma va boshqa materiallar oldindan quritilgan yoki qizdirilgan bo‘lishi lozim. Eritilgan vannaga nam materiallarni solish man etiladi.
94. Ruda va boshqa materiallarni quritish va qizdirish pechlarining joylashtirilishi xodimlarni ikki tomonlama nurlanish ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
95. Materiallar yuklash va qo‘shimcha shixta yuklash chog‘ida pechdagi barcha ishlar to‘xtatilishi, xodimlar esa pech gumbazi qayta yopilguncha xavfsiz joyga chiqarib yuborilishi lozim.
96. Yuklash badyasi ish maydonchasiga ko‘tarilayotgan va pechga shixta yuklanayotgan paytda tovushli ogohlantirish signali berilishi kerak.
97. Pechdagi surilma maydonchaning yuritmasi yoki gumbazni ko‘tarish va yon tarafga burish yuritmasini ishga tushirishdan avval po‘lat erituvchi barcha xodimlar pech atrofidan xavfsiz masofaga uzoqlashganiga ishonch hosil qilishi lozim.
Ish maydonchasi ostida ishlayotgan xodimlarni pech gumbazini yon tarafga burish mexanizmi yurgizilganligi to‘g‘risida ogohlantirish uchun signal berish qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
98. Pech tubi shikastlanishi va shixta materiallarining bo‘laklari otilib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun badyani ochib-yopish mexanizmini faqat badya pastki holatga tushirilgandan so‘ng ochish lozim; bu paytda yuklash darchasi yopiq bo‘lishi kerak.
99. Qo‘shimcha shixta to‘liq erimagan shixta ustiga yuklanishi, bu paytda pechning yuklash darchasi yopiq bo‘lishi lozim.
Qo‘shimcha shixta yuklash paytida ko‘prikli kran mashinisti kabinaning kuzatish darchasini kataklari 0,5x0,5 mm li metall to‘r bilan to‘sishi, xodimlar esa pechdan xavfsiz masofaga uzoqlashtirilishi kerak.
Shixta qo‘shish paytida pechdan ish maydonchasiga sachrab tushgan metall va shlaklar yuklash jarayoni tugagandan keyin darhol olib tashlanishi kerak.
100. Pech atrofidagi ish maydonchasida eritish jarayonida ishlatiladigan materiallarning ikki-uch smenalik zaxirasini maxsus xampalarda saqlash lozim.
101. Ish maydonchalari balkonidagi stellajlarga muldalarni uzatish ilgakli zanjirlar yordamida amalga oshiriladigan sexlarda bir vaqtning o‘zida kran bilan muldalarni stellajlarga o‘rnatish va ularni yuklash mashinasi vositasida olish mumkin emas.
104. Yuqori haroratli yoki issiqlik nurlanishi kuchli hududda o‘tkazilgan kislorod o‘tkazuvchi quvurlar issiqlikdan izolatsiya qilingan bo‘lishi lozim.
105. Kislorod o‘tkazuvchi quvurlar va kislorod qurilmalari ularga yog‘ tushishidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
106. Kislorod quvuri va kislorod qurilmalarida muzlab qolgan suv kondensati bug‘ yoki qaynoq suv yordamida eritilishi kerak.
107. Armaturadagi nozichliklardan yoki boshqa sabablar bilan kislorod sizib chiqayotgan bo‘lsa, kislorod uzatilishi nosozlik bartaraf etilguncha to‘xtatilishi lozim.
108. Kislorod o‘tkazgich (eng)lar va armaturalarning zichligini har oyda kamida bir marta sovun eritmasi bilan tekshirib chiqish va tekshirish natijalarini quvur o‘tkazgichlardan foydalanish jurnaliga yozib qo‘yish kerak.
109. Kislorod quvurlari po‘lat eritish sexlari binolariga kirishda va ulardan chiqishda sex elektr uskunalarini yerga ulash konturiga ulangan bo‘lishi lozim.
Gardishli (flanetsli) birikmalar bo‘lgan joylarga doimiy tok o‘tkazuvchi tutashtirgichlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
111. Ta’mirlanishi lozim bo‘lgan kislorod quvuri foydalanilayotgan kislorod quvurlaridan uzib qo‘yilishi va undagi kislorod 20 foizdan (hajmiy) oshmaydigan miqdorga pasayguncha havo, azot yoki bug‘ bilan puflanishi, bu ikki karra tahlil orqali nazorat qilinishi lozim.
112. Kislorod quvurlaridagi olovli ishlar ushbu Qoidalarning 603 — 605-bandi talablariga asosan naryad-ruxsatnoma bo‘yicha va mutaxassislarning uzluksiz kuzatuvi ostida bajarilishi kerak.
113. Kislorod qurilmalari (kislorod rostlovchi punkt va hokazolar) joylashgan xonalarda chekish va olovdan foydalanish mumkin emas.
114. Kislorod o‘tkazgichlar va kislorod qurilmalarini ta’mirlash bo‘yicha barcha ishlar kamida ikki xodim tomonidan bajarilishi kerak.
Kislorod xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun mo‘ljallangan xonalar tegishli normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq jihozlangan bo‘lishi lozim.
115. Kislorod quvurlari va kislorod qurilmalariga xizmat ko‘rsatish paytida qo‘llaniladigan asbob-anjomlar mis bilan qoplangan va to‘liq yog‘sizlantirilgan bo‘lishi kerak.
116. Kislorod quvurlari va kislorod qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimning qo‘llari, maxsus kiyimi, maxsus poyabzali, qo‘lqopi moy bilan ifloslanmagan bo‘lishi kerak. Ish tugagandan so‘ng chekish va ochiq olovga yaqinlashishga faqat ish kiyimi kamida 30 daqiqa davomida shamollatilganidan keyin ruxsat etiladi. Kislorod quvurlarining gardish yoki jo‘mrak (ventil)lariga kiyim-boshni ilish mumkin emas.
117. Kislorod quvuri yona boshlasa yoki u joylashgan hududda yong‘in sodir bo‘lsa, zudlik bilan kislorod quvurini uzib qo‘yish lozim.
118. Kislorod quvurlarini ulash yoki uzish paytida ulardagi kislorod bosimini asta-sekin va ravonlik bilan o‘zgartirish kerak.
119. Po‘lat eritish pechlariga kislorod keltiradigan quvurlar ularga (suyuq) metall va shlak sachrab tegmaydigan joylarga o‘rnatilishi kerak.
120. Po‘lat eritish pechlariga kislorod uzatuvchi furmalar mis uchlik bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
121. Po‘lat eritish pechlari vannalariga kislorod uzatish uchun qo‘llaniladigan furmalarning suv bilan sovitish elementlari tayyorlangandan yoki ta’mirlash o‘tkazilgandan so‘ng 1,5 R bosim ostida germetiklik va mustahkamlikka gidravlik sinovdan o‘tkazilishi lozim, bu yerda R — furmadan oldingi magistralda bo‘lgan suvning ish bosimi kattaligi. Gidravlik sinov natijalari furma pasportiga kiritilishi kerak.
122. Po‘lat eritish pechlariga kislorod uzatish uchun ishlatiladigan yeng (shlang)lar kislorod parametrlariga hamda kislorod muhitida ishlaydigan uskunalarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Englar darz va yoriqlarga ega bo‘lmasligi lozim. Kislorod uzatish uchun qo‘llaniladigan metallquvurchalar quruq bo‘lishi va ularda moy qoldiqlari bo‘lmasligi lozim.
123. Eng (shlang)lar shtutserlarga, shuningdek, quvurchalar yenglarga ularning chiqib ketishiga hamda kislorod sizib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus qisqich (rezbali birikma)lar bilan mahkamlanishi kerak.
124. Furmalar o‘rnatilishidan avval, shuningdek yenglar qo‘llanilishidan oldin yog‘sizlantirilishi kerak.
125. Boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun kislorod qo‘llanilgan paytda mazkur Qoidalarning 102 — 118, 122 (ikkinchi bosh bandi) — 124-bandlari talablariga rioya qilish lozim.
126. Korxonada kislorod stansiyalari mavjud bo‘lmasa, gazsimon kislorodli ballonlardan foydalanish mumkin.
Markazlashtirilgan usulda kislorod uzatish uchun taqsimlovchi qurilma (rampa) o‘rnatilgan bo‘lishi va bu yerdan kislorod iste’mol qilish joylariga jo‘natilishi kerak.
127. Kislorod rampasi nol sathida, alohida olovbardosh binoda joylashgan bo‘lishi lozim. Kislorod rampasining binosi shamollatish, isitish va yoritish uskunalari bilan jihozlanishi kerak. Rampa binosi ichida chekish va ochiq olovdan foydalanish man etiladi.
128. Rampa binosidagi kislorod ballonlari ularning yiqilib ketishini istisno qiluvchi maxsus ustunlarga o‘rnatilishi lozim.
Rampa reduktori bino devori tashqarisida, umumiy ventil esa rampa binosi ichida o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
130. Kislorod ballonlarini saqlash, tashish va ishlatish paytida ularni moy bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
132. Ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotgan vaqtda kislorod shlanglarini ulash uchun mo‘ljallangan qurilmalar qulay va bexatar joylarga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
133. Pechning yuqori qismini tekshirish va ta’mirlash, shuningdek undan changlarni tozalash uchun pech gumbazi va kallagi ustida joylashgan konstruksiyalarga muqim maydonchalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
134. Marten pechining orqa maydonchasini eni kamida 2 m bo‘lishi va to‘sqichlar bilan muhofazalash kerak. Pech uchastkasidagi to‘sqichlar butun himoya balandligida temir listdan bo‘lishi lozim. Bunda suyuq po‘lat chiqarish tarnovi oldidagi to‘sqichlar olinadigan yoki suriladigan qilib yasalishi kerak.
Po‘lat chiqarish teshigi va boshqa elementlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan maydonchalarning muqim va olinadigan to‘sqichlari mavjud bo‘lmasa yoki nosoz holatda bo‘lsa, pechni ishlatmaslik lozim.
135. Ko‘chma po‘lat chiqarish tarnovi bo‘lgan pechlarda tarnovlar olib qo‘yilgandan so‘ng ish maydonchasida ochilib qoladigan joylarni yopib qo‘yish lozim.
Pechning orqa maydonchasida joylashgan chiqarish tarnovi oldidagi ish joylariga tashqi havoni tortuvchi (“havo dushi”) uskunalar o‘rnatilishi lozim.
137. Vannalariga kislorod puflanuvchi marten pechlari ularning ichidagi gazlarni to‘liq chiqarib yuboradigan qurilmalar bilan jihozlanishi, keyinchalik bu gazlar zararli aralashmalardan sanitariya me’yorlarida belgilangan konsentratsiyalargacha tozalanishi kerak.
Gaz tozalash qurilmalarining elektrfiltrlari tegishli normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
139. Qopqoqlar konstruksiyasi ularning yuklash darchasi ramalariga jips o‘tirishini ta’minlashi lozim.
140. Ko‘tarish mexanizmining zanjiri uzilgan paytda qopqoqlar tushib ketishining oldini olish uchun maxsus moslamalar qo‘llanishi kerak.
Qopqoqlar suv yordamida sovitilsa, ularning konstruksiyasida bug‘ning erkin chiqib ketish imkoniyati ko‘zda tutilishi kerak.
142. Yuklash darchalarining kuygan qopqoq yoki ramalarini, shuningdek futerovkasi eyilib ketgan qopqoqlarni ham almashtirish kerak. Ularni almashtirish tashkilotning texnik qurilmalardan foydalanish yo‘riqnomasiga binoan pechga gaz va havo kamaytirilib amalga oshirilishi lozim.
143. Yuklash darchalaridagi qopqoqlarning sovitish qurilmalari va ko‘tarish mexanizmlarini ta’mirlash ishlari birka tizimi talablariga muvofiq bajarilishi lozim. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval qopqoqlarning ko‘tarish mexanizmlarini ishga tushirish qurilmalari elektr tokidan uzilishi va ularga “Ishga tushirilmasin, odamlar ishlayapti!” degan lavhalar osilishi kerak.
144. Shixta eritilayotgan paytda qopqoq, ramalarni almashtirish, shuningdek pechning yuqori qismida yuklash darchasi yaqinida xodimlarning bo‘lishi bilan bog‘liq boshqa ishlarni bajarish ham mumkin emas. Qopqoq futerovkasini ta’mirlash uchun yuk ko‘tarish mexanizmlari xizmat ko‘rsatadigan maxsus joylar ajratilishi lozim.
Kallaklar atrofidagi hududni biror-bir material yoki begona buyumlar bilan band qilib qo‘yish mumkin emas.
146. Regenerator va shlakovik devorlarining chuqurlashgan qismiga (ariqcha (leshad)dan sex poli sathigacha) gil tuproq bilan qum aralashmasi sepilishi, so‘ngra shibbalanishi lozim. Bu maqsadda qurilish chiqindilarini ishlatmaslik lozim. Regenerator va shlakoviklarning gumbazlari germetik hamda issiqlikdan izolatsiyalangan bo‘lishi kerak.
Gumbaz usti hamda regenerator va shlakovik devorlari atrof-muhitida uglerod oksidi mavjudligiga havo namunasi tashkilotning texnologik yo‘riqnomasiga muvofiq olinishi kerak.
148. Reteneratorlarning yon devorlarida regenerator nasadkalarini puflash yoki yuvish uchun teshiklar bo‘lishi kerak. Bu ishlar bajarilgandan so‘ng teshiklar maxsus tiqinlar bilan berkitilishi lozim.
149. Ishlab turgan pech regeneratorlarini yuvish yoki puflash faqat regeneratorlar tutunda ishlayotgan paytda bajarilishi kerak.
150. Shlakoviklarning ariqchasi (leshadi) quyish oralig‘idagi sex poli sathidan pastroq joylashgan bo‘lsa, shlakoviklarning yon tomonlariga maxsus o‘ralar qilinib, panjaralar bilan to‘silishi yoki usti olinadigan plitalar bilan yopilishi kerak.
152. Regenerator borovlari chuqurlashtirilgan, zichlashtirilgan bo‘lishi va ularga yer osti suvlari o‘tmasligi uchun himoyalangan bo‘lishi lozim. Drenaj qurilmalari mavjud bo‘lsa, suvni tortish avtomatik ravishda amalga oshirilishi kerak.
153. Gaz borovlariga kirish uchun ularning gumbazlarida o‘lchami 0,8x0,8 m dan kam bo‘lmagan tuynuklar qilinishi kerak.
Tuynuklar yo‘naltiruvchi shtirlar bilan ta’minlangan va qatronda qaynatilgan asbest qistirmalarga joylashtirilgan qo‘sh qopqoqlar yordamida yopilishi lozim. Qopqoqlar orasidagi bo‘shliq qum bilan to‘ldirilishi kerak.
Ishchilarning borovga tushishi uchun ko‘chma narvonlar qo‘llanishi kerak. Tuynuk va borovlarning devorlariga tutqichlar o‘rnatilmasligi lozim.
154. Pechlarning suv bilan sovitiladigan elementlarini o‘rnatishdan oldin ularni 1,5 R kattalikda gidravlik sinovdan o‘tkazish lozim, bunda R — sovituvchi suvning ish bosimi.
155. Suv bilan sovitiladigan elementlarining ulanmasi alohida elementlarni sovitish tizimidan uzib qo‘yish imkonini berishi kerak.
157. Sovuq suv sovitiladigan elementlarning pastki qismiga uzatilishi, qizigan suv esa yuqori qismidan olib ketilishi lozim.
158. Pechning suv bilan sovitiladigan elementlari va sovitish tizimi magistrallariga o‘rnatilgan yopib-ochadigan armatura xizmat ko‘rsatish uchun qulay va bexatar joylarga o‘rnatilishi hamda chambaraklar bilan ta’minlanishi kerak.
159. Sovitish suvi eritilgan metall va shlak tegmaydigan joylarga o‘rnatilgan suv to‘plash rezervuarlariga olib ketilishi lozim.
160. Yuklash darchalari qopqoqlaridan suvni olib ketish uchun mo‘ljallangan uskunalar konstruksiyasi pechning asosiy gumbaziga suv tushishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
161. Suv bilan sovitiladigan elementlardan qaytayotgan suvning harorati vaqtinchalik qattiqlik cho‘kindilari tushish haroratidan past bo‘lishi va tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
162. Sovitish tizimining ishlashini nazorat qilish uchun uning yaqinida suv to‘plagich o‘rnatilgan bo‘lishi, unga suv bilan sovitish tizimining barcha elementlaridan suv qaytadigan quvurchalar keltirilgan bo‘lishi kerak. Suv to‘plagichdan tushayotgan suv oqimi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga ko‘rinib turishi lozim.
163. Pechni sovitish uchun berilayotgan suv to‘xtagan hollarda suv berish quvurlarining jo‘mraklari yopilishi va pechga yoqilg‘i uzatilishi to‘xtalishi kerak. Suv qaytadan berilganda shiddat bilan bug‘ paydo bo‘lmasligi va sovitish tizimi buzilmasligi uchun suv uzatilishini bir maromda oz-ozdan ko‘paytirib borish kerak.
164. Bug‘latib sovitish tizimining sovitiladigan elementlarini o‘rnatishdan avval gidravlik sinovdan o‘tkazish lozim.
165. Bug‘latib sovitish tizimining baraban-separatorlari olovga bardoshli materiallardan yasalgan maxsus galereyalarda yoki marten sexi binosidan tashqariga o‘rnatilishi lozim.
166. Galereya qurmasdan sex binosining stropila osti fermalariga baraban-separatorlarni o‘rnatish mumkin emas.
167. Baraban-separatorlar o‘rnatilgan galereyalar qarama-qarshi taraflarda joylashgan kamida ikkita kirish (chiqish)larga ega bo‘lishi kerak. Kirish (chiqish) eshiklari tashqi tomonga ochilishi va ichki bekitgichlarga ega bo‘lmasligi kerak. Galereyaga kirish uchun supali qiya zinapoyalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Galereyalar havo yetkazib berilishini kafolatlaydigan kiritish-tortish shamollatgichi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
168. Baraban-separatorlar kran osti to‘sinlari oralig‘iga alohida hollarda, quyidagi talablarga rioya etib, o‘rnatilishi lozim:
a) baraban-separatorlar atrofiga eni kamida 0,5 m li yurish maydonchasi qurilgan bo‘lishi zarur. Maydoncha polidan kran osti to‘sinining yuqori tokchasigacha bo‘lgan masofa 2 m dan kam bo‘lmasligi lozim;
g) kran osti to‘sinlari bo‘ylab yurish maydonchalari qurilgan bo‘lishi kerak. Maydonchadan kranning chiqib turgan ostki qismlarigacha bo‘lgan masofa vertikal yo‘nalishda kamida 2 m va gorizontal yo‘nalishda kamida 0,5 m bo‘lishi lozim.
