[
OKOZ:
1.
13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.96.00 Ta’lim xodimlarini ijtimoiy himoya qilish]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya;
2.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
BARChA TURDAGI MAKTABLARNING O‘QITUVChILARIGA, BOLALAR UYLARINING TARBIYAChILARIGA QO‘ShIMChA IMTIYOZLAR BERISh, YuQORI SINF O‘QITUVChILARINING ISh HAQINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Maktab o‘qituvchilari va bolalar uylari tarbiyachilarining ijtimoiy-maishiy va moddiy sharoitini yaxshilash, ular mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilsin:
Oldingi
tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 7-avgustdagi PF-3112-son
Farmoni
bilan kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 8-son, 138-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-fevraldagi PF-3962-sonli
Farmoni
bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 6-7-son, 24-modda)
3. Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitalari, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar:
[
OKOZ:
1.
08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan ta’minlash]
maktab o‘qituvchilari va bolalar uylarining tarbiyachilariga ular yashab turgan davlat hamda idoralarga qarashli uylar va kvartiralarni shaxsiy mulk sifatida bepul bersinlar;
Oldingi
tahrirga qarang.
(3-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son
Farmoni
bilan kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda)
[
OKOZ:
1.
11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Er uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi (er berish)]
maktab o‘qituvchilari va bolalar uylarining tarbiyachilari uchun birinchi navbatda yer uchastkalari ajratish va yakka tartibda uy qurish uchun binokorlik materiallari sotib olishi belgilansin.
Ushbu bandda ko‘zda tutilgan imtiyozlar kamida 10 yil pedagoglik ish stajiga ega maktab o‘qituvchilari va bolalar uylari tarbiyachilari bo‘lgan pensionyerlarga joriy etilsin.
4. O‘zbekiston SSJ Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitalari ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni jumhuriyat va mahalliy budjetlar mablag‘i hisobiga amalga oshirsinlar.
5. O‘qituvchilar va bolalar uylari tarbiyachilarining turmush sharoitini yaxshilash to‘g‘risida doimiy g‘amxo‘rlik qilish, yosh avlodning uyg‘un kamol topishi uchun zarur shart-sharoit yaratish vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, kolxozlar va sovxozlar rahbarlarining asosiy burchi deb hisoblansin.
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 13-noyabr,
PF-93-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 1-2-son, 14-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda; 2002-y., 8-son, 138-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 6-7-son, 24-modda)