“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2013-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
o‘n kun muddatda — tasdiqlangan Nizomni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan uning talablariga izchil rioya etilishini ta’minlasinlar;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan oqilona foydalanilishi va uning muhofaza qilinishi, shuningdek barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv olishning belgilangan limitlariga rioya etilishi, hisobga olish va hisobotlarning belgilangan tartibda yuritilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, shuningdek ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini belgilaydi.
suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suv iste’moli (suvni iste’mol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish;
suv iste’molchisi — o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suv iste’molchilari uyushmasi — yuridik shaxs bo‘lgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan va suv rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sun’iy (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar;
Keyingi tahrirga qarang.
3. Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (er usti suvlari), O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (yer osti suvlari) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar) o‘z vakolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlar hududida joylashgan transchegaraviy suv obyektlaridan (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlaridan) foydalanishni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Transchegaraviy suv obyektlarida suvdan foydalanish va suv iste’moli, suv xo‘jaligi va suvni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi transchegaraviy suv obyektlarining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tartibga solinmagan qismida suvdan foydalanish yoki suv iste’moli O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Suv obyektidan suv olish usuliga, suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etishiga qarab suvdan foydalanish suvdan umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda o‘z ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish suvdan umumiy foydalanish hisoblanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish suvdan maxsus foydalanish hisoblanadi. Suvdan maxsus foydalanishga, ayrim hollarda, maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suvdan umumiy va maxsus foydalanish turlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida, qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Maqsadli foydalanilishiga ko‘ra suv iste’moli ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, baliqchilik xo‘jaligi, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi suv iste’moliga va boshqa turlarga bo‘linadi.
9. Suv obyektidan olinadigan suvning miqdoriga qarab suv iste’moli umumiy va maxsus suv iste’moliga bo‘linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda o‘z shaxsiy ichimlik, maishiy, rekreatsiya, davolash ehtiyojlari, hayvonlarni sug‘orish va boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi suv iste’moli umumiy suv iste’molidir. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bir sutkada 5 kub metrgacha hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish umumiy suv iste’moliga kiradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suv iste’moli maxsus suv iste’molidir. Maxsus suv iste’moliga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan suv iste’moli ham kiritilishi mumkin.
10. Suv resurslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda iste’mol uchun beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Suv obyektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalanish yoki suv iste’moli manbalari bo‘lishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish yoki suv iste’moliga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxslarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv obyekti tanho foydalaniladigan suv obyektidir.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Muddati avvaldan belgilanmagan holda foydalanish — doimiy foydalanish deb e’tirof etiladi. Suvdan vaqtincha foydalanish muddati: qisqa — uch yilgacha va uzoq — yigirma yilgacha bo‘lishi mumkin.
Suv obyektlaridan vaqtincha foydalanish muddatlari suvdan foydalanuvchi manfaatdor tomonlar iltimosiga binoan, shu suv obyektini tanho foydalanish uchun berish to‘g‘risida qaror chiqargan yoki suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma bergan davlat organlari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
14. Suv obyektlari suvdan foydalanuvchilarga suv iste’molchilarining qishloq xo‘jaligi, ichimlik, davolash va maishiy ehtiyojlarini, aholining kurort, rekreatsiya va o‘zga ehtiyojlarini, sanoat, energetika, transport, baliqchilik xo‘jaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanishga va umumiy suv iste’moliga shu suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlari bilan kelishilgan holda belgilangan shartlarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi, zarur hollarda esa, bunday suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlab qo‘yilishi mumkin.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Birgalikda foydalaniladigan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanishga va suv iste’mol qilishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan shartlarda, suv xo‘jaligi organlari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlari bilan kelishuv bo‘yicha ruxsat etiladi, zarurat bo‘lganda esa — qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlab qo‘yilishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo‘jaligi komissiyasi (DMSK) yig‘ilishi protokollari, shuningdek Hukumatlararo qarorlar bilan (kichik transchegaraviy daryolardan) belgilangan limitlar bo‘yicha transchegaraviy suv obyektlarining (bir necha respublikalar hududidan o‘tuvchi Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, ularning irmoqlari) suv resurslari;
O‘zbekiston hududidagi haqiqiy sersuvligidan, shuningdek qayta tartibga solinganligi va bir o‘zandan ikkinchi o‘zanga tashlanganligidan kelib chiqib kiritilgan tuzatishlar hisobiga olingan yer usti suv manbalari hajmidan;