169. Pech ustida joylashgan yurish maydonchasi balandligi kamida 1,8 m li temir listdan yasalgan yaxlit devor bilan to‘silishi kerak. Maydonchaning pol va devorlari qizishdan va issiqlik nurlanishdan ekranlar bilan muhofazalangan bo‘lishi kerak.
170. Bug‘latib sovutish tizimining yopib-ochadigan armaturasi xizmat ko‘rsatish uchun qulay va xavfsiz joylarga o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
171. Pechga xizmat ko‘rsatish hududida joylashgan bug‘latib sovutish tizimining quvur va armaturalari issiqlikdan muhofazalangan bo‘lishi kerak.
172. Baraban-separatorlarning saqlash klapanlaridagi svechalar xodimlarning bug‘ bilan kuyib qolishini istisno qiluvchi joylarga chiqarilgan bo‘lishi lozim.
173. Bug‘latib sovutish tizimidan bug‘ni tashqariga chiqarib yuborish uchun tizimda shovqin so‘ndirgich o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
174. Bug‘latib sovutish tizimining baraban-separatorlaridagi suv sathi avtomatik tarzda saqlab turilishi kerak.
175. Agar baraban-separatordagi suv sathi me’yoridan 150 mm yuqoriga yoki pastga qarab o‘zgarsa, marten pechining boshqarish postiga tovush va yorug‘lik signallari berilishi lozim.
Chegara sathlar signalizatsiyasining ishga yaroqliligi smena davomida kamida bir marta uni (pastki va yuqori chegara sathlarda) ishga tushirib tekshirilishi va smena jurnalida qayd etilishi kerak.
176. Pechlarni bug‘latib sovutish tizimini boshqarish postlari havoni mo‘tadillash uskunasi yoki kiritish-tortish shamollatgichi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Shamollatish uskunalari bir soat mobaynida havoning kamida bir yarim marta almashishini ta’minlashi kerak.
177. Bug‘latib sovutiladigan pechlar texnik suv bilan sovutishga almashtirib ulaydigan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
178. Bug‘latib sovutish tizimini ishga tushirish, to‘xtatish, almashtirib ulash va ishlashini kuzatish ushbu tizimning loyiha hujjatlarida ko‘zda tutilgan talablarni hisobga olib korxonada ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan foydalanish yo‘riqnomasiga asosan amalga oshirilishi kerak.
179. Pechning bug‘latib sovutish tizimini ishga tushirish, shuningdek pechni bug‘latib sovutishdan suvli sovutishga va aksincha, suvdan bug‘latishga o‘tkazish paytida barcha xavfsizlik choralari ko‘rilishi lozim.
180. Pechlarni sovutish tizimining holatini har smenada tekshirib borish kerak. Tekshirish natijalari smena jurnalida qayd etilishi lozim. Ushbu jurnalga o‘tkazilgan ta’mirlash ishlari, nosozliklar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham kiritilishi kerak.
181. Baraban-separatorlar galereyasida yoki navbatchi xodimlar xonasi va pechni boshqarish postida bug‘latib sovutish tizimining sxemasi hamda avariya vaziyatlari uchun foydalanish yo‘riqnomasidan ko‘chirma osig‘liq bo‘lishi lozim.
182. Bug‘latib sovutish tizimidan sizib chiqishlar paydo bo‘lsa, zudlik bilan pech gumbazi va regneratorlarga suv tushishini istisno qiluvchi choralar ko‘rilishi kerak.
183. Bug‘latib sovutish tizimini ta’mirlash ishlari ushbu Qoidalarning 603 — 605-bandi talablariga binoan naryad-ruxsatnoma asosida va faqat tizimdan bug‘ bosimi tushirilgandan so‘ng bajarilishi lozim. Zarur hollarda, ta’mirlash bo‘yicha ishlarni tizim texnik suv bilan sovutishga o‘tkazilgandan keyin bajarish lozim.
Shlak to‘kishlar orasidagi davrda va kovshlarni almashtirish paytida shlak teshiklari, shuningdek, ish maydonchasidagi shlak to‘kish teshigi yopiq bo‘lishi lozim.
Shlakni kovshga to‘kish imkoni bo‘lmagan sexlarda uni pech darchalari pastiga o‘rnatilgan shlakdonlarga qabul qilib olish kerak.
185. Shlakni qabul qilish uchun o‘rnatiladigan kovshlar quruq va ohak eritmasi bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Kovsh tubiga quruq shlak, tiklovchi va o‘tga chidamli materiallar chiqindilari solinishi lozim. Nam yoki moylangan materiallar bo‘lgan kovshlarga suyuq shlak quyish mumkin emas.
186. Shlak tarnovida paydo bo‘ladigan qatqaloq (nastil)lar o‘z vaqtida olib turilishi kerak. Tarnovni tozalash chog‘ida tarnov ostida xodimlar bo‘lmasligi lozim.
187. Ish maydonchasi ostiga suyuq shlakni to‘kishdan avval po‘lat erituvchi xavfli hududda xodimlar yo‘qligiga ishonch hosil qilishi lozim.
188. Kovsh va shlakdonlarni shlak bilan to‘ldirish sathi ularning yuqorigi qirrasidan 250 mm pastroq bo‘lishi lozim.
Shlakni bexatar cho‘ktirish usuli tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida aniqlab qo‘yilishi kerak. Suyuq eritmani me’yorlash va chiqarish paytida shlakni nam materiallar va suv yordamida cho‘ktirish mumkin emas.
189. Ish maydonchasi ostidan shlakdonlarni olib ketish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi zarur. Bu maqsad uchun chig‘ir (lebedka)dan foydalanilsa, bloklarning qurilmasi ulardan kanatlar chiqib ketishini istisno qilishi lozim.
Chig‘irni boshqarish pulti shlakdon o‘rnatilgan aravacha harakatlanishi ko‘rinishini ta’minlovchi xavfsiz hududda joylashgan bo‘lishi kerak.
Kanat va roliklarning tortuvchi qurilmalarini ta’mirlash paytida chig‘irni ishga tushirish qurilmasi elektr tokidan uzib qo‘yilishi kerak.
Shlakni yig‘ishtirish uchun mo‘ljallangan uskunadan foydalanish va ta’mirlash kalit-birka qo‘llanilib amalga oshirilishi lozim.
190. Sexning ish maydonchasi ostiga shlak yig‘ishtiruvchi vositalarni o‘rnatish uchun tonnellar qurilgan bo‘lsa, temir yo‘l tarkibi va tonnel devorlari o‘rtasidagi ochiq oraliqning eni 0,7 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
191. Shlak quyiladigan kovshlar o‘rnatiladigan joyga juda yaqin joylashgan klapanlarning ochib-yopish qurilmalari shlak sachrashidan olovbardosh materiallardan yasalgan to‘siq bilan muhofazalangan bo‘lishi kerak.
192. Shixtani yuklash va qizdirish davrida pech ostidan shlak va chiqindilarni yig‘ishtirish ishlari faqat pechning po‘lat erituvchisi ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
193. Pechga ruda, oksidsizlantiruvchi modda va legirlovchi qo‘shimchalar kiritish paytida klapanlarni ochib-yopishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
194. Eritmani me’yoriga yetkazish davrida pechga kiritilayotgan materiallar quruq bo‘lishi va pechdan metall otilib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan miqdorda berilishi lozim.
Materiallarni kiritish tashkilotning texnologik yo‘riqnomasiga muvofiq pechni qizdirish quvvati pasaytirilganda amalga oshirilishi kerak.
Pech va kovshga kiritiladigan ferroqotishma hamda legirlovchi materiallar quritilgan bo‘lishi kerak.
195. Pechga materiallar kiritish paytida ishlovchilarning gumbaz, shuningdek yuklash darchalarining ro‘parasidagi ish maydonchasida turishi mumkin emas.
199. Namuna olinadigan joydan 50 m va undan ortiq masofada joylashgan laboratoriyaga namuna pnevmo-pochta orqali yetkazib berilishi lozim.
200. Ostonalarni tuzatish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak. Ostonalarga sepib qo‘yish uchun ishlatiladigan materiallar quruq bo‘lishi lozim.
203. Muldali tarkiblar harakatlanayotgan paytda ostonalarni tuzatish va materiallarni yig‘ishtirish ishlari to‘xtatilishi, xodimlar esa pechdan xavfsiz masofaga uzoqlashtirilishi lozim.
204. Tuzatish mashinasini yuklash mashinasi yordamida pechning bir darchasidan ikkinchisiga siljitish, shuningdek, pech darchasining ro‘parasida tuzatish mashinasini ta’mirlash va boshqa ishlarni bajarish mumkin emas.
Tuzatish mashinasi issiqlik nurlanishi va uchib chiquvchi buyumlar ta’siridan xodimlarni muhofazalash uchun maxsus pardacha bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
205. Tub, yon devorlar va chiqarish teshigining holati pechdan metall va shlakning to‘liq tushishini ta’minlashi lozim.
206. Eritma chiqarilgandan keyin pech tubi ko‘zdan kechirilishi kerak. Pech yuklanishiga usta ruxsat berishi lozim. Pech tubini tuzatish va sepib qo‘yish uchun quruq material ishlatish kerak.
207. Tub chuqurligida qolgan metallni, odatda, yuklash darchalari qopqoqlarining kuzatish tuynuklari orqali siqilgan havo yoki kislorod puflab po‘lat chiqarish teshiklaridan chiqarib olish kerak.
208. Tub chuqurligidagi metallni puflab chiqarishdan avval metall va shlaklar sachramasligi uchun po‘lat chiqarish teshigi oldiga ekran o‘rnatilishi, shuningdek kislorod yoki havo berilishi uchun mo‘ljallangan shlang, biriktiruvchi shtutser, quvur va jo‘mraklarning sozligi tekshirilishi lozim.
Oldin metallni havo bilan puflab chiqarish uchun ishlatilgan shlanglarni keyin kislorod yordamida puflab chiqarish uchun qo‘llash mumkin emas.
209. Metallni chuqurlikdan puflab chiqarish maxsus ko‘chma maydoncha yoki tublarni ta’mirlash uchun mo‘ljallangan tarkib, shuningdek sochiluvchan materiallar yuklangan va to‘suvchi signallar o‘rnatilgan muldalar yordamida amalga oshirilishi kerak.
212. Pechga kelayotgan gaz bosimi havo bosimidan tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida ko‘zda tutilgan miqdorga ortiq bo‘lishi kerak.
213. Pechga gaz uzatishdan avval ochib-yopish qurilmalari, yuklash darchalarining qopqoqlarini ko‘tarish mexanizmlari, bajaruvchi mexanizmlar, nazorat-o‘lchov apparaturalarining ishga yaroqliligi, shuningdek tuynuk, shiber, klapan, drossel va uzuvchi klapanlar holati tekshirilishi lozim.
214. Gaz pechga kiritilayotganda uning alangalanishini kuzatish uchun kallak yaqinidagi gaz kiritiladigan ikkita yuklash darchalari to‘liq ochiq bo‘lishi kerak.
Pechdagi bosimni pasaytirish uchun (paqqillash yuz bergan holda) gaz kiritilayotgan paytda barcha boshqa darchalar yarim ochiq bo‘lishi lozim.
215. Klapanlar ochilib-yopilishidan avval va ochib-yopilayotgan paytda ish maydonchasi va uning ostiga avtomatik ravishda tovush signali berilishi lozim.
216. Ochib-yopish qurilmalari havo klapanlarining o‘z-o‘zidan ochib-yopilishini istisno qiluvchi blokirovka qurilmasiga ega bo‘lishi kerak.
218. Ochib-yopish klapanlari chig‘irlarining elektrdvigatellari chig‘irlar yoniga o‘rnatilgan ulab-uzgichlarga ega bo‘lishi kerak.
Klapanlarning ko‘tarilish balandligini rostlash uchun mo‘ljallangan chig‘irlarning dastaki yuritmasi chambarak tipda bo‘lishi lozim.
219. Tutun klapanlari ichiga xodimlarning kirishiga faqat ochib-yopish qurilmalari o‘chirilgandan so‘ng va birka tizimiga muvofiq ruxsat etilishi lozim.
220. Tortish kuchini rostlovchi shiber vertikal o‘qqa nisbatan 15 — 25 darajali burchak ostida tutun boroviga o‘rnatilishi kerak.
221. Marten pechlariga havo uzatuvchi shamollatgichlarning so‘rish tuynuklariga himoya to‘rlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
222. Sexning gaz quvurlaridan yuklarni ko‘tarish paytida tayanch sifatida, shuningdek kommunikatsiyalarni mahkamlash yoki uskunalarni yerga ulab elektrdan muhofazalash uchun foydalanish mumkin emas.
223. Ish maydonchasining pastidagi ochib-yopish qurilmalari va regeneratorlar joylashgan hudud yoritilgan bo‘lishi lozim.
224. Pechga yoqish uchun uzatiladigan mazut filtrlanishi va bug‘larning chaqnash haroratidan ko‘p bo‘lmagan haroratgacha isitilishi kerak.
225. Mazut quvurlari issiqlikdan izolatsiya qilinishi va ularni bo‘shatish mumkin bo‘lgan tarafga qarab kamida 0,003 nishablikka ega bo‘lishi lozim.
Mazut quvuri bilan parallel tarzda isituvchi bug‘ quvuri birgalikda umumiy izolatsiya qilinib o‘tkazilishi kerak.
Mazut quvurini yuqori belgisidan quyi belgisigacha bug‘ bilan puflab tozalash imkoniyati yaratilgan bo‘lishi lozim.
226. Mazut quvurlarni bo‘shatish paytida mazut quyiladigan sig‘imlar sex binosining tashqarisiga o‘rnatilishi kerak.
229. Pechga mazut keltiruvchi umumiy quvurga yopib-ochadigan va rostlovchi armatura hamda mazutning bosimi va haroratini nazorat qiluvchi asboblar, shuningdek pechning tomonlariga mazut uzatilishini avtomatik ravishda almashlab ulaydigan qurilma o‘rnatilishi lozim.
231. Mazutli sarflash baklari pechlardan kamida 5 m uzoqlikda o‘rnatilishi zarur va issiqlik nurlanishidan qizib ketmasligi uchun maxsus ekranlar bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. Baklarni pech ustiga o‘rnatish mumkin emas. Sarflash baklaridagi mazutning miqdorini sath o‘lchagichlar yordamida o‘lchash lozim.
232. Mazutli sarflash baklari mazut bug‘larini olib ketish uchun jezdan yasalgan muhofazalash to‘ri o‘rnatilgan tortish quvurlari va baklar to‘lib toshib ketishga yo‘l qo‘ymaydigan quyib olish quvurchalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
233. Yong‘in hollari ro‘y berganda mazutni chiqarib yuborish uchun sarflash baklari bekitilgan quvur o‘tkazgichlar vositasida maxsus sig‘imlarga ulangan bo‘lishi kerak. Ushbu sig‘imlarga sarflash baklarining quyib olish quvurchalari ham ulangan bo‘lishi lozim.
234. Avariya yoki yong‘in hollari ro‘y berganda zudlik bilan mazut uzatilishini yopish uchun mazut quvurlariga xizmat ko‘rsatish oson bo‘lgan joyga maxsus jo‘mraklar o‘rnatilishi kerak.
235. Ishchilarning mazut yoki qatron baklari ichiga tushishiga faqat baklar quvur o‘tkazgichlardan uzib qo‘yilgandan, to‘liq bo‘shatilgandan, bug‘latib tozalangandan, shamollatilgandan hamda ulardagi havo tarkibi zararli moddalarning mavjudligiga tekshirilgandan keyin ruxsat etish lozim.
Bak ichida xodimlar bo‘lgan paytda barcha tuynuklar ochiq bo‘lishi kerak. Agar tuynuklarni ochgan paytda baklarning shamollatilishi ta’minlanmasa, sun’iy shamollatish qo‘llanishi kerak.
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bak ichida ishlayotgan paytda yoritish uchun portlashdan himoyalangan chiroqlar qo‘llanishi lozim. Chiroqlar baklar tashqarisidan yoqilishi va o‘chirilishi kerak.
236. Pech vannasiga kislorod berish uchun suv bilan sovitiladigan maxsus furmalar qo‘llanishi lozim.
237. Pech vannasiga kislorod beruvchi furmaning yuritmasida blokirovka qurilmalari bo‘lishi, ularning yordamida sovituvchi suvning harorati ko‘tarilib ketgan yoki kislorodning bosimi belgilangan chegaradan pasayib ketgan paytlarda pechning ish bo‘shlig‘idan furmani avtomatik tarzda chiqarish amalga oshirilishi kerak.
Pechning ish bo‘shlig‘idan furmani ko‘tarish chog‘ida kislorod uzatilishi avtomatik ravishda to‘xtashi kerak.
238. Furmalar o‘rnatiladigan gumbaz teshiklaridagi sovitgichlarning konstruksiyasi sovitgichlar kuyib qolganda ularni tezda almashtirish imkonini ta’minlashi lozim.
Furma va sovitgichlarni almashtirish uchun ko‘tarish-tashish moslamalari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Sovitgichlarni almashtirish va furmalarni tekshirish uchun pech gumbazi ustiga maydonchalar qurilgan bo‘lishi kerak.
239. Marten pechlarining kallaklari yonida alanga oqimiga kislorod berilishini reversivlaydigan klapanlar o‘rnatilmasligi kerak.
240. Pechda shiddatli reaksiyalar paydo bo‘lgan paytda kislorod berilishini kamaytirish yoki to‘xtatish kerak. Bir vaqtning o‘zida pechga berilayotgan qizdirish quvvatini ham pasaytirish lozim.
241. Alanga oqimiga kislorod berish uchun mo‘ljallangan furmani tekshirish, ta’mirlash yoki tozalashdan avval pechga kislorod uzatilishini to‘xtatish kerak.
242. Agar kislorod pechga gumbaz orqali berilsa, cho‘yanni to‘kish va shixtani eritish vaqtida furma hamda shlanglarni almashtirish mumkin emas.
