Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qarorini bajarish yuzasidan hamda suv xo‘jaligida zamonaviy energiyani tejaydigan texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
T/rChora-tadbirlar nomiBajarish muddatiZarur mablag‘larMoliyalashtirish manbaiMas’ul bajaruvchilar
I. Nasos-kuch asbob-uskunalari ishlashining ishonchliligini oshirish va elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
1.

Ustuvor nasos stansiyalarini, energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan elektr dvigatellarini tanlash bo‘yicha idoraviy tartibni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014-yil
1-avgustgacha
xarajatlar talab qilinmaydiQishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), “O‘zbekenergo” DAK (Raimov),
Moliya vazirligi (Abdullayev), Toshkent
irrigatsiya va melioratsiya instituti
(Xamidov), Fanlar akademiyasining
Energetika va avtomatika ilmiy-tadqiqot
instituti (Muratov)
2.

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos stansiyalarida energiyani tejaydigan asbob-uskunalarni joriy etish samaradorligini baholash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014-yil
1-avgustgacha
xarajatlar smetasiga muvofiqQishloq va suv xo‘jaligi vazirligining budjet mablag‘lari
3.

Nasos stansiyalaridan foydalanish va elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalarni to‘plash va tahlil qilish.

2013-yil
1-iyulgacha
xarajatlar talab qilinmaydiQishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), “O‘zbekenergo” DAK
(Raimov)
4.

Nasos stansiyalaridan ishonchli foydalanishni va ularni zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirish hisobga olingan holda suv xo‘jaligi tashkilotlarida elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnomalarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bosqichma-bosqich yangilash.

2014 — 2018-yillar davrida jadvalga muvofiq xarajatlar smetasiga muvofiqQishloq va suv
xo‘jaligi vazirligining budjet mablag‘lari
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), “O‘zbekenergo” DAK
(Raimov)
5.

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining har bir nasos stansiyasi uchun ularning aniq texnik parametrlarini hisobga olgan holda ishonchli foydalanishni ta’minlash va elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalarni tayyorlash va tasdiqlash.

2014 — 2018-yillar davrida tasdiqlangan jadvalga muvofiq xarajatlar smetasiga muvofiqQishloq va suv xo‘jaligi vazirligining budjet mablag‘lari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(Xamrayev), hududiy nasos stansiyalari,
energetika va aloqa boshqarmalari
II. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan ustuvor nasos stansiyalari ro‘yxatlarini tuzish va tasdiqlash
6.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos stansiyalari nasos-kuch asbob-uskunalarining texnik holatini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar tashkil etish hamda ularni zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirish, shuningdek elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq takliflarni tayyorlash.

har yili
1-fevralgacha
vazirliklar va idoralarning o‘z mablag‘lariQishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), “O‘zbekenergo” DAK
hududiy bo‘linmalari (Basidov),
Moliya vazirligi (Abdullayev) va
Iqtisodiyot vazirligi (Shermatov)
hududiy organlari, Fanlar
akademiyasining Energetika va
avtomatika ilmiy-tadqiqot instituti (Muratov), “O‘zsuvloyiha” OAJ
(Najimov)
Nasos stansiyalarining nasos-kuch asbob-uskunalari texnik holatini xatlovdan o‘tkazish. har yili
1-aprelgacha
Hududiy ishchi guruhlar
Nasos-kuch asbob-uskunalarining foydalanish parametrlarini to‘plash va tahlil qilish.har yili
10-aprelgacha
Hududiy ishchi guruhlar
7.

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari bo‘lajak yilda energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan nasos stansiyalari ro‘yxatini tayyorlash.

har yili
10-aprelgacha
xarajatlar talab qilinmaydiHududiy ishchi guruhlar

Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining suv xo‘jaligi kengashida suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari bo‘lajak yilda energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan nasos stansiyalari ro‘yxati taqdimotini o‘tkazish va ko‘rib chiqish uchun Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga kiritish.

har yili
1 maygacha
Hududiy ishchi guruhlar, irrigatsiya
tizimlari havza boshqarmalari
8.