18. Suv olish limitlari barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga nisbatan belgilanadi.
20. Ko‘kalamzorlashtirish, sport va sog‘lomlashtirish obyektlari ehtiyojlari uchun belgilanadigan suv olish limitlari ustuvorligiga ko‘ra kommunal ehtiyojlarga tenglashtiriladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi hududida suv olish limitlari buning uchun vakolatli bo‘lgan tashkilotlar tomonidan belgilanadi hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Suv olish limitlari suv xo‘jaligi organlari tomonidan belgilanadi, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda suv iste’molchilari uyushmalari xizmat ko‘rsatadigan boshqa suv iste’molchilari, shuningdek tegishli foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan kommunal hamda maishiy xo‘jalik korxona va tashkilotlari bundan mustasno.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Suv olish limitlari suv xo‘jaligi organlari tomonidan suv manbalari (daryolar, kollektor-drenaj suvlari, shuningdek boshqa yer usti suvlari) bo‘yicha, havza irrigatsiya tizimlari, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bo‘yicha belgilanadi.
Yer osti suvlaridan suv olish limitlari geologiya va mineral resurslar hamda yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar bo‘yicha) ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish organlari bilan kelishgan holda suv xo‘jaligi organlari tomonidan belgilanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega bo‘lgan magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, yirik va alohida muhim suv, energetika va kommunal-maishiy obyektlardan foydalanuvchi alohida korxonalar va tashkilotlarga — manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan — irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlari, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga — viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) yoki tumanlararo ahamiyatga ega bo‘lgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha;
Keyingi tahrirga qarang.
tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlari tomonidan — suv iste’molchilari uyushmalariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga — tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha;
Keyingi tahrirga qarang.
suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan — fermer va dehqon xo‘jaliklariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, ular xizmat ko‘rsatadigan zonada joylashgan boshqa suv iste’molchilariga belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligidan tashqari ehtiyojlar uchun yer osti suvlaridan suv olish limiti suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgan holda ruxsatnoma amal qiladigan muddat davri uchun belgilanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Kommunal suv ta’minoti tizimidan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarga suv olish limiti Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, ularga xizmat ko‘rsatadigan tegishli foydalanish tashkiloti tomonidan belgilanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
26. Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari uchun manbalarning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligi hisobga olingan holda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun - bir yilda ikki marta hamda boshqa ehtiyojlar uchun - bir yilda bir marta belgilanadi va ular uchun majburiydir.
27. Suvdan foydalanishni rejalashtirish va suv olish limitlarini belgilash, birinchi navbatda, aholining ichimlik suvga bo‘lgan va maishiy ehtiyojlarini qondirishni, suvning suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari o‘rtasida ilmiy asosda taqsimlanishini, suvni muhofaza qilish shartlarini va suv yetkazadigan zararli ta’sirning oldini olishni ta’minlashi lozim.
Bunda davlat suv kadastridagi ma’lumotlar, suv xo‘jaligi balanslari, suvdan kompleks foydalanish va suvni muhofaza qilish sxemalari hisobga olinadi.
28. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari uchun suv olish limitlari ular tomonidan quyidagilar belgilangan tartibda taqdim etilgan taqdirda belgilanadi:
suvdan foydalanish yoki suv iste’molining belgilangan tartibda tasdiqlangan rejalari (suv quvuri – kommunal suv ta’minoti tizimining suvdan foydalanuvchilari va suv iste’molchilari bundan mustasno).
29. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv olish joylari pasportga ega bo‘lishi, xizmat ko‘rsatadigan foydalanish tashkilotida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Suv olish joylari suvni hisobga olish vositalari (gidropost) bilan jihozlanishi, ular belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek aholi tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun suvni iste’mol qilishga olinadigan suvni hisobga olish ularning tegishli suv olish joylari suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlangungacha, hajmiy, hisobiy va boshqa usullarda, haqiqiy sug‘oriladigan maydonlarni, sug‘orishlar sonini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish rejimini, suv olish davomiyligi qancha va shu kabilarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv olish joylarining pasportlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek suvni hisobga olish vositalarini (gidropostlarni) attestatsiyadan o‘tkazish tartibi:
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining foydalanuvchi suv xo‘jaligi tashkilotlari balansidagi va boshqa korxonalar hisobida bo‘lgan sun’iy suv obyektlarida;
(29-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (yer osti suvlari bo‘yicha) bilan kelishgan holda — tabiiy suv obyektlarida;
(29-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda — yer osti issiq va mineral suvlardan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
b) Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan – kommunal suv ta’minoti tizimida belgilanadi.
(29-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan — har yili 15-sentabrgacha bo‘lgan muddatda – kuz-qish davri uchun (1-oktabrdan 31-martgacha) hamda 15-martgacha — vegetatsiya davri uchun (1-apreldan 30-sentabrgacha);
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan — har yili 20-sentabrgacha bo‘lgan muddatda — kuz-qish davri uchun hamda 20-martgacha — vegetatsiya davri uchun;
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlari tomonidan — har yili 25-sentabrgacha bo‘lgan muddatda — kuz-qish davri uchun hamda 25-martgacha — vegetatsiya davri uchun;
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan — har yili 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda — kuz-qish davri uchun hamda 1-aprelgacha — vegetatsiya davri uchun belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga suv olish limitlari yiliga bir marta – har yili 1-oktabrgacha belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga yer osti suvlaridan suv olish limitlari bir marta – maxsus ruxsatnoma amal qiladigan muddatga belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining prognozi asosida;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlari buyruqlari bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
suv iste’molchilari uyushmalarining umumiy majlisi protokoli bilan — tuman (Quvasoy shahri) qishloq xo‘jaligi bo‘limi va tuman (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limi bilan kelishuv bo‘yicha tasdiqlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Kommunal-maishiy xo‘jalik ehtiyojlari uchun suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga suv olish limitlari Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, ular xizmat ko‘rsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
33. Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv limitlari olish uchun suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari kuz-qish va vegetatsiya davri boshlanishidan bir oy oldin, qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun esa — har yili 1-sentabrgacha — ularga xizmat ko‘rsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlariga yozma ravishda murojaat qilishlari va ushbu Nizomning 28-bandiga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha zarur hujjatlarni taqdim etishi kerak.
34. Suv olish limitlari ruxsat etilgan jami suv olish miqdorini suv manbalari (daryo, soy, buloq suv havzasi, irrigatsiya tizimi, magistral kanal (tizim) va shu kabilar) bo‘yicha aks ettirib, ular har o‘n kunliklar kesimida aniq suv olish joylariga taqsimlangan bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Suv olish limitlarini belgilashda tarmoqning ustuvorligiga hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining alohida manbalar va irrigatsiya tizimlari bo‘yicha kutilayotgan suvlilikni hisobga olib suv bilan teng foizda ta’minlanishiga rioya etilishi kerak.
36. Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvliligi kamaygan hollar bundan mustasno.
Manbalarda suv hajmi kamaygan yoki ko‘paygan holatlarda suv olish limitlariga, yuqori vakolatli tashkilotning ruxsati bilan, suvdan foydalanish yoki suv iste’mol qilish rejasi parametrlari o‘zgartirilmasdan, darhol tuzatishlar kiritilishi mumkin.