243. Pechga quvur yoki furmani kiritishdan avval teshikni metall va shlak qatqaloqlaridan tozalash kerak.
244. Yonilg‘idan foydalanish parametrlari birlamchi asbob (datchik)lar yordamida o‘lchanishi, aniqlangan ko‘rsatkichlar ikkilamchi asboblarga masofadan uzatilishi lozim.
Parametrlarni nazorat qilish asboblari alohida yoki boshqaruv postlariga yondosh qurilgan maxsus xona yoki shkaflarga o‘rnatilishi kerak.
245. Pechning issiqlik rejimini rostlovchi ikkilamchi asbob va avtomatizatsiya vositalari, shuningdek yonilg‘i va kislorod eltgichlar parametrlarining chegaraviy miqdorlaridan ogohlantiruvchi signalizatsiya marten pechlarini boshqarish postlariga joylashtirilgan bo‘lishi lozim.
246. Eritish davrida metall haroratini uzluksiz ravishda o‘lchab turish uchun marten pechlari mexanizatsiyalashgan harorat o‘lchagichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
247. Marten pechining har bir boshqaruv posti umumzavod ATS telefoni va marten sexi nozimiga bevosita ulangan aloqa, shuningdek baland tovushda so‘zlashish uchun sex ichki aloqasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
248. Elektrpechlar ajralib chiqayotgan tutun gazlarini chiqarib yuborish va ularni changdan tozalash uchun samarali qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
249. Elektrpech poydevori konstruksiyasi uning ostki qismini tekshirish va ish maydonchasi tagida joylashgan mexanizmlar ta’mirlanishi qulayligini ta’minlashi lozim.
Elektr bilan po‘lat eritish sex (pech)larida pech ostidagi shlak mexanizatsiyalashgan usulda tozalanishi lozim.
250. Pech va g‘ildiratib chiqariladigan maydonchalarning og‘dirish mexanizmlariga o‘tish uchun panjarali zinapoyasi bo‘lgan maydonchalar qurilgan bo‘lishi kerak.
251. Pechni og‘dirish mexanizmi ham old tarafga, ham orqa tarafga og‘ish cheklagichlariga ega bo‘lishi kerak. Og‘ish cheklagichlari nosoz pechni og‘dirish mumkin emas. Og‘ish cheklagichlarining sozligi har kuni tekshirib turilishi lozim. Tekshirish natijalari smena jurnaliga yozib borilishi lozim.
Elektrpechining og‘irlik markazi shunday joylashtirilishi kerakki, og‘dirish mexanizmi ishdan chiqqan holda ham pech yana tik holatiga qaytsin.
252. Pechni og‘dirish yuritmasining boshqarish qurilmasi eritmani chiqarish va shlakni og‘dirib to‘kish paytidagi operatsiyalar aniq ko‘rinishini ta’minlaydigan joyga o‘rnatilishi lozim.
253. Pechni og‘dirish uchun gidravlik yuritma qo‘llanilgan holda gidravlik qurilmalarga erigan metall va shlak tushishini istisno qiluvchi chora-tadbirlar ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
254. Gumbaz ayri (vilka)lari buzilishi natijasida gumbaz qulashi mumkin bo‘lganligi uchun, ular kamida o‘n karra mustahkamlik zaxirasiga ega bo‘lishi kerak.
Gumbazning ko‘tarish va tushirish mexanizmlari issiqlik nurlanishi va elektrodlar kiritiladigan teshiklarning tirqishidan chiqadigan alangadan muhofazalangan bo‘lishi lozim.
255. Yuqori haroratli hududda, ya’ni bevosita pech gumbazi ustida joylashgan konstruksiyalarda zinapoyali va issiqlikdan izolatsiya qilingan polli maydonchalar bo‘lishi kerak. Bevosita pech gumbaziga chiqish mumkin emas. Xodimlarning gumbaz maydonchasiga chiqish tartibi tegishli yo‘riqnomada belgilab qo‘yilishi kerak. Xodimlarning gumbaz maydonchasiga ko‘tarilishidan oldin pechdan elektr kuchlanishi uzib qo‘yilishi, kalit-birka esa pech ustiga chiqayotgan shaxsda bo‘lishi lozim. Elektrpechning mexanizm va uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish va profilaktik ishlarni bajarish paytida gumbaz yopiq bo‘lishi kerak.
256. Ish darchalari qopqoqlari tushib ketmasligi uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar ushbu Qoidalarning 140, 142-bandlaridagi talablarga javob berishi kerak.
257. Suv bilan sovutiladigan elektrod zichlagichlarining mahkamlash moslamasi gumbaz qulab tushgan paytda ularning pech vannasiga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Elektrpechlar uchun sovutish tizimining barcha tarmoqlariga suv oqimini nazorat qilish datchigi, eng muhim uzellarning tarmoqlariga esa oqim va haroratni nazorat qilish datchiklari o‘rnatilishi kerak.
Sovutish suvining uzatilishi to‘xtagan yoki uning harorati texnologik yo‘riqnomadagi ko‘rsatkichlardan oshib ketgan hollarda pechning elektr ta’minoti manbaini o‘chirib qo‘yish uchun oqim va haroratni nazorat qilish datchiklari blokirovka tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
259. Elektrpechlarning sovutish elementlariga mazkur Qoidalarning 154 — 159, 161 — 163-bandlaridagi talablar taalluqlidir.
260. Sovutish suvini keltirish va olib ketish tarmoqlarini ish darchasi hamda erkyer ostiga joylashtirmaslik lozim.
261. Elektrodlarni siljitish mexanizmi ular belgilangan chegaraviy sathgacha ko‘tarilgan yoki tushgan paytda avtomatik ravishda ishlab ketadigan yo‘l cheklagichlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
262. Elektrodlarni yig‘ish va almashtirilayotgan elektrodni o‘rnatish uchun elektrpech yonida maxsus dastgoh (mexanizatsiyalashtirilgan stend) bo‘lishi lozim. Ish maydonchasi ostida turgan elektrod qismi to‘sib qo‘yilishi kerak. Elektrodlarni pechning o‘zida ulashga ruxsat etiladi. Elektrodlarni ulashdan avval pech o‘chirib qo‘yilishi va bu ishlarni bajarish paytida mazkur Qoidalarning 255-bandi talablariga rioya qilish kerak.
263. Elektrodlarni almashtirish paytida metall nippel elektrodga to‘liq burab kirgizilgan (kertikning oxirigacha) bo‘lishi lozim.
264. Elektrodlarni ulash va almashtirish chog‘ida qo‘llaniladigan kranning ilgagi undan elektrod nippeli bandlari o‘z-o‘zidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslama bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
265. Elektrodtutqichlarning elektrodlarni qisib olishi va bo‘shatishi mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak. Elektrodlarni qisish mexanizmi pech oldidagi maydonchadan boshqarilishi kerak. Elektrodlar gumbaz teshiklari bo‘ylab erkin siljishi va gumbaz devoriga tegmasligi kerak. Elektrod qisqichlari pech ustunlari va yerga ulangan uzellardan izolatsiya qilingan bo‘lishi lozim.
266. Pechdagi shixta erigandan so‘ng ishchi-xodimlarning pech ostida turishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Ish maydonchasi ostida va metall quyish oralig‘ida ishlayotgan xodimlarni shlakni to‘kish yoki eritmani chiqarish uchun pech og‘dirilishi haqida ogohlantirish uchun yorug‘lik-tovush signalizatsiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Signal pech og‘dirilishidan kamida bir daqiqa oldin berilishi lozim.
267. Pech oralig‘ining ish maydonchasi butun perimetri bo‘ylab pastida balandligi 0,14 m li yaxlit yon qoplamasi bo‘lgan, bo‘yi kamida 1,0 m li to‘sqich bilan muhofazalangan bo‘lishi kerak.
Pech oralig‘ining ish maydonchasi va og‘diriladigan pech maydonchasi orasidagi tirqishlar pechning yon tomonlaridan sig‘imi 50 t dan kam pechlar uchun 80 mm dan ko‘p bo‘lmasligi, sig‘imi 50 t va undan yuqori pechlar uchun esa 150 mm dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
268. Ish maydonchasining pechga yaqin joylariga ish o‘rinlarini havo bilan shamollatish qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
269. Elektrpech tubi, qiyaligi va devorlarini tiklash jarayoni mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
270. Pechdan metall va shlak otilib chiqmasligi uchun oksidlanish davrida pechga bir vaqtning o‘zida kiritilayotgan qattiq oksidlovchi modda miqdori texnologik yo‘riqnomada belgilangan miqdordan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
271. Elektrpechning ish darchasiga gazkislorod yondirgichini o‘rnatish uchun darcha qopqog‘ida yondirgich o‘lchamlariga mos keluvchi maxsus teshik bo‘lishi lozim.
272. Gazkislorod yondirgichlari ochib-yopuvchi moslama, shuningdek gaz, kislorod va sovutish suvining sarfi hamda bosimini nazorat qiluvchi asboblar bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
273. Yondirgich yoqilishidan avval kislorod bilan puflab tozalanishi, keyin gaz berilishi kerak. Aralashma yonishiga ishonch hosil qilmay, gaz va kislorodning belgilangan sarfini o‘rnatish mumkin emas.
Yondirgichni o‘chirish teskari tartibda bajarilishi kerak. Avariya yuz bergan holda birinchi navbatda kislorod o‘chirilishi lozim.
274. Ko‘chma yondirgichni yoqishdan avval barcha keltiruvchi shlanglar va yondirgich shikastlanmaganligiga hamda undagi teshiklar tozaligiga ishonch hosil qilish lozim.
275. Pech ishlab turgan paytda metallni kislorod bilan puflash uchun kiritiladigan yondirgich-furmalar va elektrod orasidagi masofa elektr yoyning yondirgichga tutashishini istisno qilishi kerak.
276. Sovutish suvi bosimi avariyaviy ravishda tushib ketgan, kislorod yoki gaz berilishi to‘xtagan hollarda yondirgich avtomatik tarzda o‘chirilishi va pechning ish bo‘shlig‘idan chiqarilishi lozim.
277. Suv bilan sovutiladigan yondirgich kuyib qolganda, u o‘chirilishi va pechning ish bo‘shlig‘idan eng chekka yuqori (ishlamaydigan) holatga chiqarib qo‘yilishi kerak. Yondirgichning holatini nazorat qilish uchun karetkalarda maxsus ko‘rsatkichlar bo‘lishi kerak.
279. To‘kib olinayotgan shlakni qabul qilish maqsadida shlak kovshlari yoki shlakdonlardan foydalanish kerak. Shlakdonlar ularni tashish va ag‘darish uchun mo‘ljallangan qurilma bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
280. Shlakni qabul qilish uchun o‘rnatilgan kovsh va shlakdonlar quruq bo‘lishi kerak. Bundan tashqari kovshlarning ichiga ohak eritmasi surtilgan bo‘lishi lozim. Pech ostidagi pol, shuningdek shlakdon o‘rnatiladigan o‘raning tagi ham quruq bo‘lishi kerak.
281. Ishchilarni shlak sachrashidan muhofazalash uchun kovsh yoki shlaqdon o‘rnatiladigan pech ostidagi joy saqlovchi qalqonlar bilan to‘silgan bo‘lishi lozim.
283. Pech ostidagi hududni, shuningdek shlak va chiqindi o‘ralarini tozalashga faqat pech to‘xtagan va unda suyuq metall bo‘lmaganda hamda quyidagi talablarga rioya etilganda ruxsat etiladi:
284. Shlak palaxsalarini idishga solmasdan temir yo‘l platformasi yoki dumpkarga tashib keltirish va ortish mumkin emas.
Shlakni nam dumpkar yoki ho‘l platformaga ortish mumkin emas. Agar shlak shlaqdonda qisilib qolgan bo‘lsa, uni urib chiqarish shu maqsadda alohida ajratilgan, xodimlar xavfsizligini ta’minlaydigan joylarda maxsus moslamalar yordamida bajarilmog‘i lozim.
Shlak ortish uchun qo‘yilgan dumpkar yoki platformalar tormoz boshmoqlari bilan mahkamlanishi kerak.
285. Metalldan namuna olish ushbu Qoidalarning 197, 198, 199-bandlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
286. Elektr yoyli pechlarning gaz tozalash tizimi tegishli normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
287. Gaz chiqarish va tozalash uskunalari avtomatlashtirilgan bo‘lishi, markazlashtirilgan masofadan turib boshqarish tizimiga va xavfsiz ishlatish uchun kerakli nazorat o‘lchov asboblariga ega bo‘lishi kerak. Elektr yoyli pechning gaz chiqarish traktini boshqarish pultida gazni sovutish, gaz tozalash, tutun so‘rg‘ich va yondirib tugatish qurilmasining sxemasi osig‘liq bo‘lishi kerak.
Elektr pechini boshqarish pulti operatori bilan tutun so‘rish qurilmasining operatori o‘rtasida telefon aloqasi bo‘lishi lozim.
288. Elektr yoyli pechning gaz chiqarish trakti konstruksiyasi eritish jarayonida ajralib chiquvchi uglerod oksidining to‘liq yonib tugashini ta’minlashi kerak.
289. Elektr pechni ta’mirlash paytida sovutgich, chang tutuvchi qurilma va gaz traktlarini reviziya qilish va tozalash kerak.
290. Gaz chiqarish trakti va gaz tozalash qurilmalarida ta’mirlash ishlarini mexanizatsiyalashtirish uchun ular yuk ko‘tarish-tashish vositalari, shuningdek ishlovchilarni balandlikka ko‘tarish uchun mexanizmlar (lyulka va hokazo) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
291. Sovutgich va chang tutuvchi qurilmalar (skrubber, quvur-changlatgich, gaz quvurlari va hokazo) ko‘zdan kechirish va ta’mirlash uchun qopqoqli tuynuk (lyuk)larga ega bo‘lishi hamda bu ishlarni bexatar bajarilishini ta’minlaydigan qurilmalar bilan jihozlanishi kerak. Qopqoqli tuynuklar germetik bo‘lishi, ularga bemalol yaqinlashish ta’minlangan bo‘lishi lozim. Gaz chiqarish trakti ishlayotgan vaqtda tuynuk (lyuk)larni ochish mumkin emas.
292. Elektr pechi qish faslida ta’mirlashga to‘xtatilgan paytda suv bilan sovitish va gaz chiqarish trakti ta’minotining butun tizimi suvdan bo‘shatilishi yoki isitish bilan ta’minlanishi kerak.
293. Gaz chiqarish trakti elementlarida hosil bo‘ladigan cho‘kindi (qatqaloq, quyqum va hokazo)larni olib tashlash tashkilotning uskunalarni ta’mirlash va tozalash yo‘riqnomasiga muvofiq naryad-ruxsatnoma asosida bajarilishi lozim.
294. Elektr pechining gaz chiqarish trakti ta’mirlash paytida umumiy kollektor, borov va hokazolardan ishonchli tarzda uzib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Ta’mirlanayotgan gaz tozalash apparatlarining oqova suvlarini chiqarish tizimi oqova suv chiqarish umumiy kollektoridan uzib qo‘yilishi lozim (bundan uglerod oksidini to‘liq yondirish tizimi mustasno).
296. Gaz tozalash va tutun so‘rg‘ichlar joylashgan binolar uglerod oksidi mavjudligini avtomatik nazorat qiluvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Gaz tozalash va tutun so‘rg‘ichlar binolarining havosida uglerod oksidi mavjudligi belgilangan tartibda tasdiqlangan grafikka asosan tekshirib turilishi kerak.
298. Gaz chiqarib yuborish trakti pechdan uzilgan paytda gaz yo‘liga havo yuborish qurilmasi avtomatik ravishda ochilishi lozim.
299. Tutun so‘rg‘ich avariyaviy tarzda to‘xtaganda gaz chiqarib yuborish traktining pechdan avtomatik ravishda yopilishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
300. Gaz tozalash uskunalarini tozalash, ta’mirlash bo‘yicha ishlar ular to‘xtatilgandan va uglerod oksidini to‘liq chiqarib yuborish hamda sovitish uchun shamollatilgandan so‘ng bajarilishi lozim.
301. Induksion pechning karkasi induktor o‘ramlaridan izolatsiya qilingan bo‘lishi kerak. Pech induktoriga tok keltiruvchi kabellar izolatsiya qilingan va to‘silgan bo‘lishi lozim.
302. Pechning elektr yuritmali og‘dirish mexanizmi pech og‘ishini cheklovchi qurilma va og‘dirilayotgan pechni istalgan holatda darhol to‘xtashini, shuningdek pech og‘dirilayotgan vaqtda elektrenergiya ta’minoti uzilishi ro‘y berganda uning to‘xtashini ta’minlaydigan tormoz qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Pechni og‘dirish mexanizmi joylashgan xona QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq yoritilgan bo‘lishi kerak.
303. Ko‘tarib qo‘yilgan pechning ostida joylashgan uskunani ko‘zdan kechirish va ta’mirlashga faqat ko‘tarilgan pech mustahkam va barqaror maxsus tayanchlar yordamida qo‘shimcha tarzda mahkamlangandan so‘ng ruxsat etilishi lozim.
304. Induktor quvurchalari mustahkamlik va germetiklikka kamida 1,5 R gidravlik bosim ostida sinalishi lozim, bu yerda R — sovitish suvining ish bosimi miqdori.
305. Induktor va suv keltirish quvurlari orasidagi suv keltirish qismi rezina-matoli yenglardan yasalgan bo‘lishi kerak.
306. Suvning pech induktoriga uzluksiz kelishi vizual va sovutish suvi kelmay qolganda pechni avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yuvchi maxsus asboblar yordamida nazorat qilinishi lozim.
307. Pechning ish maydonchasi butun perimetri bo‘ylab pastki qismida balandligi 0,14 m li yaxlit yon qoplamasi bo‘lgan, bo‘yi kamida 1,0 m li to‘sqich bilan muhofazalangan bo‘lishi kerak. Pech yaqinidagi ish maydonchasining poli elektrdan izolatsiyalovchi to‘shama bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
308. Pechga qo‘shimcha yuk ortish paytida metall sachramasligi uchun erigan vannaga nam shixta va ferroqotishmalarni solish man etiladi. Pechning yuqori qismida erimagan shixtadan “ko‘prik” hosil bo‘lsa, shu zahoti pechni o‘chirib uni chiqarib olish kerak.
