O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2012-yil 16-noyabrdagi 576–II-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2012-yil 6-dekabrdagi SQ–343–II–son qarorini ijro etish yuzasidan:
2013-yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining, Respublika yo‘l jamg‘armasining, budjetdan tashqari Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasining, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining 2013-yilgi asosiy parametrlari 3 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2013-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish, qonun hujjatlariga muvofiq respublika budjeti mablag‘larining 2013-yil boshidagi bo‘sh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
*7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
*8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga qat’iy belgilangan soliq stavkalari 10-ilovaga* muvofiq;
*10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga qat’iy belgilangan soliq stavkalari 11-ilovaga* muvofiq;
*11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromad solig‘i stavkalari 10 foiz miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarda* keltirilgan ro‘yxatga muvofiq;
*13-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
*14-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 17 va 18-ilovalarga* muvofiq;
*19-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
*20-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
*21-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
22-ilovaga* muvofiq belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;
*22-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va ajratmalar stavkalari 23-ilovaga* muvofiq;
*23-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mablag‘larni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o‘rtasida 24-ilovada* keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foiz miqdorida;
*24-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari stavkasi 6,0 foiz miqdorida;
turar-joyni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqi stavkasi 25-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*25-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Yuridik shaxslar uchun ko‘chmas mulkni ijaraga topshirishdan tushadigan daromadlarni soliqqa tortishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin, unga muvofiq mazkur daromadlar shartnoma bo‘yicha o‘rnatilgan ijara haqi summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi, ammo davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara haqining eng kam stavkalari bo‘yicha hisoblab chiqilgan miqdordan past bo‘lmasligi kerak.
yagona soliq to‘lovini to‘lovchi barcha shaxslar uchun (chakana savdo korxonalari bundan mustasno) yagona soliq to‘lovining eng kam miqdorini hisoblash uchun yagona baza — ular egallab turgan yer uchastkasi maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer solig‘ining uch karra miqdoridagi summasi belgilansin. Bunda chakana savdo korxonalari uchun aynan shu turdagi faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan belgilab qo‘yilgan soliq summasidan kelib chiqqan holda yagona soliq to‘lovining eng kam miqdorini hisoblash tartibi saqlab qolinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
ixtisoslashtirilgan “Sharobsavdo” hududiy bazalari uchun chakana va ulgurji tovar aylanmasi bo‘yicha yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foiz miqdorida belgilansin;
undirishni soliq to‘lovchilarning mulkiga qaratish uchun soliq qarzdorligining eng kam miqdorlari 26-ilovaga* muvofiq;
*26-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mobil aloqa xizmati ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov haqi mablag‘larni 27-ilovaga* muvofiq taqsimlagan holda, oyiga 500 so‘m miqdorida;
*27-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi avtomobil gaz to‘ldirgich kompressor stansiyalariga (shu jumladan o‘z balansida avtomobil gaz to‘ldirgich kompressor stansiyalari bo‘lgan yuridik shaxslarga) sotadigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga qo‘shimcha ravishda har kub metri uchun 200 so‘m miqdorda soliqqa tortilmaydigan maxsus investitsiya ustama haqi belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki, maxsus investitsiya ustama haqi “O‘ztransgaz” AK tomonidan “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining maxsus schyotiga o‘tkaziladi hamda investitsiya dasturlariga kiritilgan obyektlarni moliyalashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlashda, shuningdek ushbu maqsadlarga jalb etilgan kreditlar va budjet qarzlarini to‘lashda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda bir oy muddatda maxsus investitsiya ustama haqini “O‘zbekneftgaz” MXKning maxsus schyotiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qo‘yilsinki, yagona soliq to‘lovi tushumlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda budjetdan tashqari Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanadi.
6. 2013-yilning 1-aprelidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash uchun tadbirkorlik subyektlari — importyorlar tomonidan eksport yuk bojxona deklaratsiyasini majburiy taqdim etish tartibi joriy etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlari — importyorlar tomonidan respublika hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, bunda qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar olib kirilayotgan tovarlarning faqat tasdiqlangan qiymatigagina berilishi nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zneftmahsulot” AK neft bazalari tomonidan ajratilgan limitlarga muvofiq avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini sotish budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga chakana narxlarda, avtomashinalarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga esa — chegirmani hisobga olgan holda chakana narxlarda amalga oshiriladi;
benzin va dizel yonilg‘isining chakana hamda ulgurji narxlari o‘rtasida neft bazalarining qo‘shimcha narxlari va chegirma miqdori chiqarib tashlanganda hosil bo‘ladigan tafovut benzin va dizel yonilg‘isini avtomashinalarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga sotilganida belgilangan tartibda neftni qayta ishlash zavodlariga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda avtomashinalarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga sotiladigan avtomobil benzini va dizel yonilg‘isining chakana narxiga chegirma miqdorini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Davlat hokimiyati va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar:
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor)dan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;
davlat bojlari, yig‘imlar va jarimalar 28-ilovaga* muvofiq to‘liq hajmda mahalliy budjetlar daromadlariga o‘tkazilsin.