37. Suvdan foydalanish va suv iste’mol qilishning belgilangan davri tugagandan keyin ikki oy muddatda vakolatli tashkilotlar tomonidan, manbalardagi suvning haqiqiy miqdori hisobga olingan holda, o‘tgan davr uchun suv olishning uzil-kesil limitlari tasdiqlanadi.
38. Suvdan foydalanish va suv iste’moli, har yilgi suv bilan haqiqiy ta’minlanganlik hisobga olingan holda, suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalari asosida amalga oshiriladi. Suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalari tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan tuziladi.
Kollektor-drenaj tarmoqlarida suvdan foydalanish va suv iste’molini rejalashtirish yerlarning meliorativ holatini hamda kollektor-drenaj suvi sifatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
39. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va boshqa suv iste’molchilarining suv iste’moli rejalari ularga xizmat ko‘rsatadigan suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan tasdiqlanadi. Suv iste’molchilari uyushmalari suv ta’minoti rejalarini umumlashtiradilar va uyushmalarning suvdan foydalanish rejalarini tuzadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suv iste’molchilari uyushmalarining, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suvdan foydalanish rejalari tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.
(39-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
suv iste’molchilari uyushmalari bo‘yicha — tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan kelishilgan holda, tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
irrigatsiya tizimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya havza tizimi, katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Kommunal-maishiy xo‘jaliklar ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalari Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq tuziladi va tasdiqlanadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
42. Suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalari suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomaning uzviy qismi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Suv iste’molchilari uyushmasi va uning xizmat ko‘rsatish zonasida joylashgan a’zolari, shuningdek boshqa suv xo‘jaligi organlari hamda o‘zga yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
44. Suvdan foydalanuvchilarning suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlari, shuningdek ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun shartnoma asosida haq to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining foydalanuvchi suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash shartlari va holatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalarning namunaviy shakllari Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (kommunal suv ta’minoti tizimida suvdan foydalanish va suv iste’moli holatlaridan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan (tabiiy suv obyektlaridan suv olishda), O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan (yer osti suvlarini olishda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan (yer osti issiq suvlari va mineral suvlarni olishda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha tasdiqlanadi.
(45-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Kommunal suv ta’minoti tizimidagi suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalarning namunaviy shakllari Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq tasdiqlanadi.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
46. Yuridik va jismoniy shaxslar suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalarni ularga xizmat ko‘rsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlari bilan tuzadilar.
47. Quyidagilarning mavjud bo‘lishi suvdan foydalanish yoki suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomani tuzishda majburiy talab hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish yoki suv iste’molining tasdiqlangan rejasi (kommunal-maishiy suv ta’minotidagi fuqarolar bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, yirik va alohida muhim obyektlardan foydalanuvchi ayrim tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibiga kiradigan foydalanuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida;
suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ular xizmat ko‘rsatadigan zonadagi boshqa suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar — tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida hisobga olinadigan shartnomalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalar reyestri belgilangan tartibda nazoratni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalariga (sun’iy suv obyektlaridagi suvdan foydalanish va suv iste’molida), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tegishli organlariga (tabiiy suv obyektlaridagi suvdan foydalanish va suv iste’molida) beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Kommunal suv ta’minoti tizimining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bilan tuzilgan suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
49. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Suvdan foydalanish va suv iste’moli uchun suv resurslarini olish faqat xizmat ko‘rsatuvchi foydalanish tashkilotlari bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnoma mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
51. Suv obyektlaridan suv olish faqat suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining yozma buyurtmanomalari bo‘yicha (kommunal suv ta’minoti tizimidagi, shuningdek yer osti suv havzalaridan suv olish holatlaridan tashqari), ularning suvdan foydalanish va suv iste’moliga tayyorligiga ko‘ra, suvdan foydalanish va suv iste’moli rejasi asosida, belgilangan suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi.