309. Induksion pechlarga xizmat ko‘rsatish paytida qo‘llaniladigan metall asboblar elektr izolatsiyali dastaga ega bo‘lishi kerak. Pechdagi ishlar izolatsiya qilinmagan metall asboblar yordamida bajarilsa, pech o‘chirilgan bo‘lishi lozim.
310. Ish joylarida elektromagnit maydoni oqimining kuchlanishi va zichligini o‘lchash muddatlarining davriyligi tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida belgilab qo‘yilishi kerak.
311. Ochiq induksion pechlar tortuvchi aspiratsiya tizimi, ish maydonchalari esa ish joylariga havo puflovchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
312. Pechga gumbaz orqali kislorod berish uchun mo‘ljallangan furmani tushirish va ko‘tarish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak.
313. Pech vannasiga kislorod beruvchi furmaning yuritmasi ushbu Qoidalarning 237-bandi talablariga muvofiq furmani ish bo‘shlig‘idan chiqarilishini ta’minlaydigan blokirovka qurilmalariga ega bo‘lishi lozim. Furma ko‘tarilayotgan paytda kislorod berilishi avtomatik tarzda to‘xtashi lozim.
314. Kislorod pechga yuklash darchasi orqali metall quvurcha yordamida berilsa, pechning yuklash darchasi oldiga quvurcha kiradigan teshikli muhofaza qalqoni o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
315. Elektr bilan po‘lat eritish pechlari elektr qismining tuzilishi va ishlatilishi tegishli normativ-texnik, loyiha hujjatlariga hamda mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
316. Pech transformatoridan pech elektrodlariga elektr toki yetkazib beruvchi “qisqa tarmoq” kabellari balandda joylashgan bo‘lsa, ularning ostida to‘silgan yo‘lak, agar kabellar pastda joylashgan bo‘lsa, qulflanadigan eshikli panjara bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
318. Elektr pechni boshqarish pultlarining joylashtirilishi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga elektr yoyning ko‘zni qamashtiradigan ta’siri bo‘lmasligini ta’minlashi kerak. Boshqarish pulti elektr yoy nurlanishi hududida joylashgan bo‘lsa, himoya ekranlari qo‘llanishi lozim.
Pult xonalari normal mikroiqlim sharoitlarini ta’minlovchi shamollatish yoki havoni mo‘tadillash qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
320. Boshqarish pulti ta’minlovchi elektr stansiyalar bilan bevosita telefon aloqasiga ega bo‘lishi va zarur signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
321. Eritish jarayonini boshlash uchun pechni yoqishdan avval po‘lat erituvchi hamda mexanika va elektr-xizmatlarining javobgar shaxslari pech uskunasi, futerovkasi va gumbazining sozligini tekshirib chiqishlari kerak.
Pult operatori faqat po‘lat erituvchidan pechni ishga tushirish huquqini beruvchi kalit-birkani olgandan so‘nggina pechni yoqishi lozim.
322. Qisqa muddatli o‘chirishlar uchun (qayta ishga tushirish, elektrodlarni almashtirish yoki ulash, elektrod siniqlarini olish uchun va hokazo) pech kalit-birka olib qo‘yilgan paytda yuqori voltli ulab-uzgichning uzib qo‘yilishini ta’minlaydigan blokirovka qurilmasiga ega bo‘lishi lozim.
Qayta ishga tushirish, elektrodlarni almashtirish va ulash, elektrodlar siniqlarini chiqarib olish va hokazo ishlar bajarilayotganda kalit-birka ushbu ishlarni bajarayotgan xodimda bo‘lishi kerak.
323. Yuqori voltli ulab-uzgich bilan pechni ishga tushirish va o‘chirish tartibi tashkilotning texnik qurilmalardan foydalanish yo‘riqnomasida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
324. Elektr pechdagi “qisqa tarmoq” kabellarining qisqa tutashishi yuz bermasligi yoki ko‘prikli quyish kranining po‘lat arqonlari shikastlanmasligi (kuyib ketmasligi) uchun elektrodlardagi kuchlanish o‘chirilmagan paytda pechni og‘dirishga imkon bermaydigan blokirovka qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Ishlayotgan pech quyish oralig‘iga qarab 15 darajadan ortiqroq og‘dirilgan paytda blokirovka qurilmasi ishga tushishi lozim.
325. Elektr toki urmasligi uchun ishlab turgan elektrpechga kiritilayotgan asboblar pech ish darchasiga o‘rnatilgan temir taxtachaga tegib turishi kerak.
326. Elektr pechda elektrpayvandlash ishlarini olib borish chog‘ida yuqori kuchlanish uzatiladigan tarafga va pech transformatorining yuqori va past kuchlanish taraflariga yerga ulash moslamasini o‘rnatish shartdir.
327. Oson alangalanuvchi kukunsimon materiallar va ularning asosida tayyorlangan aralashmalarning* (bundan buyon — material va aralashmalar deb ataladi) texnik hujjatlarida va texnologik yo‘riqnomalarda quyidagi tavsiflar keltirilgan bo‘lishi kerak:
Tarkibida oksidlovchi moddalar bo‘lgan aralashmalar uchun bundan tashqari quyidagilar ham ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
Oxirgi tavsif aralashmaning faol tarkibiy qismi (yonilg‘i bilan oksidlovchi aralashmasi) uchun ham alohida aniqlanishi kerak.
328. Oldingi, ya’ni 327-bandda ko‘rsatilgan tavsiflarni (yonish jarayonining hisoblangan solishtirma issiqligi va haroratidan tashqari) hamda material va aralashmalardan foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosani tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlar beradi. Yonish jarayonining solishtirma issiqligi va harorati ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan aniqlanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan tavsiflar mavjud bo‘lmasa, oson alangalanuvchi materiallar va aralashmalarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
b) mustaqil yonishi mumkin bo‘lsa va yonish jarayonining solishtirma issiqligi 50 kJ/mol dan ortiq bo‘lsa;
v) ularning mexanik ta’sir (zarba)ga sezuvchanligi 19,6 J va undan kamroqni tashkil etsa, faol tarkibiniki esa 9,8 J va kamroq bo‘lsa.
Havo kirmasa ham mustaqil yona oladigan aralashmalarni tashkilotning texnologik yo‘riqnomasiga muvofiq ishlatish lozim.
330. Oson alangalanuvchi boshlang‘ich materiallarning texnik shartlarida aralashmalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar yirikligining quyi chegarasi, shuningdek asosiy komponent va aralashmalarning chegaraviy miqdorlari ko‘rsatilishi lozim.
Material va aralashmalar texnik shartlarga muvofiq tashkilotlarga yetkazib berilishi yoki tashkilotning o‘zida ishlab chiqarilishi kerak.
331. Yonayotgan material va aralashmalarni ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan usul va vositalar bilan o‘chirish lozim. Bu maqsadda suv va ko‘pikli o‘t o‘chirgichlardan foydalanish mumkin emas.
332. Material va aralashmalar ishlab chiqariladigan va saqlanadigan xonalarda ochiq olovdan foydalanish mumkin emas.
Chekish faqat maxsus ajratilgan va jihozlangan (tashkilotning yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan) joylarda ruxsat etilishi kerak.
333. Material va aralashmalar ishlab chiqariladigan va saqlanadigan xonalardagi barcha ta’mirlash ishlari mazkur Qoidalarning 603 — 605-bandlari talablariga binoan naryad-ruxsatnoma asosida bajarilishi lozim.
Portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan kukunsimon material va aralashmalar ishlab chiqariladigan va saqlanadigan xonalarda ochiq olov qo‘llaniladigan ta’mirlash ishlari tashkilotning tegishli yo‘riqnomasi talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
334. Materiallar va aralashmalarni saqlash va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va xonalarning toifalari belgilangan bo‘lishi kerak.
Bino va xonalarning toifalarini belgilashda avariya vaziyatlarining eng xavfli tusini inobatga olib portlashning ortiqcha bosimini hisoblab chiqish shartdir.
335. Ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga yoki yangi turdagi oson alangalanuvchi material va aralashmalarni ishlab chiqarishga faqat ishlab chiqarish hajmi ortishi yoxud ishlab chiqarilayotgan oson alangalanuvchi material va aralashmalar turlari o‘zgarishi inobatga olingan holda portlashning ortiqcha bosimi hisoblab chiqilgandan so‘ng ruxsat etilishi kerak.
336. Material va aralashmalar ishlab chiqariladigan yoki saqlanadigan binolarning tashqarisini to‘suvchi konstruksiya (devor, qoplama)lar soz holatda tutilishi, atmosfera yog‘inlari bino ichiga tushmasligi lozim. Shamollatish tizimida havoning namlanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
337. Kukunsimon material va aralashmalar ishlab chiqariladigan yoki saqlanadigan binolarda portlash xavfi bo‘lgan hududlar belgilab qo‘yilishi kerak.
Ushbu binolar portlashdan himoyalangan tarzda yasalgan telefon aloqasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
338. Ishlab chiqarish binolarining pol, maydoncha, zinalar katagi, devor va boshqa qurilish konstruksiyalariga, shuningdek quvur o‘tkazgich va uskunalar sirtiga o‘tirgan changni muntazam ravishda tozalab turish kerak. Tozalash davriyligi qatlam yoki aerosuspenziya holatida yonishi mumkin bo‘lgan chang miqdori to‘planishini istisno qilishi kerak.
Changni tozalash davriyligi va tartibi hamda bu vaqtda xavfsizlik choralari korxonaning tegishli yo‘riqnomasida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
339. Kukunsimon material va aralashmalar saqlanadigan va ishlab chiqariladigan xonalarda portlovchi va zaharli gazlar tarkibini nazorat qilish uchun bunday gazlar ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan joylarga signalizatorlar o‘rnatilishi lozim.
340. Changning mustaqil yonish qobiliyatini va o‘z-o‘zidan alangalanish haroratini aniqlash uchun belgilangan tartibda tasdiqlagan jadvalga muvofiq uskuna sirti va aspiratsiya tizimlaridan chang namunalari olinishi kerak.
341. Maydalash mashinasining yuklash tuynugi parchalash paytida ferroqotishma va modifikatorlar bo‘laklari uchib chiqmasligi uchun yopilgan bo‘lishi kerak.
342. Maydalagich bunkerini kataklarining o‘lchami maydalagich og‘zi yoki yuklash tuynugi o‘lchamlaridan katta bo‘lmagan panjara bilan berkitish lozim.
Panjara kataklarining o‘lchami 300 mm dan ortiq bo‘lsa, bunker darchalari to‘siqlar bilan o‘ralgan yoki xizmat ko‘rsatish maydonchalari bunkerning yuqori qismidan 1,1 m pastroqda joylashgan bo‘lishi kerak.
343. Maydalash uchun ferroqotishma va modifikatorlarni yuklash jarayoni mexanizyatsiyalashgan bo‘lishi kerak.
344. Maydalagich yonida parchalangan tayyor materialni tushirish uchun qurilgan o‘ralar tegishlicha to‘silgan va zinalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
O‘ra ichida xodimlar ishlayotgan paytda yuk qutilarni uning ichiga tushirish yoki undan ko‘tarib chiqarish mumkin emas.
345. Changi portlashga xavfli bo‘lgan (silikokalsiy, ferrosilikomarganets modifikatorlari va hokazolar) yoki yong‘inga xavfli bo‘lgan (ferrotitan, kremniy kristalli, ferromarganets, marganets metalli, yuqori foizli ferrosilitsiy va hokazolar) ferroqotishma va modifikatorlarni parchalash chog‘ida maydalash agregatlaridan changni maksimal darajada chiqarib tashlash, shuningdek agregat va aspiratsiya tizimlarini changdan o‘z vaqtida hamda muntazam ravishda tozalash choralari ko‘rilishi lozim.
Aspiratsiya tizimi havo o‘tkazgichlarining konstruksiyasi ularda chang o‘tirib qolishini istisno qilishi kerak.
Modifikatorlar uchun ishlatiladigan maydalash agregatlarining aspiratsiya tizimlari portlashdan himoyalangan tarzda yasalgan va vodorodni chiqarib yuborish uchun portlovchi saqlash klapani hamda svechalari, shuningdek vodorod miqdorini nazorat qiladigan datchiklar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
346. Parchalash va yanchish jarayonlari kechayotganda yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan muhit hosil bo‘lishining oldini olish choralari (inert gaz va hokazo) ko‘rilishi lozim.
347. Zoldir va sterjenli tegirmonlardagi ferroqotishma va modifikatorlarni maydalovchi uzellar parchalangan ferroqotishma va modifikatorlarni mexanizatsiyalashgan usulda yuklash tizimi, tegishli to‘siqlar, panalagichlar va aspiratsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ferroqotishma va modifikatorlar parchalarini mexanizatsiyalashgan usulda yuklash tizimi, to‘sqich, panalagich hamda aspiratsiya tizimlari nosoz bo‘lsa, maydalash uzellaridan foydalanish mumkin emas.
348. Changi yong‘in va portlashga xavfli bo‘lgan ferroqotishma va modifikatorlarni tegirmonlarda yanchish jarayoni portlash va yong‘in ro‘y berishini istisno qiluvchi chora-tadbirlar ko‘rilib amalga oshirilishi lozim.
Tegirmon va undagi materiallar yuklanadigan hamda tushiriladigan joylar germetik bo‘lishi hamda gaz va chang chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
349. Tegirmon ishlayotgan paytda yanchish xonasida barcha eshiklar yopiq bo‘lishi va yorug‘lik ogohlantirish tablosi yoqilgan bo‘lishi lozim.
Konteynerlar va ularni taxlash hamda boshqa idishga to‘kish paytida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan maydonchalar konstruksiyasi uchqun paydo bo‘lishini istisno qilishi lozim.
353. Oson alangalanuvchi material va aralashmalarni tashish hamda saqlash uchun mo‘ljallangan idish ishga yaroqli, toza va quruq bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan materiallar va selitra uchun ishlatilgan idishlar belgilangan tartibda tasdiqlangan korxona yo‘riqnomasiga muvofiq tozalanishi lozim.
354. Material va aralashmalar ularning to‘kilishini hamda aralashmali idishga namlik o‘tishini istisno qiluvchi yopiq idishda tashilishi va saqlanishi kerak.
355. Material va aralashmalarni oksidlovchi modda, kislota va ishqorlar bilan birga tashish mumkin emas.
356. Material va aralashmalarni tashish usullari idishlarning o‘zaro va boshqa buyumlarga urilishini istisno qilishi lozim.
357. Material va aralashmalar solingan baraban, bochka, banka va idishlarni tashish uchun ishlatiladigan konteynerlarning ichki yuzasi va ostdonlar yuklash, tashish va tushirish paytida idish konteyner yoki ostdonga urilgan yoxud ishqalangan vaqtda uchqun chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan materiallar bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
358. Eritma chiqarilayotgan paytda pechlar yonidan va metall quyilayotgan paytda quyish maydonchalari yaqinidan oson alangalanuvchi kukunsimon materiallarni olib o‘tmaslik lozim.
359. Material va aralashmalarni pnevmotransport vositasida tashish himoya atmosferasidan foydalanib amalga oshirilishi kerak. Himoya atmosferasining tarkibi va undagi oksidlovchi moddaning chegaraviy miqdori normativ-texnik hamda loyiha hujjatlariga mos bo‘lishi kerak. Pnevmotransport ishlayotgan vaqtda gazdagi oksidlovchi moddaning miqdori avtomatik ravishda nazorat qilinishi kerak.
360. Material va aralashmalar yopiq omborxonalarda saqlanishi lozim. Omborxonada kukun materiallar turlariga qarab alohida-alohida saqlanishi kerak.
Oson alangalanuvchi kukun materiallarning shtabeli (baraban, quti, bochka, banka) va devor orasidagi masofa kamida 1 m bo‘lishi lozim.
Shtabellar barqaror o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ularning balandligi 1,7 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Kukun materiallar bilan kislota, ishqor hamda oksidlovchi modda (selitraga o‘xshash)larni bitta xonada saqlash mumkin emas.
361. Material va aralashmalar saqlanayotgan xonalarda materiallarni saralash, aralashtirish va tayyorlash bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish, shuningdek aralashmalar tayyorlash ham mumkin emas.
362. Material va aralashmalarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari hamda qo‘llaniladigan texnologik uskuna GOST 12.1.004, GOST R 12.3.047 talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Materiallar va aralashmalar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida portlash xavfi bo‘lgan muhit paydo bo‘lishi mumkin bo‘lsa, bu jarayonlar va qo‘llaniladigan texnologik uskunalar GOST 12.1.010, GOST 12.1.041 talablariga muvofiq bo‘lishlari kerak.
363. Material va aralashmalarni ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan barcha texnologik uskunalar statik elektrdan muhofazalangan bo‘lishi lozim.
364. Material va aralashmalar solingan idish (banka, baraban, konteyner va hokazo)larni ochish uchun ishlatiladigan asbob va moslamalar uchqun chiqarmaydigan materiallardan yasalgan bo‘lishi kerak.
365. Uskunani yukdan bo‘shatish va tozalash chog‘ida material va aralashmalar qatlamiga mexanik ta’sir (zarba, ishqalanish) berilmasligi lozim.
366. Turli materiallar va aralashmalarni ishlab chiqarish yoki tashish uchun bitta uskuna (idish)dan foydalanilsa, uni ilgari ishlab chiqarilgan yoki tashilgan material va aralashmalarning qoldiqlaridan puxtalik bilan tozalash kerak.
367. Idishni ochish, material va aralashmalarni fasovka qilish va boshqa idishga solish changitmaydigan, mexanizatsiyalashgan usulda amalga oshirilishi lozim.
368. Kukunsimon materiallarni quritish va qizdirish ularning o‘z-o‘zidan alangalanishga olib kelmaydigan haroratda, turlari bo‘yicha alohida-alohida amalga oshirilishi kerak. Quritish rejimi tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida belgilab qo‘yilishi lozim.
369. Quritilgan va qizdirilgan kukunsimon materiallarning harorati qo‘llanishdan avval 80° S (353 K) dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
370. Tarkibida portlashga xavfli muhit tug‘diradigan faol oksidlovchi modda va oson alangalanuvchi kukunsimon materiallar bo‘lmagan aralashmalarni tayyorlash vaqtida bunker (aralashtirgich)ga dastlab inert materiallar va oksidlovchi moddalar, so‘ngra oson alangalanuvchi kukunsimon materiallar yuklanishi kerak. Oson alangalanuvchi kukunsimon materiallarni oldindan aralashtirmay yuklash mumkin.