*28-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, respublika budjetidan budjet subvensiyalarining cheklangan miqdorlari 29-ilovaga* muvofiq;
*29-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 30-ilovaga* muvofiq;
*30-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 31-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*31-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli mahalliy budjetlarga budjetdan subvensiyalar va ssudalar (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy to‘lov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlarini birinchi navbatda so‘zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tendensiyalari va dinamikasi, davlat budjeti daromadlarini oshirish zaxiralarini safarbar qilish, shuningdek soliqlar barqaror tushishida mahalliy hokimiyat organlari qiziqishlarini orttirishning tizimli tahlilidan kelib chiqqan holda har chorak asosida davlat soliq va bojxona xizmatlari organlariga budjet daromadlari prognozini yetkazish amaliyoti saqlab qolinsin.
17. 2013-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdorlari 32-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*32-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
18. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2013-yilning 1-mayigacha ish haqiga ustamalar va qo‘shimchalar unifikatsiyasi, ish natijalariga bog‘liq bo‘lgan real moddiy rag‘batlantirishni tashkil etishni nazarda tutadigan madaniyat va arxivlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
uyida ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida o‘qitganlik uchun umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga yo‘l haqi kompensatsiyasi tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ularga yo‘l haqi uchun kompensatsiya eng kam ish haqining 100 foiz miqdorida to‘lanishini nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ayrim budjet tashkilotlarining buxgaltyerlari va yuristlarining mehnat haqi miqdorlarini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. 2013-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni joylashtirish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi miqdori 33-ilovaga* muvofiq belgilansin.
*33-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2013-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda vazirlik tizimiga kiruvchi suv xo‘jaligi tashkilotlarida elektr agregatlarini (nasoslarni) yoppasiga inventarizatsiya o‘tkazsin va aniq moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda ularni bosqichma-bosqich zamonaviy energiya tejovchi uskunalarga almashtirish Dasturini tayyorlasin;
2013-yilning 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda suv xo‘jaligi tashkilotlarida elektr energiyasi ta’minotini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini to‘liq joriy etishni ta’minlash bo‘yicha asoslashtirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ–1245-son qarori 24-bandining amal qilishi 2014-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini va O‘zbekiston Respublikasi davlat maqsadli jamg‘armalarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,1 foiz bo‘lgani holda, Davlat budjeti daromadlari 21 093,4 mlrd so‘m, xarajatlari 21 190,0 mlrd so‘m miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari 7785,0 mlrd so‘m va xarajatlari 7477,8 mlrd so‘m miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining daromadlari 1417,4 mlrd so‘m va xarajatlari 1375,3 mlrd so‘m miqdorida.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining G‘aznachiligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2013-yilning yanvar oyida, o‘tkazilgan operatsiyalarni 2012-yilgi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2013-yilgi Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar o‘tkazsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi har chorakda bajarilishini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2013-yilgi ijrosini tahlil etish natijalari bo‘yicha, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjetining asosiy parametrlarini belgilangan taqchillik doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin.
25. 2013-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 34-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2013-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 35-ilovalarga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
27. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining mehnatini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 2-iyuldagi 310-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 62-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2004-yil 18-avgustdagi 401-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investorlar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkka nisbatan bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida” 2007-yil 6-dekabrdagi 249-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 12-son, 68-modda).