Hududiy takliflarni tahlil qilish va suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari bo‘lajak yilda energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan nasos stansiyalari ro‘yxatini tuzish.

har yili
15-maygacha
xarajatlar talab qilinmaydiQishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(Xamrayev)

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan ustuvor nasos stansiyalari ro‘yxatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhning bayonnomasi bilan tasdiqlash.

har yili
1-iyungacha
Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari bo‘lajak yilda energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan ustuvor nasos stansiyalarining tasdiqlangan ro‘yxatini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritish.

har yili
10-iyungacha
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(Xamrayev)
III. Suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining nasos-kuch asbob-uskunalarini zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga yangilash
9.

Suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining elektr dvigatellarini zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirish bo‘yicha batafsil tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va Moliya vazirligi bilan kelishish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

har yili
1-dekabrgacha
xarajatlar talab qilinmaydiQishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(Xamrayev)
10.

Suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunalarini yetkazib berish va shef-montaj ishlarini amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan tanlov savdolari tashkil etish.

tarmoq jadvallariga muvofiqxarajatlar smetasiga muvofiqQishloq va suv xo‘jaligi vazirligining budjet mablag‘lari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), “Davarxitektqurilish”
qo‘mitasi (Mirzabayev), Moliya
vazirligi (Abdullayev), Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va
savdo vazirligi (Tulyaganov), Turon
bank (Alimov)
11.

Zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunalarni yetkazib berish va ularning shef-montaj qilish bo‘yicha kontraktlar pudrat tashkilotlari tomonidan sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirish.

kontraktlar shartlariga muvofiqxarajatlar talab qilinmaydiQishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(Xamrayev),
Nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi
12.

Suv olish limitlari bilan bog‘liqlikda suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalaridan foydalanish rejimini “O‘zbekenergo” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda tasdiqlash.

har yili 10-oktabrgacha va 10-aprelgacha xarajatlar talab qilinmaydiQishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(Xamrayev),
“O‘zbekenergo” DAK (Basidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
13.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlarining nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, elektr dvigatellarini bosqichma-bosqich almashtirish, shuningdek ularning samaradorligi prognoz parametrlarini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish.

yil choragi yakunlari bo‘yichaxarajatlar talab qilinmaydiMuvofiqlashtiruvchi ishchi guruh
14.

Suv xo‘jaligi tashkilotlarida nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish.

har o‘n kundaxarajatlar talab qilinmaydiQishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(Xamrayev),
Nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi

Suv xo‘jaligi tashkilotlarida nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilashga ajratilgan mablag‘lardan, shuningdek elektr energiyasi limitlaridan maqsadli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijalarini tahlil qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Moliya vazirligiga axborot kiritish.

har yili
1-fevralgacha
IV. Suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos stansiyalarida elektr energiyasidan tejab va oqilona foydalanish bo‘yicha
ilmiy-ishlab chiqarish ishlari
15.

Nasos stansiyalarining o‘z ehtiyojlarini elektr bilan ta’minlash uchun energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish.

ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiqxarajatlar smetasiga muvofiqQishloq va suv xo‘jaligi vazirligining budjet mablag‘lari, xalqaro moliya, iqtisodiyot institutlarining grant mablag‘lari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(Xamrayev),
Fanlar akademiyasining Energetika
va avtomatika ilmiy-tadqiqot instituti (Muratov), Quyosh fizikasi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi (Lutpullayev), Toshkent davlat texnika universiteti (Saidaxmedov)
16.

Suv xo‘jaligi inshootlarida suv resurslarini boshqarishda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rgazma uchastkalarini tashkil etish.

17.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos stansiyalaridan foydalanish bo‘yicha kadrlar malakasi muntazam ravishda oshirilishini tashkil etish.

2014 — 2018-yillar davrida jadval bo‘yicha
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”