371. Yaroqsiz aralashmani po‘lat ishlab chiqarishda ishlatib bo‘lmasa, tashkilotning tegishli yo‘riqnomasida ko‘zda tutilgan xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya etib yo‘q qilish kerak.
372. Bino va uskunalarni tozalash paytida yig‘ilgan changni texnologik jarayonda ishlatish mumkin emas.
Tozalash paytida yig‘ilgan changni tashkilotning tegishli yo‘riqnomasida ko‘zda tutilgan xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya etib yo‘q qilish kerak.
373. Po‘lat eritish sexlarida kukunsimon material va aralashma solingan idish unga uchqun, ochiq alanga hamda suyuq metall sachrab tushmaydigan joylarga o‘rnatilishi lozim.
Mustaqil yonishi mumkin bo‘lgan material va aralashmalarning zaxirasi ular bevosita ishlatiladigan joyda faqat bitta eritmaga yetadigan miqdorda, sexda esa bir sutkalik sarflash miqdorida bo‘lishi lozim.
374. Pech yoki kovshga bir vaqtda qo‘shilayotgan material va aralashmalarning miqdori tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida belgilab qo‘yilishi kerak.
375. Material va aralashmalarni pech yoki kovshga kiritish sex bo‘yicha farmoyish bilan tayinlangan javobgar shaxs ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
376. Material va aralashmalarni elektr yoyli pechga kiritish jarayoni pech transformatorning past quvvatida ishlayotganda, tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida ko‘zda tutilgan xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya etib amalga oshirilishi kerak.
377. Aralashmaning alangalanish haroratidan yuqori haroratga qizdirilgan po‘lat quyish kovshiga kukunsimon va briketlangan aralashmalarni solish mumkin emas.
378. Pechdan metall chiqarilayotgan paytda material va aralashmalar po‘lat quyish kovshiga kiritilayotgan bo‘lsa, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz hududga chiqarilgan bo‘lishi lozim.
379. Kovshlar konstruksiyasi ularning o‘z-o‘zidan ag‘darilish xavfini istisno qilishi kerak. Kovsh halqa va tsapfalari yasalgandan so‘ng putur yetkazmaydigan nazorat usuli bilan tekshirilishi kerak.
380. Kovsh tsapfalari bolg‘alash usulida yasalishi va kamida sakkiz karra mustahkamlik zaxirasiga ega bo‘lishi lozim.
Markasi 25 va 30 po‘latdan elektr shlakli qayta eritish usuli bilan tayyorlangan tsapfalarni, agar ularning kimyoviy va mexanik xossalari bolg‘alab yasalgan tsapfalarning xossalariga mos bo‘lsa, ishlatishga yo‘l qo‘yilishi kerak.
381. Kovsh tsapfalari olti oyda kamida bir marta puxtalik bilan ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak. Sapfaning barcha o‘lchamlardagi eyilishi boshlang‘ich o‘lchamning 10 foizidan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bundan tashqari, kovsh tsapfalari bir yilda kamida bir marta putur yetkazmaydigan nazorat usuli bilan tekshirilishi kerak. Ko‘rik va tekshirishlar natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
382. Kovshlarning g‘ishtin futerovkasi kamida ikki qatordan: g‘isht-armaturali va ishchi g‘ishtlaridan iborat bo‘lishi kerak.
Armaturali va ishchi qatorlarning choklari bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi kerak. Kovsh tubi va devori futerovkasini terish tartibi ochiq chok bo‘lishini istisno qilishi lozim.
383. Kovshlarning bekitgichi (stopori) va shiberli ochib-yopqichi (zatvori) masofadan turib boshqarilishi kerak.
384. Po‘lat quyish kovshlaridagi shiberli ochib-yopqichning gidroyuritmasida yonmaydigan ish suyuqligi qo‘llanilishi lozim.
385. Kovshga xizmat ko‘rsatish uchun uning korpusiga mahkamlanadigan narvon, tutqich, maydoncha va boshqa moslamalar texnik va loyiha hujjatlariga muvofiq yasalishi kerak.
386. Bekitgichlar tayyorlangandan so‘ng va kovshga o‘rnatilishidan oldin puxtalik bilan quritilishi kerak. Bekitgichlarni quritish harorati va muddati tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida belgilab qo‘yiladi. Quritish harorati uni avtomatik tarzda qayd qiluvchi termopara bilan nazorat qilinishi lozim.
387. Bekitgichlarni quritish pechi (sushila)ga yuklashdan avval har biriga quritishga qo‘yish sanasi va vaqti yozilgan bo‘lishi kerak.
388. Bekitgichlar kran yordamida tashilishi kerak. Bekitgichlarni aravachalarda tashishga faqat sexning bir oralig‘idan ikkinchisiga olib o‘tish va kamera tipidagi quritish pechiga yuklash uchun yo‘l qo‘yilishi kerak.
389. Kuyish stakanini uyaga mutlaqo vertikal qilib o‘rnatish kerak. Stakan va uya devori orasidagi tirqish o‘tga chidamli massa bilan to‘ldirilishi yoki stakanga puxtalik bilan loy surtilgan bo‘lishi lozim.
390. Quyish stakanlarini issiq kovsh ichiga o‘rnatish paytida kovsh ichiga tushiriladigan, devori issiqlikdan izolatsiyalangan maxsus himoya kameralari (kessonlar) qo‘llanilishi lozim.
Kessonlarga tushish uchun ularning ichki devorlariga chiqish-tushish tutqichlari o‘rnatilishi kerak.
392. Po‘lat quyish stakanlari, bekitgich yoki ularning o‘rniga ishlatilayotgan qurilmalarni almashtirish shu maqsadda maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarda hamda tashkilotning texnik qurilmalardan foydalanish yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
393. Po‘lat quyish uchun shiberli ochib-yopqich qo‘llaniladigan sexlarda ochib-yopqichlarni yig‘ish, qismlarga ajratish va quritish uchun maxsus uchastkalar ko‘zda tutilishi lozim. Ochib-yopqichlarni yig‘ish, qismlarga ajratish, tashish va o‘rnatish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
394. Shiberli ochib-yopqichlar kovshlarga maxsus mexanizatsiyalashtirilgan stendlarda o‘rnatilishi lozim.
395. Metall va shlak ta’siridan muhofazalash uchun bekitgichning yuqori qismidagi shamot quvurcha va ayri (vilka) oralig‘iga loy surtish lozim.
396. Kovshlarni tashish paytida ularni boshqa kovsh va uskunalarga 0,5 m dan kam bo‘lgan masofaga yaqinlashtirmaslik kerak.
397. Eritmani qabul qilishga kovshni tayyorlash paytida uning futerovkasi, tubi va unga tutashgan devor futerovkasi qatorlari, shuningdek korpus va tsapfalari holatini tekshirish lozim.
Futerovkasi shubhali yoki bekitish mexanizmi nosoz bo‘lgan kovshlarni, shuningdek ustiga shlak to‘kilgan yoki ichida metall qotib qolgan (“zakozlenniy”) kovshlarni eritma qabul qilishga uzatish mumkin emas.
399. Eritmani chiqarish boshlangunga qadar, tarnov ta’mirlanishi, suvalishi va quritilishi lozim. Tarnovning olinadigan, qo‘zg‘aluvchan yoki qo‘zg‘almas qismi va pech orasidagi chokni o‘tga chidamli material bilan to‘ldirish hamda quritish kerak.
400. Kovshlarga po‘lat quyilishini rostlovchi bekitgichlarning qurilmasi ularning ishonchli va buzilmasdan ishlashini ta’minlashi lozim.
Rostlovchi bekitgichlar uzilib ketmasligi uchun ularning ko‘tarilish balandligini cheklovchi qurilma ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim. Bekitgichlar konstruksiyasi uning o‘z-o‘zidan pastga tushishni istisno qilishi kerak.
Bekitgichni boshqarish joyi tarnovdan chetroqda bo‘lishi va issiqlik nurlari hamda metall sachrashidan himoyalovchi ekran bilan muhofazalangan bo‘lishi lozim.
401. Tarnov ostidagi “fartuk”ni ta’mirlash maxsus o‘rnatilgan havozalarda turib bajarilishi kerak. Ushbu maqsadlar uchun tirkama narvonlardan foydalanish mumkin emas.
402. Po‘lat chiqarish teshigini faqat tarnov yoki erkyer ostiga kovshlar qo‘yilgan bo‘lsa ochish lozim.
403. Elektrpech oldida kovshni joylashtirish uchun o‘ra bo‘lsa, uning tubi quruq bo‘lishi kerak. Eritma chiqarilgandan so‘ng o‘rani chiqindi va skrapdan tozalash lozim.
404. Eritmani qabul qilish uchun tayyorlab qo‘yilgan kovsh, bekitgich, shiberli ochib-yopqich va o‘ralarning holati uskunalardan texnik foydalanish yo‘riqnomasi talablariga muvofiq tekshirib chiqilishi kerak.
405. Po‘lat chiqarish teshigini ochish paytida xodimlarning tarnov ustiga yoki uning bortlariga chiqib turishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
406. Po‘lat chiqarish teshigining shakli va o‘lchamlari metallning pechdan bir me’yorda to‘la oqim bo‘lib tushishini ta’minlashi lozim. Po‘latning oqib chiqish muddati texnologik yo‘riqnomada belgilab qo‘yilishi lozim.
407. Po‘lat chiqarish paytida metall va shlak sachrab tegishi mumkin bo‘lgan joylarda xodimlarning turishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
408. Eritilgan metall kovshlarga ularning yuqori chekkasidan 250 mm pastroq sathgacha quyilishi kerak.
409. Po‘lat chiqarish teshigini bekitish tashkilotning texnik qurilmalardan foydalanish yo‘riqnomasiga asosan amalga oshirilishi lozim.
410. Kovsh yoki tarnovga oksidsizlantiruvchi moddalarni kiritish jarayoni mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. Kovshga oksidsizlantiruvchi moddalarni kiritish paytida bekitish qurilmalariga shikast yetmasligi lozim.
Kovsh tubiga quruq ferroqotishma va boshqa qo‘shimcha moddalarni bexatar kiritish shartlari tashkilotning texnologik yo‘riqnomalarida ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
411. Po‘lat quyish kovshi tubiga quyilgan suyuq sintetik shlakka qattiq ferroqotishmalarni kiritish mumkin emas.
412. Karbonizator-kukunining alohida porsiyalarini og‘irligi va uni kovshga bexatar kiritish shartlari texnologik yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
413. Metall va shlakli kovshlarni ko‘tarish faqat kranning yuk tutish moslamasi tsapfaga to‘g‘ri ilinganligi tekshirilgandan so‘ng tashkilotning tegishli yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
414. Po‘lat chiqarish paytida kovshdagi suyuq metalldan namuna olish va haroratini o‘lchash masofadan turib boshqariladigan maxsus qurilma yordamida bajarilishi kerak.
Qurilma vaqtincha nosoz bo‘lsa, ushbu operatsiyalarni qo‘lda bajarishga tashkilotning texnologik yo‘riqnomasiga muvofiq ruxsat etilishi lozim.
415. Namunani kovshdan bekitgich yoki shiberli ochib-yopqich berk bo‘lganda olish lozim. Namuna olish asboblari quruq bo‘lishi kerak.
416. Sexda po‘lat tashuvchi aravachalar qo‘llanilsa, aravachaning boshqaruv pulti (kabinasi) metall va shlak sachrashidan muhofazalangan bo‘lishi kerak. Kabina derazalariga issiqlik qaytaradigan qoplamali toblangan oynalar va metall to‘r o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
417. Po‘lat tashuvchi aravachalar signal beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Aravacha g‘ildiraklari rels kallaklariga 10 mm yetmaydigan himoya qalqonchalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
418. Aravachaning elektrdvigatelini ta’minlovchi egiluvchan kabel olovbardosh qobiqqa ega bo‘lishi yoki metall va shlak sachrashidan, shuningdek, mexanik shikastlanishlardan muhofazalangan bo‘lishi lozim.
419. Po‘lat tashuvchi aravacha va binoning qurilish konstruksiyalari, shuningdek inshootlar orasidagi ochiq masofa 0,7 m dan kam bo‘lmasligi shart.
420. Quyish oralig‘ida po‘lat chiqarilayotgan pech ro‘parasidan lokomotiv va vagonlarning o‘tishiga ruxsat berilmasligi kerak.
421. Po‘lat quyish paytida ushbu ishlarga bevosita daxldor bo‘lmagan xodimlarning kovsh yaqinida turishi mumkin emas.
422. Tiqin erib stakanga yopishib qolgan hollarda po‘latni bexatar quyish usullari tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Shu maqsadda metall shtirdan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
423. Ta’mirlanayotgan marten pechi ro‘parasida po‘lat quyish jarayonini amalga oshirmaslik kerak. Agar bu talabni bajarib bo‘lmasa, shlakoviklardagi ta’mirlash ishlari to‘xtatilishi, xodimlar esa xavfsiz hududga chiqarilishi lozim.
Kovshlar ta’mirlanadigan o‘ralar ro‘parasida po‘lat quyilayotgan paytda o‘ralar ichida ishlayotgan xodimlar chiqarib yuborilishi kerak.
424. Shlak kovshlari va shlakdonlarning konstruksiyasi ularning o‘z-o‘zidan ag‘darilib ketishini istisno qilishi lozim.
Po‘lat quyish va shlak kovshlarini shlak to‘kilgan stendlarga va qistirmalardan foydalanib o‘rnatish mumkin emas.
Kovsh va shlakdonlar quruq bo‘lishi va ohak eritmasi bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Kovsh va shlakdonlarga ohak eritmasini surtish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim. Kovsh tubiga quruq shlak yoki o‘tga chidamli va tiklovchi materiallar chiqindisi sepilgan bo‘lishi lozim.
427. Po‘lat quyish yakunlangandan keyin po‘lat quyish kovshidagi suyuq shlak qoldiqlari shlak kovshi yoki shlakdonlarga quyilishi lozim.
Shlakdonlarni ikki qavat qilib o‘rnatish mumkin emas. Xodimlarning shlak to‘kish joyi yaqinida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
428. Lokomotiv brigadasini shlak chayqalib sachrashidan himoyalash uchun lokomotivdan keyingi birinchi shlak-tashigich oldiga maxsus vagon-panalagich qo‘yilishi kerak.
429. Tanavorlarni uzluksiz quyish mashina (TUQM)laridagi barcha ishlab chiqarish jarayonlari, ya’ni metallni quyishdan boshlab to tanavorlarni stellajlarga uzatish mexanizatsiyalashtirilgan va imkon boricha avtomatlashtirilgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, barcha mexanizmlarning ishini qo‘lda boshqarish imkoni ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
430. Ikkilamchi sovutish zonasi tortuvchi shamollatgich bilan jihozlangan va devori issiqlikdan izolatsiyalangan alohida xonaga ajratib joylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Metall quyish vaqtida ikkilamchi sovutish zonasi joylashgan xonaga olib boruvchi eshiklar qulflog‘liq bo‘lishi kerak.
Ikkilamchi sovutish zonasiga xizmat ko‘rsatish uchun maydoncha va zinapoyalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
431. Ikkilamchi sovutish zonasi pastida joylashgan texnologik uskuna to tortuvchi qurilmalargacha, qurilmalarning o‘zi ham, olovbardosh devorli xonaga o‘rnatilishi lozim. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning metall quyish paytida bu xonaga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
432. TUQM telefon va baland tovushli aloqa, signalizatsiya hamda zarur bo‘lsa, alohida agregatlarning ishini kuzatish uchun televizion qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
433. TUQM sining barcha yopiq boshqaruv pultlari mo‘tadil havo bilan ta’minlangan va tovushdan izolatsiya qilingan bo‘lishi kerak.
434. TUQM sining boshqaruv pultida kristallizatorni sovutish uchun va ikkilamchi sovutish zonasiga kelayotgan suvning miqdori va haroratini nazorat qiluvchi asboblar bo‘lishi kerak.
TUQM mexanizmlari markazlashtirilgan moylash tizimiga ega bo‘lishi kerak. Kristallizatorda yuzasi shlak bilan qoplangan metall bilan ishlash paytida barcha qo‘llaniladigan aralashmalar tashkilotning texnologik yo‘riqnomasiga muvofiq quritilgan yoki qizdirilgan bo‘lishi lozim.
436. Kristallizator va ikkilamchi sovutish zonasining sovutish tizimida asosiy tizim uzilib qolganda avariyaviy tarzda suv bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Kristalizator va ikkilamchi sovutish zonasiga suv kelishi to‘xtab qolgan yoki kamaygan paytda TUQM ni boshqaruv pultiga avtomatik ravishda tovush va yorug‘lik signalizatsiyasi berilishi hamda po‘lat quyish darhol to‘xtatilishi lozim.
437. Kristallizator va ikkilamchi sovutish zonasining sovutish tizimiga suv berilishidan oldin po‘lat quyish jarayonini boshlab yuborish mumkin emas.
438. Kristallizatorda hosil bo‘layotgan tanavor uzilmasligi va kristallizatordan chiqqan tanavordan suyuq metall yorib chiqmasligi uchun quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
b) tortuvchi qurilmalar kristallizator texnologik yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan sathgacha metall bilan to‘ldirilgandan so‘ng ishga tushirilishi lozim;
v) tortuvchi qurilmalarni va kristallizatorning tebratish mexanizmini ravonlik bilan ishga tushirib tezlikni asta-sekin oshirib borish kerak; tanavorni kristallizatordan tortish tezligi texnologik yo‘riqnomada belgilangan bo‘lishi lozim;
Ikkilamchi sovutish zonasidagi tayanch elementlarining konstruksiyasi ferrostatik bosim ta’sirida tanavor qobig‘ining do‘ppayishi va uzilishidan saqlashi kerak.
439. Chiqarish moslamasi (zatravka)ni kristallizatorga kiritish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va tashkilotning texnik qurilmalardan foydalanish yo‘riqnomasiga binoan amalga oshirilishi lozim.
440. Quyish maydonchasidagi TUQM ni boshqaruv pulti alohida xonada joylashgan bo‘lishi, quyish maydonchasi ikkita chiqish eshigiga ega bo‘lishi va issiqlik nurlanishi ta’siridan muhofazalangan bo‘lishi kerak. Post derazalariga issiqlik qaytaruvchi qoplamali toblangan oynalar solingan va metall to‘r bilan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Boshqarish postining o‘rni mashinada bajarilayotgan operatsiyalar yaxshi ko‘rinishini ta’minlashi lozim.