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-martdagi PQ-609-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining ikki baravari” so‘zlari “ular tomonidan ushbu funksiya amalda bajarilganda bitta eng kam oylik ish haqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qarorida:
a) 18-bandning birinchi xatboshidagi “maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 23-iyundagi PQ-896-son qaroriga 4-ilovaning “Mehnatga haq to‘lash razryadlari” ustunining “Direktor” pozitsiyasidagi “17” raqami “19” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorining 9-bandi birinchi va ikkinchi xatboshidagi “gaz eksporti va tranzitini” hamda “gaz eksporti va tranzitidan” so‘zlari tegishli ravishda “tabiiy gaz eksporti va tranzitini” hamda “tabiiy gaz eksporti va tranzitidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2-ilovaga muvofiq nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar jumlasiga sotuv umumiy hajmida ushbu tovarlarni ishlab chiqarishdan tushum ulushi hisobot davri yakunlari bo‘yicha kamida 60 foizini tashkil etadigan korxonalar kiradi”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi “mikrofirmalar va xizmat ko‘rsatish sohasining kichik korxonalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorida:
“* “O‘zmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasiga ajratilgan qarz mablag‘lari qaytarilishi hisobiga 10,1 mlrd so‘m hisobga olingan holda”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Respublika budjeti mablag‘lari” so‘zlaridan oldin “2012-yil oxirigacha — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, 2013-yil 1-yanvardan boshlab esa” so‘zlari qo‘shilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 17-iyuldagi 328-son qarorining 7-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 7-son, 19-modda) “yagona ijtimoiy to‘lov summasini belgilangan tartibda taqsimlagan holda” so‘zlari qo‘shilsin .
10. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-son qarori bilan tasdiqlangan Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandidan “soliq solish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibida:
“9. Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tegishli moliya organlari tomonidan moliyaviy yilning 1-apreligacha amalga oshiriladi.”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandidagi “respublika” so‘zi “tegishli mahalliy” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizomning 42-bandida:
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risida” 2001-yil 30-maydagi 240-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 3-bandning uchinchi xatboshidagi “5” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
ilovaning nomidagi, 1-banddagi, 2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “5” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
15. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi beshinchi xatboshidagi “respublika budjetiga” so‘zlari “tegishli mahalliy budjetga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda):
“25. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida Vazirlik tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning, shu jumladan qishloq xo‘jaligi korxonalarining xo‘jalik hisobidagi faoliyatidan shartnomalar asosida (ixtiyoriy tartibda) o‘tkaziladigan ajratmalar uning manbalari hisoblanadigan Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari Vazirlikning ilmiy-tadqiqot, noshirlik ishlariga, markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari ta’minotiga yo‘naltiriladi.
Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazir tomonidan tasdiqlanadi”;
“26. Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va Jamg‘arma mablag‘lari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Bunda budjet mablag‘lari hisobidan — ish haqini va bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni, Jamg‘arma hisobidan esa — bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni va bir oylik maosh miqdoridagi moddiy yordamni to‘lash xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moliyalashtiriladi”;
b) 6-ilovaning 13-bandi (Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Budjet mablag‘lari hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, suv resurslarini boshqarish bo‘yicha esa — budjet mablag‘lari Boshqarmani moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Bunda budjet mablag‘lari hisobidan — ish haqini va bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan esa — bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni va bir oylik maosh miqdoridagi moddiy yordamni to‘lash xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moliyalashtiriladi”;
v) 6a-ilovaning (Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomning) 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Budjet mablag‘lari hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Bo‘limni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Bunda budjet mablag‘lari hisobidan — ish haqini va bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan esa — bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni va bir oylik maosh miqdoridagi moddiy yordamni to‘lash xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moliyalashtiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda):
“4. Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari eng kam oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — 50 foiz, sinfdagi (sinf-komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lgan kam komplektli maktablarda esa - 25 foiz”;
“10. Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari eng kam oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — 50 foiz, sinfdagi (sinf-komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lgan kam komplektli maktablarda esa - 25 foiz.
Ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha haqlarni to‘lash ushbu qo‘shimcha haqlarni moliyalashtirish uchun maxsus ajratiladigan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”.
18. Vazirlar Mahkamasining “Aviatashishlar xizmatlarini amalga oshirishni tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 1-avgustdagi 224-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 68-modda) 3-bandidagi “davlat” so‘zi “tegishli mahalliy” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “2012-yil uchun umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llari va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash dasturlari to‘g‘risida” 2012-yil 9-apreldagi 103-son qarorida:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlarning mahalliy budjet mablag‘lari, shu jumladan mahalliy budjetlarning daromad qismini oshirib bajarishdan tushgan mablag‘lar”;
“* Respublika budjetining bo‘sh qoldiqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablag‘lari, shu jumladan mahalliy budjetlarning daromad qismini oshirib bajarishdan tushgan mablag‘lar hisobidan ajratiladi”.
20. Vazirlar Mahkamasining “2012-2015-yillarda nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 2-avgustdagi 234-son qarorining 4-bandidagi “2012-yilda” so‘zlari “2012-2013-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.