Suv resurslari olish yuzasidan buyurtmanomalar suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan xizmat ko‘rsatadigan foydalanish tashkilotiga yoki uning vakolatli shaxsiga suv olish boshlanishidan o‘n kun oldin belgilangan shaklda, suv olishning aniq joylari va muddatlari (suv olishning boshlanishi va tugashi), shuningdek olinadigan suv miqdori, undan foydalanish yoki uni iste’mol qilishning maqsadi ko‘rsatilgan holda beriladi.
Suv manbaidan suv olish uchun buyurtmanomada ko‘rsatilgan suv resurslari miqdori tasdiqlangan suv olish limitidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Suv resurslarini olish hajmini kamaytirish yoki to‘xtatish zarur bo‘lgan taqdirda suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bu to‘g‘rida tegishli xizmat ko‘rsatuvchi foydalanish tashkilotiga yoki uning vakolatli shaxsiga yozma ravishda (avariya holatlarida – telefon orqali) xabar qilishi kerak.
52. Suv resurslarini olish joylari ularni boshqarish va hisobga olishning tegishli vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Suv resurslarini boshqarish va hisobga olish vositalari doimo soz ish holatida bo‘lishi zarur. Suv olish joylarini suv resurslarini boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash mansubligiga ko‘ra suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan amalga oshiriladi.
53. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari ajratilgan suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanishga, shuningdek suvni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Suvlarni davlat tomonidan hisobga olishni va ulardan foydalanishni ta’minlash, Davlat suv kadastrini yuritish hamda suv xo‘jaligi balanslarini tuzish maqsadida suvdan foydalanish va suv iste’moli hamda ularning monitoringini yuritishda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (yer osti suvlari) hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar) bilan, ularning vakolatlari doirasida kelishgan holda belgilanadigan tartibga muvofiq tizimli hisobga olish va hisobot yuritiladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Kommunal suv ta’minoti tizimidagi suvdan foydalanish va suv iste’molida suv resurslarini olish, hisobini va hisobotini yuritish tartibi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan belgilanadi.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Suvdan maxsus foydalanuvchilar va maxsus suv iste’molchilarining hammasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq, kommunal suv ta’minoti tizimidan suv olingan taqdirda esa — Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq suvdan foydalanish va suv ta’minoti, shuningdek suv chiqarish to‘g‘risida hisob va hisobotni yuritishlari, axborot taqdim etishlari shart.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
korxona, muassasa, tashkilot, fermer xo‘jaligi tugatilganda, dehqon xo‘jaligi tugatilganda (faoliyati to‘xtatilganda);
Suvdan foydalanish yoki suv iste’moli huquqi (ichish yoki maishiy iste’moldan foydalanish huquqidan tashqari) quyidagi holatlarda ham bekor qilinishi mumkin:
suvdan foydalanish yoki suv iste’moli va suvlarni muhofaza qilish qoidalari buzilganda (tegishli shartnoma tuzmasdan suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish, suv olishga buyurtmanoma va ruxsatnoma bo‘lmasdan turib suv resurslarini olish, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan joylardan suv olish, suvni boshqarish va hisobga olishning texnik jihatdan yaroqsiz vositalaridan foydalanish, suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlash, ulardan foydalanish qoidalarini buzish, suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha suv olish hisobini va hisobotini muntazam ravishda yuritmaslik, belgilangan normadan ortiqcha va past sifatli oqindi suvlarni suv obyektlariga tashlash va boshqalar);
belgilangan maqsaddan tashqari suvdan foydalanganda yoki suvni iste’mol qilganda (suvdan foydalanish va suv iste’moli yuzasidan shartnomalarda ko‘rsatilmagan maqsadlarda suvdan foydalanish, sug‘orish suvini kollektor-drenaj tarmoqlariga oqizish, suv resurslaridan oqilona foydalanishning agrotexnika usullariga rioya etmaslik va boshqalar);
suvni limitdan ortiqcha olganda (suv iste’moli bo‘yicha shartnomada belgilangan suv olish limitidan ortiqcha suv olish);
suv yetkazib berish va ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan haqni to‘lamaganda.