Metall quyish vaqtida boshqarish posti va kristallizator o‘rtasiga ko‘chma ekran o‘rnatilishi lozim.
441. TUQM quyish maydonchasining poliga o‘tga chidamli g‘ishtlar terilgan bo‘lishi va atrofi panjarali to‘siq bilan muhofazalangan bo‘lishi kerak. Quyish maydonchasida kamida ikkita chiqish joyi bo‘lishi kerak.
443. Quyish jarayoni tugagandan so‘ng oraliq kovshlardagi shlak quruq sig‘imlarga to‘kilishi kerak. Oraliq kovshlar futerovka qilingan qopqoqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
444. Po‘lat quyish kovshidan metallni avariyaviy tarzda to‘kish uchun barcha suyuq metall sig‘adigan avariyaviy idishlar bo‘lishi lozim.
Oraliq kovshdan metall va shlakni avariyaviy tarzda to‘kish uchun metall va shlakni qabul qiladigan futerovkali sig‘imlar bo‘lishi kerak.
445. Gaz bilan kesishni boshqarish postlari issiqlikdan izolatsiyalangan devorli xonalarga joylashtirilgan bo‘lishi va issiqlikdan himoyalovchi oynali kuzatish darchalariga ega bo‘lishi lozim.
Keskichlarni aravachaga mahkamlash moslamasi ularni uskuna ishidagi qisqa muddatli tanaffuslarda ta’mirlab olish uchun istalganini qulay va xavfsiz echib olish imkonini ta’minlashi kerak.
447. Tanavorni mashinadan chiqarib beradigan ko‘targich ishlayotgan paytda uning harakat hududiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kirmasligi uchun to‘siq o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
448. Tanavorlarni yig‘ishtirish va yuklash, shuningdek kuyundini yig‘ishtirib olish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak.
451. Nasos-akkumulyator stansiyalari yong‘in xavfsizligi me’yorlari talablariga mos bo‘lishi va moy uchun oqib tushish joyiga yoki to‘plagichga ega bo‘lishi kerak.
452. Nasos-akkumulyator stansiyalarida o‘rnatilgan sig‘imlar tuzilishi va ishlatilishi “Bosim ostida ishlaydigan idishlarni tuzilishi va bexatar ishlatish qoidalari” (ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2011-y. 23-dekabrdagi 6-24/11-13112/6-sonli xulosasi bilan texnik hujjat deb topilgan) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
a) suv oqayotgan va ish bo‘shlig‘ida yirik (3 mm dan katta) yoriqlarga ega bo‘lgan kristallizatorga metall quyish;
b) kristallizator va ikkilamchi sovutish zonasidagi suv sarfini, quymani tortish tezligini ko‘rsatuvchi asboblar nosoz bo‘lganda metall quyish;
v) ko‘tarilgan ko‘tarish-burish stendi ostida hamda po‘lat quyish va oraliq kovshlari tagida ish bajarish;
d) kristallizatorni tebratish mexanizmlari nosoz bo‘lganda metall quyishni boshlash va davom ettirish;
e) kristallizator va ikkilamchi sovitish zonasiga suv berilishi to‘xtaganda metall quyishni davom ettirish.
454. Suyuq metallga pechdan tashqarida ishlov berish uskunalarini boshqarish va texnologik jarayonlarni vizual kuzatish “Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari” (ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-y. 28-maydagi 20-15-195/12-sonli xulosasi bilan texnik hujjat deb topilgan) talablariga javob beradigan boshqarish pulti, postlaridan amalga oshirilishi lozim.
455. Avtomatizatsiya, ishlab chiqarish signalizatsiyasi va aloqa vositalari, blokirovka qurilmalari loyiha hujjatlariga, montaj hamda ishlatish yo‘riqnomasiga muvofiq bo‘lishi, shuningdek “Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari” (ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-y. 28-maydagi 20-15-195/12-sonli xulosasi bilan texnik hujjat deb topilgan) va mazkur Qoidalar talablariga javob berishi lozim.
456. Uskunalarni loyihalash paytida ularni mexanizatsiyalashgan usullarda ta’mirlash ko‘zda tutilishi kerak.
Profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash ishlari ushbu Qoidalarning 601 — 616-bandlari talablariga muvofiq o‘tkazilishi lozim.
457. Uskunani ishga hozirlash, ishlarni bajarish va tugatish, mumkin bo‘lgan avariya vaziyatlarida texnologik jarayonlarni bexatar olib borish choralari va bu vaziyatda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xatti-harakatlari, shuningdek shlak, skrap va ishlab chiqarish chiqindilarini yig‘ishtirish paytida ko‘riladigan xavfsizlik chora-tadbirlari tashkilotning tegishli yo‘riqnomalarida belgilab qo‘yilishi kerak.
458. Korxonalarda argon (azot) ishlab chiqarilmasa va argon (azot)ning sex magistrallari bo‘lmasa, ballonlarga to‘ldirilgan gazsimon argon(azot)dan foydalanish kerak.
Argon (azot)ni markazlashtirilgan usulda uzatish uchun taqsimlash qurilmasi (rampasi) qurilgan bo‘lishi kerak, undan argon (azot) iste’mol qilinadigan joylarga uzatilishi lozim.
Argon (azot) iste’mol qilish uchastkalarida o‘ra, chuqurlik, sig‘imlar mavjud bo‘lsa, ularga xodimlarning kirish tartibi tashkilotning tegishli yo‘riqnomasida belgilab qo‘yilishi kerak.
459. Suyuq metallning haroratini o‘lchash va undan namuna olish masofadan turib boshqariladigan maxsus qurilma yordamida amalga oshirilishi lozim. Qurilma vaqtincha nosoz bo‘lsa, bu operatsiyalarni tashkilotning texnologik yo‘riqnomasiga rioya qilib qo‘lda bajarish kerak.
460. Ish gazi moy bilan aloqada bo‘ladigan gidrotizimlarda ish gazi tarkibidagi kislorodning eng ko‘p ruxsat etilgan miqdori tegishli yo‘riqnomada belgilab qo‘yilishi lozim.
461. O‘zi to‘kadigan konteyner va pnevmohaydagichlarga yuklanadigan hamda suyuq metallga kiritiladigan ferroqotishma va boshqa kukunsimon materiallar quritilgan bo‘lishi kerak.
462. Kovshni to‘ldirish balandligi va qo‘shilmalarning umumiy miqdori pechdan tashqarida ishlov berish paytida metall va shlakning chayqalib sochilishini istisno qilishi lozim.
463. Gaz yordamida suyuq metallni puflash uskunalari quyidagilar: gaz quvurlarini yopib-ochadigan va rostlovchi armatura, gaz sarfi va nazorat qilish asboblari, signalizatsiya va aloqa vositalari bilan jihozlanishi lozim.
464. Gaz quvurlari (argon, azot, tabiiy gaz) issiqlik nurlanishi ta’siridan izolatsiya qilingan va suyuq metall, shlak sachrashidan hamda mexanik shikastlanishlardan himoyalangan bo‘lishi lozim.
465. Puflash jarayonini boshlashda gaz quvuridagi gaz bosimi loyiha hujjatlarida eng kam ruxsat etilgan ko‘rsatkichdan past bo‘lmasligi kerak.
466. Suyuq metallni gazlar yordamida puflash furmalari quritilgan va texnologik yo‘riqnomada belgilab qo‘yilgan haroratgacha maxsus pechda isitilgan bo‘lishi kerak.
467. Suyuq metallni puflash uchastkasiga oksidsizlantiruvchi va legirlovchi materiallarni konveyer transporti yoki konteynerlarda yetkazib berish kerak.
468. Suyuq metallni puflash rejimi, oksidsizlantiruvchi, legirlovchi materiallarni kiritish, sovituvchi element (quyma va hokazo)ni tushirish, furma va sovituvchi elementni bexatar almashtirish usullari tashkilotning texnologik yo‘riqnomalarida ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
469. Tub orqali puflash furmalarining konstruksiyalari ularni kovsh tagiga mustahkam va jips mahkamlanishini ta’minlashi hamda suyuq metallning yorib chiqish imkonini istisno qilishi kerak.
Barcha boltli, shponkali va ponali birikmalar o‘z-o‘zidan bo‘shab ketish va eyilishdan muhofazalangan bo‘lishi lozim.
Puflash furmalarini mahkamlash uchun qo‘llanilgan pona va boltlarning holatini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak.
470. Eritmani qabul qilish uchun kovshni qo‘yishdan oldin tabiiy gazdan foydalanilsa, tub furmasi orqali kirayotgan gaz bosimi yoki tezligining kattaligi kovshda gaz to‘planishini istisno qilishi va tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida belgilab qo‘yilishi kerak.
Tub furmasidan kirayotgan tabiiy gaz furmadan uzilmay yonayotgan alanga ko‘rinishida bo‘lishi kerak.
471. Puflash paytidagi gaz bosimi kovshdagi suyuq metallning ferrostatik bosimidan katta bo‘lishi va metall hamda shlakni chayqalib sochilishini istisno qilishi lozim.
472. Eritma chiqarilayotganda furmalardagi gaz bosimini oshirish tezligi puflash furmalariga suyuq metall kirib ketishini istisno qilishi va texnologik yo‘riqnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
473. Furmalar gaz (argon, azot, tabiiy gaz) quvurlariga ulanmagan bo‘lsa, tubiga furma o‘rnatilgan po‘lat quyish kovshlariga eritmani quymaslik kerak.
474. Porsiyalab vakuumlash uskunasi mexanizmlarning bexatar rejimlarda ishlashini va ularning holatini mnemosxemada qayd etilishini hamda nazorat qilinadigan parametrlar loyihada berilgan ko‘rsatkichlardan chetga chiqqan paytda ularni avtomatik tarzda o‘chirilishini ta’minlovchi boshqarish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
475. Po‘lat tashigich va vakuum kamerasining ko‘chma platformalarini harakatlantirish mexanizmlari blokirovka qurilmasiga ega bo‘lishlari lozim. Blokirovka qurilmasi vakuum kamerasidagi so‘rish nayining uchi po‘lat tashigichga o‘rnatilgan po‘lat quyish kovshining yuqori qirrasi sathi bilan baravar yoki undan pastroqda bo‘lganda po‘lat tashigichning harakatlantirish mexanizmi yuritilishini istisno qilishi lozim.
476. Ko‘chma platformani harakatlantirish mexanizmi vakuum kamerasidagi bosim atmosferanikidan past bo‘lganda, suyuq metalldan so‘ruvchi nay chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovka tizimi bilan jihozlanishi kerak.
477. Uskunalar mexanizmini ta’minlash manbalari sxemasida quyidagi hollar uchun uskuna yuritilishini istisno qiluvchi blokirovka qurilmasi ko‘zda tutilishi kerak:
a) gaz-sovutgich orqali o‘tayotgan suv sarfi loyiha hujjatlarida eng kam ruxsat etilganidan pasayib ketsa;
478. Gaz-sovutgich vakuum kamerasi sovugandan so‘ng o‘chirilishi kerak. Vakuum kamerasidagi harorat hosil bo‘layotgan kondensatning alangalanish haroratidan past bo‘lishi kerak.
479. Gaz-sovutgichni changdan vakuumlash jarayoni tugagandan va vakuum kamerasiga azot to‘ldirilgandan keyin tozalash lozim.
480. Sovutish tizimi berilgan sovutish parametrlari buzilgani va uskuna mexanizmlarini ta’minlash manbasi o‘chirilgani to‘g‘risida avtomatik ravishda yorug‘lik va tovush signali beradigan suv harorati va oqimi datchiklari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Suv uzatish avariyaviy ravishda to‘xtagan hollar uchun sovutish tizimida zaxira suv ta’minoti ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
481. Vakuum kamerasining yangidan futerovka qilingan nayi quritilgan va tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida belgilangan ish haroratigacha qizdirilgan bo‘lishi kerak.
Vakuum kamerasi nayini tushirish tezligi optimal va shlak-ajratgichning (erib ketmasdan) shlak qatlamidan vakuumga ziyon yetkazmay o‘tishi uchun yetarli bo‘lishi kerak.
482. Porsiyalab vakuumlash uchastkasiga ferroqotishmalar konteynerda yoki konveyer transporti vositasida berilishi lozim.
a) qumli ochib-yopgich (zatvor)ga nay o‘rnatilgandan va vakuum kamerasi azot yoki argon bilan atmosfera bosimigacha to‘ldirilgandan so‘ng;
b) vakuum kamerasini harakatlantirish va burish mexanizmlarini boshqarish elektr sxemasi o‘chirilgandan keyin va kalit-birka uskunani bexatar ishlatilishiga javobgar shaxsda bo‘lsa.
484. Bug‘ejektor nasosini boshqarish elektr sxemasida quyidagi hollarda nasosning to‘xtatishini ta’minlovchi blokirovka tizimi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim:
a) vakuumlash jarayoni, vakuum kamerasini azot yoki argon bilan puflash tugagandan va nay qumli ochib-yopgichga o‘rnatilgandan so‘ng;
b) vakuum kamerasini harakatlantirish va elektr isitish mexanizmlarini boshqarish elektr sxemasi o‘chirilgandan keyin va kalit-birka uskunani bexatar ishlatilishiga javobgar shaxsda bo‘lsa.
486. Porsiyalab vakuumlash uskunalari chiqib ketayotgan gazlarni, shu jumladan uglerod oksidini ham to‘liq yondiruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishlari lozim.
487. Sirkulatsiyali vakuumlash uskunalariga ushbu Qoidalarning 465, 478 — 486-bandlari talablari taalluqlidir.
488. Sirkulatsiyali vakuumlash uskunalarining boshqarish tizimi mexanizmlar holatini mnemosxemada qayd etib, ularning bexatar rejimlarda ishlashini va nazorat qilinadigan parametrlar berilgan ko‘rsatkichlardan chetga chiqqan paytda ularni avtomatik tarzda o‘chirilishini ta’minlashi kerak.
489. Uskunaning vakuum kamerasi bosim 0,01 MRa (0,1 kgf/sm2) bo‘lganda ishlab ketadigan saqlovchi klapan bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
490. Po‘lat tashigichni va vakuum kamerasining ko‘chma platformasini harakatlantiruvchi mexanizmlarga o‘rnatilgan blokirovka tizimi vakuum kamerasining keltiruvchi va olib ketuvchi quvurlari uchi po‘lat tashigichga o‘rnatilgan po‘lat quyish kovshini yuqorigi chekkasiga teng yoki undan pastroq bo‘lganda po‘lat tashigichni harakatlantiruvchi mexanizm ishga tushishini istisno etishi lozim.
491. Po‘lat tashigichni yoki vakuum kamerasining ko‘chma platformasini harakatlantirish mexanizmlariga o‘rnatilgan blokirovka tizimi vakuum kamerasidagi bosim atmosferanikidan past bo‘lganda suyuq metalldan keltiruvchi va olib ketuvchi quvurlarning chiqarilishini istisno qilishi lozim.
492. Tashuvchi gaz (argon) keltiruvchi quvurga zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bir nechta quvurchalar yordamida uzatilishi va quvurchalar tiqilib qolganda tashuvchi gaz uzatilishi to‘xtab qolmasligi uchun har bir quvurchaning o‘zida alohida rostlash moslamasi bo‘lishi kerak.
493. Suyuq metallga oksidsizlantiruvchi va legirlovchi materiallarni kiritish titrama tarnovli vakuum shlyuzi orqali amalga oshirilishi lozim.
494. Suyuq metallni sirkulatsiyali vakuumlash uskunalari gazni nazorat qilish va sarfini o‘lchash asboblari, gaz quvurlariga o‘rnatilgan yopib-ochuvchi va rostlovchi armatura bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
495. Vakuumli uglerodsizlantirish va kovshni vakuumlash uskunalarining boshqarish tizimi mexanizmlar holatini mnemosxemada qayd etib, ularning bexatar rejimlarda ishlashini va nazorat qilinadigan parametrlar loyihaviy (berilgan) ko‘rsatkichlardan chetga chiqqanda ularning ishlashini avtomatik tarzda o‘chishini ta’minlashi kerak.
496. Uskuna kamerasi yopilayotgan paytda po‘lat erituvchi unda ishlovchilar yo‘qligiga ishonch hosil qilishi lozim.
497. Uskuna kamerasida vakuum keskin tushib ketgan holatda u vakuumning tushib ketish sabablari aniqlanib va ular bartaraf etilguncha o‘chirib qo‘yilishi kerak.
498. Tigeldan metall oqib chiqqanda uskuna o‘chirilishi va suyuq metall qolipga quyilishi kerak. Uskunani ochishdan avval uni inert gaz bilan to‘ldirish zarur. Uskunani faqat metall sovugandan (qoraygandan) so‘ng asta-sekin havo bilan to‘ldirish lozim.
499. Eritish jarayoni va eritishlar orasidagi tanaffus paytida texnologik zaruriyat yuzasidan vakuum kamerasiga havo kiritish tartibi, shuningdek kamerani germetiksizlantirish tartibi tashkilotning texnologik yo‘riqnomalarida belgilab qo‘yilishi lozim.
500. Kislorod furmasini harakatlantirish mexanizmiga ushbu Qoidalarning 236, 312, 313-bandlari talablari taalluqlidir.
501. Suyuq metall quyilgan kovshga vakuum ostida oksidsizlantiruvchi va legirlovchi materiallarni faqat vakuum shlyuzi orqali kiritish, uning konstruksiyasi tizimdagi vakuum saqlanishini ta’minlashi lozim.
Vakuum kameralaridagi qaytarma tipdagi qopqoqlar ularning o‘z-o‘zidan yopilib qolishini istisno qiluvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
503. Vakuum kamerasi tubiga, ya’ni kovsh tagiga metall ostdon (o‘rnatkich moslama) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
505. Kovshdan kovshga quyilayotgan po‘lat oqimi vakuumlansa, po‘lat quyuvchi uchun mo‘ljallangan maydonchaning kovsh tarafi panjara balandligida issiqlikdan himoyalovchi yaxlit to‘siq bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Maydonchaning ikki tarafiga qiyalik burchagi 45 darajali zinalar o‘rnatilishi lozim.
506. Vakuum nasoslarining xonasi keltiruvchi-tortuvchi shamollatish qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
507. Vakuum nasoslarining tortish quvuri tegishli normativ-texnik hujjatlarda ko‘zda tutilgan balandlikka chiqarilgan bo‘lishi lozim.
508. Suyuq metallga kukunsimon materiallarni purkash uskunalari argon quvurlariga o‘rnatilgan yopib-ochuvchi va rostlovchi armatura, argon, kukunsimon materiallar bosimi va sarfini nazorat qilish asboblari, signalizatsiya va aloqa vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Konteynerlarda material nomi, uning markasi, usta familiyasi, uning imzosi va kukun ishlab chiqarilgan sana ko‘rsatilgan yorliq yopishtirilgan bo‘lishi lozim.
510. Kukunsimon materiallarni konteynerga yuklash mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va inert atmosferada bajarilishi kerak.
511. Pnevmo-haydagichga yuklanayotgan kukunsimon materiallarning miqdori suyuq metallni puflash uchun zarur bo‘lgan bir martalik me’yordan ortiq bo‘lmasligi lozim.
512. Suyuq metallga kukunsimon materiallarni purkash bo‘yicha operatsiyalarni bajarish tartibi tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida qat’iy belgilab qo‘yilishi kerak.
514. Suyuq metallga kukunsimon materiallar bilan ishlov berish jarayoni boshqaruv pultidan boshqarilishi lozim.
516. Pnevmohaydagich va uzatish traktidan kukunsimon materiallarni sex atmosferasiga puflab tozalash mumkin emas.
517. Yuklash konteyneri va pnevmohaydagichni biriktiruvchi konstruksiya germetiklikni ta’minlashi lozim.
518. Suyuq metallga sim yoki kukunsimon sim (keyingi o‘rinlarda sim) ko‘rinishidagi oksidsizlantiruvchi modda va modifikatorlarni kiritish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak.
519. Simni kiritish uskunalari (trayb-apparat va hokazolar) simni tortish mexanizmlari va kiritish tezligini o‘lchovchi asboblar, shuningdek yo‘naltiruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
520. Suyuq metallga sim ko‘rinishidagi oksidsizlantiruvchi moddalar va modifikatorlarni kiritish tezligi sim markasi va tarkibiga bog‘liq holda texnologik yo‘riqnomada qat’iy belgilab qo‘yilishi kerak. Bu tezlik kattaligi kovshdagi suyuq metallning yuqori qatlamlarida oksidsizlantiruvchilar va modifikatorlar tarkibi erishi, bug‘lanishini hamda sex atmosferasiga bug‘lanish mahsulotlari tushishini istisno qilishi lozim.
521. Sim ko‘rinishidagi oksidsizlantiruvchi modda va modifikatorlarni kiritish jarayoni masofadan turib boshqarilishi kerak.
523. Suyuq metallga kompleks ishlov berish agregatlari uchun mazkur Qoidalarning 248, 254, 255, 259, 261, 262 — 265, 286 — 300, 315 — 323, 326, 454 — 457, 459 — 467, 469 — 473, 509 — 522-bandlaridagi talablar taalluqlidir.
524. Suyuq metallga kompleks ishlov berish agregatlarining boshqarish tizimi mexanizmlar holatini mnemosxemada qayd etib, ularning bexatar rejimlarda ishlashini va nazorat qilinadigan parametrlar berilgan ko‘rsatkichlardan chetga chiqqanda avtomatik tarzda o‘chishini ta’minlashi kerak.
525. Suyuq metallga kompleks ishlov berish operatsiyalarini bajarish tartibi texnologik yo‘riqnomada belgilab qo‘yilishi lozim.
526. Kovshlarga to‘ldirilgan suyuq metallning sathi ularning yuqori qirrasidan 400 mm past bo‘lishi kerak.
Kovshning yuqori qirrasidan undagi suyuq metall sathigacha bo‘lgan masofa 400 mm dan kam bo‘lsa, bunday kovshni kompleks ishlov berishga uzatish mumkin emas.
527. Tubdan puflash furmalarini ochish uchun zarur bo‘lgan inert gaz (azot, argon) bosimining eng yuqori miqdori tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida belgilab qo‘yilishi lozim.
528. Po‘lat tashigichni harakatlantirish va suyuq metallga kompleks ishlov berish agregati gumbazini ko‘tarish mexanizmlarining blokirovka qurilmasi elektrodlarning pastki uchi po‘lat tashigichga o‘rnatilgan po‘lat quyish kovshining yuqori qirrasiga teng yoki undan pastroqda bo‘lganda, shuningdek kovsh qopqog‘i (gumbazi) ko‘tarilmaguncha po‘lat tashigichni harakatlantiruvchi mexanizmlar ishga tushishini istisno qilishi lozim.
529. Chiqayotgan gazlarni olib ketish tizimi gazlarning kovsh qopqog‘i ostidan chetga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
530. Qopqoq (gumbaz)ni tushirish jarayoni kovshni harakatlantiruvchi mexanizm bilan blokirovka qilingan bo‘lishi kerak.
531. Ishlov berish jarayonida suyuq metallga sochiluvchan, legirlovchi materiallar va oksidsizlantiruvchi moddalarni berish mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak.
532. Po‘lat eritish sexlarini loyihalash, qurish, texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishda SanQvaM 0271-09 sonli “Qora metallurgiya korxonalari uchun sanitariya qoidalari”, shuningdek amaldagi sanoat tashkilotlarini loyihalash sanitariya normalari, qurilish me’yorlari va qoidalari hamda ushbu Qoidalar talablariga rioya etish lozim.
533. Po‘lat eritish sexlarida ShNQ 2.09.04-09 “Korxonalarning ma’muriy va maishiy binolar”ga muvofiq sanitariya-maishiy xonalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
534. Ishlab chiqarish jarayonlari bajarilayotganda ish hududida paydo bo‘ladigan zararli ishlab chiqarish omillarini bartaraf etish yoki chegaraviy ruxsat etilgan miqdorlargacha kamaytirish uchun ishlovchilar GOST 12.4.011 va boshqa tegishli davlat standartlari bo‘yicha jamoaviy texnik himoya vositalari hamda shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishlari kerak.
535. Po‘lat eritish sexlarining ishlab chiqarish va yordamchi binolari ish hududi havosidagi zararli moddalar, shovqin, tebranishning miqdorini GOST 12.1.005 hamda tegishli sanitariya qoida va me’yorlarida belgilangan chegaraviy miqdorlargacha pasaytirilishini ta’minlovchi isitish, shamollatish, aspiratsiya va havoni mo‘tadillash tizimlari bilan jihozlanishi lozim.
536. Ishlab chiqarish sexlarining ish hududlaridagi harorat, namlik va havo harakati tezliklarining ruxsat etilgan o‘zaro moslashuvi SanQvaM 0203-06 sonli “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimining sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
537. Po‘lat eritish sexlarining ishlab chiqarish va yordamchi bino hamda xonalaridagi tabiiy va sun’iy yoritish, shuningdek, avariyaviy yoritish ham QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish”, “Elektruskunalarni o‘rnatish qoidalari” (ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-y. 27-fevraldagi 20-15-62/24-sonli xulosasi bilan texnik hujjat deb topilgan) talablariga mos bo‘lishi lozim.
538. Ishlab chiqarish jarayonida havo yuborish-tortish ventilatsiyasi va aspiratsiya vositalarining uzluksiz ishlashi ta’minlanishi va ushbu tizimlar amaldagi Korxonalarda ventilatsiya tizimini xavfsiz ishlatish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma NY-VT-94 va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
539. Binoning suv o‘tkazish va kanalizatsiya tizimlari QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv o‘tkazgich va kanalizatsiyalari” talablariga javob berishi lozim.
540. Tovush darajasi yoki tovush darajasiga ekvivalent 80 dB dan yuqori bo‘lgan hududlarga GOST 12.4.026 talablariga muvofiq xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ushbu hududlarda ishlovchilar tegishli shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
541. Radioaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nurlanish manbalari qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni ishlatish amaldagi SanQvaM 0193-06 sonli “Radiatsiya xavfsizligi qoidalari va sanitariya me’yorlari”, RXM-2006 “Radiatsiya xavfsizligi me’yorlari”, RXTASQ-2006 “Radiatsiya xavfsizligini ta’minlovchi asosiy sanitariya qoidalari” talablari hisobga olinib ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik yo‘riqnomalarda aniqlab qo‘yilishi kerak.
542. Po‘lat eritish sexlarida radioaktiv preparatlarini o‘rnatish usuli va tartibi oldindan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
543. Radioaktiv izotoplarni tanlash va o‘rnatish ishlari ta’mirlash chog‘ida o‘rnatilgan moddalarning faolligi ruxsat etilgan me’yorlardan ortiq bo‘lmasligi uchun preparatning xizmat vaqti, o‘rnatish joyini hisobga olgan holda bajarilishi lozim.
Radioaktiv izotopning yarim emirilish muddati tugaguncha o‘rnatish joyini ta’mirlash zarurati tug‘ilganda maxsus himoya chora va vositalari (himoya ekrani, materiallarni chiqarish uchun manipulyator va hokazolar) qo‘llanilishi kerak.
544. Radioaktiv preparatlar o‘rnatilgan joydan chiqishi mumkin bo‘lgan barcha turdagi radioaktiv nurlanishlar tegishli dozimetrik asboblar bilan nazorat qilinishi kerak.
546. Korxonalarda ishlovchi xodimlar soni bo‘yicha tibbiy punktlar, feldsherlik sog‘liqni saqlash punktlari yoki shifokorlik sog‘liqni saqlash punktlari ShNQ 2.09.04-09 “Korxonalarning ma’muriy va maishiy binolar”ga muvofiq tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Punktni tashkil etish va uning uskunalari mahalliy sog‘liqni saqlash organlari bilan kelishiladi. Har bir maishiy xonada birinchi tibbiy yordam aptechkalari bo‘lishi kerak.
547. Aptechkalarda dori-darmonlar mavjudligi va ularning to‘plami to‘liqligi ustidan kuzatishni sex (bo‘linma) boshlig‘i va sog‘liqni saqlash punkti xodimlari olib borishlari lozim.
548. O‘tga chidamli mahsulot va materiallar (pech va kovshlarni ta’mirlash uchun g‘isht, sifon jihozlari, kovshlar uchun stakanlar, bekitgich uchun tiqinlar, shiberli ochib-yopqichlar uchun plitalar, magnezit va dolomit) maxsus yopiq omborlarda saqlanishi lozim.
549. O‘tga chidamli materiallarni omborga tushirish va ularni sex binosi hamda ta’mirlash o‘tkazilayotgan joylarga yetkazib berish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
550. Sexlarda kundalik sarf uchun mo‘ljallangan o‘tga chidamli materiallar ushbu materiallar ishlatiladigan joylarga imkon boricha yaqin bo‘lgan, maxsus ajratilgan maydonchalarga taxlanishi lozim.
551. Quyish maydonchalari ostiga uskuna va o‘tga chidamli materiallarni taxlashga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
552. O‘tga chidamli materiallar tekis maydonchalarga taxlanishi kerak. Shtabelning balandligi 1,5 m dan ko‘p bo‘lmasligi, ularning orasidagi o‘tish yo‘laklarining eni 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
553. Marten pechining ish maydonchasi ostida o‘tga chidamli materiallarni pechning navbatdagi ta’mirlanish ehtiyojidan ortiq bo‘lmagan miqdorda saqlash kerak.
Kovsh, tarnov va pech qopqoqlarini ta’mirlash uchun ishlatiladigan o‘tga chidamli materiallarni ish maydonchalari ostidagi bo‘sh oraliqlarda saqlash mumkin.
554. G‘ishtlar avtoyuklagichlarda tashilganda g‘isht paketlari tagliklarga, donaboy g‘ishtlar esa ostiga panshaxali tutqichlar kira oladigan tagdonlarga terilishi lozim.
O‘tga chidamli materiallarni taxlash tartibi haydovchiga harakat yo‘li ko‘rinishini ta’minlashi kerak.
555. Yangi qurilayotgan shlak hovlilari yordamchi va maishiy binolar, shuningdek yo‘lak va transport yuradigan yo‘llardan uzoqroq hududda joylashgan bo‘lishi lozim.
556. Shlak tashigichning lafeti kovsh ag‘darilishi boshlanishidan avval uni ag‘anab ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslama bilan mahkamlanishi kerak.
558. Shlak hovlisiga kirish joyida yashil va qizil rangli chiroqlardan iborat yorug‘lik signalizatsiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi, bu chiroqlar tashkilotning tegishli yo‘riqnomasi talablariga muvofiq yoqilishi kerak.
559. Shlak hovlisida harakatlanayotgan temir yo‘l transportining tezligi 4 km/h dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
560. Shlak tashigichlar avtoulagich va belgilangan eng chekka holatga kelganda kovsh ag‘darilishini to‘xtatuvchi cheklagichlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
561. Shlak tashigichlar shlak to‘kiladigan maydonchaga qo‘yilgandan so‘ng lokomotiv shlak hovlisi tashqarisiga chiqarib yuborilishi kerak.
562. Shlak kovshlarini ag‘darishdan avval qotib qolgan shlakning qobig‘i bosib sindirilishi, shuningdek shlak o‘rasida namlik yo‘qligi tekshirilishi lozim.
563. Shlak kovshlarini ag‘darishdan avval baland tovushli signallar berilishi, shundan so‘ng barcha xodimlar muhofazalangan joyga chiqarilishi, kran esa xavfsiz joyga o‘tkazilishi lozim.
565. Shlak o‘ralarining devorlari issiqbardosh betondan yasalgan va metall plitalar bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
566. Shlak kovshlarini ag‘darish jarayoni masofadan turib va boshqaruv postlaridan boshqarilishi kerak.
567. Shlak kovshlarini ag‘darish boshqariladigan postlar yonmaydigan materialdan yasalgan bo‘lishi kerak. Ag‘darish uchun ishlatiladigan kovshlar boshqaruv postlariga 10 m dan yaqin bo‘lmagan joyga o‘rnatilishi lozim. Pultlarning kuzatish tuynuklari shlak sachrab tegishidan muhofazalangan bo‘lishi kerak.
568. Elektr kabelni ag‘darish qurilmasining yuritmasiga shtepselli birlashtirish muftasi yordamida ulash lozim. Kabelning uchlarini ochiq qisqich yoki uyalarga ulash mumkin emas.
569. Yilning sovuq va o‘tish mavsumlarida ishchilarni dam olish va isinishi uchun shlak hovlisida isitiladigan xona bo‘lishi lozim.
570. Shlakni dastlabki qayta ishlash bo‘linmalariga mazkur Qoidalarning 556 — 561, 564 — 569-bandlaridagi talablar taalluqlidir.
571. Shlakni dastlabki qayta ishlash bo‘linmasining barcha taraflari, transport kirish joyidan tashqari, to‘silgan bo‘lishi kerak. To‘siqlarning konstruksiyasi va balandligi bo‘linmadan shlak otilib chiqishini istisno etishi kerak.
Shlakni dastlabki qayta ishlash bo‘linmasidan yordamchi va maishiy binolar, yo‘lak va yo‘llargacha bo‘lgan xavfsiz masofa kamida 50 m bo‘lishi va loyihada aniqlab qo‘yilishi lozim.
572. Shlakni to‘kish va unga ishlov berish uchun kamida ikkita seksiya bo‘lishi kerak. Shlakni to‘kish va unga ishlov berish navbatma-navbat bajarilishi kerak. Bitta seksiyaning o‘zida bir vaqtda shlakni to‘kish va ishlash mumkin emas.
573. Shlak ariqlari texnologik va yuza suvlarini qochirish uchun drenaj tizimi bilan jihozlangan hamda ularga sizot suvlari tushishidan muhofazalangan bo‘lishi lozim.
Shlak ariqlaridagi drenaj tizimining ishi ko‘rsatib o‘tilgan suvlarni to‘liq qochirilishini ta’minlashi va tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida o‘rnatilgan muddatlarda muntazam ravishda tekshirib turilishi kerak.
574. Suv bilan sovutish tizimining sachratish qurilmalari shlak sirtiga bir tekisda suv sepilishini ta’minlashi kerak. Shlak to‘kilmagan joylarga suv sepilmasligi lozim.
576. Shlakni dastlabki qayta ishlash bo‘linmasi yorug‘lik va yaxshi eshitiladigan tovush signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Shlak to‘liq to‘kilguncha signalizatsiya ishlab turishi kerak.
577. Shlak idishlarini ag‘darish uchun ochiq havoda ishlashga mo‘ljallangan, masofadan turib boshqaradigan qurilma bilan jihozlangan va shlakning issiqlik nurlanishidan himoyalangan ko‘prikli kranlardan foydalanish kerak.
578. Shlak to‘kilishini boshqarish postlaridagi kuzatish tuynuklariga issiqbardosh oynalar solingan bo‘lishi lozim.
579. Shlak kovshlarini tashish va ag‘darish uchun avto-tashigichlar qo‘llanilsa, shlak to‘kiladigan joyda avto-tashigichlarni shlak arig‘iga ag‘anab ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus muqim to‘siq (tirgaklar) ko‘zda tutilishi kerak.
580. Qo‘llaniladigan avto-shlaktashigichlarda shlakni tashish va to‘kish paytida haydovchi kabinasiga shlak tushishini istisno qiluvchi qurilma bo‘lishi lozim.
581. Shlak kovshlarini ag‘darishdan avval ariqlardagi ho‘l joylarga suvni to‘liq bug‘latib yuborish uchun issiq shlak sepilishi kerak. Shlakni ho‘l yuzaga to‘kish mumkin emas.
582. Kovshdagi shlak qobig‘ini bosib sindirish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. Qobiqni qo‘lda urib sindirish mumkin emas.
583. Shlakni to‘kish va sovutish tartibi, shuningdek shlak kovshlarini tashish va ag‘darish uchun mo‘ljallangan shlak-avtotashigichlardan foydalanish paytidagi xavfsizlik choralari uskunalardan texnik foydalanish yo‘riqnomasida ko‘zda tutilishi lozim.
584. Shlak kovshlaridan qatqaloq va shlak garnisajlarini urib chiqarish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
585. Ekskavator, yuklagich, buldozer yoki boshqa mashina va mexanizmlar yordamida shlakka ishlov berish va uni yuklashga shlak to‘kiladigan joydan kamida 50 m uzoqlikda ruxsat etiladi. Agar bu masofa 50 m dan kam bo‘lsa, shlak to‘kilayotgan vaqtda ishlov berish jarayonlari to‘xtatilishi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar esa maxsus xonaga kirib turishlari lozim.