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilish, shuningdek suvdan foydalanish va suv iste’moli yuzasidan shartnomani bekor qilish;
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish unga ruxsatnoma bergan organning qarori bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi buzilgan taqdirda xizmat ko‘rsatuvchi foydalanish tashkilotlari tomonidan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga nisbatan shartnomada nazarda tutilgan choralar qo‘llanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tabiiy suv obyektlari suvidan foydalanish va iste’mol qilish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(58-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sun’iy suv obyektlari suvidan foydalanish va suvini iste’mol qilish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(58-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
59. Suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlik uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga nisbatan ular tomonidan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik xo‘jaligi, sanoat, energetika va kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibi buzilgan taqdirda:
suv iste’molchilari tomonidan limitdan ortiqcha suv olinganligi uchun — limitdan ortiqcha olingan har ming kub metr suv uchun — belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining 20 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv olishga ruxsat etilmagan joylardan, shuningdek, shartnoma tuzmasdan suv olganlik uchun — olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasisiz suv olganlik yoki suvdan foydalanganlik uchun — olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suvni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun — olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima sanksiyalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bir yil mobaynida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi takroran buzilgan taqdirda, ushbu bandda ko‘rsatilgan jarima sanksiyalari o‘n baravar miqdorida qo‘llaniladi.
Qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilariga nisbatan limitdan ortiqcha suv olinganligi uchun jarima sanksiyalari bir yilda ikki marta (kuz-qish va vegetatsiya davrlari yakunlari bo‘yicha), qolgan suv iste’molchilari uchun esa — kalendar yil yakunlari bo‘yicha bir marta qo‘llaniladi.
Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalarda ushbu bandda ko‘rsatilgan jarima sanksiyalaridan tashqari boshqa qo‘shimcha javobgarlik choralari ham nazarda tutilishi mumkin.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning mahalliy bo‘linmalari tomonidan – sun’iy suv obyektlaridan suv olishda;
(61-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan – tabiiy suv obyektlaridan suv olishda qo‘llaniladi.
(61-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
62. Kommunal-maishiy xo‘jalikda suvdan foydalanish va suv iste’molining belgilangan tartibi buzilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
63. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga – tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ushbu Nizomning 60-bandida ko‘rsatilgan jarima sanksiyalari sud tomonidan qo‘llaniladi, ular aybiga iqror bo‘lgan va jarima sanksiyalarini ixtiyoriy ravishda to‘lagan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qolgan holatlarda jarima sanksiyalarini qo‘llanish ushbu Nizomning 61-bandida ko‘rsatilgan organlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
64. O‘zboshimchalik bilan suv olish joyini tugatish va uni dastlabki holatiga keltirish qonunbuzuvchining o‘zi tomonidan yoki uning mablag‘i hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar), fermer va dehqon xo‘jaliklari va fuqarolar suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish natijasida yetkazilgan zararlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
66. Ushbu Nizomning 60-bandida ko‘rsatilgan jarima sanksiyalarini qo‘llashdan tushgan pul mablag‘lari Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
67. Suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima solishdan tushadigan, shuningdek, suv olish tartibini buzganlik uchun jarima sanksiyalari mablag‘lari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Keyingi tahrirga qarang.
30 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
a) Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish to‘g‘risida” 1993-yil 3-avgustdagi 385-son qarori;
b) Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 24-sentabrdagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 88-modda);
v) Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda):
a) 1-ilova 20-bandining “Shakllantirish manbai” ustunidagi “Suv limiti ortiqcha olinganligi uchun jarimalar” so‘zlari “Suvni limitdan ortiqcha olganlik, suvni ruxsat etilmagan suv olish joylaridan olganlik, shuningdek suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suvni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun jarimalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;