586. Shlak to‘kilayotgan joydan bug‘ kelishi yoki noqulay ob-havo sharoitlari tufayli bo‘linmada (xandaqda) ko‘rinish keskin yomonlashgan hollarda qo‘shimcha yoritish yoqilishi kerak. Agar shundan keyin ham yoritilganlik yetarli bo‘lmasa, shlakka ishlov berish va yuklash jarayonlari to‘xtatilishi lozim.
587. Ohakli eritma purkash uchun shlak kovshlari va shlakdonlar kamida 200° S (473 K) haroratga qizdirilgan holatda uzatilishi kerak.
588. Po‘lat eritish ishlab chiqarishining shlaklarini donadorlash (granulatsiya) suv, siqilgan havo yoki bir vaqtning o‘zida suv va siqilgan havo yordamida amalga oshirilishi mumkin.
589. Donadorlash uskunalarining ish rejimi va asosiy texnologik parametr (suv va havoning bosimi va sarfi, donadorlash havzasining chuqurligi va boshqa)lari loyiha hujjatlarida belgilangan bo‘lishi kerak va faqat loyihani ishlab chiqqan tashkilot bilan kelishilgan holda o‘zgartirilishi mumkin.
590. Bino ichida joylashgan donadorlash uskunalari bug‘ni to‘liq chiqarib yuboradigan aspiratsiya tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
591. Donadorlash qanday usulda bajarilmasin, shlak kovshlarini ag‘darish, suv, siqilgan havo yoki bir vaqtda suv va siqilgan havoni uzatish shlak to‘kiladigan joydan kamida 10 m uzoqlikda joylashgan boshqaruv pultida masofadan turib boshqarilishi kerak.
Donadorlash uskunasining pulti olovbardosh va bug‘ hamda shlak sachrashidan muhofazalangan bo‘lishi kerak.
592. Shlakni donadorlash jarayoni chog‘ida donadorlash uskunasi yonida unga xizmat ko‘rsatmaydigan sex xodimlari bo‘lmasligi, yuk ko‘tarish kranlari turmasligi va temir yo‘lda manevr ishlari bajarilmasligi kerak.
593. Donadorlashdan avval kovsh ichidagi shlak qobig‘ini urib sindirish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
594. Donador shlakni tashish uchun foydalaniladigan temir yo‘llar shu yo‘llar bo‘ylab qazilgan oqova zovurlarga yoki donadorlash havzasiga suv va to‘kilgan shlaklarni qaytadan oqib tushishini ta’minlaydigan ariqchalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Donador shlakni yuklash uchun ishlatiladigan temir yo‘l vagonlarining donadorlash havzasi bo‘ylab harakatlanishi mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
595. Shlak tozalovchi greyfer kranlar ular harakatlanayotganda signal beradigan avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
596. Donadorlash havzalari donador shlakning kanalizatsiyaga tushishini istisno qiluvchi moslamalar bilan ta’minlanishi lozim.
597. Tarkibida metall bo‘lgan shlakni donador qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shlakni donadorlashga yaroqliligini mutaxassis aniqlab berishi kerak.
598. Shlak to‘kilishi boshlanganligi to‘g‘risida xodimlarni ogohlantirish uchun donadorlash uskunasi yorug‘lik-tovush signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
599. Xodimlarning dam olishi va isinishi uchun donadorlash uchastkasida tegishli xona qurilgan bo‘lishi kerak.
601. Po‘lat eritish sexlarining texnik qurilmalari tashkilotda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan grafiklarda belgilangan muddatlarda ko‘rikdan o‘tkazilishi, tekshirilishi va ta’mirlanishi kerak.
Po‘lat eritish sexlarining asosiy metallurgiya uskunalarini kapital ta’mirlash muddatlarini ko‘chirishga ta’mirlash grafigini tasdiqlagan shaxsning ruxsati va uskunadan foydalanishni davom ettirish mumkinligi to‘g‘risida xulosa berilgan texnik shahodatlash dalolatnomasi bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
602. Metallurgiyada qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash, shuningdek ta’mirlash ishlarini bajarish uchun ishlab chiqilgan tegishli hujjatlar amaldagi “Qora metallurgiya korxonalarining uskunalarini ta’mirlash paytida xavfsizlik qoidalari” va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
603. Po‘lat eritish sexlarida ta’mirlanishi uchun birka tizimi, naryad- ruxsatnoma qo‘llaniladigan yoki ishlarni tashkil etish loyihasi (ITEL) rasmiylashtiriladigan obyekt, agregat va uskunalar ro‘yxati tuzilgan bo‘lishi hamda tashkilotda belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Ishlarni tashkil etish loyihasida ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarini bajarish tartibi va ketma-ketligi hamda xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
604. Ishlab turgan sexlarda boshqa sexlar yoki pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilayotgan ta’mirlash, sozlash, qurilish va montaj ishlari xavfi yuqori ishlar jumlasiga kiritiladi va naryad-ruxsatnomalar asosida bajarilishi kerak.
605. Ishni boshlashdan oldin ta’mirlash ishlariga jalb qilingan barcha mutaxassis va ishchilar ITEL bilan tanishishlari va mehnat xavfsizligi bo‘yicha maqsadli yo‘l-yo‘riqdan o‘tishlari kerak.
Ta’mirlash chog‘ida mehnat sharoitlari o‘zgarganda yangi naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirilishi va takroran yo‘l-yo‘riq o‘tkazilishi kerak.
606. Birka tizimi qo‘llanib ishlatiladigan mexanizmlarni ko‘rikdan o‘tkazish, sozlash va ta’mirlash ishlari OST SSBT 1455-79, tashkilotning uskunalarni ta’mirlash va tozalash yo‘riqnomasiga muvofiq bajarilishi lozim.
607. Pechlarni ta’mirlashdan avval zarur joylarda xavfsiz o‘tish yo‘laklari qilinishi, GOST 12.4.026 ga asosan texnika xavfsizligi bo‘yicha ogohlantirish plakatlari o‘rnatilishi lozim.
608. Xodimlar o‘tishi uchun mo‘ljallangan maydoncha va ust yopmalardagi to‘siqsiz tuynuklar oshiq-moshiqli qopqoqlar bilan yopilishi kerak.
609. Ta’mirlash ishlari olib borilayotganda konstruksiya, uskuna, detal, qurilish materiallari va boshqalarni ko‘tarish hamda tashish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ularning tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan usulda bajarilishi lozim.
Yuklarni ko‘tarish uchun gaz quvurlari va ularni ko‘tarib turuvchi ustunlardan tayanch sifatida foydalanish mumkin emas.
610. Pechning metall konstruksiyalarini montaj va demontaj qilayotganda ularni osig‘liq va qaltis holatda qoldirib ketish mumkin emas.
Demontaj qilinayotgan konstruksiya va uskunalar zarur o‘tish yo‘laklari qoldirilib barqaror holatda taxlanishi kerak.
611. Xodimlar yuqorida ishlayotganda asbob va mayda detallarni olib yurish uchun maxsus sumkalardan foydalanishi lozim.
612. Qo‘llanilayotgan asbob va moslamalar “Asbob va moslamalar bilan ishlash paytida xavfsizlik qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2007-yil 10-dekabr 20-15-306/11-son xulosasi) va tegishli davlat standartlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
613. Zaxira detal va uskunalarni saqlash uchun sexlarda yuk ko‘tarish mexanizmlari va kirish yo‘llari bilan jihozlangan omborlar ko‘zda tutilishi lozim.
614. Pechlarda navbatdagi rejali-oldini olish ta’mirlanishi o‘tkazilayotganda dudbo‘ronlarning holati tekshirilishi kerak.
615. Po‘lat eritish pechlari, kovshlarning futerovkasini sindirish tartibi ishlarni bexatar olib borish choralari ko‘zda tutilgan tashkilotning tegishli yo‘riqnomalarida belgilab qo‘yilishi lozim.
616. Po‘lat eritish pechlari ta’mirdan chiqqandan so‘ng quritilishi va qizdirilishi kerak. Ularni quritish va qizdirish tashkilotda belgilangan tartibda tasdiqlangan jadval va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
617. Ta’mirlanayotgan pechlarning ichini yoritish uchun kuchlanishi 12 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma chiroqlardan foydalanish lozim.
618. Marten pechini ta’mirlash chog‘ida uni ikkala tarafiga (quyish va pech oraliqlarida) o‘tkazilayotgan ta’mirlash ishlari to‘g‘risida ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yish lozim.
619. Marten pechi to‘xtatilgandan so‘ng gumbaz, devor va arka qismlari ostiga ishchilar faqat almashtirilayotgan devor buzilgandan so‘ng qo‘yilishi kerak.
Pechning ish bo‘shlig‘iga xodimlarni kiritishdan avval yuklash darchalaridagi qopqoqlar olib qo‘yilishi lozim.
620. Devorlarni buzish paytida pechning rama va boshqa qismlarini osig‘liq va mahkamlanmagan holatda qoldirib ketishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
621. Pechning yuqori va pastki qurilmalari gumbazlarini sindirish paytida gumbaz ustida turish mumkin emas. Pech kallaklari gumbazini sindira boshlashdan avval xodimlar shlakovikdan chiqarib yuborilishi lozim.
622. Pech kallaklarining devorini ish maydonchasi sathigacha sindirgandan so‘ng paydo bo‘ladigan ochiq joylarni yopib qo‘yish yoki ish maydonchasining chekkasi bo‘ylab to‘sib qo‘yish kerak.
623. Kesson ariqchasi (leshad) sathidan pastroq bo‘lgan vertikal kanal devorlarini sindirish faqat kesson mahkamlab yoki olib qo‘yilgandan so‘ng bajarilishi lozim.
624. Yuqori va pastki qurilmalar gumbazlarini terish faqat opalubka holati va uning to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshirilgandan so‘ng bajarilishi lozim.
625. Qizib turgan uskuna (pech, regenerator, shlakovik, kovsh va boshqa)lar ichiga ishchilar kirib bajaradigan ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga undagi havo harorati 40° S (313K) dan ortiq bo‘lmaganda ruxsat etilishi kerak.
Ta’mirlash ishlari olib borilayotganda shlakovikdan shlak va g‘isht siniqlarini chiqarish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak.
627. Ta’mirlanayotgan pech oldidagi ish maydonchasiga g‘isht shtabellari, konteyner, materiallar solingan quti, konstruksiya va hokazolarni joylashtirishga ruxsat etiladi. Bunda yuklash mashinalarining taxlangan buyumlarga kamida 1,5 m masofaga yaqinlasha olmasligi uchun chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim.
Ta’mirlanayotgan pech oldidagi mulda yo‘llari bo‘ylab harakatlanuvchi tarkiblarning o‘tish tartibi ITEL da belgilangan bo‘lishi kerak.
628. Pechlarni sovuq holatda ta’mirlash paytida bug‘latib sovutish tizimi va armaturalar reviziya qilinishi hamda ta’mirlanishi, so‘ngra maxsus jurnalga qayd qilinishi lozim.
629. Yuklash darchasining ramasini almashtirish dastlab undan sovutish suvi to‘kilgandan so‘ng amalga oshirilishi kerak.
Qopqoq va ramalarni almashtirish paytida muldali aravachalarni pech oldida harakatlantirmaslik lozim.
630. Pech gumbazida issiq holatda ta’mirlash o‘tkazilayotgan paytda pechga yonilg‘i uzatilishi to‘xtatilishi lozim.
631. Ta’mirlanayotgan pech oldida shlak idishlarini almashtirish va pech ta’mirlanishi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa texnologik ishlarni bajarish mumkin emas.
632. Pechni zichlash bo‘yicha barcha ishlar ITEL va tegishli yo‘riqnomalar talablariga muvofiq bajarilishi hamda jurnalga yozib qo‘yilishi lozim. Zichlash paytida ish joyini kuchlanishi 12 V dan ko‘p bo‘lmagan ko‘chma chiroqlar bilan yoritish kerak.
633. Pechni quritish uchun yoqish paytida va ta’mirlashdan so‘ng pechga gaz yuborilayotganda barcha xodimlar pechdan xavfsiz hududga o‘tkazilishi lozim.
634. Elektr yoyli pech sovuq holatda ta’mirlash boshlanishidan avval o‘chirilishi va ta’minlovchi elektr nimstansiyada elektr sxema uzib qo‘yilishi lozim.
635. Ta’mirlanayotgan elektr yoyli pech ostidagi hudud to‘sib qo‘yilishi kerak. Pech va ish maydonchalari o‘rtasidagi oraliqlar yopilishi yoki to‘silishi lozim.
636. Elektr pech futerovkasini almashtirish va yig‘ishtirish ishlari mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak.
637. Ta’mirlash ishlarini bajarish paytida elektr pechning alohida qismlariga xavfsiz o‘tish uchun yengil metall narvonlar qo‘llanilishi, ular yiqilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslamalar bilan ta’minlanishi lozim.
638. Sovuq holatda ta’mirlash paytida elektr pech gumbazi olib qo‘yilishi yoki gumbaz ostida ishchilar turishini istisno qiluvchi to‘siq o‘rnatilishi kerak.
639. Gaz chiqarish trakti va gaz tozalash qurilmalari ichida olib boriladigan tekshirish, tozalash va ta’mirlash ishlari naryad-ruxsatnoma asosida bajarilishi kerak.
640. Kovshlarni ta’mirlash maxsus ajratilgan joylarda, to‘sqichli maydoncha va zinapoyalar bilan jihozlangan stendlarda yoki balandligi kamida 0,8 m bo‘lgan bortlar bilan ta’minlangan o‘ralarda amalga oshirilishi lozim.
O‘ra devorlari va kovsh o‘rtasidagi ochiq joyni maydonchalar bilan yopish kerak, bu maqsadda o‘ra bortlariga qo‘yilgan taxtalardan foydalanish mumkin emas.
641. Ta’mirlashdan oldin kovsh ichidagi skrap, qotib qolgan metall va axlatlarni kovsh sovugandan so‘ng mexanizatsiyalashgan usulda olib tashlash kerak.
Futerovka qisman almashtirilayotganda kovshlar sovushini tezlatish uchun shamollatgich yordamida havo puflashga ruxsat etiladi. Futerovka to‘liq almashtirilsa, kovsh ichiga suv sepib sovutish lozim.
642. Ta’mirlash uchun gorizontal holatda o‘rnatilgan kovshlar o‘z-o‘zidan ag‘darilib ketmasligi uchun bortlari ostiga maxsus taglik qo‘yib mahkamlanishi lozim.
644. Ta’mirlash uchun kovsh ichiga g‘isht uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak. G‘ishtlar quti yoki badyada uzatilsa, oldin xodimlar kovsh ichidan chiqarib yuborilishi kerak.
645. Faqat korpusi, tsapfasi va ag‘dargichi ishga yaroqli bo‘lgan kovshlarni futerovka qilish lozim.
Ta’mirlanayotgan kovshlarni futerovka qilish ushbu Qoidalarning 382-bandi talablariga rioya qilib amalga oshirilishi lozim.
646. Sig‘imi 40 t dan ko‘p bo‘lgan kovshlarni ta’mirlash paytida mexanizatsiyalashgan ko‘taruvchi stollar qo‘llanishi kerak.
Kichik sig‘imli (10 t gacha) kovshlarning futerovkasi terilayotganda infraqizil nurtarqatgichdan foydalanish mumkin.
Kovshlar tegishli normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq tabiiy gaz (koks gazi) yoki mazut yordamida tortuvchi qurilmalar bilan jihozlangan maxsus joylarda quritilishi lozim. Quritish jarayonining muddati va tugashining tashqi belgilari tashkilotning uskunalardan texnik foydalanish yo‘riqnomasida aniqlab qo‘yilishi kerak. Quritish paytida gazning yonishi kuzatib borilishi lozim.
649. Po‘lat quyish kovshlarining monolit (quyma) futerovkasini yasash uchun ishlatiladigan mashina (uskuna)larda ishlarni tayyorlash, bajarish va tugatish tartibi, texnologik operatsiyalarni olib borishda avariya vaziyatlari va bu paytda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xatti-harakatlari hisobga olingan xavfsizlik choralari tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida qat’iy belgilab qo‘yilishi lozim.
650. Po‘lat quyish kovshlarining monolit (quyma) futerovkasini yasash uchun ishlatiladigan mashinalarda quyidagi jihozlar: aralashtirgich va ta’minlagich bunkerini yopib-ochuvchi va rostlovchi armatura, futerovka qorishmasi sarfini, uning ta’minlagich bunkeridagi sathini nazorat qilish, tezlik (shnekli ta’minlagichdan foydalanganda) yoki bosimni (pnevmota’minlagich ishlatilganda) nazorat qilish asboblari, signalizatsiya va aloqa vositalari bo‘lishi kerak.
651. Platformani burish va ta’minlagichdan futerovka qorishmasini uzatish mexanizmlariga o‘rnatilgan blokirovka qurilmasi ta’minlagich bunkerida futerovka qorishmasi bo‘lmaganda platformani burish mexanizmi yuritilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
652. Po‘lat quyish kovshlarining monolit (quyma) futerovkasini yasash uchun ishlatiladigan mashina (uskuna)larda uni quyidagi hollarda to‘xtashini ta’minlaydigan blokirovka tizimi ko‘zda tutilishi kerak:
b) mashina uzellaridan birortasi (aralashtirgich, ta’minlagich, platformani burish mexanizmi) nosoz bo‘lsa;
653. Po‘lat quyish kovshlarining monolit (quyma) futerovkasini yasash uchun ishlatiladigan mashina (uskuna)larda ishlashga quyidagi holatlarda yo‘l qo‘ymaslik kerak:
b) futerovka massasi sarfi, tezlik (shnekli ta’minlagich ishlatilganda) va bosimni (pnevmota’minlagich ishlatilganda) nazorat qilish asboblari nosoz bo‘lsa;
654. Po‘lat quyish kovshlarining monolit (quyma) futerovkasini yasash uchun ishlatiladigan mashina aralashtirgichiga o‘tga chidamli materiallarni uzatish paytida tashuvchi gaz sifatida azotdan foydalanilsa, tashkilotning texnologik yo‘riqnomasida tegishli xavfsizlik chora-tadbirlari ko‘zda tutilishi lozim.
655. Texnik qurilmalar (asosiy metallurgiya agregatlari) kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilingandan keyin tegishli normativ-texnik hujjatlarda belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinishi kerak. Qabul qilish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.